BENGAL TILI haqida malumot bilib oling.
BENGAL TILI (bengal, bangla, banga, bxasha) — bengʻallar tili. Hindsvropa tillari oilasiga mansub, hind yoki hindoriy tillaridan iborat. Bangladesh Xalq Respublikasining va Hindistondagi Gʻarbiy Bengaliya shtatining rasmiy tili. 150 mln. dan optik, kishi gaplashadi. Bengal tili ikki — garbiy va sharqiy lahjalar guruhiga boʻlinadi. Tuzilishi jihatidan analitik, biroq keyingi davrlarda fleksiya shakllari koʻpayib bormoqda. Bu asosan analitik shakldagi ot va feʼllarni tutashtirish va shu asosda agglyutinativ qoʻshimchalar yasalishi orqali amalga oshadi. Bengal tilida choʻziq unlilar yoʻq, soʻz oʻzagidagi unlilar almashinuvi soʻz yasalishi bilan bogʻliq unlilar uygʻunlashuvi tarzida kuzatiladi. Otlarda jins kategoriyasi, feʼllarda koʻplik shakli deyarli yoʻq. Adabiy til gʻarbiy lahjalarga va arxaik tizimga tayangan. Alifbosi brahmi yozuvidan kelib chiqqan, oʻziga xos koʻrinishga ega.
Ensiklopediya.uz
BENGAL TILI