Best Soft Challenge — 2016 Respublika tanlovining tadirlash marosimi bo’lib o’tdi.
22-sentabr kuni Toshkent shahrida ICTWEEK Uzbekistan 2016 haftaligi doirasida yosh dasturchilar o’rtasida bo’lib o’tgan
Best Soft Challenge — 2016 tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Tanlov shu yilning 16-mayida boshlanib, 15-sentabr kuni o’z nihoyasiga yetdi. Tanlov
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziriligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, BePro dasturchilar markazi, O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati hamda Kompyuter vа аxborot texnologiyalаrini rivojlаntirish hаmdа joriy etish Mаrkаzi UZINFOCOM bilan hamkorlikda o’tkazdi.
Bu yilgi tanlov birinchi marta o’tkazilayotgani yo’q va yildan-yilga uning ishtirokchilari soni ortib bormoqda. Masalan, o’tgan yilga nisbatan bu yil tanlovda qatnashish uchun ariza topshirganlar soni ikki marta oshgan. Bu esa, tanlov yoshlar o’rtasida ancha qiziqish uyg’atayotganidan dalolat beradi.
Bu yilgi tanlovning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat bo’ldi:
- dasturiy ta’minot ishlab chiqa oladigan yoshlarni aniqlash va ularni qo’llab-quvvatlash;
- iste’dodli yosh dasturchilarga o’z imkoniyatlarini aniqlashga yordam berish, imkoniyat yaratish va ularning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlar yaratish;
Tanlovda asosan oliy o’quv yurtlari , kolledj va litsey talabalari qatnashishdi. Bu tanlov ular uchun o’z g’oyalarini rivojlantirish va hayotga tadbiq qilish uchun imkoniyat berdi, zaruriy muhit yaratdi.
Ushbu tanlovda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha g’oliblar aniqlandi:
«Elektron tijorat sohasida eng yaxshi yechim/loyiha»;
«Ta’lim/madaniyat sohasida eng yaxshi yechim/loyiha»;
«Kompyuter va mobil o’yinlar ishlanmasi».
Tanlovning yakuniy bosqichi 15-sentabr kuni bo’lib o’tdi, unda tanlov hay’at a’zolari tanlovda so’nggi bosqichgacha yetib kela olgan loyihalar bilan yaqindan tanishishdi va loyihalar bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo’ldi. Eng dolzarb va innovatsion loyihalar tanlov hay’at a’zolari tomonidan yo’nalishlar bo’yicha g’oliblar deb topildi.
Demak, tanlov g’oliblari deb quyidagi ishtirokchilar topildi:
«Elektron tijorat sohada eng yaxshi yechim/loyiha» yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin: Xo’jayev Farrux (1993-yil) «Idea Services» loyihasi;
2-o’rin: Bahodirov Farrux (1993-yil) «Brandshop» loyihasi;
3-o’rin: Rahimov Jahongir (1998-yil) «Easy Travel» loyihasi.
«Ta’lim/madaniyat sohasida eng yaxshi yechim/loyiha» yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin: Qayumov Anvar (1999-yil) «VR Language Classes» loyihasi;
2-o’rin: Davronov Otabek (1998-yil) «Elektron Jurnal» loyihasi;
3;o’rin: Andreyeva Kseniya (1994-yil) «Online Education System» loyihasi.
«Kompyuter va mobil o’yinlar ishlanmasi» yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin: To’ychiyev Azizbek (1999-yil) «English Words» loyihasi;
2-o’rin: Boltaboyev Nizomiddin (1994-yil) «Ur To’qmoq» loyihasi;
3-o’rin: Qayumov Shoxjahon (1993-yil) «Alvasti» loyihasi;
3-o’rin: Hakimov Bobur (1995-yil) «Jump» loyihasi.
Boboy loyihasi bilan qatnashgan ishtirokchilar esa tanlovning eng yosh ishtirokchilari bo’lganliklari sababli, maxsus sovrin bilan taqdirlanishdi.
Har bir yo’nalish bo’yicha birinchi o’rinni olgan ishtirokchilar 10 million so’m pul mukofoti bilan birga esdalik sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.
Ikkinchi va uchunchi o’rinni egallagan finalchilar esa BePro o’quv markazida va TATU qoshidagi elektron hukumat Markazida dasturlash bo’yicha bepul o’quv kurslarida qatnashish huquqini beruvchi sertifikatlar bilan mukofotlanishdi.
Manba:
Yangiliklar
Best Soft Challenge — 2016 Respublika tanlovining tadirlash marosimi bo’lib o’tdi.