BERDANKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERDANKA haqida malumot bilib oling.

BERDANKAmiltiq. Kalibri 10,67 mm, ogʻirligi 4,9 kg, otish uzoqligi 4000 qadam. Amerikalik polkovnik X. Berdan ishlab chiqqan; 19-a. 60-y. larida rus harbiy muhandislari A. P. Gorlov va K. I. Gunnuslar takomillashtirgan. Shundan soʻng AQSHda «rus miltigi» nomini olgan. 19-a. 70 — 90-y. larida rus qoʻshinlarining asosiy quroli hisoblangan. 1891-y. dan boshlab Berdanka oʻrniga rus ixtirochisi S. I. Mosin miltigʻi ishlatilgan.

Ensiklopediya.uz
BERDANKA