Bexterev kasalligi

Bexterev kasalligi

Bexterev kasalligi

DO`STLARGA ULASHING:

Bexterev kasalligi tibbiyotda umurtqalar kanallari va umurtqa bo‘g‘imlarida harakatning cheklanishi holatiga aytiladi. Ko‘pchilikka u ankiloziruyushis spondiloartrit nomi bilan yaxshi tanish. Xastalik umurtqa bo‘g‘imlarida o‘zgarishni keltirib chiqarib, og‘riq va harakat faoliyatining sustlashishi va jiddiy asoratlarda bo‘g‘im qotib qolishiga olib kelishi mumkin. Bexterev kasalligining boshlang‘ich, o‘rta va og‘ir darajalari uchraydi. Belgisi va holatiga ko‘ra shifokor nazoratida aniq tashxis qo‘yilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xastalik ayollarga qaraganda erkaklarda ko‘proq  kuzatiladi.

Mundarija [Yopish]

  • Yuzaga kelish sabablari
  • To‘g‘ri tashxis
  • Og‘riq belgi bersa…
  • Davolasa bo‘ladimi?
  • Takrorlanmasligi uchun…
  • Bo‘g‘imlar xastalanmasligi uchun

DD947AED EEC2 4D83 A375 44548171321C

    Yuzaga kelish sabablari

Kasallikning yuzaga kelish sabablari to‘liq o‘rganilgan emas. Ba’zi taxminlarga ko‘ra nasliy moyillik asosiy omil bo‘lsa, boshqa xulosalarga qaraganda organizmdagi surunkali infeksiyalar (asosan oshqozon-ichak va peshob yo‘llari infeksiyalarida yuzaga keladiganlari) bo‘lishi mumkin. Shuningdek, kuchli stress, tayanch-harakat tizimi jarohatlari ham kasallikka sabab bo‘lishi qayd etiladi.

To‘g‘ri tashxis

Xastalikka tashxis qo‘yish uchun rentgen tekshiruvi, magnito rezonans tomografiya tekshiruvi hamda umumiy qon tahlilining maxsus tekshiruvi amalga oshiriladi. Bexterevo belgilari umurtqa va bo‘g‘im kasalliklariga oid boshqa xastaliklarga o‘xshash bo‘lgani tufayli bemor og‘riq xarakterini tushunmasligi mumkin. Xo‘sh, kasallikni o‘tkazib yubormaslik uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? Dastlab:

  • Harakat erkin emasligi, dumg‘aza suyagidan dumba sohasiga tarqaladigan og‘riq. Asosan tungi  mahal qo‘zg‘alishi mumkin;
  • Tovon suyagidagi surunkali og‘riq;
  • Umurtqa suyagining ko‘krak sohasidagi og‘rig‘i va harakat cheklanishi;
  • Uzoq muddat bir xil ko‘rinishda o‘tira olmaslik;

Shunisi muhimki, og‘riq hissi har doim ham umurtqadan boshlanavermaydi. Bezovtalik qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari (revmatoid artrit kabi), ko‘z yallig‘lanishi, aorta tomiri yoki yurak bezovtaligi bilan ham namoyon bo‘lishi mumkin. Gohida kasallik yashirin belgilar bilan kechib, hech qanday bezovatalik tug‘dirmaydi. Tasodifiy rentgen tekshiruvidagina xastalik alomatlarini uchratish mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bosh miyada qon aylanishi buzilishiga olib keluvchi xavfli omillar

Og‘riq belgi bersa…

Xastalik avj olgani sayin umurtqalar va katta bo‘g‘im, (tizza, son chanoq, yelka, tirsak) harakatchanligi sustlashib, yonga, orqa yoki old tarafga egilganda qattiq og‘riq yuzaga keladi. Kasallik boshlanishi asosan bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan bo‘ladi. Chuqur nafas olish, yo‘talish hamda aksa urish ham organizmga og‘irlik qila boshlaydi. Agar ushbu belgilar bir necha oy davomida bezovta qilsa, albatta mutaxassisga uchrab, davolaning. Zero o‘z vaqtida davolanmaslik va shunchaki og‘riqsizlantiruvchi preparatlar bilan kifoyalanish mutloq harakatsizlikka olib kelishi ham hech gap emas. Kasallik o‘tkazib yuborilganida bemor gavdasi oldinga egilgan holatda bukchaygan ko‘rinishga kirib, umurtqa suyagi qiyshaygan, bosh oldinda, tizza bo‘g‘imlari bukilib qoladi.

Davolasa bo‘ladimi?

Mutaxassis ko‘rigida kerakli tahlil tekshiruvlari bajarilgach, kasallik darajasi va holati aniqlanadi. Shunga ko‘ra kompleks tarzidagi muolaja buyurilishi mumkin. Bo‘g‘im yallig‘lanishiga qarshi dori vositalari, og‘riqsizlantiruvchi preparatlar, fizioterapiya, uqalash, manual terapiya hamda davolash gimnastikasi asosiy davo choralaridir. Bundan tashqari shifokor nazoratida mushaklarni bo‘shashtirishni ham o‘rganish zarur. Chunki kasallik vaqti og‘riqdan mushaklar taranglashadi. Muolaja davomiyligida bemorning umumiy ahvolidan kelib  chiqib, nafas mashqlari, joyida turgan holatda yurish, suv sporti kabilar ham kiritilishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, davolash vaqti yotoq matrasi qattiq bo‘lib, umurtqa suyagi tekis joylashishi lozim.

Bextereva kasalligida asosiy e’tibor muolajani to‘g‘ri bajarishdir. Zero tartib bilan bajarilsagina keyingi asoratlarini oldini olish mumkin. Aks holda esa kasallik qaytalanishi ham ehtimoldan holi emas.

Takrorlanmasligi uchun…

Bexterevo bilan og‘rigan bemorlarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘ladi. Vazn ortmasligini nazorat qilish, har kunlik badantarbiya mashqlarini bajarish, suzish, turnikka osilish, foydali mahsulotlar bilan oziqlanish, shamollash, infeksiyali xastaliklardan himoyalanish ayniqsa muhimdir. Sovuqsirash, oyoqdan zax o‘tishi, og‘ir yuk ko‘tarish hamda tan jarohatlaridan saqlanish lozim.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bachadondan tashqari homiladorlik

Bo‘g‘imlar xastalanmasligi uchun

1.Ilvira(Xolodes) yeguligi. Tarkibida ko‘plab jelesimon moddalar bo‘lib, bo‘g‘im tog‘ay to‘qimasining elastikligi uchun foydalidir. Bir oyda 2-3 marta mol go‘shtining oyoq qismidan tayyorlangan ilvira tayyorlab, iste’mol qilish mumkin

2.Bulg‘or qalampiri. Ushbu poliz ekinida askorbin kislotasi yuqori bo‘lib, mayda tomirlar tonusini faollashtiradi. Kunora qizil va yashil bulg‘or qalampirini xomligicha iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.

3. Sarimsoq piyoz. Fitonsidlar hisobiga bo‘g‘im yallig‘lanishiga davo bo‘ladi.  Avvaldan bo‘g‘im kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun ayniqsa koni foyda.

4. Shivit, petrushka ko‘katlari. K vitaminiga to‘yinganligi bois to‘qimalar yangilanishiga ko‘mak bo‘ladi. Taom va eguliklarga mazkur ko‘katlardan qo‘shib, iste’mol qiling.

5. Avakado. Foydali yog‘lar tog‘ay qatlamining ingichkalashishini oldini oladi. Imkon qadar xaftada bir marta avakado mevasidan tanovul qilish mumkin.

6. Echki suti, tvoroq. Kalsiy moddasi yuqori bo‘lgani sabab, bo‘g‘im va suyaklar uchun foydali. Nonushtaga 100 gr tvorog, kechki mahal esa yog‘siz sut ichishga odatlaning.

7. Olcha. Bo‘g‘imlarda to‘planib qolgan tuzlarni parchalanishida asqotadi. Shuningdek, olchadan tayyorlangan sharbatlar organizmdan tuzni chiqarib tashlash hususiyatiga ega.

© «Darakchi» gazetasi.

Bexterev kasalligi