BENLAT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BENLAT haqida malumot bilib oling.

BENLAT, fundazol — oʻsimliklarni zamburugʻli kasalliklardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy preparat (singib taʼsir etuvchi fungitsid). Bir oz qoʻlansa hidli oq kristall modda, suvda va yogʻlarda erimaydi. 50% li gʻoʻllanuvchan kukun holida ishlab chiqariladi. Qand lavlagi, bodring, pomidor, bugʻdoy, olma, nok, tok va b. larning unshudring, antraknoz, askoxitoz, kalmaraz va b. kasalliklariga qarshi kurashda 0,5—0,8 kg/ga miqdorda suspenziyasi purkaladi.

Ensiklopediya.uz
BENLAT