BERD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERD haqida malumot bilib oling.

BERD, Byord (Byrd) Richard (1888.25.10, Uinchester—1957.12.3, Boston) — amerikalik qutb tadqiqodchisi, uchuvchi, admiral. 1926-y. da birinchi marta Shim. qutb ustiga uchib, qoʻnmasdan qaytib kelgan. AQSHning Antarktikaga uyushtirgan 4 yirik ekspeditsiyasiga (1928 — 30, 193335, 193941 va 194647) rahbarlik qilgan. 1929-y. noyabrda Jan. qutb ustidan uchib oʻtdi. Ekspeditsiyalar davomida meteorologik kuzatishlar, geologik tadqiqotlar oʻtkazdi. Ross muz toʻsigʻini seysmologik jihatdan tadqiq qilgan. Gʻarbiy Antarktidada toshkoʻmir konlari borligini aniqladi. Soʻnggi ekspeditsiyada Gʻarbiy Antarktida sohili aerofotosyomka qilindi, bir necha plato, togʻ tizmalari, muzliklar xaritaga tushirildi. Antarktidadagi ilmiy styalardan biri Berd nomiga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
BERD