BELDORSOY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BELDORSOY haqida malumot bilib oling.

BELDORSOYToshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy, Oqsoqotasoyning oʻng irmogʻi. Katta Chimyon togʻining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 23 km, havzasining mayd. 77 km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1 m/sek chamasida. Beldorsoy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; bahorda toʻlib oqadi, baʼzan sel keladi. Beldorsoyning 24 ta mayda irmogʻi bor. B. havzasida togʻchangʻi sporti oʻyinlari oʻtkaziladi. Xalqaro talablarga javob beradigan maxsus inshootlar qurilgan.

Ensiklopediya.uz
BELDORSOY