
BEK NAZAGʻ haqida malumot bilib oling.
BEK NAZAGʻ (19-a.) — tarixchi, «Amiri lashkar jangnomasi» nomli tarixiy asar muallifi. Bu kitob sheʼriy asar boʻlib, 1865 — 75 y. larda oʻzbek tilida yozilgan. Asarda 1864 — 65 y. lari Qoʻqon xonligida boʻlib oʻtgan voqealar, jum-ladan Qoʻqon xonining lashkarboshisi Alimqul askarlari bilan rus qoʻshini oʻrtasida Toshkent va uning atrofi uchun boʻlgan janglar haqida maʼlumot berilgan. Asarning 1878-y. da koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharq-shunoslik in-tida saqdanadi.
Ensiklopediya.uz
BEK NAZAGʻ