BELGOROD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BELGOROD haqida malumot bilib oling.

BELGOROD — RFdagi shahar, Belgorod viloyati markazi. Severskiy Dones daryosi boʻyida. Yirik t. y. tuguni. Aholisi 315,2 ming (1999). 1237-y. dan maʼlum. Sanoatining eng muhim tarmoqlari: binokorlik materiallari i. ch. (sement z-di, asbestotsement, boʻrohak k-tlari), mashinasozlik (energetika, kimyo, asbobsozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoati). Oziq-ovqat, kimyo, mebel sanoati korxonalari, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar, «Kursk jangi» muzey-dioramasi, yirik issiqlik elektr markazi bor. B. orqali Shebelinka — Moskva gaz quvuri oʻtadi. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, telemarkaz bor.

Ensiklopediya.uz
BELGOROD