Besh panjaning ma’nosi to’liq malumot oling

Besh panjaning ma’nosi to’liq malumot oling

Bag‘dod hokimi Hajjoj umrining oxirlarida tushida Azroil alayhissalomni ko‘rib, u zotdan so‘ragan ekan:

— Hazrat, siz jonni oluvchi farishtasiz. Men qachon o‘laman? Menga o‘lim qachon keladi?

Shunda Azroil alayhissalom besh panjalarini ko‘rsatib g‘oyib bo‘lgan ekanlar.

Ertasi kuni Hajjoj olimlarni chaqirib, tushining ta’birini so‘rabdi. Olimlardan biri: «Besh yil umringiz qolibdi», debdi. Boshqasi besh hafta debdi, birovi besh kun debdi. Javoblarning birontasi ham Hajjojning ko‘ngliga taskin bermabdi. Shunda Hajjoj buyuk mujtahid imom Molikdan tushining ta’birini so‘rabdi. Imom shunday javob beribdilar:

— Qiyomatning qachon bo‘lishini (1), yomg‘irning qachon tushishini (2), bachadondagi xomilaning o‘g‘il yoki qizligini (3), ertaga nima bo‘lishini (4) insonga o‘lim qaerda va qachon kelishini (5) Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi. Hazrati Azroil alayhissalom shu beshta narsaga ishora qilmoqdalar. Hatto men ham jon oluvchi farishta bo‘la turib, qachon va qaerda o‘lishingni bilmayman, demoqchi bo‘lyaptilar…

islom.ziyouz.com

Islom
Besh panjaning ma’nosi