
BESHOTAR haqida malumot bilib oling.
BESHOTAR — oʻqdoni (magazini)ga beshta oʻq joylashtiriladigan miltiq. 1891-y. da rus qurolsozi S. I. Mosin ixtiro qilgan. 19-a. oxirida dunyodagi barcha davlatlarning qoʻshinlari oʻqdonli miltiqlar bilan qayta qurollantirilgan. SI. Mosin Beshotarga 3-marta oʻzgartirish kiritib, 1930-y. da uni kalibri 7,62 mm li Beshotar deb atagan. Nishonga olish uzokligi 2000 m. B. da koʻrsatilgan eng yaxshi natija 400 m gacha, optik moslama oʻrnatilgandan keyingi natijasi 800 m gacha. Oʻq stvol ichidagi burama oʻyiqlardan 3-marta aylanib oʻtgan. Beshotarda minutiga 10—12 ta oʻq otish mumkin boʻlgan. 2-jahon urushidan keyin pistoletpulemyotlar, karabinlar yaratilgandan soʻng (q. Avtomat qurol) B. oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Ensiklopediya.uz
BESHOTAR