BERUNIY ZIJI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERUNIY ZIJI haqida malumot bilib oling.

BERUNIY ZIJIBeruniy tuzgan yulduzlar jadvali. Unda 1029 ta yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari berilgan. K. Ptolemey va arab olimi asSoʻfi jadvallariga asoslanib tuzilgan; unda yulduzlarning vaziyatlari ekliptik koordinata tizimida (Q10ʻ aniqlikda) berilgan. Beruniy oʻz zijini Gʻazna sultopi Masʼudga atab yozgan «Masʼud qonuni» asariga (1030-y.) kiritgan. Beruniy ziji birinchi marta «Masʼud qonuni»ning bir necha qoʻlyozmalari asosida Hindistonning Haydarobod shahrida arab tilida nashr qilingan. Rus tilida birinchi marta 1962-y. bosildi. Oʻzbekistonda rus va oʻzbek tillarida 1973-y. nashr qilingan.

Ensiklopediya.uz
BERUNIY ZIJI