BETASPEKTROSKOPIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BETASPEKTROSKOPIYA haqida malumot bilib oling.

BETASPEKTROSKOPIYA (bepektroskopiya) —yadrolarning betayemirilishi va gammanurlarning ichki konversiyasi natijasida ajralib chiqqan elektron va pozitronlarning uzluksiz spektrlarini tekshirish. Yadrolarning betaspektroskopiyasi betaspektrometrlar yordamida tekshiriladi. Radioaktiv izotoplar spektrning oʻrtacha energiyasi bilan ifodalanadi. Betaspektrlarni tekshirish radioaktiv yadrolarning yemirilish sxemasini aniqlashga yordam beradi (q. Radioaktivlik). Radioaktiv yadrolarning fl va unurlanishini tajribada tadqiq etish ishlari dunyoda keng koʻlamda olib boriladi. Unda turli xildagi magnit Rspektrometrlar, uspektrometrlar, mos kelish qurilmalari, har xil korrelyatsiyalarni oʻrganishga moʻljallangan qurilmalardan foydalanildi. Hoz. kunga kelib yadro spektroskopiyasi atom yadrosining tadqiqotlariga boglis boʻlgan eng muhim ilmiy yoʻnalishlar qatoriga kirdi. U koʻp yillar davomida mavjud boʻlishiga qaramay, keyingi 30 yilni uning haqiqiy tiklanish davri deyish mumkin. Buning asosiy sababi yangi texnikaning yaratilishi va, ayniqsa, yadro nurlanishini qayd qilish uslublarining takomillashishi va atom reaktorlari hamda zarralar tezlatgichlari sonining ortishidadir. Yadro nurlanishi spektrlarini oʻrganish va yadro sathlarining xossalari, energiyalari va ular oʻrtasidagi oʻtishlar intensivliklari, sathlarning yashash vaqtlari, nurlanishning burchak va vaqt boʻyicha korrelyatsiyalariga oid tajriba maʼlumotlarini toʻplash, yadrolarning sathlar sxemasi va yemirilish sxemalarini tuzish, yadro satxlarining joylashishi va xossalaridagi qonuniyatlarni nazariy tadqiq etish, sathdar spektrlariga oid tajriba natijalari asosida yadro tuzilishi haqida maʼlumotlar olish—bularning hammasi Betaspektroskopiyaning vazifalari jumlasiga kiradi.

Ad:. Solovyev V. T., Teoriya slojnыx yader, M, 1971; Bekjonov R. B., Modda tuzilishi, T., 1997.

Ensiklopediya.uz
BETASPEKTROSKOPIYA