BENKOV Pavel Petrovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BENKOV Pavel Petrovich haqida malumot bilib oling.

BENKOV Pavel Petrovich [1879.8(20).12, Qozon1949.16.1, Samarqand] — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). Qozon Badiiy bilim yurtida (1896— 1902), Peterburg BAda (1901—06, D. N. Kardovskiydan), Parijda rassom R. Jyulianning xususiy akademiyasida (1906) taʼlim olgan. Italiya, Ispaniya, Fransiyaga safar qilgan. «Kovalevskiy bolalarining portreti», «Rassom ayol portreti» va b. asarlar, Qozon Katta teatrining «Ruslan va Lyudmila», «Karmen», «Aida» kabi mumtoz operalari, «Oliya Bonu». «Tohir va Zuhra» kabn spektakllariga dekoratsiya chizgilari yaratdi (1913—28). 1929-y. dan Samarqandda. 1930-y. dan Samarqand Badiny bilim yurtida oʻqituvchi. Asarlarida, ayniksa, 30-y. lar oʻrtalarida yaratgan mavzuli mujassamotlarida Oʻzbskistonni, uning qad. shaharlari qiyofasi, oʻziga xos iqlimi, serkuyoshliligini, oʻzbek millati madaniyatini, kishilarini yorqin boʻyoqlarda gavdalantirdi («Buxoro timi», 1929; «Xivalik qiz», 1931; «Dugonalar», 1940; «Qahramonning onasi», 1942; «Jangchiga sovgʻa», 1945; «Dutorchi qiz», 1947). «Buxoroda oshxona» (1929), «Eski Buxoro» (1931), «Minorai kalon» (30-y. lar), «Koʻcha» (1943), «Registondagi choyxona» (1944) asarlari Oʻzbekistonning mumtoz meʼmoriy obidalari va manzaralariga bagʻishlangan. Portretlar, Samarqandning kucha va bogʻlari, bozor va hovlilari, maydon va choyxonalari, ulardagi hayotning oʻziga xos goʻzalligini yorqin va hayotiy ifodalovchi asarlar ham yaratgan. Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatni shakllantirishda, milliy kadrlar yetishtirishda xizmati katta. 1949—97 y. larda Respublikarassomlik bilim yurti Benkov nomi bilan atalgan.

Ad:. Nikiforov Benkov, Pavel Petrovich Benkov, M., 1967; Benkov P. P., Perepiska. Vospominaniya, T., 1981.

Ensiklopediya.uz
BENKOV Pavel Petrovich