BELYO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BELYO haqida malumot bilib oling.

BELYO (Bello) Anders (1781.29.11, Karakas — 1865.15.10, Chili) — Venesuela shoiri, filolog. 1829-y. dan Chilida yashagan. Lotin Amerikasi filol. sining asoschisi. Epik dostonlari — «Nazmga murojaat» (1823), «Tropiklardagi dehqonchilik qasidasi» (1826) bor. Falsafiy qarashlari bilan maʼrifatparvar, ijodiy uslubi klassitsizmga moyil. Milliy ruhiyat va folklorga boʻlgan qiziqishi tufayli Lotin Amerikasi adabiyotida romantizmni boshqa ijodkorlarga nisbatan oldiproq payqagan. Ispan grammatikasi, fonetikasi va b. haqida asarlar yozgan.

Ensiklopediya.uz
BELYO