BERNADOT Jan Batist haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERNADOT Jan Batist haqida malumot bilib oling.

BERNADOT Jan Batist (1763-1844) — Fransiya marshali (1804), 1818—44 y. larda qirol Karl XIV Yuxan nomi bilan Shvetsiya taxtini boshqarib, bernadotlar sulolasiga asos solgan. Fransiyaning inqilobiy urushlari davrida diviziya komandiri boʻlgan. Napoleon armiyasida korpus qoʻmondoni. Gollandiyada qoʻlga olingan shved asirlarini ozod etgani uchun Shvetsiyada dovruq qozongan. 1810-y. Napoleon Bernadotni isteʼfoga chiqargan va 1810-y. avg. da Shvetsiya riksdag» tomonidan taxt vorisligiga saylaigan. 1813-y. Napoleonga qarshi koalitsiyaga qoʻshilgan va shved armiyasining Fransiyaga qarshi urushida qatnashgan. Rossiyaga nisbatan doʻstona siyosat yurgizgan.

Ensiklopediya.uz
BERNADOT Jan Batist