Beshbarmoq tayyorlash resepti to’liq malumot oling
Kerakli masalliqlar:
Mol go’shti — 300 gr.
Qo’y go’shti — 300 gr.
Ot go’shti — 300 gr.
Qazi — 1 dona
Zira
Beshbarmoq tayyorlash resepti
Hamir
Un — 1-1,5 kg,
Tuhum 2 dona.
Nomokob suv — 1 kosa.
Tayyorlanishi:
Birinchi navbatda, qozonda, go’shtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida ko’pikni olish kerak. Yodingizda bo’lsin! Ko’pikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq bo’ladi.
1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 ta tuhum qo’shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo’yiladi. Tingan hamirimiz yupqa, bir tekisda qilib yoyiladi. Hamir qalinligi chuchvara hamiri qalinligidek (2-3 mm) buladi. Yoyilgan hamir, 8 ga 8 to’rtburchak qilib qesiladi. Hamir bo’lakchalari aloxida suvda pishiriladi.
Pishgan hamirni chovli yordamida laganga suzamiz va ustiga go’shtlar qaynagan sho’rvadan quyamiz. Parrak qilib kesilgan qazi, hamda go’shtlar bilan taomni bezatamiz va dasturhonga tortamiz.
Eslatma: taomdagi go’shtlar sizning ta’bingizga qarab o’zgartirilishi mumkin. Sur go’sht bo’lsa taom yanada hushho’r bo’ladi.
Yoqimli ishtaxa!
Pazanda
Beshbarmoq tayyorlash resepti