Benzinning sifatini bildiradigan AI80 , AI92 , AI95 kabi terminlar ma’nosi va dvigatelga ta’siri.

Benzinning sifatini bildiradigan AI80 , AI92 , AI95 kabi terminlar ma’nosi va dvigatelga ta’siri.
benzinning sifatini bildiradigan ai80 ai92 ai95 kabi terminlar manosi va dvigatelga tasiri 65ca6eb70194e

/ Avto Olam / От

DO`STLARGA ULASHING:

Benzinning sifatini bildiradigan AI80 , AI92 , AI95 kabi terminlar ma’nosi va dvigatelga ta’siri.

AI degani nima. Artificial intelligence degani emas albatta )
AI — Anti knock index, ya’ni detonatsiya qarshi indeks yoki yoqilg’idagi oktanlar soni.

Nisbatan issiq sharoitlarda mashinaga AI-80 benzin solsangiz normal motor ovoziga o’xshamagan shirillagan ovoz ham qo’shilib keladi. Dvigatel yonuv kamerasida muddatidan oldin portlash yuz beganda shunday ovoz eshitiladi va bir nechta detonatsiya yuzaga keladi. Bu jarayon dvigatelga ziyon bo’lib slindr ichidagi porshen ko’p marta sodir bo’lgan portlashlar oqibatida tepadan pastga kuch bilan itariladi garchi porshen yuqoriga harakatlanish bosqichida bo’lsa ham. Silindr ichidagi bosim va temperatura ko’tarilib ketishi hisobidan davomli detonatsiyalar kelib chiqishi mumkin agar oldini olinmasa keyinchalik silindr va porshen galovkalari zararlanishiga olib keladi. Bu vaqtda esa dvigatel quvvati tushib ketadi. Normal portlashda porshen havo+yoqilg’i aralashmasini eng maksimum nuqtagacha(slindrning eng yuqori nuqtasi) siqishi kerak va shunda istalgan kuchga erishiladi. Bunday siqish nisbatiga erishilmas ekan siz hech qachon mashinani o’zining potensial kuchi darajasida tez hayday olmaysiz. AI-95 benzin quyilgan mashina esa porshen siqayotgan vaqtda muddatidan oldin yonmaydi va mashina tezligini ham orttiradi.

@Avtomexanik_07

AI92, AI95 kabi terminlar ma’nosi va dvigatelga ta’siri., Benzinning sifatini bildiradigan AI80