BERING OROLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERING OROLI haqida malumot bilib oling.

BERING OROLIBering dengizining Komandor orollari guruhidagi orol (RF). Mayd. 1,7 ming km2. Jan. sharqiy qismi togʻli (eng baland kismi 751 m), paleogenneogenning tuf va antropogenning effuziv yotqiziqlaridan tuzilgan. Iqlimi okean subarktika iqlimi. Yiliga 500 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, tundra oʻsimliklari, soyliklarda lakana kayin, tol, chetan (ryabina) oʻsadi. Sohilida dengiz mushugi, sivuch yashaydi. Aholisi — ruslar va aleutlar. V. Bering nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
BERING OROLI