Bayonnomadan ko’chirma

Bayonnomadan ko’chirma

1-topshiriq

Matnni o‘qing, bayonnomaning tarkibiy tuzilishini eslab qoling.

11-sinf Ona-tili darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH

Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Muassasa nomi.
  2. Sarlavha (yig‘ilishning nomi).
  3. Shartli raqami.
  4. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
  5. Yig‘ilish sanasi.
  6. Yig‘ilish joyi.
  7. Tasdiqlash belgisi (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo‘lsa).
  8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
  9. Matn:
    a) qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni;
    b) kun tartibi;
    d) «eshitildi»;
    e) «so‘zga chiqdilar»;
    f) «qaror qilindi».
  10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).
  11. Imzolar

Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo‘lib, kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi. Har qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ularning o‘zaro tartibi masalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab belgilanadi. Majlis bayonnomasida KUN TARTIBIni bosh kelishikda ifodalash va katta harflar bilan yozish kerak.

Matning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har bir bo‘lim uch qismdan iborat bo‘ladi: ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI. «ESHITILDI» qismida tegishli masala bo‘yicha ma’ruzachining gaplari beriladi. «SO‘ZGA CHIQDILAR» birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi.
Zaruriyat bo‘lganda, qavs ichida har bir so‘zlovchining ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi. Majlisda berilgan savollar ham bayonnomada yoziladi.

Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masala bo‘yicha qaror qabul qilinadi. «QAROR QILINDI» birikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi. Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohida «ESHITILDI», «SO‘ZGA CHIQDILAR», «QAROR QILINDI» sarlavhalari qo‘yiladi va so‘zlovchilar nutqining qisqacha mazmuni, qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi. («Ish yuritish» kitobi)

Содержание ( Открыть / Закрыть )
  1. 2-topshiriq
  2. 3-topshiriq
  3. 4-topshiriq

2-topshiriq

Bayonnomadan ko‘chirmaning tarkibiy tuzilishi bilan tanishing va uni eslab qoling.
Zaruriyat tufayli majlisda qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Bayonnomadan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi. Bayonnomadan ko‘chirma quyidagi asosiy qismlardan iborat.

  1. Muassasa nomi.
  2. Sarlavha (yig‘ilishning nomi).
  3. Sana (majlis sanasi).
  4. Shartli raqami.
  5. Hujjat nomi (bayonnomadan ko‘chirma).
  6. Bayonnoma tuzilgan joy.
  7. Matn:

a) KUN TARTIBI;
b) «ESHITILDI»;
d) «QAROR QILINDI».

  1. Imzolar.
  2. Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi (muhr bilan).

Ba’zan bayonnomadan ko‘chirmalarda yig‘ilishda qatnashuvchilarning familiyasi yoki soni, shuningdek, ko‘rilgan masala bo‘yicha muhokamada ishtirok etganlar familiyasi ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bayonnomaning matn qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga yetkazilishi kerak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bo‘lsa, kerakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi. («Ish yuritish» kitobi)

Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmoq Imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq. Varianti: ko‘rpaga qarab oyoq uzatmoq. Yuragi po‘killamoq Biror yoqimsiz ishning yuz berishidan hadiksiramoq.

3-topshiriq

Maktabingizdagi «Yoshlar ittifoqi» tashkilotining biror masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishi bayonnomasini tuzing. Uni birgalikda tahlil qiling.

4-topshiriq

O‘z sinfingizda o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishi bayonnomasini ko‘chiring. Bayonnoma matnida fe’lning qaysi nisbat shaklidan ko‘p foydalanilganini aniqlang. Shundan kelib chiqib, ish qog‘ozlari uslubi haqida fikrlashing.

Maktab darsliklari, Ta‘lim
Bayonnomadan ko’chirma