BERUNIY TUMANI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERUNIY TUMANI haqida malumot bilib oling.

BERUNIY TUMANIQoraqalpogʻiston Respublikasiygpl tuman. 1927-y. 3-iyulda tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Toʻrtkoʻl tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1964-y. 31 dek. da qayta tuzilgan). Beruniy tumani Oʻzbekiston Respublikasining shim. gʻarbida, Amudaryoning oʻng sohilida, Beruniy tumani shim. sharqda Ellikqalʼa tumani, gʻarbda Amudaryo tumani, shim. gʻarbda Qoraoʻzak va Taxtakoʻpir tumanlari va jan. da Xorazm viloyati va jan. sharqda Buxoro viloyati b-n chegaradosh. Mayd. 3,94 ming km2. Aholisi 94,7 ming kishi (2000). Beruniy tumanida 1 shahar (Beruniy) va 11 ovul fuqarolari yigini (Beruniy, Biybozor, Doʻstlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy, Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqalʼa) bor. Markazi—Beruniy sh.

Tabiati. Beruniy tumani ningshim. daQizilqum choʻli, gʻarbida Baday toʻqayzori va Sulton Uvays togʻi bor. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —15°, —20°, iyulniki 28°. Yiliga 100—200 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 200—220 kun. Tuman jan. dan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumanda Oqchakoʻl, Amirobod koʻllari bor. Paxtaarna kanalining davomi boʻlgan Boʻzyop kanali mavjud. Amudaryodan Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman— Beshtom nasos st-yasi ishlab turibdi. Tuproqlari shoʻrxok, qumloq, boʻz tuproq. Chiyaboʻri, boʻrsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandalardan qirgʻovul va b. yashaydi. Tuman hududida Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi joylashgan.

Aholisi, asosan. oʻzbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 27,5 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 50,9 ming kishi, qishloq aholisi 43,8 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Beruniy tumani iqgisodiyotinegizini paxtachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog z-dlari, temirbeton, gʻisht va asfalt z-dlari bor.

Chorvachilik, ipakchilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Tumanda 54 kichik korxona va 27 kooperativ korxona, 15 aksiyadorlik jamiyati, 47 firma, 33 xususiy korxona mavjud (2000). Bulardan eng muhimlari: paxta tozalash z-di, «Temur» xususiy korxonasi, 28avtokorxona, «Yoggar» aksiyadorlik jamiyati va b.

Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 31,5 ming ga, shu jumladan 15,2 ming ga yerga paxta, 0,8 ming ga yerga sabzavot, 3,0 ming ga yerga beda, 0,8 ming ga yerga makkajoʻxori, 1,0 ming ga yerga sholi ekiladi. Beruniy tumanida 2 jamoa xoʻjaligi, 11 dehqonfermer xoʻjaligi uyushmasi, 27 kooperativ xoʻjaligi, 200 ga yaqin fermer xoʻjaligi, 2 ijara xoʻjaligi, 1 xoʻjalik hisobidagi uchastka bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,3 ming qoramol, 41,3 ming qoʻy va echki, 163,7 ming parranda, 0,5 ming ot boqiladi (2000). Tuman transportida Toʻrtkoʻl— Nukus avtomobil yoʻli asosiy rol oʻynaydi. Amudaryoda kemada yuk tashish ham salmoqli oʻrin tutadi.

1999/2000 oʻquv yilida 57 umumiy taʼlim maktabida 23393 oʻquvchi, 2 litseyda 1330 oʻquvchi taʼlim oldi. 36 ommaviy kutubxona, 5 madaniyat uyi, muzey, 850 oʻrinli 9 kasalxona va dispanser, 57 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 354 vrach, 1607 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1946-y. dan «Xalq minbari» tuman gazetasi chikadi (adadi 3100).

Ensiklopediya.uz
BERUNIY TUMANI