Berkliy

Berkliy

berkliy 660ee2099a9baBerkliy

Berkliy – atom raqami 97 bo‘lgan, sun’iy olingan radioaktiv transuran element bo‘lib, aktinoidlar oilasiga mansub. Formulasi Bk. Berkliyning barqaror izotoplari mavjud emas. Uning nisbatan uzoq yashovchi nuklidi 247Bk 1380 yilga teng yarim yemirilish davriga ega.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Berkliyni 1949-yilda AQSHning Berkli shahridagi Lourens nomidagi milliy Laboratoriyada olimlar Glenn Siborg hamda, Stenli Tomson tomonidan ameritsiy-241 nishonini siklotronda α-zarralar bilan bombardimon qilish orqali sintez qilingan. Reaksiya quyidagicha ifodalanadi:

berkliy 660ee20a648a9

Yangi elementni kimyoviy identifikatsiya qilish uchun olimlar ion-almashinish usuliga asoslangan xromatografiyadan foydalanishgan. Element o‘zi kashf qilingan shahar sharafiga nomlangani yaqqol ko‘rinib turibdi. Berkli – terbiy elementining kimyoviy analogi bo‘lib, terbiyning nomi ham o‘zi kashf qilingan joy – Shvetsiyaning Itterbyu qishlog‘i nomiga qo‘yilgan edi.

Tarqalganligi.

Berkliy tabiatda mavjud emas va uni faqat sun’iy sintez qilib olish mumkin.

Izotoplari.

Shu choqqacha berkliyning 9 xil izotoplari aniqlangan bo‘lib, ular 243 dan to 251 gacha bo‘lgan massaga ega.

Ular orasida nisbatan barqaror va uzoqroq yashaydigani 247Bk bo‘lib, uning yarim yemirilish davri 1380 yilni tashkil etadi. Undan keyingi nisbatan barqaror izotoplar —  248Bk taxminlarga ko‘ra, 300 yildan ziyod va 249Bk esa 330 kunlik yarim yemirilish davriga ega. Boshqa barcha berkliy izotoplari bir necha soatda uzoqqa bormaydi. Berkliyning barcha izotoplari turli yadroviy reaksiyalar paytida favqulodda juda-juda oz miqdorda hosil bo‘ladi. Faqat 249Bk izotopinigina uran, plutoniy, ameritsiy, hamda, kyuriyni reaktorda nurlatish orqali sezilarli miqdorda olish mumkin. Berkliy-247 ning issiqlik neytronlarida parchalanish layoqati, 235U va 239Pu larning parchalanish layoqatidan ko‘ra bir necha barobar yuqori. 245Bk ning α-nurlanish energiyasi 7,45⋅10−3 MeV/(Bk∙soniya) ga teng, 247Bk da bu ko‘rsatkich 5,70; 249Bk da esa 7,94⋅10−5 MeV/(Bk∙soniya) ga teng

 

Nuklid

Z(p)

N(n)

Izotop

massasi

(m.a.b.)

Yarim yemirilish davri

Spin

Qo‘zg‘atish energiyasi

243Bk

97

146

243,063008

4,5 soat

3/2−

244Bk

97

147

244,065181

4,35 soat

4−

245Bk

97

148

245,0663616

4,94 kun

3/2−

246Bk

97

149

246,06867

1,8 kun

2−

247Bk

97

150

247,070307

1380 yil

3/2−

248Bk

97

151

248,07309

>300 yil

6+

249Bk

97

152

249,0749867

330 kun

7/2+

250Bk

97

153

250,078317

3,21 soat

2−

251Bk

97

154

251,080760

55,6 daq

3/2−

Fizik xossalari.

Oddiy modda ko‘rinishidagi berkliy – oqish-kumushrang radioaktiv metall. Zichligi 14,78 g/sm3. Erish harorati 986 ℃. 70 K haroratdan to o‘rtacha xona haroratigacha bo‘lgan intervallarda berkliy 9,69 Bor magnetoniga teng (μB) samarador magnit momentiga ega bo‘lgan paramagnit material xossalarini namoyon qiladi. 34 K va undan past haroratlarda berkliy antiferromagnit holatiga o‘tadi.

Kimyoviy xossalari.

Berkliy juda yaxshi reaksiyaga kirishish xossasiga egaligi aniqlangan. Ko‘plab birikmalarda berkliy asosan +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi va ba’zan, uning +4 oksidlanish darajasi ham kuzatilgan. Kislorod, oltingugurt va galogenlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Berkliyning metalloorganik birikmalarining qo‘shtuzlari ma’lum. Mineral kislotalar va organik kislotalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Berkliyning nisbatan barqaror birikmalari eritmada +3 oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi. Ishqoriy muhitga yaqin pH ko‘rsatkichlarida Bk3+ erimaydigan asosli gidrooksid hosil qiladi. Berkliyning oksidlari, ftoridlari, fosfatlari va karbonatlari suvda erimaydi. To‘rt valentli holatida berkliy kuchli oksidlovchi bo‘ladi.

Olinishi.

248 gacha bo‘lgan atom raqamiga ega berkliy izotoplarini ameritsiy yoki kyuri izotoplaridan (α, n) yoki (α, p, n) reaksiyalari orqali olinadi. 249Bk esa yadro reaktorida 238U yoki 239Pu ni neytronlar bilan nurlatish orqali hosil qilinadi. 250Bk ni esa (γ,η) reaksiyasi orqali nurlatish yo‘li bilan olinadi. 1967-yildan buyon, dunyoda berkliy atiga 1 grammdan sal oshiq miqdorda olingan xolos. 2009-yilda AQSHning Ouk-Rij laboratoriyasida, 250 kunlik nurlatish hamda, keyingi 90 kunlik tozalash jarayonidan keyin, berkliy-249 ning atiga 22 milligramm miqdori olingan edi.

Qo‘llanilishi.

Berkli hozirgi paytda deyarli hech qanday amaliy qo‘llanish sohasiga ega emas. U faqat ilmiy tajribalarda, yanada og‘irroq transuran elementlarni sintez qilishda ishlatiladi xolos. Xususan, 249Bk dan foydalanib, kaliforniy izotoplari olinadi. Shuningdek, u 113-118-elementlarni sintez qilishda ham qo‘llanilgan.

Biologik ahamiyati.

Berkliyning odam organizmiga ta’siri hali o‘rganilmagan. Bu elementning biologik ahamiyati hozircha, kalamushlarda o‘tkazilgan sinov natijalariga asoslanadi xolos. Unga ko‘ra, berkliy asosan sklet tuzilishiga zarar yetkazishi, hamda, suyaklarda turli patalogik o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi ehtimoli aniqlangan xolos.

Umumiy ma’lumotlar

Nomi

Berkliy;

Formulasi

Bk

Raqami

97;

Kashf etgan olimlar

Glenn Siborg, Stenli Tomson.

Kashf etilgan sana

1849 yil,

Kashf etilgan davlat

AQSH;

Atom xossalari

Atom raqami

247,0703 m.a.b. (g/mol);

Elektron konfiguratsiyasi

[Rn] 5f97s2

Atom radiusi

297 pm;

Kimyoviy xossalari

Elektrmanfiyligi

1,3 (poling shkalasi bo‘yicha);

Elektrod potensiali

Bk←Bk4+ -1,05 V;
Bk←Bk3+ -2,01 V;
Bk←Bk2+ -1,6 V.

Oksidlanish darajasi

4,  3;

Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron)

601 kJ/mol;

Termodinamik xossalari

Zichligi

13,25 g/sm3;

Erish harorati

1259 K;

Qaynash harorati

2900 K;

Issiqlik o‘tkazuvchanligi

(300 K) 10 Vt/(m·K);

Struktura panjarasi shakli

Qo‘sh geksagonal (DHCP);

Panjara parametrlari

a=3,416 c=11,07 Å;

c/a nisbati

3,24

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Kimyo
Berkliy

Manba:orbita.uz