Bepul onlayn ta’lim olish uchun jahonning eng yaxshi 7 ta veb-sayti

Bepul onlayn ta’lim olish uchun jahonning eng yaxshi 7 ta veb-sayti

Bu kurslarning aksariyati pulli bo‘lsa-da, ular orasida bepul kurslar ham talaygina.

Online-maktab darslari uzatiladigan telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yil 14 sentyabrdan boshlab Respublika umumta’lim maktablarida 2020/2021 o‘quv yili boshlanadi. Bunda ta’lim shaklini onlayn tarzda tanlagan hamda maktabining faoliyati hali tiklanmagan o‘quvchilar belgilangan dars jadvali asosida o‘quv dasturini o‘zlashtirib borishlari mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Televizion darslar joriy yilning 14 sentyabridan boshlab O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 3 ta telekanalida dushanbadan shanbagacha har kuni soat 8:30 dan boshlab Online-maktab turkumida namoyish etib boriladi.

Online-maktab darslari «UzDigital TV» tarmog‘ida quyidagi telekanallar orqali efirga uzatiladi:

  • 1-4 sinf o‘quvchilari uchun — «National Geographic»;
  • 5-8 sinf o‘quvchilari uchun — «Eurosport»;
  • 9-11 sinf o‘quvchilari uchun — «Oxota i ribalka».

Kabel televideniyesi va IP TV tarmoqlarida:

  • 1-4 sinf o‘quvchilari uchun — «National Geographic»;
  • 5-8 sinf o‘quvchilari uchun — «TVS»;
  • 9-11 sinf o‘quvchilari uchun — «Fashion TV».

Darslarni parallel ravishda quyidagi internet resurslar orqali kuzatib borish mumkin:

  1. https://t.me/uzeduonlinemaktab;
  2. mover.uz/channel/uzedu
  3. Youtube kanali;
  4. Kundalik.com hamda http://online-maktab.uz/ elektron portali orqali.

Shuningdek, darslar Mediabay.uz, Mover.uz saytlariga hamda Telegram kanallariga ham joylashtiriladi.

Online-maktab televizion darslari Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda «ZOʼR TV» bilan hamkorlikda tasvirga olinmoqda.

Darslarni tasvirga olish uchun A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Respublika tashxis markazida jami 6 ta studiya tashkil etildi.

Televizion darslarni tasvirga olishga jami davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridan jami 117 nafar tajribali va malakali pedagoglar, 12 nafar surdo-tarjimon va 15 nafar muharrirlar jalb qilindi.

Televizion darslarning jadvali kunlik tarzda Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.

Bepul onlayn ta’lim olish uchun jahonning eng yaxshi 7 ta veb-sayti

An’anaviy ta’lim maskanlaridan narx jihatidan sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan ko‘plab onlayn ta’lim veb-saytlari mavjud. Bu turdagi ta’lim yetkazuvchilar, ayniqsa, umri davomida bilim olishdan to‘xtamaydiganlar uchun juda qulay.

Quyida keltirilgan onlayn ta’limni taqdim etuvchi veb-saytlar talabalar bilan bir qatorda umri davomida bilim olishdan to‘xtamaydigan o‘rganuvchilar uchun ham minglab onlayn kurslar taqdim etadi.

Bu kurslarning aksariyati pulli bo‘lsa-da, ular orasida bepul kurslar ham talaygina.

Khan Academy notijorat tashkilot bo‘lib, uning maqsadi «Hamma uchun va har yerda bepul ta’lim olish imkonini yaratish»dir. Khan Academy maktabgacha ta’limdan tortib, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun matematika, grammatika, fizika, tarix, maxsus kirish imtihoni (SAT) va shu kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan yana ko‘plab onlayn kurs materiallarini taklif etadi.

Khan Academy’ning moliyaviy hamkorlari qatorida Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi, Google, Ann va Jon Doer hamda Rid Xastings kabilar bor.

Bepul namunaviy kurslar:

  • Algebra; Geometriya; Statistika va ehtimollik.

edX Harvard va Massachusets texnologiyalar instituti tomonidan yaratilgan global notijorat tashkilot bo‘lib, an’anaviy ta’limdagi uchta to‘siqni: narx, joylashuv va qabul qilinishni yo‘q qilishga intiladi.

edX 20 milliondan ortiq o‘rganuvchi va dunyoning eng taniqli universitetlarining 2 400 ga yaqin kurslariga ega. Open edX — bu edX asosidagi ochiq platformadagi manba bo‘lib, yangi o‘quv vositalarini ishlab chiqishni istagan o‘qituvchilar va texnolog, shuningdek, boshqa o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ushbu saytda bepul kurslar bilan bir qatorda pullik kurslar ham taklif etiladi.

Bepul namunaviy kurslar:

  • Arxitektura asoslari (Harvard); Qaror qabul qilish uchun moliyaviy tahlil (Babson); Omnixannel strategiyasi va menejmenti (Dartmut).

Coursera 35 milliondan ortiq o‘rganuvchi, 150 ta hamkor universitet, 2 700 ta kurs va 250 turdagi mutaxassislik sohalariga ega bo‘lib, to‘rt xil ilmiy daraja taqdim etuvchi onlayn ta’lim saytidir. Bepul kurslardan tashqari, Coursera narxi 29 dan 99 dollargacha bo‘lgan kurslarni ham taklif etadi. Mutaxassislik va daraja taqdim etuvchi kurslar, shubhasiz, yuqoriroq baholanadi. Ushbu kurslar dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Kurslar yozib olingan video-ma’ruzalar, muhokama forumlari, baholangan va ko‘rib chiqilgan kurs ishlaridan tarkib topgan. Shuningdek, har bir kurs so‘ngida kursni tamomlaganingiz to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bepul namunaviy kurslar:

  • Kompyuterlashtirilgan ta’lim (Stenford); Boy bo‘lish sirlari (Yel); Muvaffaqiyatli muzokaralar (Michigan universiteti).

Global ta’lim bozori hisoblangan Udemy 30 million o‘rganuvchi, 50 tilda taqdim etilayotgan 100 000 ta kurs, 42 000 ta o‘qituvchi va 22 million daqiqalik videodarslar jamlanmasidir. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan boshqariladigan boshqa onlayn ta’lim platformalaridan farqli o‘laroq, Udemy kontent yaratuvchilarga o‘z kurslarini nazorat qilish va onlayn dars berish imkonini beradi.

Bepul namunaviy kurslar:

  • Python dasturlash tili asoslari

TED-Ed — TEDning yoshlar va ta’lim sohasidagi olqishlarga sazovor bo‘lgan loyihasi bo‘lib, uning maqsadi o‘qituvchilar va o‘rganuvchilarning g‘oyalarini bo‘lishish va fikr almashishdir. TED-Ed bir haftada dunyo bo‘ylab millionlab o‘qituvchi va o‘rganuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan 250 000 dan ortiq o‘qituvchilarni birlashtirgan global jamiyat hisoblanadi. TED-Ed o‘ziga xos animatsion videolar va o‘qituvchilar uchun interfaol darslarni tashkil qilish platformasi kabi innovatsion tuzilmani ham o‘z ichiga oladi.

Bepul namunaviy kurslar:

  • Og‘riq tushunchasi; O‘zini-o‘zi boshqaruvchi mashinalarni yaratish; Turg‘unlik sabablari.

Codeacademy — bu turli xil dasturlash tillarini o‘rgatuvchi interfaol platformadir. Ko‘pgina bepul kurslarni 11 soatdan kam vaqtda tugatish mumkin. Codeacademy veb dasturlash, dasturlash, informatika va ma’lumotlar bilan ishlash kabi mavzularda 45 milliondan ortiq talabalarni tayyorlashga yordam berdi. Codeacademy bitiruvchilari Google, Facebook, IBM, Bloomberg va boshqa yetakchi kompaniyalarda faoliyat olib borishadi. Shuningdek, Codeacademy oylik to‘lov uchun imtiyozlar ham taklif etadi.

Bepul namunaviy kurslar:

Stanford Online Stenford universitetidagi onlayn ta’lim bilan bir qatorda professional sertifikatlar, ilmiy darajalar va biznesga oid ta’lim kurslarini taklif qiladi. Stanford Online Stenford universiteti, Stenford yuridik maktabi, Stenford biznes maktabi va Stenford tibbiyot maktabining bakalavr va magistrlik darajasi kurslarini taklif etadi.

Bepul namunaviy kurslar:

  • Innovatsiyalar va tadbirkorlik bilan tanishish; Venchur sarmoyasi asosida tadbirkorlik; Matematikani o‘rganish.

Bilimingizni boyitishni istasangiz, hech qachon kech emas. Ushbu onlayn ta’lim kurslari sizga sertifikat, diplom olish bilan birgalikda, dunyoqarashingizni kengaytirish va qimmatli bilimlarni egallashingizda yaqindan yordam beradi.

Onlayn darslik

Matematika 5-sinf ×

Matematika 2 qism kitobni Yuklash

Matematika 1 qism kitobni Yuklash
HAJMLARNING HISOBLANISHI
Muallif:Yondaftar
SONLARNI QO’SHISH
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Natural,ratsional,haqiqiy va butun sonlar
Muallif:BUKHARA EDUCATION
O’NLI KASRLARNI QO’SHISH VA AYIRISH
Muallif:Yondaftar
To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub
Muallif:Yondaftar
KASRLARNI TAQQOSLASH
Muallif:Yondaftar
Foizlar
Muallif:Yondaftar
Ayirish 20 gacha
Muallif:Yondaftar
Qo’shish 10 gacha
Muallif:Yondaftar
Katta, kichik va teng belgilari
Muallif:Yondaftar
Raqamlar
Muallif:Yondaftar
Ulushlar
Muallif:Yondaftar

Matematika 6-sinf ×

Matematika kitobni Yuklash
MA`NFIY VA MUSBAT SONLAR
Muallif:WESTMINSTER ACADEMY
Umumiy bo’luvchilar sonini topish
Muallif:REPETITOR SERVIS
Oxirgi raqamni topish
Muallif:REPETITOR SERVIS
EKUK VA EKUB TOPISH SIRLARI
Muallif:REPETITOR SERVIS
Bo’linish belgilari 2 qism
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Bo’linish belgilari
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Tub sonlarni topishning tezkor usuli
Muallif:Yondaftar
KASRLARNI UMUMIY MAXRAJGA KELTIRISH
Muallif:Yondaftar
Manfiy ishorali sonlarni qo‘shish
Muallif:Yondaftar
Aylana va doira
Muallif:Yondaftar

Matematika 7-sinf ×

Algebra kitobni Yuklash
KOMBINATORIKA
Muallif:Yondaftar
Yig‘indi va ayirmaning kvadrati
Muallif:Yondaftar
Qavslarni ochish
Muallif:Yondaftar
Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarni yechish
Muallif:Yondaftar

Matematika 8-sinf ×

Algebra kitobni Yuklash
Chiziqli funksiya 2-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Chiziqli funksiya 1-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya
Muallif:BUKHARA EDUCATION
KOORDINATALAR TEKKISLIGI
Muallif:Yondaftar
Kasrlarni qisqartirish
Muallif:Yondaftar
Tenglamalar sistemasini o‘rniga qo‘yish usulida
Muallif:Yondaftar

Matematika 9-sinf ×

Algebra kitobni Yuklash
Irrational tenglama va tengsizliklar sifatlirog’i
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Kvadrat funksiyalar 2-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Kvadrat funksiyalar. 1-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
DTM. Trigonometriya asoslari 2- dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
DTM. Trigonometriya asoslari 1-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometriya Yarim burchak
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometriya Ikkilangan burchak 2 – dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometriya Qo’shish formulalari 2 – dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometriya Ikkilangan burchak 1 dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometriya qo’shish formulalari
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometriya Boshlang’ich tushunchalar
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometriya Keltirish formulalari
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometriyaning asosiy ayniyatlari
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometrik tenglamalar I bo’lim
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometrik tenglamalar H bo’lim
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometrik tenglamalar 2- dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometrik tenglamalar 1 dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Kvadrat funksiyalar 2-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Trigonometrik tenglamalar C bo’lim
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Funksiya
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Kvadrat tenglama
Muallif:REPETITOR SERVIS
Chiziqli tenglamalar
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Geometrik progressiya 2-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Geometrik progressiya 1-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiyani hadlari yig‘indisini topish
Muallif:Yondaftar
Ikkilangan burchakning sinusi va kosinusi
Muallif:Yondaftar

Matematika 10-sinf ×

Algebra 2 qism kitobni Yuklash

Algebra 1 qism kitobni Yuklash
Hosilalar
Muallif:REPETITOR SERVIS
Ko’rsatkichli tenglamalar 2-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Ko’rsatkichli tenglamalar
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Hosila 2-dars
Muallif:BUKHARA EDUCATION
Hosila
Muallif:BUKHARA EDUCATION

Matematika 11-sinf ×

Matematika 2 qism kitobni Yuklash

Matematika 1 qism kitobni Yuklash
Egri chiziqli trapetsiyaning yuzi
Muallif:BUKHARA EDUCATION

Matematika Kurs + ×

Qiziqarli malumotlar
Bepul onlayn ta’lim olish uchun jahonning eng yaxshi 7 ta veb-sayti