BELGRAD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BELGRAD haqida malumot bilib oling.

BELGRAD (serbcha Beograd) — Yugoslaviya va Serbiya poytaxti. Sava daryosi Dunayga quyiladigan yerdagi yirik port, dengiz satxddan 110 m balandlikda. B. Gʻarbiy Yevropadan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga boriladigan yoʻllar ustida. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0ʻ dan 2° gacha, iyulniki 22,2°. Yiliga 634 mm yogʻin tushadi. Aholisi 1,8 mln. kishi (1995). Mayd. 600 km2.

Belgrad toʻgʻrisidagi dastlabki tarixiy maʼlumot mil. av. 4 — 3-a. larga tegishli, uni keltlar Singidunum deb atashgan. Shahar qulay geografik oʻringa ega boʻlganligi sababli u oʻtmishda juda kup marta qoʻddanqoʻlga oʻgib kelgan. Mil. av. 33 y. dan boshlab u deyarli yetti asr davomida Rim imperiyasi tasarrufida boʻlib kelgan. 9-a. dan Belgrad serbcha Beograd («Oq shahar») nomi bilan maʼlum; 11-a. dan Makedoniya podshohligi, soʻngra Vizantiya imperiyasi tarkibida. 12 — 14-a. lardan Belgrad goh Vengriya, goh Vizantiya tasarrufida, 15-a. dan u yana serblarga oʻtib turdi. 1521-y. dan shahar turklar — Usmonlilar saltanati qoʻl ostida boʻlgan va «Dorul Al-Shahad», yaʼni «Qutlugʻ urush shahri» deb atalgan. 1806-y. Serbiya knyazligining poytaxtiga aylandi. 1813 — 67 y. larda yana Turkiya tarkibida, 1-jahon urushi yillarida Avstriya qoʻli ostida boʻldi. Urushdan soʻng (1918-y. dan) Serb, xorvat va slovenlar kirolligi(1929-y. dan Yugoslaviya)ning poytaxti, 2-jahon urushi arafasida Yevropaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Belgrad 1944-y. 20 okt. da nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945-y. dan YUXFR, 1963 92 y. larda YUSFR poytaxti.

B. Serbiyaning eng yirik iqtisodiy markazi, muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Belgrad va uning atrofida koʻplab sanoat korxonasi, jumladan metallsozlik, mashinasozlik (transport va q. x. mashinasozligi, elektrotexnika va motorsozlik), kimyo, toʻqimachilik (asosan jun gazlama), oynasozlik va yogʻochsozlik, oziq-ovqat (un tortish, goʻsht konserva, shakarkdnr), poligrafiya sanoata va b. bor. Anʼanaviy hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan. Belgrad sanoat korxonalari asosan Dunay daryosining oʻng sohilida va shahar atrofida joylashgan. Belgradning tarixiy qismida qad. yodgorliklardan oʻrta asr Kalemagdan qalʼasi qoldiqlari, Bayroqli Jomiya masjidi va shayx Mustafo maqbarasi (1690), Dositey Obradovich litseyi (18-a. oʻrtalari), knyaz Lyubitsi uyi (1829 — 36) va b. saqlangan. 1892-y. da Serbiya Fanlar akademiyasi, 1905-y. da unt tashkil etilgan. Belgradning markaziy qismida 19-a. 2-yarmi va 20-a. boshlarida qurilgan binolardan Xalq teatri, Eski saroy, Teraziye maydoni ansambli va b. mavjud. Belgradda Xalq muzeyi (tarix, arxeologiya, etn. yodgorliklari, Yugoslaviya va chet mamlakatlar sanʼati namunalari), Zamonaviy sanʼat muzeyi, Shaxar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Etnografiya muzeyi, Belgrad sh. rasmlar galereyasi, hayvonot bogʻi bor. 1950 — 80-y. larda koʻplab zamonaviy uy-joylar (Yangi Belgrad r-ni) qurilgan.

Ensiklopediya.uz
BELGRAD