BERDIYOR MASXARA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERDIYOR MASXARA haqida malumot bilib oling.

BERDIYOR MASXARA (Diyorov Berdiyor) (1884—Shahrisabz tumani Chopiq qishlogʻi—1967) — oʻzbek xalq anʼanaviy teatr aktyori. Mizrob masxaraning shogirdi. Repertuarida 40 ga yaqin ogʻzaki hajviya, muqallid, hajviy qoʻshiq va oʻyinlar boʻlgan. «Eshoni rais», «Boʻz doʻkoni», «Juvozkash», «Oʻgʻirlik», «Sartarosh», «Tegirmonchi» va b. shular jumlasidan. Berdiyor masxara qahramonlar xulqat vorini boʻrttirib koʻrsatgan, hajviy vaziyatga tezda kirishib, qahramon qiyofasi va holatini bsrilib ifodalash qobiliyatiga ega boʻlgan. Hajviy obrazlar Berdiyor masxara ijodida alohida oʻrin tutadi.

Ensiklopediya.uz
BERDIYOR MASXARA