BESSHATIR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BESSHATIR haqida malumot bilib oling.

BESSHATIR — qad. oʻbalar (mozorqoʻrgʻonlar) majmuasi (mil. av. 7—4-a. lar). Qozogʻiston Respublikasining Olmaota viloyati, Qapchigʻay qishlogʻidan 116 km sharqda, Ili daryosining oʻng qirgʻogʻidan 3 km uzoqlikda, Jelshagʻir togʻi etaklarida joylashgan. Bu yerdai 2 km masofaga choʻzilgan 31 ta oʻba aniqlangan. 1957—61 y. larda Yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. Besshatir oʻbalari Yettisuvdagi saklarning ijtimoiy-maishiy, xoʻjalik tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
BESSHATIR