Ba’zi usullar bilan o’g’il tug’ilishi ehtimolini oshirish mumkin haqida to’liq ma’lumot oling
Ba’zi usullar bilan o’g’il tug’ilishi ehtimolini oshirish mumkin⚡️
❗️Lekin reja asosida o’g’il tug’ishing 100 foiz kafolatlik imkoni mavjud emas.
Bolani jinsini oldindan rejalashtirish, homila o’g’il bo’lishi uchun qo’llaniladigan usullaridan biri — ovulyasiya usulidir.
Ovulyasiya ayolning tuxum hujayrasi urug’lanishga tayyor bo’lgan davrdir. Bu davr tuxum hujayrasining va ayol organizmiga tushgan erkak spermatozoidlarining yashash qobiliyatiga bog’liq ravishda 2-7 kun davom etishi mumkin.
Mana shu davomiylik asosida bola jinsini rejalashtirishning ovulyasiya usuli topilgan.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdi:
✔️O’g’il tug’ilishi uchun javobgar Y xromosomali spermatozoidlar hajmi kichik, harakatchan bo’ladi, tez yuradi va ozuqa zahirasi kamligi sabab tez nobud bo’ladi.
✔️Qiz tug’ilishi uchun javobgar X xromosomali spermatozoidlar Y li sherigiga nisbatan katta hajmli boʻlib, sekinroq harakat qiladi, ozuqa zahirasi koʻpligi sababli ko’proq yashaydi.
❗️Demak, jinsiy aloqa sodir bo’lish kuni bolani jinsini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
📌 Agar jinsiy aloqa ovulyasiya (tuxum hujayra follikuladan yorilib chiqqan) kuni yoki undan 1 kun keyin yuz bersa, tez harakat qiluvchi Y xromosomalik spermatozoidlar birinchi bo’lib ayol tuxum hujayrasiga yetib oladi va uni urug’lantira oladi. Bunda oʻgʻil homila bunyodga keladi.
📌 Agar jinsiy aloqa ovulyasiya sodir bo’lishidan oldin yuz bersa, u holda ayol organizmida X va Y xromosomalik spermatozoidlar bir qancha muddat tuxum hujayrasi folikuladan ajralib chiqishini kutishi kerak bo’ladi. Kutish mobaynida zaifroq hisoblanmish Y spermatozoidlari nobud bo’ladi yoki kuchsizlashadi. Natijada ovulyasiya sodir bo’lgan payt, tuxum hujayrani X xromosomalik(qiz tug’ilishiga javobgar) spermatozoidlar urug’laydi.
✅ Demak, o’gil tug’ishni rejalashtirayotgan juftliklar jinsiy aloqani ovulyasiya kuni yoki undan 1 kun keyin sodir etishlari lozim. Shunda o’g’il uchun javobgar Y spermatozoidlari ayol tuxum hujayrasini urug’lay olish imkoni yuqori bo’ladi.
O’g’il tug’ishning ovulyasiya usuli ayolning jinsiy a’zolaridagi PH darajasiga ham bo’gliq bo’ladi. PH past bo’lgan muhitta Y xromosmalik (o’g’il uchun javobgar) spermatozoidlar tez nobud bo’ladi.
❗️Ovulyasiya yo’li bilan jinsni rejalashtirishning qiyin tomoni shundaki, ovulyasiya kunini aniq bilish oson emas. Buning uchun har kuni, ba’zida kunda bir necha marta Ultra Tovushli diagnostika yordamida folikula rivojlanishini va ovulyasiya kunini aniqlash talab etiladi. Ovulyasiya testlari esa ovulyasiyaning tahminiy vaqtini ayta oladi, xolos.
Homiladorlik rejalashtirilayotganda eng muhimi sog’lom farzand tug’ilishi rejalashtirish. Shunga yarasha harakat qilish. Farzandning jinsi esa Olloh tomonidan beriladigan sovg’adir.
Manba: www.andrology.uz
Malumotlar
Ba’zi usullar bilan o’g’il tug’ilishi ehtimolini oshirish mumkin