BERENDEYLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERENDEYLAR haqida malumot bilib oling.

BERENDEYLAR — rus yilnomalarida 11-a. dan 12-a. oxiriga qadar tilga olingan turkiy koʻchmanchi qabila. B. nomi baʼzi tarixchilar (S. Pletneva) fikriga koʻra «boyandurlar» nomining ruscha notoʻgʻri atalishidir. 11-a. ning 2-yarmida Berendeylar boshqa turkiy xalklar (bijanaklar, torklar) bilan birga rus yerlarining jan. r-nlariga (Kiyev, Pereyaslav knyazliklariga yaqin) kelib joylashib olgan. Taxm. 1146-y. da bular bitta qabilaga birlashib, «qoraqalpoklar» («chernыye klobuki») deb atalgan. Moʻgʻullar istilosi vaqti (13-a. boshi)da Berendeylarning bir qismi Bolgariya va Vengriyaga borib joylashgan, yana bir qismi Oltin Oʻrda aholisiga qoʻshilib ketgan.

Ensiklopediya.uz
BERENDEYLAR