BENZOIL PEROKSID haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BENZOIL PEROKSID haqida malumot bilib oling.

BENZOIL PEROKSID, S6N5SOOO— SOS6N5 — organik birikma. Mol. m. 242,23; rangeiz kristallar. Zichligi 1334 kg/m3, suyuqlanish t-rasi 106 — 108°. Suvda, spirtda yomon, atseton (15,7%), metiletilketon (16,0%), benzol (15,8%) va stirolda (12,5%) yaxshi eriydi. Qizdirilganda va ultrabinafsha nurlar taʼsirida portlab parchalanadi. Benzoil peroksid gidrolizlanganda benzoy kislota va benzoil gidroperoksid hosil boʻladi. Benzoil peroksid benzoil xloridga ishqor ishtirokida vodorod peroksid taʼsir ettirib olinadi. Toʻyinmagan birikmalar (akrilonitril, stirol, vinilxlorid va b.)ni polimerlashda foydalaniladi. Hidni ketkazish, shuningdek yogʻ, moy va b. oziq-ovqatni rangeizlantirish uchun Benzoil peroksid «lutsidol» degan nom bilan ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
BENZOIL PEROKSID