BERLIN KONGRESSI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERLIN KONGRESSI haqida malumot bilib oling.

BERLIN KONGRESSI (1878) Berlinda chaqirilgan xalqaro kongress. Unda Buyuk Britaniya, AvstriyaVengriya, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Turkiya katnashgan. Bolkrnda yirik slavyan davlati — Bolgariyaning paydo boʻlishi va u yerda Rossiya mavqeining oshishi AvstriyaVengriya va Angliyaga maqbul boʻlmadi. Shuning uchun ham kongress AvstriyaVengriya va Angliya tashabbusi bilan chaqirildi. RossiyaTurkiya urushida zaiflangan hamda Germaniya tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan Rossiya kongress chaqirilishiga rozi boʻldi. Buyuk davlat vakillari tomonidan kongreseda imzolangan Berlin traktati (bitimi) (1878-y. 13.7) Rossiya manfaatlariga zid edi. Bitimga muvofiq, Bolgariya Turkiyaning avtonom oʻlkasi, deb eʼlon qilindi. Chernogoriyaga tegishli qirgʻoqlar esa AvstriyaVengriya nazorati ostiga olindi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya mustaqil davlatlar boʻlmb qoldi. Botumi, Kare, Ardaxon Rossiyaga oʻtdi, Botumi barcha davlatlarning savdo kemalari uchun ochiq port deb eʼlon qilindi. Berlin kongressi traktati Bolqon urushlarigacha (1912—13) oʻz kuchini saqdadi.

Ensiklopediya.uz
BERLIN KONGRESSI