BEKLAROʻT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BEKLAROʻT haqida malumot bilib oling.

BEKLAROʻT (Echinophorpa sibthoipiana) — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50 sm cha. Barglari murakkab, patsimon qirqilgan, bandi tarnovsimon. 5 — 6 tacha sargʻish gullari kichik soyabon toʻpgulni, ular esa yirik (murakkab) soyabon toʻpgulni hosil qiladi. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Eron va Kichik Osiyoda tarqalgan. Adirlarda oʻsadi. Iyulda gullab, avg. da meva tugadi. Barglari mayda shoxchalari bilan birga xushboʻy ziravor sifatida ovqatga solinadi, baʼzan qatiqqa qoʻshib ham ichiladi.

Ensiklopediya.uz
BEKLAROʻT