BELOSTOK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BELOSTOK haqida malumot bilib oling.

BELOSTOK, Byalistok — Polshaning shim. sharqidagi shahar, Belostok voyevodaligining maʼmuriy markazi. Byala daryosi sohilida. Aholisi 260 ming kishi (1990). T. y. tuguni. 19a. 30yillaridan toʻqimachilik sanoati b-n mashxur, asosan jun gazlama ishlab chiqariladi. Yirik ip gazlama k-ti qurilgan. Aniq mashinasozlik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, keramika sanoati korxonalari, med. in-ti va b. oliy oʻquv yurtlari bor. 17 — 18-a. lar meʼmoriy yodgorliklardan Braniskiy saroyi (1691 — 97) saqlangan. Gotika ratushasi (1745 — 46) va b. bor. Shaharga 1320-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
BELOSTOK