BEL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BEL haqida malumot bilib oling.

BEL — tananing bir qismi; bel umurtqalari (orqa oʻsiqlari b-n), ularga yopishgan va ulardan boshlangan muskullar (qorin boʻshligʻining orqa devori)dan iborat. Belni yuqoridan koʻkrak qafasining pastki chegarasi — 12-qovurgʻa, pastdan — yonbosh suyaklarining tepa qirrasi, oʻrtadan — bel umurtqalarining oʻtkir qirrali oʻsiqlari va yonboshdan — 11-qovurgʻa uchidan yonbosh suyaklarining tepa qirrasiga oʻtkazilgan vertikal chiziq chegaralab turadi. Belda gavdani tikka ushlab turuvchi muskul tutamlari, ularni qoplagan pardalar, yogʻ qatlamlari, qon tomirlari, nerv tolalari bor. Gavdaning tik turishida, shuningdek qaddi-qomat shakllanishida Belning ahamiyati bor.

Ensiklopediya.uz
BEL