BELOVTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BELOVTI haqida malumot bilib oling.

BELOVTISurxondaryo viloyatidagi Kushtang togʻlarining shim. qismi. Jan. da Belovti dovonidan Sangardak daryosi vodiysigacha choʻzilgan. Uz. 25 km, eng baland nuqtasi 3712 m. Machaydaryo bilan Sangardak daryolarining suvayirgichi. Jan. gʻarbiy yon bagʻirlari qiya, shim. yon bagʻri tikroq. Suvayirgʻich qismi oʻrta yura ohaktoshlaridan, jan. gʻarbi quyi burning gil, qumtosh, apevrolitlaridan, yura ohaktoshlaridan, shim. sharqi paleozoyning granit, granodiorit, gneys jinslaridan tuzilgan. Shim. sharqiy yon bagʻirlari oʻyilib ketgan. Yassi tekisliklar koʻp uchraydi. Shim. sharqiy yoi bagʻirlarida 3000 m balandlikkacha toshloq jigarrang tuproqlarda archazorlar bor. Undan yuqorisi, alp va subalp utloqlari bilan qoplangan. Belovti yon bagʻirlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
BELOVTI