Bel
Bel
Bel – muayyan fizik kattalikning, aynan shu kattalikning boshlang‘ich asos uchun olingan birligiga logarifmik nisbatini ifodalovchi birlik. Ya’ni, birlikning asosida o‘nli logarifm yotadi. Ushbu birlik AQSHlik olim va ixtirochi Aleksandr Bell sharafiga nomlangan.
Energetik kattaliklar (quvvat, energiya, energiya zichligi va ho kazolar) uchun 1 bel 1:10 nisbatda; va kuch kattaliklari (tovush bosimi, elektr kuchlanish, elektr toki kuchi va ho kazolar) uchun esa √10≈3,162 nisbatda olinadi. Bel birligining nisbatan keng tarqalgan ko‘rinishi – uning ulushli birligi bo‘lmish detsibell bo‘ladi.
Bel Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) tarkibiga kirmaydi. Biroq, O‘TXQ tomonidan, SI birliklari bilan birga cheklovlarsiz qo‘llashga ruxsat etilgan. Asosan, akustika, radiotexnika va elektr aloqasida qo‘llanadi.
Bel – ikkita bir nomli energetik kattaliklar P0 va P1ning o‘zaro nisbatining o‘nli logarifmi tarzida aniqlanadi:
Energetik kattaliklar kuch kattaliklarining kvadratiga proporsional bo‘lishi bois, ikkita kuch kattaligi F0 va F1 ning belda ifodalangan nisbati ushbu kattaliklarning o‘zaro nisbati o‘nli logarifmining ikkiga ko‘paytirilgani orqali aniqlanadi:
Formulalardan ma’lum bo‘lmoqdaki, demak, NB+1B bo‘lsa, demak, P kattalik 10 barobarga ortadi; F kattalik esa 3,162 barobarga ortadi va aksincha, 1B ayirma, mos ravishda P ni 10 barobarga kamaytirsa, F ni 3,162 barobarga kamaytiradi.
Yuqorida ham aytilganidek, amaliyotda bel birligining ulushli birligi – detsibell ko‘proq qo‘llanadi. Detsibelning o‘zbekcha va xalqaro nomlanishi dB. U bir belning o‘ndan biriga teng bo‘lib, aniqlanishi —
tarzida bo‘ladi. Ya’ni, bunda, kattalikning boshlang‘ich qiymatdan bir dB ga ortishi, uning 100,1≈1,259 barobarga ortishini bildiradi. Kuch kattaliklarning 1 dB ga ortishi esa, uning
formulaga ko‘ra, 100,05≈1,122 marta ortishini bildiradi.
Detsibel birligining keng tarqalish tarixi telegraf va telefon tarmoqlaridagi signalning susayishini o‘lchash va aniqlash zaruriyati tug‘ilgan zamonlarga borib taqaladi. Avvaliga signalning susayishi birligi sifatida standart kabel mili birligidan foydalanilgan. U m.s.c tariqasida belgilangan va uzunligi 1 mil (taxminan, 1609 metr) va qarshiligi 88 om bo‘lgan kabel orqali jo‘natilgan, chastotasi 800 Hz lik signalning yo‘qotishlariga (susayishiga) teng deb olingan edi (kabeldagi simning ko‘ndalang kesim yuzasi taxminan 0,9 mm bo‘lgan). Aynan shunday signal susayishini o‘rta statistik odam qulog‘i ilg‘ay oladigan eng kichik yo‘qotish deb qabul qilinar edi. Biroq, bu birlik chastotaga bog‘liq bo‘lgani uchun, to‘laqonli axborot bera oladigan birlik bo‘lmagan. Shu sababli, aniq fizik o‘lchashlarga asoslangan birlik joriy etish taklifini 1924-yilda «Bell telefon» kompaniyasi ilgari surgan. Shu yilning o‘zida Xalqaro Telegraf Tashkiloti (ITU) ushbu taklifni ma’qullagan va bel va detsibell birliklarining yuqorida keltirilgan ta’rifi asosidagi qoidalari qabul qilingan. 2003-yilda O‘TXQ hatto detsibel birligini SI ga kiritish masalasini ham ko‘rib chiqqan. Biroq, maslahatlashuvlardan so‘ng, ushbu birlik baribir SI ga kiritilmagan. Shunga qaramay, detsibell jahon bo‘yicha juda keng tarqalgan birlik bo‘lib, xususan, Xalqaro Elektrotexnika Tashkiloti (IEC) hamda, Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti (ISO) ushbu birlikdan foydalanishni rasman qabul qilgan.
Detsibel asosan tovush va shovqin darajasini ifodalash uchun qo‘llangani sababli, quyida, tovush va shovqinni detsibellarda ifodalanish darajasini keltiramiz:
Tovush yoki shovqin |
Darajasi (qiyosiy bahosi) |
0 dB |
Eshitish chegarasi (hech nima eshitilmaydi) |
10 dB |
Deyarli hech narsa eshitilmaydi (daraxtdan uzilgan bargning yerga tushishi) |
15 dB |
Sal eshitiladi (barglar shitirlashi) |
20 dB |
Shivirlab gaplashish |
25 dB |
Pichirlab gaplashish |
30 dB |
Soat chiqillashi, yengil ovozda gaplashish |
35 dB |
Oddiy past ovozda gaplashish |
40 dB |
Odatiy ochiq ovozda gaplashish |
45 dB |
Ovozni ko‘tarib gaplashish |
50 dB |
Baland ovozda gaplashish. Yozuv mashinkasining shaqillashi |
55 dB |
Baland ovoz, idoralardagi shovqin darajasi uchun me’yor chegarasi |
60 dB |
Shovqin (qattiq ovozda gapirish) |
70 dB |
Baqirish |
80 dB |
Qichqirish, chinqirish, mototsiklning o‘t olishi |
90 dB |
Qattiq qichqiriq, poyezd vagonlari o‘tishi |
100 dB |
O‘ta qattiq chinqirish, momaqaldiroq gumburlashi: |
110 dB |
Vertolyot parraklari shovqini |
120 dB |
O‘ta kuchli shovqin (otboy bolg‘asi) |
130 dB |
Og‘riqli darajada shovqin (samolyotning uchishi) |
140 dB |
Reaktiv samolyot shovqini, kontuziyaga olib keladigan darajadagi shovqin |
160 dB |
Bunday shovqindan odam asabiy shok holatiga tushadi, jiddiy jarohat oladi. Tovush tezligidan tez uchuvchi samolyot shovqini |
|
160 dB dan yuqori shovqin quloq pardalarini yirtib yuboradi va o‘pkani jarohatlaydi. |
200 dB |
O‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan darajadagi shovqin |
282 dB |
Yadro portlashida tarqaladigan zarba to‘lqinidan hosil bo‘ladigan shovqin |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Tizimlashmagan birliklar
BEL
Manba:orbita.uz