BELGOROD VILOYATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BELGOROD VILOYATI haqida malumot bilib oling.

BELGOROD VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1954-y. 6 yanv. da tuzilgan. Belgorod viloyatida 21 maʼmuriy tuman, 9 shahar va 22 shaharcha bor. Mayd. 27,1 ming km2. Markazi — Belgorod sh. B. v. Oʻrta Rossiya qirlarining jan. gʻarbiy qismida. Yer yuzasi nisbatan baland tekislik, jar va soylik koʻp. Yirik temir ruda konlari (Kursk magnit anomaliyasi), boʻr, turli xil gillar bor. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi gʻarbida — 8,1°, sharkida — 8°, — 7°, iyulniki gʻarbida 19,6° va sharqida 21°, yiliga 420 — 590 mm yogʻin tushadi. Daryolari: Severskiy Dones, Oskol, Tixaya Sosna, Vorskla. Bir necha suv omborlari qurilgan, koʻproq qoratuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproq uchraydi. Belgorod viloyati oʻrmondasht zonasiga kiradi, jan. qismi dasht zonasida. Los, yelik, qobon, buri, tulki, boʻrsiq, quyon, yumronqoziq yashaydi.

Aholisi 1450 ming kishi (1999), shundan shahar aholisi 936 ming, qishloq aholisi 514 ming. Asosiy aholisi — ruslar; ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Yirik shaharlari: Belgorod, Stariy Oskol, Gubkin, Alekseyevka, Valuyki va b.

Belgorod viloyatida qurilish materiallari, mashinasozlik va oziq-ovqat sanoati koʻproq taraqqiy etgan. Mashinasozlik sanoati korxonalari: Belgorod (yirik bugʻ qozoni z-di), Stariy Oskol (mexanika z-di), Shebekino (mashinasozlik z-di), Volokonovkada q. (x. mashinalari tuzatish z-di). Qurilish materiallari korxonalari koʻproq Belgorodda. Kursk magnit anomaliyasidagi temir konlari asosida konchilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida shakarqand, turli konservalar ishlab chiqariladi. Asosan arpa va bugʻdoy, shuningdek qora bugʻdoy, grechixa, tariq, makkajoʻxori, qand lavlagi ekiladi. Sabzavotchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Viloyat kashnich (koriandr) ekishda Rossiyada birinchi oʻrinda. Kashnichdan parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan efir moyi olinadi. Chorvachilik sutgoʻshtga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Belgorod viloyatidan bir qancha magistral t. y. lar va MoskvaSimferopol avtomobil yoʻli oʻtgan.

Ensiklopediya.uz
BELGOROD VILOYATI