
BEDA QANDALASI haqida malumot bilib oling.
BEDA QANDALASI (Adelpnocoris lineolatus Goeze) — chala qattiq qanotli hasharotlar turkumining soʻqirlar oilasiga kiradigan hammaxoʻr hasharot, ayniqsa beda va uning urugʻiga katta za-rar yetkazadi. Voyaga yetgan qandala (kattaligi 7 — 9,5 mm) choʻziq, sargʻish-yashil. Yelkasida 2 ta qora nuqtasi bor. Tuxumini beda poyasi ichiga qoʻyadi. Urgʻochisi 50 tacha tuxum qoʻyadi. Lichinkasining tanasi yashil, uz. 3,5 — 5 mm. Bir yilda 3, hatto, Oʻzbekistonning jan. da 4 boʻgʻin beradi. Beda qandalasi va lichinkalari bedaning bargi, kurtagi va gulidan, gʻoʻzaning shonasi va gul bandidan shira soʻradi. Natijada shona, gulchalar toʻqiladi.
Kurash choralari: kuzda bedaning oxirgi oʻrimi tagidan (koʻpi bilan 6 — 7 sm qoldirib) oʻriladi, kimyo-viy preparatlardan karbofos, 50% e. k. (0,20,6 l/ga); fenvalerat, 20% e. k. (0,3 – 0,6 l/ ga); zolon, 30% hoʻllanuvchi kukun (1,6 — 33 kg/ga) va b. ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
BEDA QANDALASI