BENZOIL XLORID haqida malumot bilib oling.
BENZOIL XLORID (benzoy kislota xlorangidridi) , S6N5SOS1 — organik birikma. Mol. m. 140,52; xavoda tutaydigan oʻtkir hidli rangeiz suyuqlik; qaynash t-rasi 197,2°, zichligi 20° da 1212 kg/m1; efir, benzol va b. organik erituvchilarda eriydi. Suv b-n gidrolizlanganda benzoy kislota, qaytarilganda esa benzoy aldegid hosil boʻladi. Benzotrixlorid S6N5SS13 ni qisman gidrolizlab, shuningdek benzoy kislotaga mineral kislotalar xlor angidridlari (PCI5, PC13, SOC12, SO,CI2) ni taʼsir ettirib olinadi. Benzoil xlorid aminlar, spirtlar, fenollarni benzoillash (S6N3SO guruhini kiritish)da, benzoil peroksid va indigoid rangdor moddalar i. ch. da keng qoʻllaniladi. Benzoil xlorid bugʻlari pafas yoʻllari va terini yalligʻlantiradi, koʻzdan yosh oqizadi.
Ensiklopediya.uz
BENZOIL XLORID