BERNULLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERNULLI haqida malumot bilib oling.

BERNULLI (Bernoulli) — shveysariyalik olimlar oilasi. Jahonga 11 olim yetkazib bergan. Fanga salmoqli hissa qoʻshgan vakillari:

1) Yakob Bernulli (1654 — 1705) — matematik, Bazel unti prof. (1687). Ukasi Iogann Bernulli bilan birga variatsion hisobga asos solgan. Uning nomi bilan ataluvchi ehtimollar nazariyasi teoremasini isbot qilgan. Fizika sohasida ham tadqiqotlar olib bor gai;

2) Iogann Bernulli (1667—1748) — matematik, Bazel un-ti prof. (1705), Peterburg FA faxriy aʼzosi. Differensial va integral hisobni yaratishda faol qatnashib, uni birinchi marta izchil bayon qilgan. Differensial tenglamalarni yechish usullarini ham ishlab chiqqan. I. B. geodezik chiziqlar haqidagi klassik masalani taʼriflagan va ularning uziga xos geometrik xossasini topgan, keyinchalik ularning differensial tenglamalarini xam chiqargan. Mexanikada ham yirik kashfiyotlari bor (zarb nazariyasi, jismning toʻsiqli muhitdagi harakati, muvozalatning analitik qoidasi);

3) Daniil Bernulli (1700—82) — Iogann Bernullining oʻgʻli, mat. va mexanika bilan shugullangan. Peterburg FA faxriy aʼzosi. Algebraik tenglamalarni qaytma qatorlar yordamida yechish usulini ishlab chiqqan, xususiy hosilali diffenensial tenglamani yechish uchun trigonometrik qatorlarni qoʻllagan (q. Furye qatorlari). Ideal suyukdiklar turgʻun harakatining asosiy tenglamasi uning nomi bilan ataladi. U Parij FAning mat. va fizikadan eng yaxshi asarlar uchun beriladigan mukofoti bilan 10-marta taqdirlangan.

Ensiklopediya.uz
BERNULLI