Bayon kitobi

Bayon kitobi

Ishoq Alayhissalomning TugʻIlish Qissasi
Sora hazratlari yuz oʻttiz yoshga kirganlarida Jabroil alayhissalom bashorat olib keldi:
— (Oyat) «Va Biz unga bashorat berdik Ishoq bilan va Ishoqdan keyin Ya’qub bilan».
Negaki, bu paytda yuz oʻttiz yil yashagan Sora farzand koʻrishdan koʻngil uzgandi. Lut qavmini halok qilish uchun kelgan Jabroil alayhissalom yuqoridagi hushhabarni olib kelgandi. Bu habardan keyin yetti kun oʻtgach, Sora ishoqqa yukli boʻldi. Toʻqqiz oydan keyin Ishoq tugʻildi. U tugʻilgan kechada osmondan ming yulduz tushib, Ibrohim alayhissalomning uyi atrofiga yigʻildi.
— Iloho, bu qanday alomatdir? – munojot qildi Ibrohim alayhissalom.
— Ey Ibrohim, bu Ishoq ismli oʻgʻlingdan ming paygʻambar chiqadi, degan alomatdir! – degan nido keldi.
— Ishoqqa bu karomatni berding, Ismoilga nima berursan? – dedi ota Ollohga shukrona qilarkan.
— Ey Ibrohim, Ismoilni menga topshirgil! Undan Muhammad ismlik bir paygʻambar chiqargayman. Agar shu paygʻambarim boʻlmaganida edi bir yuz yigirma toʻrt ming paygʻambarlari sen ham boʻlmagay eding. hammalarini uning muhabbati uchun yaratdim! – degan farmon keldi.
Bu habardan Ibrohim alayhissalomning sevinchlari toʻlib-toshdi, hojarga habar yubordi, Sorani shod etdi, yaratganga shukronalar qildilar. Ibrohim alayhissalom ming qoʻy, yuz sigir va yuz tuyani qurbonlik qildi.
Ishoq ulgʻaygach, Ilyos oʻgʻli Batvilning Ruq’a ismli qiziga oʻylandi. Undan ikki oʻgʻil koʻrdi. Kattasi Iyaz, kichigi Ya’qub edi. Iyazning tovonini ushlab tugʻilgani uchun otini Ya’qub qoʻydilar. Ishoq paygʻambarning koʻzlari ojiz edi. Iyaz ulgʻayib, ovchilik bilan shugʻullana boshladi. Otasi Iyazni ortiqroq sevardi. Kunlardan birida otasi Iyazga:
— Kiyik goʻshti qovurdogʻini koʻngil tusadi. Keltirsang, senga paygʻambarlik duosini qilarman, – dedi.
Iyaz ovga ketdi. Ya’qubni onasi koʻproq sevar edi. U bu soʻzni eshitib, bir qoʻyni boʻgʻizlari va terisini Ya’qubga kiydirdi. Negaki, sertuk boʻlganidan otasi oldiga borganda Ya’qubni tanib qolmasin, degandi.
— Otang oldiga borgilki, seni tanimasin. Otangdan paygʻambarlik duosini tilagin, – deb tayinladi onasi.
— Ey ota, kiyik goʻshti keltirdim, – dedi Ya’qub. Otasi goʻshtni yeb boʻlgach, duo tilab kelganini bildirdi.
Ishoq alayhissalom Ya’qubning qoʻlini tutib:
— Badaning Iyaznikiga oʻhshaydiyu, ovozing Ya’qubnikiga oʻhshar, – dedi va duo qildi. – Avlodingdan paygʻambarlar chiqsin, yaxshi solih bandalar koʻpaysin.
Bu duo ijobat boʻldi. Sal oʻtmay Iyaz keldi va kiyik goʻshti keltirganini aytdi. Duo tiladi.
— Boya kelding, duo qildim-ku? – dedi Ishoq alayhissalom.
— Yoʻ-, men kelganim yoʻq, – dedi Iyaz.
— Ey Iyaz, bu makrni Ya’qub qilibdi, – dedi ota. Keyin Iyazga ezgu duo qildi. Unga paygʻambarlik duosi boʻlmadi. Shu boʻldi-yu Iyaz bilan Ya’qub oʻrtasida adovat tugʻildi. Ota yana ziddiyatdan choʻchib, Iyazni Rum yurtiga joʻnatib yubordi. Shu bois Rum xalqi Iyazning avlodlaridandir. Ya’qub alayhissalom avlodidan paygʻambardgʻlik duosi barokati tufayli koʻplab paygʻambarlar dunyoga keldilar.

Qisasul anbiyo (nasriy bayon) [Nosiruddin Rabgʻuziy]

Osmonlarning Sifati
Ilk qavat osmon yashil zumraddandir, uni Rafiq derlar. Farishtalari dovon suratida, ulugʻlarning oti Ismoildir. Ikkinchi qavat osmon kumushdandir, uni Ruq’a derlar. Farishtalari burgut su’ratida, ulugʻlarning oti Raqobildir. Uchinchi qavat osmon yoqutdandir, uni Qaydam derlar. Farishtalari sigir suratida, ulugʻlaorning oti Koʻkboildir. Toʻrtinchi qavat osmon oq injudandir, uni Moʻun derlar. Farishtalari ot suratida, ulugʻlarining oti Nubyoyildir. Beshinchi qavat osmon oltindandir, uni Ratqo derlar. Farishtalari hur suratida, ulugʻlarining oti Siftboildir. Oltinchi qavat osmon sariq yoqutdandir, uni Aribo derlar. Farishtalari odamiy suratida, ulugʻlarining oti Nurboildur.

Yerlarning Sifati
Ilk qavat yerni Ramko derlar. Aqim otligʻ shamol ustida yetmish ming xalqada turar. Har bir xalqani yetmish ming farishtalar tutib turarlar. Ikkinchi qavat yerni Julza derlar. Uning ichida doʻzax chayonlari bordir, ul chayonlar tuyalarga teng kelar, nayzalari quduq sifatlidir. Har bir olti yuz oltmish boʻyin, har boʻynida olti yuz oltmish bosh, har boshida olti yuz oltmish zaharli olma bordir. Ulardan biri bu dunyoga choʻkib qolsa, olam ahlining brachasi halok boʻlgʻay. Uchinchi qavat yerni Arqa derlar. Uning ichida har biri Kof togʻidan ham kattaroq boʻlgan urumlar bordir. Toʻrtinchi qavat yerni Harna derlar. Uning ichida doʻzax ilonlari bordir. Har bir ilonning ming tishi bor, har bir tishi xurmo daraxtidek, har bir tishi ostida ogʻu bilan toʻla oʻn sakkiz olma bordir. Beshinchi qavat yerni Malso derlar. Uning ichi doʻzax toshlariga toʻladir. Oltinchi qavat yerni Sijjin derlar. Uning ichida doʻzaxiylarning jonlari turadir. Yetti qavat yerni Ajibo derlar. Iblis shunda turar. Har yilda bir chiqar va yana qaytib kirar. Har bir kunning uzunligi besh yuz yilga tengdir.

Farishtalar, Jinlar Va Odamlarning Yaratilishi Haqida Soʻz
Olloh taolo farishtalarni oʻtning yorugʻligidan, parilarni esa oʻtning alangasidan yaratdi. Ularning asllari boʻlsa hamki, uch narsa bilan farqlanadilar. Buri shuki, farishtalar nurdan, parilar alangadan bino boʻlgandilar. Ikkinchisi shuki, farishtalar malak deb, parilar esa jin deb ataldi. Uchinchisi shuki, farishtalarning makoni osmonda, jinlarniki esa yerda boʻladi.
Habarda kelishicha, Olloh taolo jahannam ichida ikkita mahluq yaratdi: biri erkak arslon suratida, oti Jablit, ikkinchisi esa urgʻochiboʻri suratida – oti Tablit. Jablitning quyrugʻi dumi ilonga oʻxshash, Tablitning quyrugʻi chayonga oʻxshash. Ollohning farmoni bilan ikkovining quyruqlari doʻzax ichiga tushdi. Bunga qadar doʻzax ichida na ilon va na chayon bor edi.
Jabroil alayhissalomga farmon boʻldiki, Tablitni nikoh qilib Jablitga bergin, deb. Hamma muhluqotlar ichida eng birinchi nikoh shu edi, ungacha nikoh boʻlmagandi. Jablit bilan Jablit qoʻshilgach, egizak nasllar: bir oʻgʻil, bir qiz tugʻila boshladi. Jablit tugʻilgan qizlarni birga tugʻilgan oʻqillarga berar edi. Yettinchi farzand koʻrganda oʻgʻliga Xoris deb nom berdi. U gʻoyat makkor boʻldi. Jablit u bilan birga tugʻilgan qizni Xorisga berayin degnada Ollohdan farmon boʻldiki: «Bundan buyon birga tugʻilganlarni nikohlamagin. Oldin tugʻilgan oʻgʻilga keyin tugʻilgan qizni bergin!« Jablit Xoris bilan tugʻilgan qizni boshqa oʻgʻliga berdi. Bundan Xoris oʻpkalab, boshqa qizni olishga unamadi. Doʻzaxning holi bir burchagida oʻtirib, ibodatga mashgʻul boʻldi. Koʻp yillar ibodat qilgach, tangri uni oltincha qavat yerga chiqardi. Unda ham koʻp ibodat qilgan edi, beshinchi qavat yerga chiqardi. Bunda ham ziyoda ibodatga mashgʻul boʻlgandi, bu dunyoga chiqardi. Bu dunyoda ham chandon ibodat qildiki, Mashriqdan Magʻribga qadar Xoris sajda qilmagan bir qarich yer ham qolmadi. Shundan keyin Olloh taolo uni osmonga chiqardi. Unda ham ziyoda toatlar qilgani bois ikkinchi osmonga chiqardi. Shu tariqa yettinchi osmonga ham chiqdi. Soʻngra, Jannatga kirgizgandi, u yerda farishtalarga ustod boʻldi. Shunda Xoris otini oʻzgartirib, Azozil deb atadilar. U istasa jannatga kirar, istasa osmonga chiqardi. Onadan tugʻilgandan keyin uch ming yil oʻtgandi. (Oyat) »Eslagin, ey Muhammad, ul vaqtiki Parvardigoring farishtalarga dedi: Sajda qilinglar Odamga! Bas sajda qildilar hammalari, ammo iblis sajda qilmadi». Bu iblis Azozil edi. Aytishlaricha, Azozil Jonn urugʻidan edi.
Shundan keyin yer yuzida oʻtgan Jonn otligʻ mahluq yaratildi. (Oyat) «Va undan ilgari jinlarni yaratdik Biz esib turgan oʻtdan«. Rivoyatlarga koʻra, ular dunyoda yetmish ming yil turdilar. Ollohga gunohkor boʻlgach, ular ketkazildi. Oʻrinlariga Jon ibn al-Jon otligʻ haloyiq keldi. Oʻn zakkiz ming yil umr koʻrdilar. Ular ham osiylik qilgach, oʻrinlari farishtalarga berildi. Farishtalar yetmish ming yil turdilar. Azozil ular bilan birga edi. Dunyoga koʻngil bogʻladilar, bu Ollohga xush kelmadi: “Mendan boshqaga koʻngil berdingiz, sizlarni ketkazurman, keyin xalq yaratib, bu mulkni ularga berarman”, deb xitob qildi. (Oyat) “Albatta Men yer yuzida xalifa, “oʻrin bosar» yaratmoqchiman».
Yana bir habarda aytilishicha, Olloh taolo dunyoni yaratgandan soʻng yer mulkini qushlarga berdi. Yetti ming yil qushlar ihtiyorida boʻldi. Undan keyin Jin ibn al-Jonga berdi, ular ham yetti ming yil umrguzaronlik qildilar. Gunoh, shariatga xilof koʻp ishlarni qilganlarki, qon toʻkkanlari uchun yer yuzi tasarrufini ulardan olib, farishtalarga berdi. Yetti ming yil boʻlgandan keyin ulardan ham olar vaqt yetgach, Olloh taolo: «Men yer yuziga halifa yaraturman«, deb xitob qildi. Farishtalar bu xitobni eshitgach, gʻamgin boʻldilar va “Ilohi, yer yuzida gunohkorlar va qon toʻkuvchilarni yaraturmisan? Yer mulkin biz tasbih va tahlil aytuvchilardan olib, ularga berurmisan?”, dedilar. Xitob qildi: »Men bilurman, sizlar bilmassiz».
Savol: Farishtalar odam farzandlarini koʻrmagandilar va ularning fasod ishlar qilganlarini va qon toʻkkanlarini qaerdan bildilar?
Javob: Darhaqiqat, ular Odamlarni koʻrmagandilar, ammo Jin ibn-Jonni koʻrgan, gunohkorliklarini bilgan edila va shunga qiyosan soʻz aytgandilar. Olloh taoloning «Sizlar bilmagan narsalarni men bilaman«, deyishiga sabab shuki, birinchidan – Ollohning ushbu kalomiga koʻra u zot aytadiki: “Muhammad mustafi alayhissalom odam farzandlaridan boʻladi. Bu jahonni, oy, quyosh va barcha narsalarni uning suyukliligi uchun yaratdim. Kim mening doʻstim ekanligini oʻzim bilurman, sizlar bilmassizlar”. Ikkinchidan – Olloh taolo shunday debdur: »Men bilamanki sizlarning ibodatlaringiz (ujb) oʻziga bino qoʻyish bilan aralashgan va ularning gunoh ishlari uzr bilan aralashgan. Uzrli gunoh mening nazdimda ujblik gunohdan mahbubroqdir».

Odam Alayhissalom Qissasi
Paygʻambar alayhisalom dedilar: «Kimda-kim dunyo ajoyibotlarini koʻrmoqchi boʻlsa, Odam alayhissalom qissasiga qarasin».
Olloh subhanahu va taolo odamni yaratishlikka ahd qildi va Jabroil alayhissalomga amr qildi: «Borgil, yer yuzidan bir hovuch tuproq keltirgil!« Jabroil kelib tuproq olmoqchi boʻlgandi, yer ont berdi: “Mendan tuproq olmangiz!” deb. Hazrat Jabroil yerga rahmi kelib, tuproq olmadi. Hazrat Isrofilni yubordi, unga ham ont berdi va u ham tuproq olmadi. Keyin hazrat Makoilni joʻnatdi, yer unga ham ont berdi, u ham tuproq olmadi. Shundan keyin hazrat Azroilga farmon boʻldi. Yer unga ham ont berdi. Azroil aytdi: “Olloh taoloning buyrugʻi sening ontingdan azizroq turadi”. Soʻng yer yuzidan bir hovuch tuproq oldi. Ollohdan xitob keldi: »Ey Azroil, qattiq koʻngilli ekansan. Shunday taqdir qildimki, hamma tiriklarning jonini senga oldiraman».
U tuproqda oq, qora, chuchuk, achchiq, sariq, yashil, qizil, koʻk, qattiq, yumshoq, toza, nopok, totli va totligʻsiz – hammasining suvi bor edi. Shul sababdan odam farzandlari bir-biriga oʻxshamaslar, kimi poku, kimi nopok, kimi betobu kimi sogʻlom, kimi qorayu kimi oq, kim sarigʻu kimi qizil, kim esligu kimi aqlsiz, kimi chuchuk soʻzliyu kimi achchiq soʻzli, kimi qattiq koʻngilliyu kimi yumshoq koʻngillidirlar. Azroil u tuproqni Makka va Toif orasidagi Daxno nomli yerga qoʻydi. U tuproq ustiga qirq yil yomgʻir yogʻdi, oʻttiz toʻqqiz yil qaygʻu-alam yomgʻiri, bir yil esa sevinch yomgʻiri yogʻdi. Shu boisdan Odamga sevinchdan koʻra qaygʻu koʻproq boʻldi. Olloh taolo qirq yildan keyin qudrat qoʻli bilan odam suratini barpo qildi. Odamning boshi toif taravga oyogʻi Makka tarafga qaragan edi. Buning hikmati toifning Makkadan ulugʻligini koʻrsatish uchun emas, balki odam oʻrnidan tursa yuza Makkaga qarasin, deganlikdan shunday qilidi. Shariatda shunga monand mas’ala bor: bizning mashablardan qachon biron-bir bemor odam yotib namoz oʻqimoqchi boʻlsa oyogʻini qibla tarafga uzatur. Shuning uchunki, qachon u namoz ichida sihat topguday boʻlsa va oʻrnidan tursa yuzi qiblaga qaragan boʻlgʻay.
Odamni tuproqdan yaratmoqlikning nima hikmati bor edi? qachon Olloh taolo odamni yarataman, deb hitob qilganida barcha narsalar bosh koʻtarib: «Odamni bizdan yaratgil«, deb ta’mia qildilar. Togʻ: “Men quvvatlikman”, dedi. Dengiz: “Men haybatlikman”, dedi. Oltin: “Men azizman”, dedi. Osmon: “Men yuksakman”, dedi. Hamma narsalar oʻzlarini baland olib gap aytdilar. Yer esa tavozu’ qilib, hokisolik bilan: “Men hammadan zaifman, oyoq ostidaman, menda quvonadigan narsa yoʻq”, dedi. Shunda xitob keldi: »Men Odamni yerdan yaraturman» va Odamni tuproqdan yaratdi.
Habarda aytadilarki, bir kuni Iblis yetmish ming farishta bilan Odam jasadi yoniga osmondan tushib keldi, ikkala qoʻli bilan Odamning qorniga urib koʻrdiki, ichi kovak ekan. Farishtalarga aytdi: «Buni yoʻldan chiqarish oʻngʻay ekan«. Yana dediki: “Agar Olloh buning ustidan sizlarga erk bersa ne qilgaysizlar?” Hamalari: “Boʻyin sungaymiz”, dedilar. Iblis aytdi: (Oyat) “Hudo nomiga qasamyod etamanki, agar Olloh uni mening ustimdan hukumron qilib qoʻysa, men unga boʻysunmagayman va agar meni uning ustidan hukumron qilib qoʻysa, uni oʻldirgayman”. Va shu ondayoq kofir boʻldi. (Oyat) »Va u kofirlardan edi».
Yana qirq yildan keyin Odamning jonigʻa farmon boʻldi: «Odamning taniga kirgin!« deb. Jon Odamning boshi ustida turib qoldi, kirgani unamadi-da “Men oliyman, bu tubanga qanday kirayin”, dedi. Shunda Jabroil alayhissalom keldi, unga »Ey aziz jon, Olloh nomi bilan kirgil!» dedi. Jon Olloh nomini eshitgan hamon kirdi.
Yana bir rivoyatda keladiki, Jon Odamning boshiga kirib, ikki yuz yil turib qoldi. Undan keyin koʻziga kirgan edi, koʻzlari ochildi. Oʻz yuzini koʻrdiki, qora tuproqdan yaralmish. Olloh oʻz qudratini koʻrsatish uchun koʻzni yaratgandi. Soʻngra burunga kelganda bir aksa urdi. Jabroilga xitob keldi: «Odamning burnidan chiqqan nafasni omonat saqlagil!« Undan ogʻziga keldi, shunda aytdiki: “Al-hamdu li-llahi robbil olamin”. Olloh yorlaqadi: »Parvardigoring senga rahmat qilsin, Men seni shuning uchun yaratdim».
Shundan keyin jon koʻksiga keldi. Shu yerda turmoqchi boʻlgandi, tura olmadi. Shu asnoda Olloh taolo: (Oyat) «Va inson shoshiladurgan bir mahluq qilib yaratildi», dedi. Shundan soʻng qorniga kelgandi, taom istadi. Jon jasad ichida yoyila boshladi, suyaklar, goʻsht, teri, tomir kabilan hosil boʻldi, tebrana boshladi.
Odamning terisi bagʻoyat koʻrkli edi. Kundan-kun tiniqlasha boshladi. Qachonki illatlar hosil boʻla boshlaganda, teri suyuldi. Oʻsha terining belgisi barmoqlar uchida qoldi, u tirnoqlarga aylandi.
Savol: Jonning kirarda osonlikda qaror topgani va chiqar chogʻida qiyinchilik bilan chiqarida ne hikmat bor?
Javob: Buning boisi shulki, kirar paytda u Olloh taoloning «Robbing rahmati bilan kirgin«, degan xitobini eshitib, oʻngʻaygina kirgandi, chiqarda esa “Yana rahmat sevinchini eshitmaguncha chiqmasman”, deyarkan. Koʻrmasmisan, kimning baxti bor boʻlsa, (Oyat) »Sizlarga va’da qilingan jannat bashorat boʻlsin!» degan bashoratni eshitib, oʻngʻaygina chiqadi, Kim badbaxt boʻlsa joni qattigʻlik bilan chiqadi. Bundan Ollohning oʻzi asrasin.
Odami safiy alayhissalom oʻsha holda yetti kun oʻtirdilar. Shundan keyin Olloh taolo qizil oltindan yaratilgan gavhar bilan bezak berilgan bir taxt tushurdi. Unga ajoyib sarupolar kiydirdi, boshiga oltin toj oʻrnatdi. Uni taxt ustiga oʻtkazdi. Yetti yuz ming farishtalar Olloh taoloning farmoni bilan kelib, Odamning tengrasida saflandilar. U taxt «Masjid ul-Xaram« bilan barobar kelardi. Taxt ustiga bir kursi qoʻyildi. U Ka’ba bilan barobar edi. Oʻn yigʻoch (tahminan 9 km keladigan masofa birligi) lik yer »Xaram» deb ataldi.
Olloh taolo Odamni butun koʻrkliklar bilan bezatdi. Tishlaridan nur balqirdi, koʻzlari nurga monand, Muhammad mustafoning nuri Odamning yuzida toʻlin oy yangligʻ balqib turardi. Odam ul nurning ravshanligini koʻrib, «bu nurni bir koʻrsam«, deb istak bildirdi. Ollohning farmoni bilan u nur Odamning oʻng yanogʻiga, undan yelkasiga, undan qoʻliga indi. Nur qoʻlida koʻtarila borib, shahodat barmogʻining uchida toʻxtadi. Odam bu barmogʻini yuqoriga koʻtarib, uning koʻrkini koʻrib tong qoldi-da: »Laa ilaha illalohu Muhammadur rasululloh», dedi. Avval barmoqni koʻtarib, shahoda kalimasini aytmoq Odam farzandlariga shundan sunnat boʻlib qoldi.
Farishtalar Odamni osmonga olib chiqdilar. Jabroil alayhissalom bir ot keltirdi. U mushk-anbardan yaratilgandi. Odam unga mindi. Jabroil alayhissalom tizginini tutdi. Hazrat Mekoil oʻngida, hazrat Isrofil soʻlida yurib, osmonlarni kezdilar. Farishtalar yoʻliqqanida Odam ularga: «Assalomu alayka yo maloikatallohu!«deb salom qilar edi. Bunga javoban farishtalar: “Alaykumus-salomu va rahmatullohi va barokatuhu!” der edilar. Olloh taolo xitob qildiik: »Bu sening saloming boʻlur va yana sening oʻgʻlonlaringning qiyomatga qadar salomlari boʻlur!».
Odamni jannatga kiritganlarida u yerdagi ne’matlarni, hurlarni, qasrlarni tomosha qilib yurib, oʻziga oʻxshagan mahluqotga koʻzi tushmagach, koʻngli toʻlmadi. Shunda Olloh taolo Odamni uyquga choʻmdirdi. Uzoq davom etgan uyqu orasida Olloh taolo Odamning chap biqini qobirgʻasidan Havvoni yaratdi.
Savol: Havvoni Odamning uyqusi ichida yaramoqligiga sabab nimadir?
Javob: Odam bedor boʻlsa joni ogʻrirdi, shu bois Havvoni dushman tutib qolishi mumkin edi. Agar oʻzidan yaratilganini bilmasa, uni sevmagay edi. Olloh taolo Havvoni egri suyakdan yaratdi, shu tufayli xalq orasida: «Ayollar egri suyakdan turar, uni toʻgʻitrlayman deb sindirib qoʻyish mumkin», degan matal yuradi. Odamda Havvoni oʻzidan yaratilganini koʻrib, uning muhabbati koʻngliga jo boʻldi. Havvo gʻoyat koʻrklik edi.
Habarda kelishicha, Olloh taolo husnni yuz ulush qildi, uning toʻqson toʻqqizini Havvoga berdi. Qolgan bir ulushini oʻn qismga boʻlib, toʻqqizini Yusuf alayhissalomga va qolganlarini bashariyatga berdi. Odam Havvoni oʻziga oʻxshaganligini koʻrib, koʻnglida ragʻbat uygʻondi va «Menga yaqinroq kelgil!« deya chorladi. Havvo aytdi: »Meni istasang oʻzing kelgil!» Odam oʻrnidan turdi, Havvoning qoshiga keldi. Agar u bir soat sabr qilganda edi, Havvoning oʻzi kelar edi. Shu tariqa erning xotinlar qoshiga bormoqligi sunnat boʻlib qoldi. Ammo qachon jannatga kirsalar xotinlar erlari qoshiga keladilar.
Odam Havvoga tegingan edi, Jabroil alayhissalom toʻxtatdi: «Ey Odam, Havvo senikidir, lekin nikoh qilmaguncha ravo boʻlmas». Olloh taolo oʻzining pok zoti ila Odam va Havvo nikohiga xutba qildi.
U xutba bu turur: «Hamd-mening maqtovim, mening ismim-Olloh, rahmon – mening hazinalarim kaliti, rahim – gunohkorlarimning gunohini kechish kalti, ulugʻlik – mening libosim, buyuklik – mening toʻnim, azizlik va sahiylik – mening goʻzalligim, goʻzallik va ulugʻlik – mening martabam, insonlarning hammasi – mening qullarim va choʻrilarim, anbiyolar va paygʻambarlar – mening elchilarim va tanlagan bandalarimdir. Muhammad – mening habibim va paygʻambarim, uning ummatlari – ummatlarning yaxshisidir va mening sevgan doʻstlarimdir. Men, badahqiq narsalarni juft yaratdim, toki bu bilan mening birligimga isbot topsinlar. Shohid boʻlinglar, mening farishtalarim va mening arshimni koʻtarib turguvchilar va mening osmonimdan sokinlar – Men, batahqiq, juftladim choʻrim Havvoni qudratimning san’ati boʻlgan va yaratishimning ajoyiboti boʻlgan Odamga. Menga tasbeh aytish (Subhanalloh deyish) va tahlil aytish (La ilaha illaloh deyish) va odam bolalarining namoz oʻqishi mahr qilindi. Ey Odam, jannatimga kir va mevalarimdan tanovul qil. Mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Salom boʻlsin har ikkalanglarga va mening rahmatim ham boʻlsin. Odamlarning parvardigori boʻlgan Ollohga shukur».
Habarda kelurki, Odamdan soʻradilar: «Nega Odam atalding?« Javob berdilar: “Shuning uchunki, men bir odim yer tuprogʻidan yaratildim”. Havvoga savol qildilar: “Ne uchun Havvo atadilar?” Javob berdilarki: »Tirik jondan yaratildim».
Yana ba’zilar aytadilarki, Odam tuproqdan yaratildim, tuproq turgan sayin koʻrkli boʻlar. Havvo esa etdan yaratildi, et turgan sari sasir. Shu tufayli xotinlar qarisa, koʻrkini yoʻqotur.
Odam va Havvo nikohlanganlaridan keyin xitob keldi: «Ey Odam, jufting Bilan jannatga kirgil, ne’matlardan yenglar. Ammo manna bu daraxtga yaqinlashmanglar zolimlardan boʻlgaysizlar». Bu daraxt – bugʻdoy daraxti edi.
Ammo Havvon yer yuzida yaratildimi yo jannatda, bu xususida ulamolar orasida ixtilof bor.
Azozil jannatda erkli edi, jamiki farishtalarga ilm oʻrgatar edi. Bir kuni koʻrdilarki, «Lavhul Mahfuz«da farishtalardan biri mal’un boʻladi, deb yozigʻligʻ ekan. Farishtalar bundan behad qoʻrqdilar, Azozilga kelib: »Sen ustozmisan, biz gʻoyat qoʻrqayapmizki, bizni duo qilgʻil, Olloh taolo bizni la’natdan asrasin».
Azozil duo qildi, farishtalar «Omin« dedilar. Olloh taolo uning duosi Bilan farishtalarni asradi, oʻzi esa la’natga uchradi. Farmon keldi: “Odamni nurdan yasalgan taxt ustiga oʻtkazib, yelkalariga koʻtarib, jannatni kezsinlar!” Bunga sabab shu Ediki, Odam hali yaratilmasdan ilgari farishtalar: “Odam farzandlari fasod ishlarni qilgaylar, qon toʻkkaylar”, deb gʻiybat qilgandilar. “Biz bir qancha tasbehtaqdis lozim boʻlsa aytarmiz”, deb oʻzlarini yuqori oldilar. Ularning bu soʻzlari Ollohga xush kelmadi. Hukm qildiki: »Odamni gʻiybat qildingiz, savoblaringiz bekor boʻldi. Ul savoblar sizlardan olinib, Odam farzandariga berildi. Oʻsha gʻiybatning jazosi shudur. Bu kun hamma frishtalar boring, Odam taxtini boʻyningizga koʻtarib, hizmatini bajo keltiring!»
Undan keyin Olloh taolo Odamga «Ismlar ilmi«ni oʻrgatdi. Soʻng jamiki narsalarni farishtalarga koʻrsatib: “Agar sizlar rostgoʻy boʻlsangiz bu narsalarning otini menga aytib bering”, dedi. Farishtalar ojiz boʻlib: “Parvardigoro, Sen pokdursan, Sen oʻrgatgandan boshqa hech bir ilmimiz yoʻqdir, oʻzgasini bilmasmiz”, dedilar. Odamga farmon boʻldi: “Ey Odam, bularga anavi narsalarning nomlarini aytib bergil!” Odam ularning nomlarini aytib berdi: “Bu daraxt, bu tosh, bu suv . . .” Hamma narsalarning nomini jamiki tillar Bilan bayon qildi. Shunda: “Ey farishtalar, sizlarga aytmadimi, Men bilganni sizlar bilmaysizlar”, degan xitobi keldi, »Endi sizlarga ma’lum boʻldiki, Odam olimdir, sizlar obidsizlar. Mening nazdimda ming obiddan bir olim afzaldir. Qayda obid boʻlsa, olimga hizmat qilmogʻi kerak. U mahdum boʻlsin, sizlar hodim boʻling, u masjid boʻlsin, sizlar sojid (sajda qiluvchi) boʻling, Odamga sajda qiling!» Jumla farishtalar sajda qildilar. Yolgʻiz Azozil sajda qilmadi, boʻysunmadi, ulugʻsindi, kofirlardan boʻldi. Qachon farishtalar sajda qilgach, koʻrdilarki, Iblis sajda qilmasdan turardi. Shukr, dedilar va sevinganlaridan yana bir sajda keltirdilar. (Bu kun namozda ikki sajda qilmoqlik boisi shundadir).
Habarda kelishicha, Odam jannat ichida yarim kun qoldi. U jahonning bir kuni bu dunyoning hisobida besh yuz yil boʻlur. Tuproqdan yaratilgandan keyin to jannatga borguncha ming ikki yuz qirq yil fursat oʻtgandi.
Azozil sajda qilmagandan soʻng: «Ne uchun sajda qimassan?« degan xitob qildi. Iblis: “Men undan ortiqman. Meni oʻtdan yaratding, uni esa qaor tuproqdan yaratding”, dedi. Bu da’voni qilgandan soʻng Azozil otini koʻtardilar, Iblis degan nom berdilar. Iblisning ma’nosi »noumid» deganidir. Iblisi la’in oʻtni tuproqdan ortiq, dedi. Bilmadiki, tuproq oʻtdan ortiq turishligini. Bunga dalil shuki, oʻt oʻgʻridir, unga qanday narsani bersalar yoʻq qilur, qaytib bermas. Ammo tuproqqa bir hovuch bersangiz, oʻnni yuz qilib qaytarur. Iblis oʻtga quvondi, bu bois oʻtga qaytadigan boʻldi. Odam Ollohga quvondi, shuning uchun tangriga qaytadigan boʻldi. Kim nimadan quvonar boʻlsa, oʻshanga qaytadigan boʻldi.
Iblis: «Iloho, yuz ming yil ibodat qildim, mnga uning evazini bergil!».
«Ne tilarsan?» degan xitob keldi.
Iblis qiyoma kuniga qadar yashashlik uchun uzoq umr tiladi: «Ey Parvardigorim, ular tiriladigan kunga qadar menga muhlat Ber!».
Mufassirlar ayturlar, u badbaxt Ollohga hiyla qilmoqchi boʻldi va qiyomat kuniga qadar umr tiladi. Maqsadi shu Ediki, oʻliklar tiriladigan kungacha hayot boʻlsam menga boshqa oʻlim boʻlmaydi, deb umid qilgandi. Olloh uning sirini bildi va: «Albatta, sen muhlat berilganlardandirsan, to ma’lum vaqtning kunigacha», deb javob berdi. Unga oʻzi tilagan kungacha emas, ma’lum kungacha umr berildi.
Yana bir moʻ‘tabar tafsirda keladiki, Iblis oʻyladi: «Bu kun tangri farishtalari kuchlidir, ular bilan bellashishga qudratim yetmas. Agar oʻliklar tiriladigan kungacha umr berilsa, ungacha Jabroil, Isrofil, Azroil va boshqa farishtalarning hammasi oʻlsalar, tangri yolgʻiz qoladi, shunda u Bilan jang qilgayman», deb.
Savol: «Iblis ma’lum boʻlgandan soʻng jannatga kirmoqlikka qanday yoʻl topdi?»
Javob: «Ollohning Odam farzandlari ustidan senga nusrat berdim«, degan farmonidir. Yana bir tasdiq Rasul alayhissalomning: »Qon odamlarning tanida qanday yursa, shayton ham shunday yurar», deganlaridir.
Savol: «Odam va Havvoni bugʻdoy daraxtidan qaytarmoqning ne hikmati bor edi?»
Javob: Olloh taolo Odamni yaratmasdan ilgari: «Men yer yuzida xalifa (oʻrinbosar) yaratmoqchiman«, deganidir. Bugʻdoydan yesalar, bu ularning jannatdan chiqmoqliklariga sabab boʻlishi taqdir etilgandi. Yana bir javob shuki, Olloh taolo dunyoda odamzotning taomi bugʻdoy boʻlishini taqdir qilgandi, shu bois xitob qildi: »Jannatning hamma ne’matlaridan yegil, bugʻdoy yemagil!» deb.
Savol: «Jannatga kiritilmoqlikda ne hikmat bor edi? »
Javob: «Jannatga kiritgan kunda bashariyat Odamning pushtikamarida edi».
Savol: moʻminlar oʻz oʻrinlarini koʻrishlik uchun jannatga kirdilar, lekin Odamning pushtikamarida moʻminlar Bilan birga kofirlar ham bor edi-ku? Ularning kirmogʻida nima hikmat bor?
Javob: Moʻminlar oʻz oʻrinlarini koʻrsinlar, dunyoga kelganlarida jannatga qaytish umidida ibodatni koʻp qilsinlar deb, kofirlar esa doʻzaxga borganlarida jannatda koʻrgan ne’matlar uchun koʻproq hasrat cheksinlar deb behishtga kiritilganlar. Jannatga kiritmoqlikning Yana bir hikmati shuki, Olloh taolo azalda (Oyat) «Albatta Olloh taolo moʻminlardan jonlarni va mollarni ularga jannat berib sotib oldi», degan hukm qilgan edi. Shariatda koʻrilmagan narsa Bilan savdolashmoq ravo boʻlmgani uchun ham jannatni koʻrsatgandir. Bu savdoda sotgan ham, olgan ham Olloh taolodir, uning dalili Muhammad Mustafo alayhissalomdir.
Ulamolar ixtilof qildilarki, Odamning zurriyotini qay joyidan pushtikamaridan chiqardi, deb. Ba’zilar jannatga kirguncha, ba’zilar jannatda, ba’zilar jannatdan chiqqandan keyin dedilar.
Olloh taolo Odam farzandlarini uning pushtikamaridan chumoliga oʻxshagan kichik bir odamlar suratida chiqardi, ularning oqillari ham, moʻminlari va kofirlari ham bor edi. Ollohdan xitob keldi: «Men sizlarning Parvardigoringiz emasmanmi?« Hammalri: “ori, Parvardigorimizsan”, deb javob berdilar. Odam ularni koʻrgach: “Iloho, bular kimlardir?” dedi. Xitob keldi: “Bular sening to qiyomatga qadar dunyoga keladigan farzandlaringdir”. Odam ularning koʻpligini koʻrib: “Iloho, bular yer yuziga qanday qilib siqqaylar?” dedi. Xitob keldi: “Ey Odam, toʻrt ulush qilurman. Bular ulushi otalar pushtikamarida, bir ulushi onalar qornida, bir ulushi yer yuzida, bir ulushi yer qoʻynida boʻladi”. Odam ularga qarab, birovni koʻr, birovni oqsoq koʻrdi, birovni ogʻriq, birovni esa nimjon koʻrdi: Ilohi, bularni ne uchun birdek yaratmading? Xitob keldi: “Ey Odam, jannatni yaratdim, unga kirguvchilarni ham bino qildim. Doʻzaxni yaratdim, unga tushguvchilarni ham bino qildim. Agar koʻrlarni yaratmasam edi, koʻzlilar shukur qilmas edilar, bemaorni yaratdim, sogʻlar shukur qilsinlar deb”. Ularning bir qanchasini jannatning oʻng tomoniga, bir qanchasini esa doʻzaxning soʻl tomoniga turgʻazdi va xitob qildi: »Anna ular jannatda va Men parvo qilmayman, ana ular doʻzaxda va Men parvo qilmayman».
Va Yana bir rivoyatda keladiki, ularning hammasini dunyoga chiqardi va «Dunyoni koʻrib keling«, dedi. Keldilar, dunyoni koʻrdilar, unda qoldilar, ozrogʻi qaytib keldilar. Xitob keldi: “Qolganlaring qani?” Dedilar: “Dunyoni koʻrdilar, koʻngillari dunyoni tiladi, unda qoldilar”. Farmon boʻldi: “Jannatga boring, uni nima ekanini koʻring!” Bordilar, koʻrdilar, koʻplari jannatda qoldilar. Xitob keldi: “Boshqalaring qani?” Dedilar: “Iloho, ular jannatni istadilar, unda qoldilar”. Dedilarki, dunyoda qolganlari kofirlar edi, jannatda qolganlari moʻminlar edi, jannatda qolmay qaytib kelganlari Ollohning xos qullari edi. Xitob keldi: “Dunyoga koʻngil bermadingiz, jannatda qolmadingiz, endi nimani istaysiz?” Dedilar: “Iloho, bizga Dune kerakmas, jannat kerakmas, Sen keraksan”. Xitob keldi: “Kimki meni tilasa, xazinam ichidagi qaysi balo ulugʻroq boʻlsa, oʻshani ularga berurman”. Dedilar: “Ul baloni berganingda biz Bilan birga boʻlurmisan?”. Dedi: “Boʻlurman”. Dedilar: “Iloho, balo yetganda Sen biz Bilan birga boʻlsang, har qancha balo bersang ham qabul qilgaymiz”. (Hadis) Rasul alayhissalom dedilar: »Darhaqiqat, baloning eng qattigʻi paygʻambarlarga kelur, undan soʻng avliyolarga kelur va undan keyin tartib bilan. . .»
Habarda kelurki, Shayx Shubliy dunyodan oʻtgandan keyin uni tushda koʻrib «Holing qanday?« Deya soʻrabdilar. Javob beribdiki: “Meni Dafn qilganlaringdan keyin Munkar-Nakr alayhissalomlar kelishdi Tangring Kim?” Deya soʻroqqa tutdilar. Ularga javob aytdim: “Mening Tangrim otamiz Odamni jannat ichida nurdan yasalgan taxt ustiga oʻtkazdirgan, osmon farishtalarini otamizga sajda qildirgan zotdir. Jabroil, Mekoil, Isrofil, Azroil alayhissalomlar ham ular Bilan birga edilar. Sizlar sajda qildingiz, men esa hamma qarindoshlarim Bilan tomosha qilib turgan edim”. Shunda ular bir-birlariga qarab: “Bu hammaning nomidan soʻzlar, oʻzining soʻzini soʻzlamas, ketaylik”, dedilar. Agar ular ikkalasining qanday qochganini koʻrsang edi. Agar Yana biroz toʻxtaganlaringda edi, ularni tutib: »Sizning Tangringiz Kim? deb soʻragan boʻlardim. Qancha javob bersalar ham hujjat Bilan ularni tindirmas edim».
Yana maqsadga kelamiz. Iblis mal’un boʻlgach, jannatdan quvildi va u yerga Kira olmaydigan boʻldi. Koʻngliga Odam va Havvoga nisbatan adovati toʻlib-toshdi. Ularni vasvasa Bilan jannatdan chiqarishlikka niyat qildi.
Oʻsha paytda ilon tuyaga oʻxshagan chiroylik suratlik edi, qizil, yashil va turli bezaklar Bilan ziynatlangan qanotlari bor edi. Havvo ilonning chiroyiga mahliyo boʻlib, u Bilan soʻzlashib turardi. Iblis bundan habar topib, ilondan «Meni jannatga olib kirgil, Havvo Bilan soʻzlashmayish«, deb iltimos qildi. Ilon qoʻrqib, koʻnmadi. Iblis: »Ogʻzingni ochgil, men kirayin», dedi. Ilon ogʻzini ochdi, Iblis uning tili ostiga yashirindi, jannatga kirdi.
Ilon Oam va Havvo taxti qarshisiga kelib toʻxtadi, uning tili tagidan Iblis soʻzladi. Odam uning soʻzlariga e’tibor bermgandi, Havvoga yuzlandi. Xotinlar koʻngli yumshoq boʻladi deb oʻylagandi-da. Havvoga qarab dedi: «Tangri sizlarni nima uchun bugʻdoy daraxtidan qaytarganini bilarmisan? « Havvo dedi: “Bilmasman”. Iblis dedi: “Shuning uchun qaytardiki, Kim daraxtdan meva yesa, u jannatda mangu qolur, oʻlim koʻrmas”. (Oyat) »Ey Odam, senga mevasini yesa abadiy qoladigan daraxtni v afoniy boʻlmaydigan podishohlikni koʻrsataymi?»
Havvoning bu soʻzlarga koʻngli moyil boʻldi, oʻrnidan turib oʻn qadam qoʻyib bordi-da bir butoq sindirdi. Uni Odamga keltirib: «Bu butogʻ totli ekan, men yegandim hech nima qilmadi, sen ham yegil», dedi. Odam oʻsha chogʻda ahdni unutdi, ul luqmani ogʻziga soldi, chaynadi, boʻgʻziga kelganda ahdi yodiga keldi. Yutmoqqa ham, tashqariga chiqarmoqqa ham ojiz boʻldi, oʻtib ketmasin Deya boʻgʻzini qoʻli bilan mahkam tutdi. U luqma boʻgʻzida yumaloqlanib turib qoldi. Shu sababdan erkaklar boʻgʻzida yumaloq bor, ayollarda esa yoʻq. Bux orlik sodir boʻlgach, boshlaridan toji ketdi.
Hikmat. Yahyo ibn Maoz al-Roziy aytadi: «Hajga yoʻl oldim. Kimsasiz saxro ichida tun qorogʻusida borayotib bir ovoz eshitdim. Ovozni qidirdim, shunda tikanlar orasida cholni koʻrdim, yomon yigʻlab turardi. «Nima boʻldi, nimaga yigʻlayapsan?” deya soʻradim. Dediki: Nimaga ham yigʻlamayinki, farishtalarga muallim edim, jannatda erkin edim, yeru osmonda koʻplab ibodatlar qildim, ohiri la’natga duchor boʻldim”. Bildimki Iblis edi. Unga dedim: “Nechuk aqalli bittagina sajda qilmading?” Dedi: “Menga sajda qil, dedi qilmadim, Odamga bugʻdoy yema, dedi, yedi. Azob ikkimizga barobar boʻlishi kerak edi. Odamni kechirdi, uzrini qabul qildi, meni kechirmadi, sharmanda qildi”. (Oyat) “U takabbur qildi va kofirlardan boʻldi”. Undan soʻradim: “Odamni kechirib, seni kechirmaslikda nima hikmat bor?” Javob berdi: “Avvalda Odam xususida inoyat bor edi, uni uzr etdi. Mening haqimda inoyat yoʻq edi, meni uzrimni qaytardi”. (Oyat) »Azalda boʻlgan inoyat kifoya qilur», deb bejiz aytilmagandir.
Hikmat. Havvo bugʻdoy mevasini yeganda, udaraxt yigʻladi, undan qonga oʻxshash narsa oqdi. Bu illat Havvoda zohir boʻldi va hayz to qiyomatga qadar ayollarga meros qoldi.
Savol: Hayzning muddati oʻn kun boʻldi, bining hikmati nimada?
Javob: Bugʻdoy olgani borib kelgunda oʻn qadam qoʻydi, shuning uchun oʻn kun boʻldi.
Savol: Koʻpi oʻn kun, ozi uch kun boʻlganligining hikmati nimada?
Javob: Gunoh uch narsa Bilan hosil boʻldi: oyoq bilan bordi, qoʻl bilan tutdi, ogʻiz bilan yedi. Shuning uchun ozi uch kun boʻldi.
Savol: Istihoza nimadir?
Javob: Odam va Havvoning tavbalari qabul boʻlguncha yigʻlagan koʻz yoshlari hayz boʻldi. Tavbadan keyin yigʻlagandagi koʻz yoshlari istihoza boʻldi.
Savol: Nifos nimadir?
Javob: Havvo bugʻdoy mevasini olib kelguncha qirq marta nafas oldi, har bir nafas uchun bir kundan iflos boʻldi.
Yana maqsadga kelaylik. Odam va Havvo horlikka uchraganlarida boshlaridan tojlari, ustlaridan kiyimlari tushib, yalang qoldilar. Qoʻllar bilan avratlarini toʻsganlaricha daraxtdan daraxtga yugirib, yaproq tiladilar. Qaysi daraxtga bormasinlar yaproq bermadi. Odam yugirib borayotganda jiyda daraxti nayzasi Bilan sochini tutdi. «Qayga borursan? Qoʻymasman! Agar qoʻyib yuborsam, Hudoga osiy boʻlurman», dedi. Shu sababdan odamlar daraxt ekkanlarida jydani suvdan uzoqqa ekdilar, suvsiz qolsin deb.
Hikmat. Hamma daraxtlar ichida oʻt bor. Daraxt suv ichmasa oʻsha oʻt uni quritar. Olloh taolo jiydani qurib qolmasin, deb oʻtini ketgazgandir.
Hukm keldi: «Ey Odam, Mendan qocharsanmu?« Dedi: “Iloho, andisha qilib Sendan Senga qocharman”. Jabroil Odamning qoʻlidan ushlab, Olloh huzuriga keltirdi. Farmon boʻldi: “Ey Odam, seni tuproqdan yaratdimmi, ma’rifat Bilan mukofotladimmi, chiroyli surat bilan bezadimmi, jannatga kiritdimmi, ne’matlar bilan siyladimmi, Havvoni senga juft qildimmi, bugʻdoy daraxti mevasini yemagan dedimmi, shayton sizga dushman deb aytmadimmi? Nechuk bugʻdoy yeding?” Dedi: “Iloho, ul hukmni Kim qildi-yu ul qazoni kim yaratdi?” Farmon keldi: “Men yuritdim men qazo qildim. Ammo mening qazom, hukmim, taqdirim gʻayb turar, buyrugʻim, farmonim esa ochiq turar. Zohirni koʻrib nega gʻoybga yuzlanding?” Dedi: “Iloho, shunday hukm qilding, qazo yuritding, meni kechirgil, yorlaqagil”. Farmon keldi: »Seni yorlaqadim, sendan keyin keladigan farzandlaring ham shunday iqror boʻlsalar, ularni ham yorlaqagayman. Endi jannatdan chiqqil», dedi.
Habarda kelurki, anjir daraxti Odam va Havvoga besh yaproq berdi, ular andomlarini yopib chiqdilar. Tong otgandan keyin oʻsha besh yaproqning birini kiyik yedi, ifor (mushk) boʻldi. Birini sigir yedi, anbar boʻldi. Birini arii yedi, asal boʻldi. Birini qurt yedi, ipak boʻldi. Birini Odam yerga ekdi, yung boʻldi. Qiyomatga qadar farzandlariga kafan boʻldi.
Nukta. Olloh taolo Odamga yaproq berganligi uchun anjir daraxtini jazoladi. Ma’lumki, barcha yeguliklar uch turli boʻladi: birining tashi yeyilur – olma, nok kabi, birining ichi yeyilur – yongʻoq, bodom singari, birining tashi-yu yeyilmas ichi yeyilur – qovun, tarvuz kabi. Ammo anjirning tashi ham yeyilur, ichi ham yeyilur.
Odamga, Havvoga, Iblisga, tovusga, ilonga jannatdan chiqing, degant farmon boʻldi. Odam va Havvo (Oyat) «Ey Parvardigorimiz, biz oʻz-oʻzimizga zulm qildik va agar Sen bizni gunohimizni kechmasang va bizga arhming kelmasa, unda ziyon tortguvchilardan boʻlib qolamiz», deya iltijo-yalvorish bilan yigʻlab chiqdilar.
Odam Hindistondagi Anjalus degan yerdagi Sarandib togʻiga tushdi. Havvo Jida togʻiga tushdi. Iblis Basraga tushdi, shu bois isfaxonliklar baxil boʻlur. Odam va Havvo yalangʻoch gʻoldilar, Iblis mal’un boʻldi, Ilonning chiroyli surati aynidi, qornini sudrab yurguvchi, achchiq tuproq yeguvchi boʻldi. Odam tushgan joyida behad xoʻng yigʻladi, yuz yigʻoch (tahminan 9 km keladigan masofa borligi)lik yerda uning koʻz yoshidan daraxtlar undi, jilgʻa va buloqlar koʻz ochdi. Odamning yoshi tomgan yerda oʻt-oʻlan, achchiq-chuchuk dorivorlar undi. Havvoning koʻz yoshi tomgan yerda qalampirmunchoq, sunbul, xinr, oʻsma oʻsdi. Ular qiyomatgacha Odam farzandlariga meros boʻlib qoldi.
Bir vaqt Iblis yer yuzidagi qush-qumrsqalarni yigʻib dedi: «Yer yuziga bir jonzot keldiki, u sizlarni urugʻ-aymogʻingiz Bilan qirib tashlaydi, hammalairng bir boʻlib oʻldiringlar, boʻlmasa omon qolmagaysizlar».
Hammalari yigʻilib keldilar. Eng avvalo sicha (qush nomi) kelib, Odamning boshiga qoʻnib, sochini yula boshladi. Shuning uchun Odam avlodlari sichani tutib, patlarini yulib, pishiradilar. Odam qush-qumrchqalarni koʻrib, qoʻrqib ketdi. Shunda farmon boʻldi: «Ey Odam, ulardan biri huzuringga kelganda boshini silagil!» Odam itning boshini siladi. It yuizini qush-qumrqalarga qaratib, hammasini qopdi. Oʻsha kundan boshlab it Odam avlodlari bilan birga qoldi. Boshqa hayvonlar bilan dushman boʻldi.
Yana farmon boʻldi: «Ey Odam, poklanish mavridi keldi, sen Makkaga borgil, Mening uchun bir uy bino qilgil«. Dedi: »Iloho, u yerning qayda turishini bilmasman». Olloh taolo bir qushni yoʻlboshlovchi qildi. Uning oti arab tilida Axyol erdi, turkchasiga esa koʻk qargʻa. U uchib boradi, Odam uning ortidan yurib boraverardi.
Paygʻambar alayhissalom aytdiki: «Olti qoʻshni oʻldirmang, biri koʻk qargʻi-Odamga yoʻl boshlovchi boʻlgani uchun, ikkinchisi chumoli – Sulaymon alahissalomga oʻgʻit bergani uchun, uchinchisi qaldirgʻoch – «Xashr” surasining ohirini oʻqigani uchun va yana ba’zilarninga aytishicha, »Bayt ul-Muqaddas» magʻlub boʻlishida qismatiga yigʻlagani uchun, toʻrtinchi sassiqpopshak – Sulaymon alayhissalomga elchi boʻlgani uchun, beshinchisi suv baqasi – Namrud oʻtiga suv keltirgani uchun, oltinchi asalari – undan odamzotga shifo boʻlgan asal uchun.
Odam Makkaga kelib bir uy bino etdi va uning atrofini tavof etdi. Odamning bu hizmati Ollohga maqbul boʻldi, gunohini kechirdi. Qachonki, Nuh toʻfoni boʻlganida Olloh taoloning farmoni bilan Jabroil u binoni oʻrnidan koʻtarib, toʻrtinchi qavat osmonga olib chiqdi.
Odam Havvoning qoʻlidan tutib, Yana Hindistonga qaytib bordi. Olloh taolo ularga sakkizta qoʻy yubordi. Ularning yettitasi sovliq, biri qoʻchqor edi. Havvo u qoʻylarning yungini yigirdi, Odam undan mato tikdi, ikkovlari uni kiyim qildilar. Shu boisdan ham yer yuzida qoʻydan qutlugʻroq Biron-bir boshqa jonivor yoʻq, deydilar. Paygʻambar alayhissalom ham ayturki: «Bir qoʻy barokat, ikki qoʻy ikki barokat, uch qoʻy ganj».
Odamning qorni behad ochqadi. Jabroil Olloh farmoni Bilan jannatdan ikkisigir keltirdi, biri qizil, biri qora. Yana jabroil jannatdan uch uvun bugʻdoy keltirib, uch xissa qildi: «Ikkisi senga biri Havvoga», dedi. Har bir uvun yuz ming idishda edi. Sigirlar jannnatdan chiqqanlarida behad yigʻladilar, koʻzlari yoshidan qoʻnoq undi, tahoratlarining avvlgi sinishidan noʻxat, keyingisidan yusmuq (dukkakli ekin) undi. Jabroil uch uvun bugʻdoydan uch hissa ajratdi, uning ikki hissasini Odam, bir hissasini Havvo yerga qadadilar. Odamning sepganidan bugʻdoy, Havvoning sepganidan arpa undi.
Odam bugʻdoydan ulush olganda soʻradi: «Yeyinmi?« Jabroil aytdi: “Yoʻq ekkil”. Ekdi, dedi: “Yeyinmi?” Aytdi: “Oʻrgil”. Oʻrdi, dedi: “Yeyinmi?” Aytdi: “Yanchgil”. Yanchdi, dedi: “Yeyinmi?” Aytdi: “Tozalagil”. Tozaladi, dedi “Yeyinmi?” Aytdi: “Tortgil”. Tortdi, dedi: “Yeyinmi?” Aytdi: “Qorgil” Qordi, dedi: “Yeyinmi?” Aytdi: “Pishirgil”. Dedi: “Yeyinmi?” Shunda farmon keldi: »Ey Odam, kunduzning ikki qismi bordir, bir qismi oʻtdi, biri qoldi. Kun botguncha sabr qilgil. Bir kun roʻza tutgil (U kun – ashuro kuni edi). Men sen Bilan bir ish qilayin, toki bu ishdan Men hushnud boʻlayin7, gunohingni yorlaqayin, jannatga kirgizayn».
Odam ul taomni yemoqqa chogʻlanganida Jabroil keldi v aul taomni uch hissaga boʻldi, ikkisini Odamga, birini Havvoga berdi (Erga ikki hissa, xotinga bir hissa berishlik taomili shundan qalgandir). Odam oʻz ulushini toʻla yedi. Havvo esa yarmini yeb, yarmini qoldirdi. Shunda Jabroil dedi: «Ey Odam, sening yeganing kabi Havvo ham tugal yeganida edi, farzandlaring qiyomatga qadar qahatchilik koʻrmagan edilar».
Ul taomni yegach, Odamning qorni ogʻridi. Shunda jabroil Odamning qoʻlidan tutib, sahroga yetakladi, Odam boʻshanib oldi, undan badboʻy hid keldi. «Ey Jabroil, bu nimadir?«, dedi. Jabroil: »U sening gunohing yomonligidir», dedi. Shundan keyin Jabroil qoʻlini Odam boshiga urgandi, Odamning boʻyi yetmish qari (ya’ni, qoʻl uchidan tirsakkacha boʻlgan oʻlchov birligi) qisqardi, undan oldin Odamning boʻyi osmonga tegar edi.
Odam Bilan Havvo yerga tushganlaridan keyin ikki yuz yil ayriliqda yashadilar. Odam ikki yuz yil yigʻladi, shundan keyin ular arofat togʻida qovushdilar. Shundan keyin (Oyat) «Unga (ya’ni xotunga) yengil bir yuk paydo boʻldi«. Qachonki, (Oyat) “Oʻsha yuk ya’ni haml» ogʻirlashganda har ikkalalari Ollohga yolbordilar».
Shu orada Iblis Havvo qoshiga keldi va «Qorningda nima bor?« dedi. Havvo “Bilmayman”, dedi. Iblis dedi: “Qorningda sigir, buzoq boʻlgay”. Bu soʻzdan Havvo koʻp qaygʻuga botdi. Shunda Iblis Yana gap boshladi: “Men pokiza, solih kishiman, Olloh taolo huzurida hurmatim va izzatim bor. Duo qilsam qorningdagi farzanding senday pokiza shaklda tugʻilguvsidir, shunda unga meningsh otimni qoʻyasanmi?” Havvo dedi: “Sening oting nimadir?” Dedi: »Mening otim Horisdir». U farzanda tugʻilganda ismi Xoris ataldi, lekin bola koʻp yashamadi.
Sha’biy raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, paygʻambar alayhissalom vafot etganlarida Ali karamollohu vajhahu muborak jasadlarini taxta ustiga olib, yuvmoqchi boʻlganida havodan (Oyat) «Ey Ali, Muhammadni yuvmanglar, chunki u pok va poklangandir«, degan ovoz keldi. Ali ayturki: “Shundaymikan deb fikrim oʻzgardi, undan soʻradim, sen kimsan, payqambarni yuvmoqlikni man’ qilursan, yuvmoqlik Muhammadning sunnati turadi-ku!” Shunda Yana gʻoyibdan ovoz keldi: “Ey Ali, u soʻzlagan Iblisdir, Muhammadga hasad qilur, sen yuvgil!” Ali uni ezgu duo qildi: “Olloh senga koʻp yaxshi mukofot bersin”. Soʻradi: “Sen kimsan?” Dedi: »Men Xizrman. Muhammadning janozasini oʻqimoqlikka keldim».
Habarda kelurki, Havvo yetmish qorin bir oʻqil va bir qiz egiz tugʻdi. Undan keyin Qobil urugʻi yetti ming er-xotun, Qobil urugʻi esa qirq ming er-xotun, Xobul urugʻi esa qirq ming er-xotin boʻldi. Odam har yili qurbonliq qilardi, qaysi qurbonligi qabul boʻlsa, osmondan bir oʻt kelib uni kuydirardi, qabil boʻlmasa qoʻydirmasdi.
Odam goʻsht yemoqlikni istadi. Farmon boʻldi: «Borgil, qush ovlagil!« Shunda u bir qirgʻovul va bir burguntni tutid. Ularni boʻgʻizladi, oʻtga tutdi, qirgʻovul pishdi-yu, burgut pishmadi. Odamning gʻazabi keldi, burgutni oʻtga koʻmgandi, tamoman kuyib ketdi. Odam qaygʻuga botdi, chunki qirgʻovulni Havvoga, burgutni esa oʻziga moʻljallagandi. Jabroil keldi va dedi: »Ey Odam, qaygʻurmagil, bu qushning oʻrniga boshqa qush bergay. Bu qush senga va farzanlaringga qiyomatga qadar harom boʻldi».
Shundan beri Odam qurbonlik qilar, oʻt kelib kuydirar edi. Undan keiyngi barcha paygʻambarlar shariatda ham qurbonliklarini oʻtga kuydirmaklik ravo edi. Paygʻambarimiz Muhammad mustafo kelganda qurbonlikni oʻtda kuydirmaklik harom qilindi, yemaklik esa halol boʻldi.
Foyda: Bu dunyoda moʻminlarning kuydirmaklik harom qilindi, zero Olloh oxiratda moʻminlarning tanini doʻzax oʻtiga harom qilsa ne ajab?!
Dedilarki, Odam qoʻsh qoʻshib, buqdoy yanchayotgan chogʻda sigirni bir urdi. Shunda u yuzini Odamga burib: «Ey Odam, meni nega urasan?Kim gunoh qilsa oʻshani urgin-da!« dedi. Odam sigirni Kim soʻzlatganini bildi: »Vo darigʻo, ilgarilari farishtalaring sajda qilur edilar, endi esa bu sigir men bilan soʻz talashur», dedi-da koʻp yigʻladi.
Odam Safiy alayhissalom qissasi shu yerda nihoyasiga yetdi.

Qobil Va Hobil Qissasi
Bu qissa shunday boshlanar. Odamning soʻnggi tugʻilgan farzanlaridan biri boʻlgan oʻgʻli Abdulmugʻis deb ataldi, qizi esa Amat -ul Mugʻisa deb. Bu ikkovlari anchagina farzand koʻrdilarki, Odamning urugʻini qirq ming band (lugʻatda band soʻzi oʻn ming kishi demakdir)ga yetdi.
Qachonki, Qobil tugʻilganida u bilan birga tavallud topgan qiz chiroyli edi, Iqlimo deb ataldi. Ikki yil keyin Hobil tuqildi. U Bilan birga tugʻilgan qiz esa gʻoyatda hunuk edi, uni Abudo derdilar.
Odam oʻz shariatiga koʻra Qobilning egizagini Hobilgan bermoqchi boʻldi, Hobil Bilan egizdosh qizni esa Qobilga. Bu niyat Qobilga hush kelmadi.
— Oʻzim bilan tugʻilgan qizni olaman, – dedi Qobil.
— Shari’atda bunday boʻlmaydi, – dedi Odam.
— Agar bu qiz menga qarindosh boʻlsa, unisi ham qarindosh emasmi? – deya talashdi Qobil.
— Unday boʻlsa ikkalangizlar qurbonlik qiling, qaysingizni qurbonligingiz qabul boʻlsa, Iqlimoni oʻsha olsin, – dedi Odam.
Hobil qoʻy boqar edi, katta semiz qoʻyni keltirib oyoqlarini bogʻladi-da, qurbonlik qoʻyadigan joyga qoʻydi. Osmondan oʻt tushib, Hobilning 0qurbonligini kuydirdi, Qobilnikiga esa tegmadi. Shunda Iblis keldi-da, Qobilga gezlay boshladi:
— Hobilning qurbonligi shul bois qabul boʻldiki, uning Olloh taolo huzurida izzat va yaqinligi bor. Otang Odam ham uni yaxshi koʻrar. Yana otangni bir tilagi borki, yerning halifaligini Hobilga bermoqchidir.
— Men Hobilni oʻldirayin. Qiz ham, halifalik ham menga qolsin, – dedi Qobil gʻazabga kelib.
Qobil Hobilni oʻldirmoqlikka ahd qildi-yu, ammo uni qanday qilib oʻldirishlikni bilmas edi. Bir kuni biyobonda oʻtirganida Iblisni koʻrdi. U odam qiyofasida kelgandi, qoʻlida bir qush bor edi. Iblis qushni tosh ustiga qoʻyib, boshqa bir tosh Bilan uni majagʻladi. Qobil buni koʻrib, oʻrganib oldi. Soʻngra Qobil Hobilning oldiga keldi.
— Men seni oʻldirarman, – dedi Qobil.
— Men sen Bilan olishmasman, Olloh taolodan qoʻrqaman, – dedi Hobil.
Bu paytda Hobil qum ustida yotib, uxlamoqda edi. Qobil bir tosh bilan urib oʻldirdi. Qiyomatga qadar odam oʻldirmoq, qon toʻkmoq Qobilning qilmishidan meros qoldi. Habarda kelishicha, paygʻambarimiz Muhammad Mustafo alayhissalom dedilarki: «Kimki bir yaxsha odatni chiqarsa, unga oʻsha odatning savobi boʻlur va to qiyomat kunigacha shu odatga amal qilganlarning ham savobi unga boʻlur. Kimki bir yomon odatni chiqarsa, unga oʻsha odatning gunohi boʻlur va shuningdek to qiyomatga qadar oʻsha yomon odatga amal qilganlarning ham gunohi oʻsha odamga boʻlur».
Qobil Hobilni oʻldirganida yigirma yoshda edi. U Hobilning jasadini bir qopga solib, orqasiga koʻtarib oldi. Shu holatda bir necha fursat yurdi. Shunda tangri farmoni Bilan ikki qargʻa keldi, bir-biri bilan urishdi va biri boshqasini oʻldirdi. Tirik qolgan qargʻa tumshugʻi Bilan yerni kavlab, oʻlik qargʻani koʻmdi. Qobil bu holni koʻrgach oʻkindi:
— Meni shu qargʻachalik aqlim yoʻq ekan, – deb.
Olloh taolo bu holda Muhammad alayhissalomga habar berdiki: (Oyat) «Biz bani Isroilga shuni hukm qilib berdik, kimki biror odamni oʻldirmagan yoki biror fasod ish qilmagan bir tirk jonni oʻldirsa, u goʻyo tamom odamlarni oʻldirgan boʻlur. Kimki bir jonni oʻlimdan saqlab qolsa, u goʻyo hamma odamlarni oʻlimdan saqlab qolgan boʻlur«. Ulamolarning aytishlaricha: »Qobilning oʻkinchi Hobilni oʻldirib qoʻygani uchun emasdi, agar oʻldirgani uchun oʻkinganda tavba qilgan boʻlardi. U oʻlikni qaerga yoʻqotishni bilmagani uchun, orqalab yuraverib holdan toygani uchun oʻkingandi».
Qachon Odam Hajga bormoqchi boʻlganida Hobilni «Men kelguncha saqlagil!» deb koʻkka topshirganda, qabul qilmadi. Yerga topshirdi, qabul qilmadi. Togʻlar ham qabul qilmadilar. Qobil qabul qilgandi, lekin omonatga hiyonat qildi, oʻldirdi.
Qobil ukasini oʻldirganida kechayu-kunduz yer qimirladi. Hobilning qoni yerga suvdek singib ketdi. Odam Hajdan qaytib kelganida hamma farzandlari qarshi oldilar, lekin Hobil koʻrinmadi.
— Hobil qani, – soʻradi u.
— Hobilning qoʻylari mening ekinzorimga kirib ketgandi, undan uyalib kela olmadi, – dedi Qobil.
— Sen shunday deysanu, ammo Hobilning qoni yerda ingranib yotar, – dedi Odam.
— U oʻldi, – dedi Qobil.
— Hobilning qoni toʻkilgan yerga Tangri la’nati boʻlsin, bu kun u qonni tashqariga chiqarmasa, – dedi Odam.
Yer qonni tashqariga chiqardi. Oʻsha kundan beri qon yerga singimaydigan boʻldi. U joydan tikan bilan yulgʻun unib chiqdi. Buyobondagi qush-qurtlar «Qarindoshlarda mehr-shafqat qolmadi», deganlaricha togʻlarga qochib keldilar. Odam Bilan Havvo juda koʻp yigʻladilar, aziyat tutdilar.
Rivoyat qilinurki, Qobil hobilni oʻldirgach, Iblik kelib unga gap ketdi:
— Olloh taolo nima uchun qurbonligʻini qabul qilmadi? Negaki sen olovga topinmaysan, hamr (aroq) ichmaysan, ovoz chiqarib yigʻlamaysan.
Shundan keyin Qobli hamr ichdi, butga topindi, oʻtga sigʻindi, ovoz chiqarib yigʻlay boshladi. Odam bu ishlardan ogoh boʻlib, Qobilni bu yoʻldan qaytarmoqlik uchun qirq ming kishini yubordi. Ular kelib Qobilni koʻrdilar, uning yigʻilarini eshitdilar, hammalari dindan qaytib murtad boʻldilar, u Bilan birga qoldilar. Yuqoridagi mas’iyatlar (gunoh ishlar) hammasi Qobildan meros boʻlib qiyomatga qadar qoldi. Qiyomat kuni oʻblganda Olloh jahannamiylarni doʻzaxga kiritsa, ular azoblarni koʻrib Olloh taologa yolborarlar: (Oyat) «Ey Parvardigorimiz, jinlardan va inslardan bizlarni adashtirganlarni koʻrsatgil, biz ularni qadamlarimiz ostiga olaylik, toki ular eng past va xorlanganlardan boʻlsinlar».
Izoh: jin va insdan murod shuki, biri Iblis, biri Qobildir.
Shu paytda xitob kelgay:
— Ey Iblis, jahannamiylar seni qoʻrmoqni istaydilar.
— Men ham ularni tilarman, – degay Iblis.
Olloh taolo doʻzah ichida bir minbar bino qilgan. Iblis u minbarga chiqar va shunday der: (Oyat) «Albatta, men bundan ilgari menga sherig qilgan narsalaringizdan bezorman». Jahannamiylar boshqa javob ayta olmadilar, hammalari noumid boʻldilar.
Aytishlaricha, Qobil oʻz ukasini oʻldirgach Iqlimoning qoʻlidan tutib, Yaman viloyatiga bordi – olovda topina boshladi. Qobil urugʻining aksariyati fasod qildi, hamr ichdi, olovga sigʻindi, ovoz chiqarib yigʻladi vash u ishlari jaddiga halok boʻldilar.
Yana bir habarda aytilurki, Odam Olloh taolodan «Yer mening hukmimga boʻysunsa«, deb tiladi. Yerga farmon boʻldi: »Odam nimani buyursa shuni qilgʻil!» deb. Odam:
— Ey Yer, tutgil! – dedi. Yer Qobilni toʻpigʻigacha yutdi. Qobil qoʻrqib ketdi va dedi:
— Ey ota, rahm qilgil!
— Sen birodaringga rahm qilmading, endi men senga qanday rahm qilayin, – dedi Odam. Yana buyurdi:
— Ey Yer, yutgil! Yer Qobilni tizzasigacha yutdi. Oʻgʻil yana yolvordi:
— Ey ota, sen jannatda gunoh qilding, yolvorganding Hudo kechirdi. Soʻragil meni ham kechirsin!
— Men bugʻdoy yegandim, sen qon toʻkding, bu gunohni qandayin kechirsin, – dedi Odam va Yana buyurdi:
— Ey yer, yutgil! Yer Qobilni beligacha yutdi. Shunda Qobil:
— Ey ota, sen Ollohning yuz ming rahmati bor, deb aytar eding. Uning toʻqson toʻqqizini hamma odamlarga moʻminlarga berardi, bir qismini hamma jonzotlarga beradi, der eding. Tilagil, oʻsha ulujdan menga ham ravo koʻrsin!
— Sen jigaringga rahm qilmading, ul rahmatdan senga ulush yoʻq, – dedi Odam va Yana buyurdi:
— Ey Yer, yutgil! Yer Qobilni boʻgʻzigacha yutdi. Shunda Qobil Odamdan umidini uzib, Olloh tarafga yuzlandi:
— Iloho, Otamdan eshitdim seni Rahmon va Rahim sifatilik ikki oting bor. Rahmonlik sifating meni bu azobdan qutqargil! Agar qutqarmasang Rahmon otingdan kechgil!
— Ey Qobil, Men koʻplarni azobdan qutqargayman. Rahmon otimdan kechmayman!
Shundan keyin yerga farmon boʻldi: «Qobilni qoʻygil!» Yer Ollohni farmoni Bilan Qobilni boʻshatdi. Soʻngra bir farishta kelib, Olloh farmoni Qobilning oyogʻidan tutib, Magʻribdan Mashriqqa qadar yetti marta sudradi, Qobil halok boʻldi.

Shis Alayhissalom Qissasi
Qobildan keyin bir yuz oʻttiz yil oʻtgach, Shis tugʻildi. Shis sarboniy tilida «Hibatullosh« deganidir, ya’ni tangrining tuhfasi. Olloh »Hobilni oldim, uning oʻrniga Shisni berdim», dedi. Muhammad alayhissalomning nuri Odam manglayidan Havvoning arhmiga berdi. Shis tugʻilgach, u nur Shisning manglayiga keldi. Odam Shisni gʻoyat yaxshi koʻrardi.
Xitob keldi: «Ey Shis, bu nur eng suyukli doʻstim Muhammad mustafoning nuridir. Farzandlaringga vasiyat qilginki, ular oʻz juftlarini nikoh birla olsinlar, sevgi Bilan qovushmasinlar!».
Olloh taolo Odamga ming hunarni oʻrgatgandi. Shisga esa hamma kasblardan deb boʻzchilik hunarini oʻrgatdi. Toki, u uy ichida soyada ishlasin, degan maqsad bor edi. Bu taqdir boshqa qarindoshlariga hush kelmadi:
— Shis uyda oʻtirib ish qilar, biz boʻlsa qishin-yozin biyobonda zahmat chekarmiz. Bizga ham boʻzchlikni oʻrgating, -dedilar.
— Bu soʻzni eshitib Odam duo qildi:
— Iloho, boʻzchilikni Bilan koʻnglidan chiqargil!
Olloh taolo bular koʻngliga boʻzchilikka nisbatan dushmanlik soldi. Yana demishlarki, boʻzchilikning barakati boʻlmas. Shuning uchunki, boʻzchilar Zamzam qudugʻiga bavl qilganlar. Yana demishlarki, qilar ishlari yulib olinarlik boʻlgani uchun ham barokatsizdir.
Shunday hikoyat qildilar: Bir odam Rasul layhissalomning qoshiga keldi va dedi:
— Yo Rasululloh, mening mol-dunyoim behad koʻpayib ketdiki, bundan koʻp aziyat chekurman, kamaysin deb shu harakat qilurman, kamaymas, birovga bermoqlikka koʻnglim boʻlmas, nima qilayin?
— Borgil, yulgʻun shohidan tayoq ishlatgil, – dedi Rasululloh. Shunday qilgandi, moli tugab ado boʻldi.
Yana demishlarki, Bibi Maryam rahiollohu anhu juhidlardan qochayotgan chogʻda boʻzchilardan yoʻl soʻragandi, ular yomon yoʻlga solib yubordilar. Tikanzorga borib qolgan ona ularni qargʻadi.
Yana demishlarki, boʻzchilar Bibi Maryamni choʻqur suvga boshladilar. «Suvdan oʻtayotgandan badanini koʻramiz», degan umidda edilar. Maryam duo qildi: Iloho, ishlaridan barokatni ketgazgin!
Yana demishlarki, Solih alayhissalomning tuyasini boʻzchilar oʻldirgandi.
Habarda keladiki, boʻzchilik ezgu kasb turar. (Hadis) «Qanday yaxshi hunar toʻquvchilik xotin-qiz ummatlarimga va qanday yaxshi tikuchilik er ummatlarimga, agar ularda yolgʻonchilik boʻlmasa erdi».
Yana demishlarki, boʻzchilikda olti hislat bor: ikk naf’i borki hayrlidir, ikkisi mar dva tanti boʻlur, uchinchisi gʻariblar doʻsti boʻlur, toʻrtinchisi kichik koʻngil boʻlurlar, beshinchisi oʻligu tirik ularga muhtoj boʻlar, oltinchisi omadli boʻlurlar.
Yana demishlarki, Balh diyorida bir pokiza zohid olim bor edi. Shayh Shaqiq rahmatullohi alayh bu boʻzchini eshitib, uni koʻrgani bordi. Olim shayhni qarshi oldi.
— Ey shayx, kelishing biz uchun quvonchli boʻldi, – dedi olim.
— Nima sabadan? – soʻradi shayh.
— Sening kelishing ollohni irodasi edi. Shu bois u sevinchli boʻldi, – dedi boʻzchi olim.
— Shayh Shaqiq boʻzchining uyiga kirganida bir asbobni koʻrdi.
— Bu nima? – Deya soʻrad shayh.
— Tirikchilik vositasi erur, -* dedi boʻzchi.
— Bu nimadir?
— Bu hidoyat iplaridir – dedi boʻzchi.
— Bu boʻz nimadurki, uni yerga yozib qoʻyibsan? – deya yana soʻradi.
— Bu tirikligim asosi turur.
— Bu qanday qamishdir?
— U Bilan oʻzimni dunyodin uzoqlashtiraman.
— Bu qanday qushdir?
— U mening toatim va yaxshiliklarimdir.
— Bu panja-tirnoq nimadir?
— U ixlosdur, u Bilan ammalarimni berkitarman.
— Bu eshikda turgan tuya nimadur?
— U kecha-kunduzdir.
— Bu qoʻlingdagi yassi yooch nimadir?
— U havf ham umiddir. Doimo havfda turarman va hamisha umidvordurman.
— Bu ishni necha yildan beri qilarsan?
— Oʻttiz yil boʻldi.
— Bu ishingni aslo qoʻymagil, u seni jannatga olib borguvsidir, – dedi Shayh Shaqiq rahmatullohi alayhi. Habarda kelurki, Odam safiyning umri ming yilga va’dalik edi. Miysoq kunida bir qavmni koʻrdi, ularning boshlarida nur jilva qilardi.
— Yo Rabb, bular Kim? – deb soʻradi Odam safiy.
— Bular sening farzandlaring orasidan chiquvchi paygʻambarlardir.
— Iloho, bu Kim? – dedi ular orasidan birini koʻrsatib, chunki uning nuri barchasidan ortiq edi.
— Paygʻambar Dovud alayhissalomdir.
— Iloho, buning yoshi nechaga borar?
— Oltmish yil.
— Hudoyo, buning umrini orttirgil, – deb duo qildi.
— Taqdiri azalda qaldam shunday yozgandir.
— Iloho, mening umrim ming yildir, uning qirq yilini Dovudga berdim, – dedi Odam.
Farmon boʻldi, bu soʻzni xatga bitdilar. Qachonki Odamning umri tugagach, Azroil jon olgani kelganida u: «Shoshmagil, umrimning hali qirq yili bordir«, dedi. Chunki Odam u gapni yodidan chiqargandi. Shunda Azroil: “Bu qirq yilni Dovudga bagʻshlading”, dedi farishtalar bunga guvohlik berdilar. Odam dunyodan rixlat qildi. Undan yetti yil keyin Havvo vafot edi. Jabroil Odamga jannatdan kafan keltirdi. Shisga “Otangni yuvgil!” dedi. Shis uni yuvdi, kafanga oʻradi. Keyin Jabroilga qarab, “Namoz oʻqigil!” degandli u »Namozni sen oʻqigil, halifa (oʻrinbosar) sensan!» dedi. Sababi ortiq boʻlsin Deya toʻrt takbir bilan namoz oʻqidi. Shundan keyin kafan oʻramoq, namoz oʻqimoq, goʻrga koʻmmoq qiyomatga qadar sunnat boʻlib qoldi.
Odam alayhissalomdan keyin qirq besh yil oʻtgach Shis alayhissalomga paygʻambarlik tegdi. Ikki yuz yetmish yil odamlarni da’vat qildi va shundan keyin u ham vafot etdi.
Habarda kelurki, Shisdan keyin odamlar butga topinadirgan boʻldilar. Shariat soʻzini aytguvchi qolmadi, odamlar dindan qaytdilar. Hammalri johil boʻlib, Hudoga ibodat qilishni yoddan chiqardilar. Kunlardan birida masjidga Odam suratini yoʻndilar va unga topina boshladilar. Har Kim oʻz holicha but yasab oldi: kimdir yogʻochdan, kimdir toshdan, kimdir oltindan, yana kimdir kumushdan. Uch yuz yil shu taxlidda kun kechirdilar. Shundan soʻng Olloh taolo Idris alayhissalomni paygʻambar qilib yubordi.

Idris Alayhissalom Qissalari
Ziyoda dars oʻqiganlikdan otini Ahnud derdilar. Hayot chogʻida eng birinch boʻlib kiyim tikib kiygan inson u edi. Har gal igna sanchishda tasbih aytur ediki, u barcha odamlarning toati qancha boʻlsa, shunchalik ibodat qilmoqqa bel bogʻlanagdi. Jamiki fparishtalar uning toatini koʻrib, lol qoldilar.
Farishtalardan biri Idrisni koʻrishlikni qoʻmsar edi. Olamlarning aytishlaricha, u jon oluvchi farishta (Azroil alayhissalom) edi. Olloh taolodan izn soʻradi. Kelib, Idrisni koʻrdi, Idris roʻza edi. Ogʻiz ochar vaqt boʻlgach, jannatdan nasiba keldi.
— Kela, taom yegil! – dedi Idris.
— Yemasman, – dedi u. Idris uning farishta ekanligini bilmadi, u toʻrt kun birga tursa hamki, taom yemadi.
— Yur dalaga chiqaylik, koʻngling ochilisin, -dedi Idris. Tashqariga chiqdilar, bir ekin ekdilar.
— Bu ekindan yeylik, – dedi farishta.
— Olloh haqqi, halol taomga chorladim, kelmading. Nega meni haromga chorlaysan? –
Undan yuz oʻgirdilar. Bir uzumzorga keldilar.
— Uzum olib yeylik, boʻlmasa, -dedi farishta. Idris roʻyhushlik bermadi, undan nari ketdilar. Bir suruv qoʻyga duch keldilar. Farishta Yana boyagi soʻzni aytdi, Idris ham oʻsha javobni soʻzladi. Shunda bildiki, sherigi odam emas edi.
— Sen odammisan, yo farishta? -dedi Idris.
— Farishtaman, seni qoʻmsar edim, Olloh seni koʻrgani izn berdi.
— Bu karomatning hurmatidan meni oʻzing Bilan osmonga olib chiqqan, ajoyibotlarni koʻrayin, toatim yanada ortsin, -dedi Idris.
— Bu ishga erkim yoʻqdir, Ollohdan izn soʻrayin, – dedi farishta. Ruxsat berildi, toʻrtinchi osmonga chiqdilar. Azroilni u yerda koʻrib:
— Ey jon oluvchi farishta, jon bermaklik achchiqligini eshitganman, jonimni olgil jon bemoqlik achchigʻini koʻrib, toatimni Yana ham oshirayin, – dedi.
— Bu ish mening ixtiyorimda emas, Ollohdan izn soʻrayin, – dedi u. Ruxsat boʻlgach, Idrisning jonini oldilar. Azroil jonni olgach, Olloh taologa yolvordi va tazarru bilan:
— Mening muhabbatim uchun Idrisni tiriltirgin! – dedi. Olloh taolo qudrati Bilan Idrisni tiriltirdi va Idris Azroilga dedi:
— Meni doʻzaxga kiritgil, qoʻrqinchli ogʻir azoblarni koʻrayin.
— Bu ish mening ihtiyorimda emas, – dedi Azroil va Ollohdan izn soʻradi. Idris doʻzaxga kirdi, uning uqubatlarini koʻrdi.
— Endi meni jannatga kiritsang, uning ne’matlarini koʻrsam, – dedi Idris.
— Bu ish mening ihtiyorimda emas, – dedi Azroil va Ollohdan Yana izn soʻradi. Ruxsat boʻlgach, jannat eshigiga keldilar.
— Kirgil, shart shuki, qaytib chiqqil! – dedi Azroil. Idris bunga koʻndi, jannatga kirdi, ne’matlarini koʻrgach, qaytib chiqishga unamadi. Shartga zid boʻlmasin, deb hiyla ishlatdi. Oyogʻidagi kovushini bir daraxt ostiga qoʻydi, keyin chiqdi. Soʻngra: «Kovushimni unutibman-ku» deb oh urdi. Faryod qilib, yana jannatga qaytib kirdi. Azroil bir soat indamadi, ikki soat indamadi, keyin chorlagandi, chiqmadi.
— Nega chiqmayapsan? – dedi Azroil.
— Chiqdim, shartni bajardim, endi ikkinchi bor chiqmasman, – dedi Idris. Shunda Yana bir farishta kelib:
— Ey IDris, hali jannatga kiradigan vaqt boʻlgani yoʻq, – dedi.
— Menga vaqt boʻldi, shuning uchunki, (Oyat) «Har bir tirik jon oʻlim mazasini totib koʻrguvchidir«, deyilganiga muvofiq men oʻlim topdim va (Oyat) “Sizlarning har bittalaringiz, albatta, uning labiga kelguvchidirsizlar”, deyilganiga koʻra kirdim. Yana farmon borki, (Oyat) »Ular ul yerdan chiqarilmaslar», hukmiga koʻra endi bu yerdan chiqmasman, – dedi Idris.
Shunda jannat osmonidan bir ovoz eshitildi: (Oyat) «Mening bandam toʻgʻri aytadi, qoʻyinglar uni, Mening marhamatim Bilan jannatga dohil boʻlsin!»
Hozir Idris jannatda turar. Olimlar aytadilarki, «Idris toʻrtinchi osmonda turar». Yana habarda kelishicha, toʻrt paygʻambar hanuz tirikdir. Ikkisi (Iso va Idris) – osmonda, ikkisi (Xizir va Ilyos) – yerdalar. Ammo bu toʻrtovidan uchtasi oʻlgay, Idris esa oʻlmagay. Shuning uchunki, bir marta oʻldi, jannatda qoldi, to qiyomat kunigacha u yerda boʻlur.
Yana aytishlaricha, jannat xalqiga oʻlim yoʻqdir, doʻzax xalqiga ham. Shu bilan birgaularga boshqa tusga kirish va dahshatlar boʻlar. Yana Olloh bilguvchiroqdir.
Qobilning koʻzi ojiz oʻgʻli bor edi. Ul oʻgʻlining ham bir oʻgʻli bor edi. U ham koʻr edi. Otasi bilan yetaklashib yurib, Qobilga duch kelishdi.
— Shu odam mening amakimni oʻldirgan, -dedi bola otasiga Qobilni koʻrsatib. Koʻr oʻgʻil tosh olib, Qobilni urib oʻldirdi.
— Nega otangni oʻldirding? – dedi bolasi shunda va bir tosh olib u ham otasini urib oʻldirdi.
— Ilohi, biz Odamni yaratmasingdan ilgari aytganmidik «Odam farzandlari ham Jin ibn al-Jin qavmi kabi qon toʻkadilar», deb – dedilar farishtalar bu holni koʻrgach.
— Odam farzandlarini malomat qilmangalar. Sizlar ham yer yuzida yashaganlaringda edi, ularga yaratilgan narsalar sizlarda ham boʻlganida edi, bunday demagan boʻlardingiz! – degan farmon boʻldi. Va yana farmon boʻldiki, «Ey farishtalar, sizlarning qaysilaringiz olimroq va zohidroq boʻlsa, oʻshani keltiring!»
Uch farishtani tanladilar: birini Uzzo derdilar, birini esa Uzoyo Yana birini Axosil deb atardilar. Olloh taolo ulardan shaxvatni paydo qildi va ulardan birini shaxvatdan holi etib avvalgi holiga qaytardi. Ikkisini esa yerda qoldirdi. «Dunyoga boring, menga toat qiling, gunohdan qoching, odamlar orasida adolat Bilan hukm qiling, zulm qilmang, zino qilmang, qon toʻkmang, aroq ichman, hiyonat qilmang! Kunduzlari shu ish Bilan mashgʻul boʻling, kechasi osmonga chiqing! Tong otguncha menga ibodat qiling!» Ularning qoʻllarida uzuklari bor edi.
Bir kuni bir Xotin eri bilan tortishib qolib, er-xotin Uzzoning oldiga keldilar. U Xotin chiroyli edi, unga koʻzi tushgan Uzzoda ayolga nisbatan mayl uygʻondi.
— Ey xotin, sen adashgansan, men bilan birga boʻlsang, sening istagingga hukm qilaman, – dedi Uzzo. Xotin rozi boʻldi, Eri bundan ogoh boʻlib, bu yerdan ketdilarva Uzoyoning oldiga bordilar. U ham yuqoridagiday istak qildi. Xotin rozi boʻldi. Hilvat joyga keldilar.
— Uch ishdan birini qilsangiz, sizga boʻysunarman, – dedi Xotin hilvatga kelgach, farishtalarga shart qoʻyib. – Shartim shuki, Yo erimni oʻldirasiz, yo aroq ichasiz, yo butga sajda qilib, qoʻlingizdagi uzukni menga berasiz.
Har ikki farishta mulohazaga berildi: «Hammasi gunoh ishlar, uzukni berar boʻlsak osmonga chiqa olamaymiz, odam oʻldirishdan ulugʻ gunoh yoʻq, aroq ichishda gunoh ozroq», deb kelishdilar-da aroq ichdilar. Mast boʻldilaro, ayolning erini oʻldirdilar, zino qildilar, Xotin esa uzukni olib qoʻydi, uzuk tufayli osmonga koʻtarildi. Farishtalarga farmon boʻldi, ular xotinni urdilar, pokiza boʻldi. Ayolning ismi arab tilida Zahro edi, forsiycha Nohid, ibriycha Biduxit, turkiycha Saqit edi.
Farishtalarga amr boʻldi, osmonning qopqogʻini ochdilar. Alarga deyildiki: «Olim va zohidlaringizga bir boqing!« Hammalari tavba qildilar: »Iloho, Sen bizdan bilguvchiroqdirsan!»
Uzzo va Uzoyo kayflari tarqagach koʻrdilarki, qoʻllari qonli edi, oʻzlari zino qilgandilar, aroq ichgandilar, uzuklari qoʻllaridan gʻoyib boʻlgandi. Ular oʻkindilar, yigʻladilar:
— Endi Ollohning oldida yuzimiz shuvut boʻldi. Parvardigorimiz bizni besh narsadan qaytargandi, ammo biz qon toʻkdik, zilm qildik, zino qildik, aroq ichdik, hamma ta’qiqni buzdik, -dedilar. Soʻngra Odam farzandlariga iztihfor qila boshladilar. Shungacha ular istigʻfor aytmagandilar.
— Biz hali osmonda ekanimizda bir bandaning ibodatlarini osmonga chiqargandi. Hamma yer xalqining ibodatlari uning toati oldida lol edi. U Kim boʻlgʻuvsidir? – deb savol qildilar ular. Farishtalar uning Idris ekanini anglagach oldiga bordilar.
— Bizni shafoat qilgil, Olloh gunohimizni kechirsin! – deb iltijo qildilar. Idris duo qildi. Farmon keldi: «Ey Idris, ulardan soʻragil, dunyo azobini ihtiyor qilarmisiz yo oxirat azobinimi?»
Idris bu soʻzni bayon qilgach, ular: «Ey Idris, qaysi birini ihtiyor qilaylik, aytib bergil?« dedilar. Shunda Idris: »Oxirat azobi abadiydir, Dune azobini tanlang!» dedi. Ular dunyo azobini ixtiyor etdilar. Shunda Jabroil alayhissalom ularni Bobil qudugʻiga olib keldi. Qil bilan tovonlaridan osdi va peshin namozidan keyin to kechquringi shafaq gʻoyib boʻlguncha qiynay boshladi.
Ba’zilar aytadilarki, tong otguncha ertagi qiynoqlarga hozirlik koʻrardilar. Quduq ichida tovonlaridan osilgan holatda koʻrildi. Yer yuzidagi jamiki, iflos va badboʻy narsalar tutun boʻlib burinlariga kirardi. Yana bir rivoyatda aytilishicha, Ibrohim an-Nafafiy peshin namozini kechroq oʻqir edi. Sababini soʻragnlarida «Ularga azob yengilroq», boʻlsin deb shunday qilarman, deya javob berdi.
Yana deydilarki, bir yil davomida ularning zino qilgan vaqti kirdi deguncha birj odu oʻrgatuvchi kimsa tun qorongʻusida u yerda turib olib, farishtalar nomidan soʻz soʻzlardi. Ular «Buni oʻrganmoqlik osondir, uni ishlatish esa kufr ishdir«, der edilar. Bunga rozi boʻlmasa aytardilarki: »Biyobonga chiqqin-da, koʻrganlaringni aytgil!» Biyobonga borib, soʻzladilar, ogʻizlaridan bir oq kabutar uchib chiqardi. Soʻngra boʻlgan hodisani qaytib kelib soʻzlab berardilar.
— Oq kabutar sening imoning edi, sen undan ayrilding, endi sehr joduni oʻrganarsan, dedilar ular bunga izoh berarkan.
Ma’lum boʻladiki, Kim sehr-joduni oʻrgansa, yana uning yordamida amallarni qilsa, Olloh taologa kofir boʻlar ekan. Shundan keyin ulardan bu quduqqa keyinchalik Yusuv (a) tashlanadi, farishtalik ismlarik yetkazilib, Xorut va Morut degan ismni berdilar.

Nuh Nabiy Alayhissalom Qissasi
Nuh nabiy ibn Malik ibn Idrisdir. Onasining oti Shamxo binti Anursh edi. Nuhdan Odamga qadar oʻn ota oʻtdilar, hammalari musulmon boʻlgandilar. Asl ismi Yashkir edi, koʻp nola chekib yigʻlaganlari uchun nuh deb ataldi. Aytishlaricha, uning nolalariga sabab shu edi:
Kunlardan bir kun Iblis dedi:
— Ey Nuh, menga sherik qilding. Agar sheriklarim, qoʻldoshlarim, askarlarim yigʻilib kelsa, bu yerga sigʻmas edilar.
— Sherik qilganim nimadir? – soʻradi Nuh.
— Sen duo qilganding, qavming halok boʻldi. Hammalari jahannam ichra menga qoʻldosh boʻldilar. Sabr qilganingda ba’zilari imon keltirardi, shu afzal edi, – dedi Iblis.
— Ey koshik, koshki sabr qilgan boʻlganimda ba’zilari musulmon boʻlardi, menga bunday ta’na tegmas edi, – Deya Nuh tunu kun nola qildi.
Hikoyat qilarlarki, Nuh alayhissalom Mashriqdan Magʻribga barcha haloyiqqa paygʻambar edi. Bir qari (qoʻl uchidan tirsakka boʻlgan oʻlchov birligi) ham yer odamlardan holi emas edi. Bir keksaning oʻrnicha yerdan uch yuz botmon bugʻdoy unardi, yuz botmon bugʻdoy esa bir yillik ochuqa boʻlardi. Yana Mashriqdan Magʻribga qadar uylarning tomlari bir-biriga tutash Ediki, tomma-tom yuyursa boʻlardi. Yer yuzida ziroat qiladigan yer qolmagach, yilqilarga tuproq ortib, baland togʻlar ustiga yoyib dehqonlik qilardilar.
Hikoyatda kelurki, Mashriqdan Magʻribgacha qaysi joga boʻlmasin tayoq tashlansa odamlarning boshiga tushardi. Nuh zamonidagichalik obodonlik qiyomatga qadar boʻlmas. Oʻsha paytda Ollohni bir deb biluvchilar boʻlmadi.
Aytishlaricha, bir qancha vaqt oʻtgach, Jabroil alayhissalom paygʻambarlik olib kelganida Nuh aytdi:
— Olam juda kengdir, kofirlar boʻlsa haddan ziyod. Men qaerga borib, Ollohning birligini bildirayin?
— Ey Nuh, aytmoq sendan, eshitmoq mendan! Degan xitob keldi.
Shundan soʻng Nuh iymonga dvat qildi:
— Ollohning yagonaligiga iymon kekltiring, mening paygʻambarlarimga iqror boʻling! – Bu da’vatni shamol Mashriqdan Magʻribga qadar eltid.
Kofirlar Nuhni ura boshladilar. Shu qadar urdilarki, suyaklari sindi, siniq suyaklari teri ichidan behad darajada qaqshardi, chidash qiyin edi. Yotsa, kechasi bilan Olloh taolo unga shifo berur edi. Kun sayin Jabroil alayhissalom kelib: «Ey Nuh, borgil, kofirlarga aytgilki «La ilaha illallohu Nuhun rasulillohi» desinlar!» deb farmon keltirardi. U borib aytardi, ular boʻlsa urardilar.
Ilohi tunu kun sening farmoningni yetkazdim, tinglamadilar. Ochiq aytdim, eshitmadilar, mahfiy aytdim, qabul qilmadilar (Oyat) «Ey Parvardigorim, men qavmimni kecha-yu kunduz da’vt qildim, lekin mening chaqirishim ularning nafratlarinigina ziyoda qildi», -dedi Nuh.
Ellik kam ming yil da’vt qildi, sakson kishi iymon keltirib, musulmon boʻldilar, yarmi erkaklar va yarmi xotinlar edi. Ulardan boshqa hech Kim musulmon boʻlmadi. Kun sayin mashaqqatlari ziyoda boʻldi. Nuhning xotini ham kofir edi.
Bir kuni bir qariya oʻgʻlini yetaklab, Nuhning qoshiga keldi. Qariya Nuhning yuziga tupurdi, haqorat qildi va oʻgʻliga vasiyat qildi:
— Bu Nuh telbadir. Otalarimiz buni soʻzlarini eshitmadilar. Bugun men qanday ishni qilgan boʻlsam, bundan keyin sen ham shunday ishni qilgaysan.
Uning soʻzini eshitib, qilmishini koʻrib, Nuhning umidi uzildi, koʻngli ogʻridi, duo qildi: «parvardigoro, yer yuzida birorta kofirni qoldirmagin». Shundan soʻng Olloh taolo qirq yilgacha yomgʻir yogʻdirmadi, yerdan oʻsimlik undirmadi, ayollar farzand tugʻmadilar, chorva hayvonlari halok boʻldi, buloq va jilgʻalar quridi.
Habarlarda keladiki, Avj ibn Unuq toʻfonda halok boʻlmagandi. Negaki, u daryolardan emasdi. Dayyor – xotinlik, uy-joylik deganidir. Avjning esa uyi ham, xotini ham yoʻq edi. Dengizlarning narigi yogʻida turardi, toʻfon suvi uning tizzasiga ham kelmagandi.
Oradan vaqt oʻtib Nuhga xitob keldi:
— Duoingni ijobit qildim. Borgil chinor daraxti ekkil!
Nuh daraxt ekdi, qirq yilda uch daraxt yetildi. Daraxtni kesdi-yu, uni kerakli joyga keltira olmadi. Shunda Avjni chorladilaro, u daraxtni sudrab keltirdi. Jabroil Nuhga ta’lim berdi, daraxtni bolta Bilan chopdilar. Oʻrdakning suv ustida yurganini koʻrsatib, oʻrgatdilar, unga oʻxshatib kema yoʻna boshladilar. Kofirlar buni koʻrib mashara qilar edilar: (Oyat)
— «Sen paygʻambar eding, endi duradgor boʻlib qolding!» Buni nima qilmoqchisan oʻzi?!
— Kema qilyapman, unga minib, suv ustida suzarman,dedi Nuh ularning soʻrogʻiga javoban.
— Egar yoʻnarsanmu, avval eshak olgil! – deb yana kuldilar. (Oyat) «Qachon uning yonidan qavmning raislari oʻtsa, uni masxara qilar edilar».
— Nuh dedi: «Oyat« »Agar sizlar bizni masxara qilsalaringiz, bizlar ham sizlar kabi masxara qilamiz. Juda ham tezda bilasizlar (Kim haq ekanligini)».
— Toʻfon va’dasi qachon boʻlur? – soʻradi Nuh.
— Qachonki, tandiring ichidan suv chiqsa, balki azob kelgan turur, – degan xitob keldi.
Nuhning toʻrt oʻgʻli bor edi: Som, Xom, Yofas va Kan’on ismlik. Uch oʻgʻli musulmon edi, Kan’on esa kofir edi.
Kema yoʻndilar – boʻyi uch yuz qari, eni ikki yuz qari edi. Ba’zilarning aytishlaricha, kema uzunligi ming ikki yuz qari, balanligi olti yuz qari, eni ham olti yuz qari edi (qari – bir tirsak uzunligicha). Bir yuz yigirma toʻrt ming temir bogʻlar qildilar. Har bir bogʻning ustida bir paygʻambarning oti bitilgandi. Iblis «Muhammad rasululloh» kalimasi bitilgan bogʻni oʻgʻirladi.
Nuh qancha qidirsa ham topolmadi. Jabroil kelib habar qildi, soʻngra «Bogʻni Nuhga bergil!« desa, »Olmadim!» deb qasam ichdi. Jabroilning achchigʻi kelib, kema yogʻochini olib boshiga bir urgandi, boshi-koʻzi qonga boʻyaldi. Qoʻrqqanidan bogʻni topib berdi.
Kema bitdi, u uch qavat edi (birinchi qavatida chorva hayvonlari, ikkinchisida Nuh qavmi Bilan, uchuinchisida qushu qurtlar joy olgandi). Kema birgach, Nuhning kofir xotini non pishirayotgan chogʻda tandir ichidan suv chiqdi. U kelib Nuhga habar qildi. Nuh oʻsha sakson kishi Bilan kemaga chiqdi. Shunda farmon keldi: (Oyat) «Mindir kemaga har xil jonivorlardan bir er va bir urgʻochisini va ahlingni ham. Yana oʻgʻlonlaringni ham chiqargil!»
— Iloho, uchadigan, chopqir jonivorlarni qanday qilib tutayin, – dedi Nuh.
Shundan soʻng olloh qudrati Bilan suv yuziga hamma jonivorlar yigʻildi, har biridan bir erkak, bir urgʻochini tutib, kemaga chiqardilar. Oʻgʻli Kan’onni ham kemaga chiqarmoqchi boʻlgandi, yorligʻ keldi: «Chiqarmagil, u kofirdir!»
— Iloho, ahlingni chiqargil, deb aytgan eding-ku? -soʻradi Nuh.
— U sening ahlingdan emas! – degan xitob keldi.
— Ey kan’on, musulmon boʻlgil, kemaga kirgil, toʻfon suvi halok qilgʻusidir, – dedi Nuh.
— Men baland togʻlarga sigʻinarman, Togʻlar meni suvdan qutqargay, – dedi Kan’on.
— Bugun Ollohdan boshqa azobdan saqlaguvchi hech kim yoʻqdir, – dedi Nuh. – Hudoning rahmatiga sazovor boʻlgan odamgina omon qoladi.
Shu paytda suv keldi, halok qilgudek boʻlib, Kan’on togʻ tepasiga qarab qochdi. Suv koʻtarila borib oyogʻiga yetdi. Kan’anning bir oʻgʻli bor edi, suvdan qutilmoqchi boʻlib, uni oyogʻi ostiga olib ustiga chiqdi, bolasi oʻldi, sal oʻtmay oʻzi ham halok boʻldi, imonsiz ketdi.
Aytishlaricha, kemaga eng avval qaldirgʻoch kirdi, eng keyinida kirgan jonivor eshak boʻldi. Eshakni sudradilar, sira kemaga kirmadi, negaki shayton uning dumidan tortib turgandi.
— Shayton mingan boʻlsa hamki kirgil! – dedi nuh.
Yana aytishlaricha, Nuh taysallanib turgan eshakka qarab: «Kirgil, ey mal’un!» degan edi, Iblis maol’un eshakning dumidan ushlagan holda kemaga chiqdi. Shaytonni kema ichida koʻrgan Nuh:
Sen kimning farmoni bilan kemaga chiqding? -*dedi.
Sening soʻzing, sening farmoning Bilan chiqdim, – dedi Shayton.
Seni kirgil, deb qachon aytdim? – taajublandi Nuh.
«Kirgil, ey mal’un!» deding, mal’un mendirman, eshak emas, – dedi Iblis.
Molik ibn Sulaymon al-Xaraviy rahmatullohi alayh aytarki, Nuh paygʻambar ilon va chayonni «Sizdan odamga zarar tegar», deb kemaga chiqarmadi. Shunda ular:
Kimki sening otingni aytsa, unga zarar tegdirmaymiz, – dedilar.
Deydilarki, Kim ilon va chayondan qoʻrqsa (Oyat) «Salom boʻlsin Nuh paygʻambarga ahli odam ichida. Albatta, biz yaxshi amal qilguvchilarni Yana shundoq mukofotlaymiz, Haqiqatda u bizning moʻmin bandalarimizdan edi», oyatini oʻqib yotsin.
Iloho, arslon sigir bilan, boʻri qoʻy bilan, mushuk kabutar bilan dushmanligʻini bilarman, ularni nima qilayin, – dedi Nuh.
Hamma narsalarni chiqarib boʻlgach farmon keldi:
Odamning suyaklarini keltirgil, kemaga chiqargil, unga azob suvi tegmasin!
Hazrat Odamning jasadini keltrib kemaga qoʻydilar. Kemaning br tarafida erkaklar, bir tarafida esa ayollar joy olgandilar, Odamning jasadi ular orasida parda boʻldi.
Yana bir rivoyatda Judi togʻiga qoʻydilar derlar, ammo eti va terisi Sarandibda, suyaklari Jiduda turar.
Qachonki suv kema qirgʻogʻiga kelganda Nuh necha bor urindi, lekin kema yurmadi. Shunja Jabroil aytdiki: «Ey Nuh, toʻrt joyga toʻrt koʻzni nomlab joylashtirgin!».
Shunday qilganda kema yurdi. Aytishlaricha bir koʻzni Otik, ikkinchisini Umar, uchinchisini Usmon, toʻrtinchisini Ali deb nomlagandi. (Oyat) «U kema suzar edi koʻz oldimizda, toki mukofot boʻlsin yolgʻonchisan deyilgan odamga (ya’ni Nuh paygʻambarga)».
Nuh alayhissalom Iroqdan chiqib Makkaga bordi, Ka’batullohni yetti bor tavof qildi. Undan Magʻribga, soʻngra Mashriqqa bordi. Rajab oyining uchinchi kuni kemaga chiqdi, olti oy kemada suzdi.
Toʻfon chogʻi qirq kecha-kunduz yogʻn yogʻdi, yerdan ham suv chiqdi. (Oyat) «Osmon eshiklarini quyib oqadigan suvga ochib tashladik va yerda chashmalarni oqizib qoʻydik».
Aytadilarki, Nuhga paygʻambarlik kelganda yuz yoshda edi. Toʻqqiz yuz ellik yil odamlarni da’vat qildi. Yana bir rivoyatda toʻfongacha toʻrt yuz yoshda edi, undan keyin uch yuz ellik yil umr koʻrdi, deydilar. Hammasi ming yetti yuz yil boʻladi.
Aytadilarki, qirq kecha-kunduz yogʻin yogʻdi, har bir qatrasi tegirmon toshidek kelardi. Dunyoning eng baland togʻini ustiga ham qirq qari suv bosdi. Kemadagi sakson kishidan tashqari yer yuzida birorta ham odam qolmadi, hammasi oʻtdi.
Habar kelarki, ilgari uch narsa yoʻq edi, ular kemada, dengiz ustida paydo boʻldi: biri mushuk, ikkinchsi sichqon paydo boʻlib kemani teshdi, uchinchisi toʻngʻiz. Farmon boʻldi, Nuh arslonning boshini siladi, burnidan ikkita mushuk chiqdi va u sichqonni yedi.
Yana aytadilarki, sichqon kemani teshganda odamlarda suvga gʻarq boʻlish qoʻrqinchi uygʻondi, suv ichida esa sira teshikni berkitib boʻlmadi.
Shunda Nuh aytadiki:
Kimki bu teshikni berkitsa, nima tilagi boʻlsa bergayman.
Men teshikni berkitayin, suv kirish toʻxtagach, kemadagi suvlarni chiqarib tashlangan, – dedi ilon soʻng soʻradi, – menga nima berarsan?
Nima istaysan? – dedi Nuh.
Qaysi goʻsht totli boʻlsa, oʻshani bergil, – dedi Ilon.
Nuh qabul qildi, Ilon suvga kirib teshikni berkitdi, oʻsha joyda kulcha boʻlib yotdi, suv kirishi toʻxtadi. Kema ichidagi suvni tashqariga chiqarib tashladilar, gʻarq boʻlish qoʻrqinchi barham topdi.
Kemadan chiqqanlaridan keyin ilon kelib, Nuhdan va’da qilingan goʻshtni talab qildi.
— Hamma jonivorlar kemadan chiqdi, tarqalib ketdilar, goʻshtni qanday toparmiz? – dedi Nuh. Ilon koʻp siqildi, shunda Nuh chivinga amr qildi:
— Borgil, yer yuzidagi goʻshtlarni totib koʻrgil, totlisini Ilonga bermiz.
Chivin ketdi, ammo ancha hayallab qoldi. Ilon esa tiqilinch qilardi. Nuh hijolatda qolgandi, qaldirgʻochni chivinni topib kelish uchun joʻnatdi.
— Nega kech qolding?- dedi Qaldirgʻoch, Chivinni qidirib topgach.
— Yer yuzi keng ekan, shu bois kech qoldim, – dedi Chivin.
— Goʻshtlarni totib koʻrdingmi? Qaysi goʻsht totlik ekan? – soʻradi Qaldirgʻoch.
— Hamma goʻshtlarning eng totlisi odamlarning goʻshti ekan, – dedi Chivin.
— Oʻsha goʻshtning mazasi hali-yam ogʻzimda turgandir. Ogʻzingni ochgin, men ham bir hidlayin, – dedi Qaldirgʻoch. Ogʻzini ochgandi Qaldirgʻoch uni hidlamoqchi boʻlib, tumshugʻi bilan Chivinning tilini kesib oldi. Oʻshal kundan beri Chivin tilsiz qoldi.
Ikkovlari Nuh paygʻambarga keldilar. Chivin harchand harakat qilsada soʻzlayolmas edi. Uning soʻziga hech Kim tushuna olmasdi.
— Unga nima boʻldi, nechuk soʻzlayolmas? – deb soʻradi Qaldirgʻochdan.
— Men Bilan soʻzlashganda baqaning goʻshti shirin ekan, deb aytgandi. Kech qolganidan hijolatda boʻlib, soʻzlayolmay qoldi, – dedi Qaldirgʻoch.
Nuh alayhissalom baqa goʻshtini ilonga berdi. Agar qaldirgʻoch oʻsha kunda shunchalik ezgulik qilmaganda edi, bugun biz hamma odamlar ilonga yem boʻlardik.
Yana maqsadga kelamiz: Nuh alayhissalom kemadagilarga aytgan edi:
— Juftlaringizga yaqinlashmang, bolalar tugʻilsa, kemaga sigʻmay gʻolurmiz, – deb.
Hech kim juftiga qovushmas edi. Ammo mushuk koʻrdiki, it jufti Bilan qovushdi. Kelib Nuhga aytgandi, lekin It tondi. Bundan mushukning achchigʻi chiqdi, hijolatlik boʻldi. Bir qancha vaqt oʻtgach, Mushuk Yana koʻrdiki, It jufti bilan qovushayotgandi.
— Iloho, bu It sening paygʻambaringga yolgʻon soʻzlaydi, aybdan tonardi. Qudrating bilan uni shu holda tutgil, men borib Nuhga habar qilayinki, u kelib koʻzi bilan koʻrsin, – deya Mushuk Ollohga munojat etdi.
Olloh uning duosini ijobat qildi, It to Nuh kelib koʻrguncha oʻsha holda qoldi, juda uyatli boʻldi. Bugunga qadar bu ish Itga meros boʻlib qoldi. It ham duo qildi:
— Meni Nuhga uyatligʻ qildi. Hudoyo, buni ham rasvo qilgʻil!
Olloh taolo Itning tilagini ravo qilmadi. Ammo mushuklar qachonki juftlariga hojati tushsa, shu qadar ovoz chiqaradilarki, hamma jonzodlar habardor boʻlar. Bundan ma’lum boʻladiki, Kim birovning aybini ochsa, oʻzi ham oʻshanday aybga mubtalo boʻlgʻuvsidir.
Kemada odamlar va jonzotlarning axlatlari koʻpayib ketdiki, bu behad tashvish tugʻdirdi. Farmon boʻldiki: «Nuh layhissalom urgʻochi tuyaning orqasini silasin!« Silagan edi, tuya dumini qimirlatdi va orqasidan toʻngʻiz chiqdi. U hamma najosatlarni yedi. »Bu kun toʻngʻiz goʻshtining harom boʻlmogʻiga sabab oʻshadir», deydilar.
Olti oy oʻtgach avjga farmon boʻldi:
— Kemani sudragil!
Kemaning quyrugʻidan tutib sudramoqlikka biror kimsaning quvvati yetmas edi. Avjni shu sabadan ham Olloh taolo halok etmadi. Shundan keyin farmon boʻldi: (Oyat) Va hukm Ilohi tomonidan aytildiki, «Ey yer, suvingni yut!« va »Ey osmon, yogʻishingni toʻxtat!» Osmon yogʻishdan toʻxtadi, suvlar yer yuzidan quridi. Ma’lumki, yer yumaloqdir, atrofida togʻlar turar. Suv toʻrt tarafdan Kof togʻiga kelib toʻxtadi, keyin pastlay boshladi. Yerning atrofii muhit daryosi boʻldi. Muhitdan muhitga ulangan suvlar dengiz boʻldi. Yer yuzasidagi togʻlar, chuqurlar, koʻllar hammasi toʻfon suvi Bilan buzilib, izdan chiqdi. Dengizlar suvi achib, sasib odamlar oʻlib ketdilar.
Togʻlarga xitob keldi:
— Men Nuhning kemasini togʻlarda turgizgayman!
Hamma togʻlar bosh koʻtardilar, zora kema bizda turgay, deya. Judiy togʻi hamma togʻlardan past edi. U hokisorlik Bilan «Menga buk aromat qaydan ham tegishli boʻlsin», deya oʻzini past tutdi. Olloh taolo uni ihtiyor etdi, kema unda turmoq uchun pastlay boshladi.
— yer yuzida qancha miqdorda suv qoldi, yerning qancha miqdori ochildi? Buning habarini menga kim keltiradi? – dedi Nuh alayhissalom.
— Men borayin, – dedi qoraqargʻa.
— Unga Kim kafillik bergay? – dedi Nuh.
Erkak tovuq kafil boʻldi, Qargʻa yoʻlga tushdi. Koʻrsaki, yerning betida oʻliklar koʻp ekan, uni yemakka andarmon boʻlib, kech qoldi. Hoʻroz vaqt boʻlganini Qargʻaga bildirmoq uchun kemaning tomiga chiqib, qanot qoqib chorlay boshladi. Qargʻa esa kelavermadi. Nuh alayhissalom Hoʻrozni ushlab qoldi. Shu bois tovuqlar uchmaydigan boʻlib qoldilar, odamlar Bilan birga qoldilar. Aytadilarki, kafolatning boshi malomatdir, oʻrtasi oʻkinchdir, oxiri esa tovondir. Kim ishonmasa, sinab koʻrsin. Nuh alayhissalom Qargʻani duo qildi, Olloh taolo uni ijobat qildi. Qargʻaning umri qattiq mashaqqatda, havotirda oxir boʻlar, chunki u yoʻldan qaytmishda oʻngu soʻlga boqqani uchun.
Nuh alayhissalm kabutarni joʻnatdi:
— Tezda habar keltirgil! – dedi
Yoʻlga tushdi. Borib koʻrsa, yer koʻrindi, u soyga qoʻnganda oyogʻi balchiq boʻldi. Shu zahotiyoq qaytib kelib, oyogʻidagi balchiqni koʻrsatdi.
Oʻsha balchiq oyogʻida tuklarga aylandi. Shu bois oyogʻi tukliklar uning naslidan boʻlar. Yana bir rivoyatda, Kabutar suvi qurigan joyga qoʻnganda suv sassiq boʻlgani uchun, oyogʻi qizil boʻldi, derlar.
Kabutar qaytishda zaytun daraxtining yaprogʻini tumshugʻiga olib kelib, Nuhga koʻrgazgach, paygʻambar uni ezgu duo qildi:
— Odamlar senga mehribon boʻlib, uylaridan joy bersinlar!
— Yana bir iltimosim bor, – dedi Kabutar. Nuh duo qildi, Olloh taolo ijobat etdi.
(Oyat) «Ey Nuh, biz tomondan boʻlgan salomatlik ila tush!« degan farmon boʻldi. Nuh qirq er va qirq Xotin bilan kemadan tushdi va Shom viloyatida dengiz boʻyida bir qishloq qurdilar. Uni »Qaryat ul-samonina» deb atadilar. Olti oy suv ichda turganlarida shamol kelmagandi. Toʻsatdan shamol keldiki, bu ularga yoqmadi, kasal boʻldilar. Oqibatlda hammalari oʻlib, yetti kishigana qoldilar. Nuhning oʻzi uch oʻgʻli va uch kelinidan boshqa biror kishi qolmadi. Bugun kelib odamlarning yovuzlari, yaxshilari, moʻminlari, kofirlari – hammasi Nuhningf arzandlaridan boʻlar. Kata oʻgʻlini Som, oʻrtanchasini Hom, uchinchisini Yofas der edilar.
Bir kuni Nuh uxlayotgandi, shamol kelib etagini koʻtardi. Shunda uning uyat joyi ochilib qoldi. Uni koʻrgan Hom kuldi, Som esa uni malomat qildi, Yofas kelib toʻni Bilan yopib qoʻydi. Olloh taolo bu shimlikning yomonligi tufayli Homning pushtikamaridagi urugʻlarini qora qildi. Uyalganidan xotining qoʻlidan tutib, dengiz qirgʻogʻida qamishdan uy qilib, yashay boshladi. Shunday qilib, hindular, habashlar, zangilar – hammasi uning urugʻidan boʻldilar.
Arablar va Ajamlarning otasi Som boʻldi. Homni Hindistonga (hindular yurti demoqchi), Somni arab va ajam viloyatlarigat joʻnatdi. Yofas esa Turkiston viloyatlariga keldi. Hamma turkiy xalqlar uning urugʻidan tarqaldi. Shu boisdan turklar aziz va mukarra mboʻldilar. Bu soʻzlar Abu Ishoq Nishopuriy jam qilgan «Qissasi al-anbiyo«da bitilgandir. Boshqa olamlarning aytishlaricha, Ya’jun va Ma’jun ham Yofas urugʻidan chiqar. Ka’b rivoyatiga koʻra, Odamato uxlayotgan chogʻda tush koʻradi. Nutfa yerga tomib, tuproqqa qorishadi. Olloh taolo undan Ya’jun va Ma’juni yaratdi. Shu bois bizlarga ota tarafdan bogʻlanib, qarindosh boʻlar. Havvo ona tarafdan bogʻlanmas, oʻgay boʻlarlar. Abdulloh ibn Abbos (Olloh undan rozi boʻlsin): »Odam farzandlari oʻn hissadir, uning toʻqqiz hissasi Ya’jun va Ma’jun, bir hissasi jamiki odamlardir», degan.
HIKOYAT. Nuhning bir qizi bor edi. Bir odam soʻradi, bermoqchi boʻldi. Yaan birov soʻrab kelgandi, unga ham bermoqni ihtiyor qildi. Tagʻin birov soʻradi, unga ham berishga rozi boʻldi. Toʻrtinchi birov ham soʻrab keldi, uni ham koʻngli tiladi. Hammalri qizni olib ketgani bir vaqtda kelib qoldilar, shunda Nuh alayhissalom qaygʻuga botdi. Uyida bir qanjiq iti va urgʻochi eshagi bor edi. Ollohning qudrati Bilan ikkalasi ham qizlarga aylandilar. Parvardigor jannatdan bir hurni chiqardi. Ularning hammalri bir xil suratlik Ediki, u oʻz qizi qaysiligini ham taniy olmay qoldi.
Oradan bir qancha vaqt oʻtib, u qizlarini koʻrgani keldi.
— Jufting bilan qanday yashayapsizlar? – dedi bir kuyoviga.
— Yaxshi yashayapmiz, ammo bir aybi bor – hech narsa yemas va ichmas, – dedi kuyovi. Nuh bildiki bu hur ekan.
— Jufting Bilan qandaysizlar? – dedi ikkinchi kuyovi oldiga kelib.
— Qanjiqqa oʻxshab ketarkan, – dedi kuyovi. Bildiki bui t ekan.
— Jufting Bilan murosalaring qalay? – deb soʻradi uchinchi kuyovidan.
— Yeydi,ichadi, eshakday choʻzilb yotgani yotgan, – dedi kuyovi. U bildiik bu eshak ekan.
— Jufting Bilan qanday yasharsizlar? – soʻradi toʻrtinchi kuyovidan.
— Men undan behad hursandman, u paygʻambarzodalardan ekan, – dedi kuyovi. Nuh alayhissalom u oʻzining qizi ekanligini bildi va olib borgan hodyasini unga sovgʻa qildi.
Habarda kelarki, Nuhning umri oxirlab qolgach, bir kuni Jabroil alayhissalom keldi va unga:
— Ey Nuh, paygʻambarlar ichida sening umring uzunroq boʻldi. Dunyoni qanday tasavvur etding?
— Dunyoni ikki eshikli saroydek bildim. Bir eshikdan kirib, ikkinchisidan chiqarman, – dedi Nuh.
Aytishlaricha, Nuhga yuz yoshlarida paygʻambarlik keldi. Ellik yili kam ming yili odamlarni da’vat qildi. Toʻfondan keyin uch yuz ellik yil yashadi. Yana aytadilarki, Odamatodan toʻfonga qadar ikki ming ikki yuz yil vaqt oʻtgandi. Shundan keyin Nuh vafot etdi. Odamlar uch yuz yil Nuhning hariatiga amal qildilar. Soʻngra hammalari kofir boʻldilar, shariatni bayon qilguvchi qolmadi. Uch yuz yildan keyin odamlarga Hud paygʻambari yuborildi.

Avj Ibn Unuq Qissasi
Unuq Odamning qizi boʻlib, Avj uning oʻgʻli edi. Boʻyi nihoyatda uzun edi. Toʻfonda gshu boisdan ham haolk boʻlmadiki, suv uning tizzasigacha chiqdi xolos. U togʻlar ustiga oʻtirib, dengizga qoʻlini tiqib, baliq ushlardi va uni quyoshga tutib, pishirib yeyardi. Hamiyatlik edi, behad sadoqatli edi. Katta yoshli xotin va bir qizni oldi. Qizni baland bir toshning ustiga, odamlar koʻrmaydigan joyga qoʻydi. Qiz ulgʻaygach u bir joyga ketdi. Qiz togʻning bir chetiga kelagida, koʻzi bir yigitga tushdi, unga oshiq boʻldi. Yigit ham unga koʻngil qoʻydi. Qovushmoqlikka imkon topmadilar. Yigit bir boʻrining oldigma kelib dardini aytdi:
— Bir usta topib, oʻzing sigʻadigan sandiq yoʻndirgin, ogʻzini berkitsin, sen unga kirib olgin, – deb maslahat berdi boʻri.
Haligi odam sandiqni olib kelib, togʻ tagiga qoʻydi. Boʻri ham sandiq yonida oʻtirdi. Avj kelganida boʻri yigʻlaganicha unga peshvoz chiqdi.
— Ey oʻgʻlim, sandiq ichida omonatim bor, uni senga qoldirayin, boshqalarga ishonmasman, – dedi.
Avj sandiqni olib xotini yoniga qoʻydi-da, Yana bir joyga ketdi. Xotin sandiqning qulfini ochib, yigitni chiqarib oldi. Bir necha kun birga boʻldilar. Avj qaytib kelib koʻrsaki, bir kimsa yerga tupirmish.
— Buni kim qildi, – deya soʻradi u.
— Men tupurdim, – dedi xotini.
— Yana bir tupirgin-chi! – dedi Avj. Xotini tupurganda unga oʻxshamadi.
— Hozir seni haqiqat gapdan boshqa gap qutqarmas, – dedi Avj jahli chiqib. Xotin qoʻrqqanidan rostini aytdi. Avj yigitni sandiqdan chiqardi, xotini yoniga qoʻyib, boʻrini topib keldi. Yerga urib oʻldirdi, ustidan yozildi, boʻri najosat ostida qoldi. Rivoyat qilishlaricha, u qaysi eldian oʻpkalasa, bir oyogʻini qishloqning u chetiga, bir oyogʻini bu chetiga qoʻyarkan-da, qishloqning tepasiga yozilib, hamma odamlarni najosati ostida halok qilarkan.
HIKOYAT. Avj Muso alayhissalom davrigacha tirik yurgan edi. Musoning lashkari koʻrdiki, Avj toʻrt yigʻoch (bir yigʻoch taxminat 9 km keladigan masofa birligi) joyni band qilib turardi. Bir payt lashkar Bilan barobar keladigan bir togʻni boshi ustiga dast koʻtardi-yu odamlar ustiga bostirib qoʻymoqchi boʻldi. Shunda Olloh taolo sassiqpopishakka ilhom berdiki, u kelib Avjning boshi ustidan u togʻni teshib qoʻygandi, togʻ uning boʻyniga halqa boʻlib qoldi. U Muso Bilan urusha olmadi. Shunda Musoga «Urgil!» degan farmon boʻldi. Musoning boʻyi oʻn ikki qari (tirsak) edi, tayogʻining uzunligi ham shuncha edi. Muso Yana oʻn ikki qari balandga sakrab, tayogʻi bilan urgandi, Avjning oshgʻiga tegdi va yerga quladi. Musoning qavmi uni yancha-yancha oʻldirdilar.

Hud Alayhissalom Qissasi
Hud ibn Abdulloh ibn Riyoh ibn al-Julud ibn Od ibn Avaz ibn Iram ibn Som ibn Nuh alayhisallom deb atalar. Deydilarki, arablardan besh paygʻambar chiqqandir: Hud, Solih, Shis, Ismoil va Muhammad alayhissalomlar.
Od – ba’zilarning aytishicha malikalarning oti, ba’zilarning fikricha qavmning nomi, yana ba’zilarning uqtirishicha elning nomi va yana birovlarning ta’kidlashicha otalarining otidir. Od ibn Avaz ibn Iram ibn Som ibn Nuh alayhissalomning qavmlari Ahqof degan joyda (izoh – hozirgi Yaman Bilan Ummon oʻrtaligʻida) yashab oʻtganlar. Hud ularni iymonga, islomga da’vat etdi. Qavmlari esa «Sen bizni tangrilarimizdan ayirgani keldingmi?« Deya sarkashlik qildilar. Ular baland boʻyli edilar: toʻrt yuz qari balandlikda novcha boʻlib, balandga sakrab oyoqlari bilan tepinsalar, tizzalarigacha yerga kirardilar. Ular quvvatlariga va boʻylariga hamohang butlar yasadilar. Kuchlariga magʻrurlanib, »Bizdan quvvatlik Kim bor?» dedilar. Uch yuz qari balandlikdagi butlarni oltin va kumushdan barpo etgan.
Hud ularga (Oyat)
— Ey qavmim, Ollohga topinglar. Sizlarga undan boshqa biror hudo yoʻqdir, -dedi. Lekin ular buni qabul qilmadilar va sarkashlik Bilan dedilar:
— Agar rostgoʻy boʻlsang azobni keltirgin, koʻraylik.
— Azobning kelishligini Olloh bilguvchidir, – dedi Hud. – Men sizlarga johil qavm ekanligingizni koʻrmoqdaman.
Bu qavm boshqalarga qaraganda maqtanchoq va kekkayganroq boʻlardilar. Ular togʻlarni qoʻpordilar, baland-baland saroylar bino qildilar. Zaif va past boʻyli odamlarni masxara qildilar. Shuning uchun odiylar deb ataldilarki, arab tilida u oʻta noshukr demakdir. Bular boshqa odamlardan Yana besh narsa bilan ortiqroq edilar: quvvat, qomat, ne’mat, muhlat va ma’sviyat edi ular.
— Ollohdan qoʻrqing, unga tavba qiling! Yoʻqsa, sizlarni halok qilgʻuvsidir, dedi Hud.
— Seni tangring bizlarni qanday yoʻl Bilan halok qilgay, – dedilar.
— U sizlarni shamol Bilan halok qilgay,-dedi Hud va uning soʻzlari zoe boʻlmadi. U qirq yetti yil da’vat qildi, lekin tinglamadilar.
— Biz sening soʻzlaring Bilan tangrilarimizdan qaytmasmiz, – dedilar. Soʻngra toʻplanib, kengash tuzdilar:
— Bizning ustimizga shamol kelarmish, buning tadbirini tuzaylik, deya egnilariga sovutlar, boshlariga dubulgʻalar kiydilar, farzandlarini va mol-hollarini togʻlar orasiga yashirdilar. Ularning bir odati bor ediki, qachon biron bir qaygʻuga mubtalo boʻlsalar, Makkaga odam yuborib, qurbonlik qilar va tilaklarini soʻrar edilar. Atoqli kishilardan uch kishini – Mozid ibn Sa’d, Luqmon ibn Od (bu Luqmoni Hakim emas). Qayn ibn Umarni ajratdilar. Uchovlon Makkaga yetib kelgach, Muoviya degan badavlat vat anti qarindoshlarinikiga qoʻnoq boʻldilar.
Hud paygʻambarning duosi bilan Olloh taolo ularga uch yil davomida yomgʻir yubormadi, qurgʻoqchilkidan ojiz boʻldilar. Uchchovlari qurbonlik qilib, yomgʻir soʻrash uchun kelgandilar, ammo buni yoddan chiqargandilar. Muoviya bundan achchiqlandi va hizmatkorlariga «Sizlarning ichkilikbozlik Bilan boʻlib, yogʻin soʻrab kelganlaringizni unutdingiz, fursatingiz oʻtib ketmoqda», deb aytishlikning tayinladi. Xizmatkorlar bu soʻzlarni she’rga soli bayta berdilar, buni eshitgan mehmonlar uylarini sogʻindilar, Ka’baga kelib qurbonlik qildilar.
— Ey bori Hudoy, agar Hudning aytganlari rost boʻlsa, unda bizlarni suvga serob qilgil!
Shunda Olloh taolo uch xil: oq, qizil, qora bulutlarni chaqirdi.
— Ey Qayl, bu bulutlardan birini tanlagin, – degan ovoz eshitildi. Qayd bulutlarga boqdi: «Oq bulutda hech narsa yoʻq, qizilida nima borligini bilmasman, qora bulut yogʻinlik boʻlsa kerak», deb oʻyladi-da, qora bulutni tanladi. Ammo qora bulut azaob buluti edi.
— Qorasini, ya’ni kulni ihtiyor etding. Odamning birorta ham qavmini qoldirmassan! – degan ovozni eshitdillar.
— Iloho, men ularning diniga boʻysunmas edim, oʻz diningda sobit qilgin! – dedi Mazit ibn Sa’d.
— Iloho, menga uzun umr bergin! – dedi Luqmon ibn Od.
— Qancha umr tilaysan? – degan ovoz eshitildi.
— Karkas (ya’ni oʻlimtiklar Bilan kun koʻruvchi yirtqich qush) umri kerakdir, – dedi.
Har bir karkas uch yuz yil umr koʻrar edi. Luqmon bir karkas bolasini trabiyalay boshladi. U oʻlgach yana yettitasini tarbiya qila boshladi. U Lubid degan qaldigʻochga dardini dasturxon qildi. Luqmon dediki:
— Qachon oʻlimim yaqinlashganda seni togʻ tepasiga eltarman va karsaklar orasiga qoʻyarman, ular bilan birga uchib ketarsan! Vaqti kelib hamma qushlar uchib ketdilar, ammo Lubid uchib ketmadi. Oʻsha yerda Luqmon birla jon berdi.
Oʻsha qora bulutga yetmish ming xalqa urilgan edi. Har bir xalqa yetmish ikki farishtaning qoʻlida edi. Buni ilk bor bir kampir koʻrdi. Oti Miz edi. Shu bois, yetti tun, sakkiz kunlarni «Ayyomi ajuz» deralar.
Jabroil Olloh farmoni Bilan shamolni tasarruf qilgan farishtaga:
— Shamol eshigini ochgil! – dedi.
— Qancha ochayin? – soʻradi farishta.
— Sigir burnidan chiqqunchalik ochgil! – dedi Jabroil.
— Buncha miqdorda ochadigan boʻlsam yer yuzida tuproqlaru togʻlar, daraxtlari dengizlar qolmagay, – dedi farishta.
— Bir kichik uzukning koʻzicha ochgil! – dedi Jabroil. Unga ham boyagidan javob boʻldi. Shunda:
— Shunda ignaning teshigicha ochgil! – dedi Jabroil. Ochgan edi, dunyoni shamol bosdi. (Oyat) «Va ammo Od (qavmi) boʻlsa, ular nihoyatda tez esadigan sovuq shamol bilan halok qilindilar».
Hudnimng atrofiga bir chiziq tortildi. Shu bois shamol unga zahmat yetkazmadi. Sal fursatda yetib kelgan shamol: «Hudning yeli bizni tebrata boshladi», dedilar. Qavmi chuqurliklarga yashirindilar. Ammo shamol ularni har joyda boʻlsa quvib yetdi. Avval sovutlarini yechib oldi, soʻngra etlarini yulib, quruq suyaklarini qoldirdi. Bir qismlari togʻ oʻngirlariga kirib yashirindilar. Shamol ul joylarga ham kirib, tortib chiqardi, uylari tomlariga urib halok qildi. Soʻngra suyaklarini chuqurliklarga surib borib, koʻmib tashladi. Ustlariga tuproq bostirdi.
Xalxon ismli bir polvon kimsa bor edi. U «Shamolning yoʻlini berktiayin, hammalrini azobdan qutqarayin«, deb keldi-*da tirsagini toshga tirab, ikki qoʻli bilan shamol yoʻlini tutmoqchi boʻldi, koʻksini yelga tutdi va baland ovozda: »Xalxon ismli bahodirdan boshqa hech Kim qolmadi», dedi. Shamol uni tosh Bilan birga koʻtardi-da, havoga olib chiqib, toshga urib halok qildi.
Shamol chorshanba kuni kelgan edi. Yetti kecha-yu sakkiz kunduz betinim esdi. Chorshanba kuni oqshom paytiga kelib tindi.
Hud alayhissalom ungirdan chiqib, qavmlari ustiga keldi. Qavmlari tuproq ostida tiriklar kabi yigʻlar va ingrar edilar. Ularning ovovzlarini eshitib, «Bu falonchi, bu esa falonchi«, deyardi. Ollohning habar berishicha (Oyat) »Ular goʻyo xurmo daraxtining ichi kovak toʻnkalariga oʻxshardi». Od qavmi qirq kungacha tuproq ostida ingradilar, qiynaldilar.

Solih Alayhissalom Qissasi
Asl ismlari – Solih ibn Ubay ibn Asaf ibn Fosih ibn Hom ibn Samud ibn Od ibn Eram ibn Som ibn Nuh alayhissalomdir. Od va Samud – ikki shoxlar edi. Som ibn Nuhning oʻgʻlonlari boʻlgan bu ikkiovidan koʻplab zurriyodlar qoldi. Ular Od qabilasi, Samud qabilasi deb atalardilar. Hud qavmi Od qabilasining avvli, Samud qavmi esa ohiridir. Od xalqi Samud xalqidan koʻproq edi. Samudliklar ham Odliklar singari baland boʻylik edi. Som va Od qavmi Hijoz orasidagi Jahd degan joyda istiqomat qilganlar. Togʻlar toshlarni yoʻnib, uylar qurgandilar. Kata bir togʻning ostida ularning suvi bor edi. Hammalari butlarga siqindilar. Olloh taolo Solihni ularga yubordi. (Oyat) «Va Saum qabilasiga ularning birodarlari Solihni yubordik». Solih ularning qavmidan edi va ularni musulmonlikka undadi, butga topinmaslikka da’vat etdi.
Ey Solih, biz seni dinimizga kirar deb umid qilgandik. Endi boʻlsa otalarimiz dinini qoʻyib, boshqa dinga kirishga undamoqdasan. (Oyat) «Sen avvalda bizning oramizda umid qilingan kishi eding». Oyo, sen bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib kelgan narsaga ibodat qilishimizdan qaytarmoqchisan? Va albatta, bizlar seni da’vat qilib, targʻib etayotgan din haqida qattiq shakdamiz.
Vahab ibn al-Yamaniy qissalarida rivoyat qilinishicha, Nuh xalqi toʻfonda halok boʻlgandan keyin Nuhning uch oʻgʻligina qoldi, xolos. Nuh alayhissalom oʻgʻillariga vasiyat qilib, jahonning oʻrtasini Somga, Mashriqni Yofasga, Magʻribni Homga bergandi. Aytishlaricha, turklar Yofas urugʻidan, boshqalar esa Som urugʻidandir. Som urugʻiga mansub boʻlgan Samud qavmi Hijoz yerlarida oʻrnashgandi. Ularning har bir qabilasining oʻz podishohi bor edi. Samud qavmi Makkaga ixlos qoʻygandi. Makkada muoviya ibn Bakr degan uch yuz ming askari boʻlgan shoh hukm yuritiradi.
Hijoz yerlaridagi podishohlar yigʻilishib kengash qurdilar: «Dushmanlardan bizlarni himoya etuvchi bir podishoh kerak». Xanda’ ibn Umar degan odamni oʻzlari podishoh qildilar. Shoh oʻz hukmronlgini oʻrnatgach, oʻziga bir butni yasattirdi. Bu butning koʻzlari yoqutdan, oʻzi esa qizil oltindan edi. Butning toʻrt tarafga qaragan toʻrt yuzi boʻlib, biri odam chsuratida, biri arslon suratida, biri qush suratida, biri ot suratida edi. Bu but uchun balandligi yuz tirsak, eni yuz tirsak boʻlgan bir uy barpo qildirdi, devoru tomlari aqaqdan edi. Bu uyga yuz eshik qurdirdi, ichiga bir taxt oʻrnatdi, uni qizil oltin va gavharlar Bilan bezatdi, oyoqlarini aqiq, zumdar va billurdan ziynatladi. Butni turfa xil kiyimlar Bilan orastalab, bu taxt ustiga oʻrnashtirdi, unga sajda qildilar. Soʻngra barcha qabilalarga odam yuborib, hamma podishohlarni oʻz a’yonlari Bilan yigʻdirdi.
Bu mening tangrim boʻladi, unga sajda qilinglar, – dedi yigʻilganlarga. Podishohlar binoning yuz eshigidan kirib, butga sajda qildilar. Shu Pallada ilgariroq butning ogʻziga kirib olgan bir kimsa «Men sizlardan hushnudman», deb ovoz qildi. Bundan barchalari shod boʻlib, sajdadan bosh koʻtarishdi.
«Har yili bir marta bunga kelib sajda qilinglar», -dedi Xanda’ ibn Umar amirona ohangda.
Uydan chiqib muhokama chogʻida «Bizning tangrimizning yuzi bundoq edi, bizniki undoq edi«, degan yoʻsinda soʻz talashdilar, soʻngra bir-birlari bilan urushdilar. Toʻqnashub chogʻida yetmish ming kishi halok boʻldi. Buning habarini eshitgan Xanda’ ibn Umar yetib keldi-da: »Hech bir dushman qilmaydigan ishni qildingizki, bunga oʻzlaringiz aybdorsiz», -dedi.
«Ey podishoh, bizga bunday janjalga soluvchi tangrining keragi yoʻq. Boshqa tangri tutuamizki, u bizni janjallashtirmaydigan boʻlsin», – dedilar unga javoban.
Soʻngra Qarra’ degan toqqa odam joʻnatdilar, unga but yasashlik uchun tosh topishligini buyurdilar. Iblis alayhil-la’na undan oldinroq toqqa kelib turdi, chiroyli bir oq toshni kesib tayyorlab qoʻydi. Odamlar ham kelib koʻrdilar, olib borib bir but yasadilar. Boshi oltindan, koʻzlari yoqutdan, tishlari injudan boʻlgan bu butning uzunligi qirq tirsak edi. Anvoyi kiyimlar kiydirib, oldingi butning oʻrniga, oʻsha taxt ustiga oʻrnashtirdilar va ibn Abxar deb atadilar.
— Ey podishoh, bir olamni tayin qilki, bu butga xodimlik qilsin, -dedilar. Xanda’ning koʻzi Qosir ibn Ubaydo ismli kishiga tushdi.
— Manavi odam bu ishga yaraydimi, -deb soʻradi shoh.
Rozi boʻldilar va Qosurni bu butga hodim qildilar. U qirq yil butning xizmatida boʻldi. Bir kuni Iblis farishtalardan eshitdiki, «Qosur urugʻidan Solih otligʻ bir paygʻambar chiqqay, bu kofirlar uning qoʻlida halok boʻlgay», deb. Qavmning kata-kichigi butning oldiga yigʻilgan chogʻida Iblis alayhil-la’na kelib butning ogʻziga kirdi-da qattiq ovoz bilan shunday dedi:
— Ey mening qullarim, bu Qosur mening xizmatimga yaramaydi, uni zindonga soling!
Qosirni zindonga soldilar va oʻrniga boshqa birovni butga hodim qildilar. Qosur zindonda qirq yil qolib ketdi. Qirq yildan soʻng Jabroilga farmon boʻldi: «Qosurni zindondan chiqargil!«, – deb. Jabroil qanoti Bilan urib, zindonni ikkiga boʻlib tashladi va »Ey Qosur, zindondan chiqqil!» dedi.
— Abxarga qirq yil hizmat qildim, qirq yil zindonda qoldim. Endi qutildim, bu yerdan ketayin, – Deya koʻnglidan oʻtkazdi va oʻrnidan turib, zindonni tark etdi.
Togʻ tomonga yoʻl oldi. Togʻ ichida bir oʻngriga yoʻliqdi. Behad toliqqanidan, ungirga kirdi-yu uyquga choʻmdi. Qirq yil muttasil uxladi, bu payda Olloh taolo uni bir farishtaga saqlatdi.
Qosurning Zaum degan xotini bor edi. Ular bir qancha yil birga yashadilar. Eri boshiga tushgan kechmishlar tufayli aqlidan ozdi, u koʻchalarda yugurgilab, erini chorlab yurardi. Oʻzi juda hunuk edi, odamlar unga rahm-shavqat koʻrsatardilar.
Bir kuni uyiga qargʻa suraaidagi bir qush keldi:
— Ey Zaum, Qorusni koʻrishga istaging boʻlsa orqamdan yurgil! Dedi.
Zaum orqasidan bordi. Ular oʻsha ungirga keldilar.
— Eringni chiqargil! – dedi qush.
Zaum baland ovoz Bilan Qorusni chaqirdi. Shunda ungir ochildi, Qosur javob berd iva «Kirgil!» dedi. Zaum ungirga kirib, Qosurni koʻrdi.
— Ey Qosur, shuncha yildan beri bu yerda ekansan, nega meni yoʻqlamading?
— Axbar zindonidan qutilganimdan keyin bir kecha bu yerda yotdim, – dedi Qosur.
— Bir yuz yigirma yildurki, sen mendan gʻoyibsan, – dedi Zaum.gʻ
Bu soʻzlarni eshitgach, Qosurning ayoliga koʻngli moyil boʻldi, qovushdilar, Zaum Solih paygʻambarga homilador boʻldi, shul soatdayoq Qosur oʻldi. Zaum behad qaygʻuga botdi.
— Ungirdan chiqqil! -dedi qush. Zaum chiqqani hamon ungir gʻoyib boʻldi.
— Ey Zaum, qorningdagi farzandni kimdan orttirding, deb soʻrasalar, taniqlik istasalar, ularni bu ungirga olib kelgin. Tangri taolo ularning bu shariddan seni qutqargay, -dedi qush.
— Sen qanday qushdirsan? -dedi Zaum.
— Men qargʻaman.
— Boshing nega oqardi?
— Qobilning Hobilni oʻldirmogʻiga men sababchi boʻldim.
— Tumshugʻing nechuk sarigʻdir?
— Jannatdagi za’farondan yegandim.
— Oyoqlaring nega yashildir?
— Ming yil jannatning Tubo daraxtiga qoʻnib turdim.
— Bir kun doʻzax ustidan uchib oʻtgandim, olovining issigʻi shu holga soldi, – dedi qush va koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Zaum uyiga keldi. Toʻqqiz oydan keyin, muharram oyining dushanba kuni kechasi Solih paygʻambar onadan tavallud topdilar. Onasi uni yoʻrgaklab oʻz yurtiga olib bordi.
— Bu bolani qaerdan topding? – soʻradi podishoh. Zaum voqeani bayon qildi, shoh tingladi.
— Ey shohim, gaplarimga ishonmasang, yurgil, senga koʻrsatayin, – dedi Zaum.
Podishoh Zaum Bilan birga oʻsha ungirga bordi, ayol baland ovoz bilan Qosurni chaqira boshladi. Ungir ochilib, ikkovlari ichkariga kirdilar. Olloh taolo oʻz qudrati Bilan Qosurni tiriltirdi.
— Ey Xadna’, bu mening oʻgʻlimdir, – dedi Qosur va keyin yana oʻldi, hok-tuproq boʻldi.
— Men buni koʻzlarim Bilan koʻrdim, ishondim, ammo boshqalar bunga ishonmaydilar. Shul sababdan bolani mening eshigimga qoʻygil. Odamlar kelib uni asrab olishlikka soʻraydilar. Shunda sen ham borib asrab olgil, – dedi podishoh.
Zaum shunday qildi. Solihni asrab oldi. Solih oʻn ikki yoshga yetganda chiroyi kamolga yetdi. Kim uni koʻrsa mahliyo boʻlar edi. Solih onasining qoʻylarini asrardi.
Kunlarning birida Muoviya ibn Bakr Makkadan uch ming kishilik qoʻshin tortib keldi, Hijozni taslim etdi. Ertasi kuni Solih Muoviyani koʻrmoq uchun yoʻliga chiqdi. Maqsadi dushmanni qaytormoq edi. Solih dushman lashkarini tutib, har qaysini har tarafga irgʻitardi. Shunda bir gala otliqlar kelib, uni tutmoqchi boʻldilar. Shunda Solish qattiq na’ra tortdiki, Jabroil, Azroil, Mekoil farishtalar ham unga joʻr boʻldilar, bu dahshatdan dushman lashkarining yuragi yorilib oʻldi.
Bu voqeani podishohga yetkazdilar. U otlanib kelib, ajoyibotni koʻrgach, Solihni otga mindirdi, egniga sapolar kiydirdi, boshidagi oltin tojni uning boshiga qoʻydi. Dunyoda ilk bor oʻz kiymimni yechib, birovga kiydirgan shah Xanda’ ibn Umar edi. Qoʻshiniga farmon keldiki, «Qachon podishoh bir joyga bosa, Solih ham birga boʻlsin, unga ham shohona salomlar berilsin», deb.
Bir kuni Solih uyining eshigi oldida oʻtirardi. Jabroil alayhissalom chiroyli yigit suratida uning oldiga keldi. Salom berdi. Solih uni tanimadi.
— Ey Solih, uyga kirgil! – dedi Jabroil va uyga kirgach unga paygʻambarlik kelganini bildirdi. – Borgil podishohga aytgilki, «U Olloh bittadir, Solih uning paygʻambaridir», deb aytsin.
— Egnimdagi xatolar kiymini yechgil, – dedi Solih. Yechib oldi, bir koʻylak kiydirdi, Solih paygʻambar to oʻlgunicha shu kiyimda boʻldi.
— Ey kofir, Ollohdan boshqa iloh yoʻqdir, Solih uning paygʻambaridir, deb aytgil, – dedi u podishohning qoshiga kelib.
— Ey Solih, bizning senga qilgan ezguligimizga shunday javob qilursanmi? – dedi podishoh. Solih javob aytmoqchi boʻlgandi, Jabroil unamadi, – tur oʻrningdan, yurtdan chiqib ketgil.
Solih yurtdan chiqdi, yetti yigʻoch (tahminan 9 km. Boʻlgan masofa birligi)lik yoʻl yurib Qar’ togʻiga keldi. Unda farishtalarni koʻrdi.
— Ey Solih, bunda bir uy bino qilgil! – dedi ular, oʻzlari ham unga koʻmak berdilar. Bir uy barpo boʻldi: uzunligi uch yuz tirsak, eni qirq tirsak. Oʻng yonidan yerlar ochdirildi, soʻl yonidan daraxtlar ektirildi. Oltin va kumushlar Bilan ziynatlangan bir qandil yasadilarki, uning yorugʻligidan quyosh uyalardi. Ertasi kuni qavmi kelib, u binoni koʻrdilar, lol qoldilar. Solih paygʻambar kunduzlari qavmini imonga da’vat etar, tunda bu uyga kelar edi. Ammo bu elda uch yuz kishidan ortiq musulmon boʻlmadi.
— Hudoyo, bulardan umidim uzildi, – dedi Solih.
— Ey Solih, bular uch yuz yildirki, kofirlikka choʻmganlar, – dedi Jabroil. – Bir yencha kun ichida bular oʻzgarib qolmaydilar.
— Ey qavmim, mening bir kishida ishim bor, – dedi shunda solih paygʻambar va bosh olib chiqdi.
Qar’ togʻiga borib, bir mehrob qildi-da, ibodatga mashgʻul boʻldi, sajdaga bosh qoʻydi. Olloh taolo uni uygʻuga choʻmdirdi, u qirq yil uygʻuda boʻldi. Imonga kelgan uch yuz musulmon vafot etdilar. Yer yuzida «la’ ilaha illaloh» deguvchi qolmadi. Uyqudan uygʻongan Solih paygʻambar ularning barchalarini oʻlik holda koʻrdi.
Solih alayhissalom toʻrt yil Samud xalqi orasida yurdi, ularni imonga undadi, azobdan qoʻriqitdi, jannat hushxabarini berdi, ezgu oʻgitlar aytdi, ammo qabul qilmadilar. «Solihni oʻzimizdan umidsiz qilamiz«, deb kengashdilar. Ular yana »Solih bizdan hasab va nasabda ulugʻroqdir, uni oʻldirib boʻlmayd. Shunday bir yumush buyuraylikki, shu ishni qilolmay hijolat boʻlib, oʻzi ketgay» deya mulohaza qildilar.
— Ey Solih, sen bizga nima demoqchisan? – deyishdi ular.
— Olloh taoloning yagonaligiga ishoning. Sizni yaratgan, ne’matlar ato etgan Udir, – dedi Solih. – Od xalqi ishonmadi – ne baloga yoʻliqmadi, Hud qavmi imon keltirmadi – boshiga qanday balolar kelmadi.
— Ey Solih, bizni otalarimiz sigʻingan ilohdan qaytarib, boshqa hudo bilan qoʻrqitmoqchimisan? Agar soʻzing rost boʻlsa, bizga bir moʻ‘jiza koʻrsat, – dedi qavmi.
— Qanday moʻ‘jizani istaysiz? – dedi Solih.
— Iydgohimizga chiqaylik, sen oʻz tangringdan soʻragin, biz ham oʻz tangrimizdan soʻraymiz, qay birining qudrati zoʻrligini koʻraylik, – deyishdi ular.
Ertasi kuni hammalri iydgohga chiqdilar, Solih ham bordi.
Ularning oldilari bir maysa ham unmagan togʻ bor edi.
— Shu togʻdan bizga bir qizil tuklik tuya chiqargil. Bizning qoʻlimizda boʻtalasin, bizga sut bersin, biz uni ichaylik, – deyishdi.
Oʻsha togʻda Qayna degan oʻzan bor edi, suvlari oʻsha yerdan kelardi. Bu qavmning bobolari bir kuni oʻzandagi bir toshdan sado eshitdiki, «Samud xalqi bu toshdan halok boʻlgʻusi», degan.
— Ushbu toshdan bir tuya chiqargil, tuki qizil, tili qora, boʻyni uzun, oʻrkachi tuklik, yelini yetilgan boʻlsin, – deb oʻsha toshga ishora qildilar.
— Hudoyo, mendan nima istayotganlarini oʻzing bilib turibsan, – Deya duo qildi Solih alayhissalom.
— Ey Solih, sening qavming bu moʻ‘jizani talab qilishini bilardik. Biz uni shu toshning ichida saqlab turibmiz, – degan farmon keldi.
Solih alayhissalom duo qildilar. Tosh tebrana boshladi. Bir payt tosh ichidan huddi oʻzlari talab qilganlaridek tuya chiqdi, biroz oʻtmay boʻtaladi va tuya boʻtasi Bilan oʻtlay boshladi.
— Sen juda yomon sehrgar ekansan, – deb imon keltirmadilar. Ba’zilarigina imon keltirdilar, xolos.
Qavmning bir qudugʻi bor edi. Tuya boʻtasi Bilan kelib quduqdagi suvning borini ichib qoʻydi, shu kuni qavm suvsiz qoldi.
— Bu tuya bizga kerakmas, – dedilar bundan achchiqlanib.
— Bularning orasida nabat qilgin: suv bir kun tuyaga boʻlsin, bir kun qavmingga! – degan farmon boʻldi.
Uni qabul qildilar.
— Farmon shulki, tuyaga tegmang, urmang, qiynamang, oʻldirmang. Bu ishlardan birini qilsangiz, sizlarga azob kelgay!
Buni ham qabul qildilar. Tuya ularning orasida oʻttiz yil turdi. Qavmning navbati boʻlgan kuni tuya boʻtasi bilan togʻlarda oʻtlar edi. Tuyaning navbati kelgan kuni quduq suvi tepasigacha koʻtarilar, tuya boʻtasi Bilan suvlardi, suv yana oʻrniga tushardi. Ular tuyani sogʻib idishlarini toʻldirib olardilar, negaki uning suti bir ming yetti honadonning hammasiga yetardi. Ammo qoʻylari va qoramollari tuyani koʻrib hurkar, undan choʻchib oʻtlamas edilar. Qavm bu tuyani yoqtirmay qoldi.
— Biz bu tuyani oʻldirmaguncha undan qutila olmaymiz, – deb fikr qildilar.
Rivoyat qiladilarki, Solishh alayhissalom shunday degandi: «Orangizdan qizil yuzlik, sariq sochlik, chaqir koʻzlik bir kimsa bu tuyani oʻldirgay». Qavm shunday sifatlik bolalar tugʻilsa, onasiga bildirmay oʻldirib tashlardi. Shunday sifatlik toʻqqizta bola tugʻildi, barchasini oʻldirdilar.
Yana bir Solih aytgan sifatlik bir bola tuildi, ammo u qavm ulugʻlarining farzandi edi. Hammalari yigʻilib, bolani oʻldirgani keldilar.
— Bu soʻz gʻirt yolgʻondir. Solih sizni laqillatayotibdi, – dedi bolaning otasi.
Qavmning soʻzi oʻtmadi, bola oʻlmay qoldi. Ul bolani Qazor deb atadilar, otasining ismi Solif edi.
— Odam farzandlarining orasida bundan hosiyatsiz va shumroq kimsa yoʻqdir, – dedi Solih bola yigirma yoshga kirganda.
Rivoyatda kelishicha, ular toʻqqiz kishi edilar, hammalari boʻzchi edi. Yoʻlboshchilar Qazor ibn Solif hamda Mastah ibn Dahr edi. Aytishlaricha, ular Bilan ikkita iflos ayollar ham bor edi: biri Abira otlik, birisi Suduq ismlik. Abira kambir edi, ammo uning ikkita chiroylik qizlari bor edi: biri Qazor ibn Solif, biri Musdi’ otlik. Ikkiovi har ikki xotinni yaxshi koʻrardi.
Bir kecha ular toʻplandilar. Taom tiladilar.
— Bugun tuyaning navbati kuni. Suvimiz yoʻq, shu tufayli taom tayyorlay olmadik, – dedi Suduq.
— Kuchimiz yetganda edi shu tuyani gumdon qilar Edik. Afsuski, oramizda erkaklar yoʻq, mardlar boʻlganda edi bu tuyani oʻldirardi, – dedi Abira.
— Bu tuyani men oʻldirsam, nima berarsan? – dedi Qazor ibn solif.
— Men oʻzimni senga bagʻishlagayman, – dedi Suduq va asta yuzini ocha boshladiki, uni behad koʻrkliligidan Qazor unga oshiq boʻldi.
— Men bu qizlarimdan birini senga bergayman, – dedi Abira Musdi’ga qarab.
Soʻngra aroq keltirdilar, ikkovini mast qildilar. Qoʻldoshlarga sovgʻalar berdilar. Ikkovi tuya keladigan yoʻlning boʻyida pisib oʻtirdilar. Tuya kelgani hamono Qazor oldidan chiqdi-da, qilich Bilan boʻksasini chopib tashladi. Tuya yiqilib tushdi. Musdi’ esa oʻq Bilan boshini nishonga oldi. Yiqilib yotgan tuyani Qazor ibn Solif soʻnggi zarba Bilan oʻldirdi. Toʻrt tomondan odamlar yetib keldilar, tuyani pora-pora qilib, goʻshtini homtalash qildilar. Qazor esa boʻtani oʻldirmoqqa chogʻlandi, ammo boʻta togʻ tomonga qochib ketdi, uch bora qattiq boʻkirdi-da, onasi chiqqan togʻ ichiga kirib gʻoyib boʻldi. Solih alayhissalom yetib kelganda tuyani gumdon qilgandilar.
— Boʻta qani? – deb soʻradi Solih haloyiqdan.
— Uch bora boʻkirdi-da gʻoyib boʻldi, – dedilar.
— Uch marta baqiriqning boisi shulki, bu uch alomatning belgisidir. Uch kundan keyin azob kelgusidir, – dedi Solih
— U azobning alomati nimadir? – deyishdi.
— Birinchi kuni yuzlaringiz sargʻayadi, ikkinchi kuni qizaradi, uchinchi kuni esa qorayadi. Bu azobning yetib kelganidan dalolatdir, -dedi.
Solihni bu gaplarini eshitgandan keyin tuyani oʻldirganlar Yana gʻazablandilar.
— Tuyani oʻzimiz oʻldirdikmi, endi azob yetmadan burun Solihni ham oʻzimiz oʻldiramiz. Agar rozi boʻlsa, bizlardan oldin oʻlib ketadi, yolgʻon boʻlsa undan qutilganimiz qoladi, -deyishdi yovuz kimsalar.
Yovuzlar shu kecha Solihni poylab, bir toshni ostida pisib yotdilar. Ollohning farmoni Bilan u tosh yemirilib, hammasining ustidan bosib tushdi, halok qildi. (Oyat) «Ular oʻzlari bilganlaricha bir nav makr qildilar va Bizlar ham unga qarshi tadbir qildik va ular buni sezmas edilar».
Yana bir rivoyatda shunday deyiladi: Solihni oʻldirishga chogʻalnib kechasi uning eshigida poylab yotganlrida Olloh taolo farishtalarni tushurdi va ular tosh Bilan urib, hammalarini haolok qildilar. Ertasiga ular qaytmagach, Samud xalqi Solihga «Ularni sen oʻldirgansan», deb da’vo qildilar.
Ertasi kuni koʻrdilarki, hammalarining yuzlari sargʻaymish. Bildilar, azob yaqinlashmoqda. Shunda «Solihni oʻldiraylik«, deya istay boshladilar. Solih ulardan qochdi. U saqil ismli abul vahhob laqabli kimsaning uyiga keldi, u Solihni yashirdi. Necha bor qidirib keldilar, aytmadi. Shundan keyin ular “Solihni bizga topib Bering!” deya solih alayhissalomga yaqin boʻlgan kishilarni ura boshladilar. Shunda Misra’ ibn Xaaram degan kimsa “U Abul Vahhobning uyidadir”, deb aytib beradi. Abul Vahhobning oldiga borib “Solih sening uyingda ekan”, dedilar. U ham »Solih shu yerda, ammo men uni sizlarga bermayman», degandi umidsiz boʻlib qaytib ketdilar.
Ertasi kuni yuzlari qizardi, uchinchi kuniga oʻtib qoraydi. Yakshanba kuni edi, imon keltirganlar Solihning oldiga keldilar. Paygʻambar ular birga Falastinga bordi. Ularning ham yuzlari qorayib ketgandi. Barchalari oʻzlariga goʻr qazidilar, kafanlar kiyib, qazilgan lahadlarga kirib oʻtirdilar.
Olloh taolo Jabroilga farmon berdi, u tuya oʻldirilgan joyga kelib, bir nara’ tortdi, dahshatli qichqiriqdan hamma qavmning yuragi yorilib oʻldi va doʻzaxga tushdi. Yolgʻizgina Zurayta degan xizmatkor OMON qoldi. U ham tashqaridagilarga habar bergani borib, suv soʻradi-da, suvni ichib boʻliboq oʻldi. Solih ulardan koʻngil uzdi.
— Hudoyo, menga imon bergil, bir ezgu koʻngilli qulni topayin, koʻnglimdagi munglarimni unga aytib, yuragimni yozayin, – dedi Solih.
— Borgil! – degan farmon boʻldi.
Solih biron kimsa qidrib, jahon kezdi. Yura-yuar bir kishini topdi, u namoz oʻqib turgan edi. Unga kelib, salom berdi, hol soʻradi.
— Bir dengiz qirgʻogʻida kofir va yoʻlsiz xalq bor edi. Olloh taolo hammasini dengizga gʻarq qildi, yolgʻiz men qoldim, enda haq taologa shukr qilurman, – dedi ul kishi.
U yerdan ketib, dengiz qigʻogʻidagi bir shaharga bordi. Ikki aka-ukadan boshqa hamma xolqi kofir edi. Bu ikki musulmon birodarlar, hunarlari evaziga kun koʻrar, topganlarining oʻzlaridan ortganlarini darvishlarga berar edilar. Solih ularning oldiga keldi vash u payt qattiq ovozni eshitdi.
— Bu nimadir? – dedi Solishh.
— Bu yerda bir katta ajdaho bor, oqshom payti dengizdan chiqib, bir odam yeyar, -dedilar.
— Uni oʻldirsam, haloyiq menga nipma bera oladi? – dedi Solih. Ikala birodar bu gapni shahar xalqiga aytdi.
— Shahar xalqi «Agar ilonni oʻldirsa, unga yarim davlatimizni beramiz», dedilar, – deya habar olib keldi birov.
Solih oʻrnidan turib, ikki rakaat namoz oʻqidi, soʻng duo qildi. U ilon yorilib oʻldi. Shahar xalqi yarim davlatlarini keltirib berganlarida Solih uni olmadi, birodarlarga berdi, ular olmagach, xalqning oʻziga qaytardi. Boshini sajdaga qoʻyib, yaragnaga shukr qildi.
— Senga topingan uch kishini bildim, – dedi solih.
— Ey Solih, yer yuzida mening shunday qullarim borki, jahonni ularning qoʻlida tuttirurman, – degan farmon keldi.
Deydilarki, Solih qavmidan yetmish kishi imonli boʻldi. Huddi Hud qavmi kabi boʻldilar.Qachonki, Jabroil Solih qavmiga nido qilganida hammalari oʻldilar. Ayoqlarining ostidan oʻt chiqib ketgandi, hammasini kuydirgandi. (Oyat) «Haqiqatda biz ularga bir na’ra yubordik va ular molxonada hayvonlar oyogʻi ostida qolib bosilgan hashakdek boʻlib qoldildar».
Aytadilarki, arablarning bir odati bor: sahroda tuya va qoʻyga qoʻton qilganlarida uning ichga quduq oʻtlarini toʻshaydilar. Bu hashaklar hayvonlar tuyoqlari ostida qiymalanur. Olloh taolo Samud qavmini ham anna shu hashaklarga oʻxshatayotir.
Abdulloh ibn Abbos (Olloh undan rozi boʻlsin) rivoyat qilurki, Haq taolo ikki xalqni bir azob bilan halak qilmadi. Ammo solih va Shuayb qavmlarini oʻt Bilan azobladi. Oʻt Solih xalqining oyoqlari ostidan chiqqan boʻlsa, Shuayb qavmiga osmondan tushdi.
Shundan keyin solih alayhissalom Shom viloyatiga borib oʻrnashdi va u yerda oʻn sakkiz yil (Yana bir rivoyatdi qirq yil) yashadi. Solih alayhissalomdan keyin to Ibrohim alayhissalomga qadar hech bir paygʻambar kelmadi.

Ibrohim Alayhissalom Va Namrud Alayhil-La’na Qissasi
Shariflari – Ibrohim ibn Torix ibn soruh ibn Argʻus, ibn Folih ibn obir ibn Solih ibn Artus ibn Som ibn Nuh alayhissalomdurlar.
Yana Ibrohim va abrahom ham derlar. Har ikkisi ham durustdir, ya’ni Abun rahimun – oqkoʻngil, mehribon ota deganidir. U Namrud ibn Kavs ibn Kan’on ibn Nuh zamonida yashagandi. Namrud butun dunyoga hukmronlik qilardi. Aytishlaricha, butun dunyoga toʻrt kishi hukmronlik qildiki, bularning ikkisi musulmon va ikkisi kofir edi. Musulmon hukmdorlar – Sulaymon alayhissalom va Zulqarnayn, kofir hukmdorlar esa Namrud va Buxtnasr edi.
Namrud tush koʻrdi. Tushida bir qoʻchqor kelib, uning taxtini suzib, yiqitar edi. Tong otgach, munajjimlarni, tush ta’birchilarini, kohinlarni yigʻdirdi va ulardan tush ta’birini soʻradi.
— Bu yil bir oʻgʻil bola tugʻilar, sening mulking uning qoʻlida halokatga yuz tutar, – deb ta’bir qildilar.
Namrud buni eshitgach, hamma homilador ayollarni yigʻib, qaysi Xotin oʻgʻil tugʻsa bolasini oʻldirar, qiz tugʻsa tirik qoldirardi. Namrudning bir buttarosh maslahatchisi boʻlardi. Ota Torix edi, butlarga behad qattiq topingani uchun Ozar ham derdilar. Ozarning xotini Ibrohimga homilador boʻlgandi, uni odamlardan yashirdilar. Oy-kuni yetganda ovloq yerga kirib, oʻgʻil tugʻdi, uni Ibrohim deb atadilar. Ammo Namruddan qoʻrqib, chaqaloqni togʻ ungiriga eltib tashladilar, unga hayvon suti Bera boshladilar.
— Koʻz oldimda oʻldirganlarini koʻrmayin, toki qushlar yeb ketsin, deb fikr qildilar.
Olloh taolo Jabroilni yubordi. Kelib Ibrohimning barmogʻini ogʻziga suqib qoʻydi, Olloh qudrati Bilan barmoq ichida sut paydo boʻldi, chaqaloq shu sutni emardi. Boshqa bolalar oy sayin ulgʻaysalar, Ibrohim kun sayin ulgʻayardi. Yetti yoshga kirganda otasi borib, uyiga olib keldi.
— Men yoʻqdan bor boʻldim. Mening tangrim kimdir? – dedi u bir kun onasi bilan suhbatda.
— Menman, – dedi onasi.
— Sening tangring kimdir? – dedi u.
— Otang, – dedi onasi.
— Qanday qilib? – soʻradi u.
— Shuning uchunki, u mendan yuqoriroq, – dedi onasi.
— Otamning tangrisi kimdir? – dedi u.
— Namrud, – dedi onasi.
— Qanaqasiga? – dedi u.
— Shuning uchunki, u otangdan ulugʻroq, -dedi onasi.
— Namrudning tangrisi kimdir? – dedi u.
— Jim, unday demagil! – deb qattiq tegdi onasi.
Ona bu gapni otasiga yetkazgandi:
— Uni bu yerdan yoʻqotgil, yana toqqa qoʻyib kelgil! – dedi ota.
Onasi Ibrohimni Yana ungirga olib borib tashladi. Ibrohim oʻyga toldi: «Meni yaratgan tangrim bunday sohibsiz, boʻysinuvchisiz boʻlmas. Kimga topinish kerak, qanday topinish kerak, bilmasman«. Shunday oʻylar girdobida kun chiqdi. Ungirdan chiqdi. Zuxro yulduzini koʻrdi, juda yorugʻ edi. “Mening tangrim shumikan?” degan hayolga bordi. (Oyat) “Keyin, kech kirib qorongʻu tushganida yulduzni koʻrdi va manna bu mening parvardigorim” dedi. Zuxro yulduzi botganda esa “Tuqqan, botgan, ergashuvchi narsa tangrilikka yaramaydi, bundaylarni sevmayman”, degan fikrga keldi. (Oyat) »Shunga oʻxshash narsa mening Parvardigorim boʻladimi?» dedi.
Sal oʻtmay oy chiqdi, u yulduzdan ham yorugʻroq edi. «Mening tangrim shumikan?« deya oʻyga botdi. Oy botgach “Bu ham chiqar va botar ekan. (Oyat) »Agar parvardigorim meni toʻgʻri yoʻlga boshlamasa, u holda men, albatta, gumrohlardan oʻblib qolaman».
U kechani oʻy bilan oʻtkazdi. Tong otgach «Qorongʻi ketdi, olam yorishdi, kun chiqdi, u yulduzdan ham, oydan ham yorugʻroq ekan. Tangrim shumikin, bu hammasidan ulugʻroq ekan«, degan hayolga bordi. (Oyat) “Quyoshni chiqib kelayotganini koʻrganda, “manna mening robbim, bu kattaroq ekan», dedi».
Quyosh qiyomga kelgunga qadar shu hayolda turdi. Kun pastlay boshlagach, «Men botib ketguvchi narsani sevmasman. Bunday odamlardan yiroqman«, dedi. (Oyat) »Albatta, men sizlar Hudoga sherik qilayotgan narsalaringizdan bezorman».
— Bularg topinmasang, kimga sigʻinarsan axir? – deyishdi.
— (Oyat) «Men yer va osmonlarni yaratgan zot tomoniga yuzimni taslim boʻlgan holimda burdim», – dedi.
Bir kuni onasi oldiga keldi. Otasining oldiga kirsa, u but tarashlayotganda, Ibrohimga «Bu butni bozorga olib borib sotib kelgil«, dedi. Ibrohim butning boʻyniga arqon bogʻlab, suvga solib, tuproqqa bulab, bozorga olib bordi-da »Koʻrmaydigan, eshitmaydigan, odamga nafi tegmaydigan shu narsani Kim sotib oladi?» de bayta berdi.
Kunlarning birida bir butni bozorga olib ketayotib yozilmoqchi boʻldi. Butni yerga qoʻyib, hojatini ushatib kelguncha, bir tulki kelib u butning ustiga siyib, bulgʻab ketibdi. Shunda buni koʻrgan Ibrohim behad sevindi va «Boshiga tulki siyib ketgan narsa parvardigormi?! Toʻgʻri yoʻldan adashtiradigan va Ollohga sherik qilinadigan narsalarning hammasidan bezorman. ?olib va yagona Ollohga imon keltirdim», deya nido qildi.
Otasi Ibrohim alayhissalomni yetti yil butga soqchi qilib qoʻydi. Ibrohim butga topinganlarga: «Bularga nima uchun sigʻinasiz?» deb aynataverdi. Otasiga aytgandilar, u Ibrohimni ma’lomat qildi.
— Ey ota, bu koʻrmaydigan, eshitmaydigan narsaga nima uchun topinarsan? Menga ilm berildi, ammo senga berilmadi. Soʻzimni eshitgil, seni toʻgʻri yoʻlga boshlayin, – dedi. (Oyat) «Ey otaginam, haqiqatdan menga ilmdan senga kelmagan narsa keldi, shuning uchun menga ergashgin«. »Ey otaginam, shaytonga ibodat qilmang, haqiqatda shayton Rahmon otli hudoga osiydir».
— Ey Ibrohim, sen mening butlarimga sigʻinmaysanmi? Bu ishingdan qaytmasang, men sendan bezman. (Oyat) «Agar sen bizning xudolarimizni haqorat qilishdan toʻxtamasang, seni toshboʻron qilib oʻldiraman, mendan abad-ul abad uzoq boʻl», – dedi Ibrohim.
— Ey ota, shaytonga qul boʻlmagin. (Oyat) «Salom boʻlsin senga. Men Parvardigorimdan sening uchun magʻfirat tilayman. Haqiqatda u menga koʻp mehribondir», – dedi Ibrohim.
Ibrohim alayhissalom shahardan saxro tomonga chiqib ketdi. Olloh taolo hizmatida boʻldi. Otasi oʻlgach, butlar nazorat otasining qarindoshi boʻlgan Hozarga qoldi. U Lut paygʻambarining otasi edi.
— Har oyda bir marta mening bu butlar bilan ishim bor, – deb aytar edi Ibrohim. (Oyat) «Hudo nomi bilan qasamyod qilamanki, sizlar orqa oʻgirib ketganlaringizdan keyin butlaringizni ilojini qilaman».
Shu asnoda ularning hayitlari boʻldi. Ular turli taomlar keltirib, butlarning oldiga qoʻyar, soʻngra iydgohga chiqib, kun yarmida qaytib kelgach, «Butlarimizning barokati tegdi», deya bu taomlarni uylariga olib ketar, ahli oilasi bilan tanovvul qilar edilar. Bu gall ham shunday boʻldi.
— Biz bilan birga chiqqil, – deyishda Ibrohimga.
— Men yulduzlar ilmiga qaragndim, menga bemorlik kelayotir, chiqolmayman, – dedi Ibrohim.
Ular yulduzlar ilmiga e’tiqod qilar, uning koʻrsatmalriga turmushlarida amal qilar edilar. Shu tufayli Ibrohimni koʻp qistamadilar. Hamma ketgach, Ibrohim bir bolta olib, butxonaga kirdi. Butlarning boshi, qoʻlini parcha-parcha qildi, sindirdi. Butlarning eng kattasi oldiga keldi-da, boltani uning qoʻliga osib qoʻydi. Soʻng butga qarab: «Oldingizdagi taomni nega yemaysiz?« -deya kinoya qildi. – »Nega soʻzlamaysiz?» Yana itob qildi.
Kun oqqanda kofirlar qaytib keldilar. Koʻrsalar, butlarning birini bosh kesilgan, birini qoʻli, oyogʻi singan. Odamlari Bilan butxonaga kirgan Namrud soʻradi:
— Bizning tangrilarimizni kim bunday holatga soldi?
— Ibrohim degan bir yigit bor, bu ishni undan boshqa hech kim qilmaydi, – deyishdi.
FOYDA. Namrud kofir boʻlsa hamki, Ibrohimga nisbatan achchiq soʻz aytmadi, hukm etmadi. Shu bois uning mulki davlatiga zavol tegmadi. Aytishlaricha: «Adl qilgan kofir Bilan mulk boqiy qolar, ammo zulm qilgan moʻmin Bilan mulk boqiy qolmas».
Namrud kofir boʻlgani Bilan assoq soʻz demadi.
— Odamlar yigʻilsin. Ularning koʻz oldida guvohlik bersin, – deb farmon berdi. (Bugun ham yolgʻon soʻz Bilan bir kimsa ustidan hukm qilganlar Namruddan ham battar boʻlarlar).
— Bizning tangrimizni sen shu ahvolga soldingmi?-deya savol qildilar Ibrohimni keltirgach.
— Bu mayda butlarni anavi katta but chopib tashladi. Ishonmasanglar, butchalarning oʻzlaridan soʻranglar, agar soʻzlay olsalar, – dedi Ibrohim.
— Bu butlar soʻzlay olmaydi, qandoq qilib ham soʻrarmiz, – deyishdi ular.
— Sizlar Ollohni qoʻyib, siz uchun biror narsada nafi tegmaydigan va zarari ham yoʻq narsaga ibodat qilasizlarmi?-dedi Ibrohim alayhissalom.
Ular bildilarki, bu ishni Ibrohimdan boshqa hech Kim qilmagan. Uni qiynamoqlikka kengashdilar. Ibrohimga paygʻambarlik keldi.
— Yolgʻiz tangriga sigʻining, butga topinmang, meni tangrimning elchisi deb biling, – dedi u odamlarni toʻgʻri yoʻlga chorlab.
— Bizni otalarimizning dinidan chiqarib, boshqa dinga chaqirurmisan? – dedilar.
— Otalaringiz bari botil dinga sigʻinar edilar. Men sizlarni toʻgʻri yoʻlga da’vat qilarman, -dedi Ibrohim.
Aytadilarki, oʻsha paytda hamma xalqlar ochlikka duchor boʻlgandilar. Oziq-ovqat topilishi qiyin edi. Namrud odamlarga ovqat tarqatdi. Bir kuni Ibrohim taom olgani Namrudning oldiga keldi.
— Menga sajda qilsang, taom beraman, dedi Namrud.
— Men shunday tangriga sajda qilurmanki, ul zot oʻlikni tiriltirar, tirikni oʻldirar, – dedi Ibrohim.
— Men ham shunday qila olurman, -dedi Namrud.
— Qanday qilib, -dedi Ibrohim.
Shunda Namrud zindondan ikki maxbusni chiqardi, birini oʻldirdi, birini esa qoldirdi.
— Mana oʻlikni tiriltirdim, tirikni esa oʻldirdim, – dedi Namrud.
Ibrohim bildiki, bu kofir ahmoq ekan:
— Mahbusni oʻldirmay qoldirish tiriltirish emas, – dedi u. Ammo Ibrohim unga «Oʻldirganingni tiriltirgin!» desa boʻlardiyu, ahmoq kofir Bilan tortishishni ep koʻrmadi. Uni bir soʻz Bilan unini oʻchirishni istadi.
— Mening tangrim shunday zotki, u har kuni Mashriqdan chiqarguvchi. Sen bir kungina quyoshni magʻribdan chiqarginchi! – dedi Namrudga. Ibrohimdan bu soʻzni eshitgan koʻpgina kofirlar koʻngillarida «Bu butlar botil tururlar, ulardan hech qanday naf yoʻq, Ibrohim toʻgʻri aytar, yoʻlsizlarmiz», degan fikr oʻta boshladi.
Namrud alayhil-la’na odamlarning koʻnglidan kechganini bilib, «Mendan tonib, Ibrohimga ergashib ketsalar-a», -degan oʻydan qoʻrqib ketdi.
— Buni ushlang, oʻtga tashlang, tangringizga madad bering! – dedi Namrud. Ibrohimni oʻtga otishgat kelishdilar.
— Ey Ibrohim, «Meni tangrimning oʻtli doʻzaxi bor, olov Bilan azob beradi», der eding. Men bugun seni olov Bilan qiynayin, kim qutqarar ekan, bir koʻrayin, -dedi Namrud.
Hamma qoʻshinni safarbar etib, toʻrt oy mobaynida oʻtin yigʻildi. U oʻtinni qaysi ulovga ortsalar koʻtarmadi. Tuyaga ortdilar, oʻrnidan qoʻzgʻalmadi. Eshak va ot ham qabul qilmadi. Xachirga yuklagandilar, qabul qildi. Buni koʻrgan Ibrohim xachirni la’natladi. Shu boisdan xachir nasli koʻpaymaydigan boʻldi. Bugungi kunda xachirga yuk ortsalar, urmaguncha yo soʻkmaguncha yurmas. Tul kampirlar Namrud bizdan hushnud boʻlsin deb, tunlari uxlamasdan charx yinirib, kunduzi bozorda sotib, pulga oʻtin olar edilar.
Aytishlaricha, bir yigʻochlik (taxminat 9 km) yerni oʻtin bilan toʻldirdilar. Atrofini teri Bilan toʻsdilar. Tuyalarda gugurt suvi keltirdilar. Shundan keyingina oʻt yoqtilar. Oʻn kecha-kunduz olov yonib, kuchlandi. Olovning balandligi ularning oʻlchovida yigirma qari (tirsak) edi. Ibrohim alayhissalomni ikki yildan beri ogʻir kishanlarga bogʻlangan holda uy ichiga qamab qoʻygan edilar. Oʻtning yoqilganinga oʻn kun boʻlganda «boring, Ibrohimni endi oʻtga oting!» degan farmon berildi.
Olov keltirib oʻt yoqqan Ibrohimning ota qarindoshi Hozar (Lut paygʻambarining otasi) edi. Qaldirgʻoch tumshugʻida suv keltirib, olovga quyar edi.
— Ey qaldirgʻoch sening tumshugʻingdagi suv bu oʻtga qanday ham ta’sir qilsin, – dedi Ibrohim shunda va uni ezgu duo qildi. Chumchuq esa kelib oʻtni qanoti Bilan urardi, shu bois uni la’natladi, qirq kecha-kunduz oʻtda kuydi.
Olov shu darajada balandladiki, kishi toʻrt yigʻoch yerdan yaqinlasha olmaydigan boʻldi. Qay bir qush havoda uchsa qanotlari kuyib tushar edi. Namrud temi rva misdan bir mikora qurdirdi, uning ustiga chiqib olovga qaragach:
— Ibrohimni qanday qilib oʻtga otamiz? -deya hayolga choʻmdi. Shunda Shayton kelib palaxmon yasamoqlikni oʻrgatdi. Ungacha dunyoda bunday qurol yoʻq edi. Ibrohimning qoʻl va oyoqlari yetmish botmonli temir halqa Bilan palaxmonga bogʻladilar.
— Ey Ibrohim, qoʻrqmaysanmi? – deb soʻradilar shunda.
— Kimiki qalbidan Ollohning oʻti boʻlsa, qanday qilib odamlarning oʻtidan qoʻrqsin, -* dedi Ibrohim.
— Tangringdan soʻragil, seni qutqarsin, -dedilar.
— Mening nimamni qutqarsin? – dedi u.
— Nafsingni, -dedilar.
— Nafsning ishi yovuzlik, gunohkorlikdir. Gunohkorlik oʻtga mahkumdir, – dedi u.
— Boʻlmasa joningni soʻragil, – dedilar.
— Jon omonat turur. Uning ishi yaratganiga qaytishdir, – dedi u.
— Unday boʻlsa koʻnglingni soʻrgali, -dedilar.
— Koʻngil tangrining mulkidir. U qanday istasa, shunday holga solguvchidir, – dedi u.
Shundan soʻng palaxmonga joyladilar. Qanchadan-qancha odamlar palahmonni tortmoqchi boʻldilar, ammo kuchlari yetmadi. Chunki palaxmonni farishtalar bosib turar edilar. Shayton bildiki, farishtalar palaxmonni bosib turardilar. Shunda u bir pokiza kishi qiyofasida kelib kofirlarga:
— Bu ish qoʻlingizdan kelmaydi. Ammo buning bir hiylasi bor. Buzuq xotinlarni olib kelinglar. Erkaklar ular Bilan fohisha ishni qilsin. Shunda palaxmon otiladi, – dedi.
Shunday ish tutgandilar palaxmon otildi. Ibrohimni havoga qarab otdilar.
Savol: Shayton palaxmon qilmoqlikni qaerdan bildi?
Javob: U palaxmonni doʻzaxda koʻrgan edi. Gunohkorlarni doʻzaxda palaxmon Bilan otardilar, ularga chuqur chohga kelib tushardilar. Bu chohning azobi doʻzax azobidan yetmish hissa qattiqroq edi.
Habarlarda kelishicha, Rasul alayhissalom dedilar: «Mening ummatlarimdan olti toifa odamlarni qiyomat kunida shu chohga tashlagaylar. Birisi – sultonlar majlisida ularni «bu kishi shunday omadli zot» deganni, ikkinchi – yetimlarning moliga zulm bilan egalik qilib olganni, uchinchi – zolimlar ishini bitirib berganni, toʻrtinchi – otasi va onasiga yomon soʻz soʻzlaganlarni, beshinchi – nopok ish qiluvchi xotinchalish, xunasalarni, oltinchi – molini hudo yoʻlidan qizgʻanib, boshqa yoʻlga sarflaganlarni». Bundan bizlarni Ollohning oʻzi asrasin.
Qachonki, Ibrohim alayhissalomni palaxmondan havo otganlarida u: (Oyat) «Bizga Ollohning oʻzi yetarlidir va u qanday yaxshi kafildir. Bas, u qandogʻ ham yaxshi ega va qandoq ham yaxshi madadkordir», dedi. Bu holni koʻrgach, yetti qavat osmon farishtalarining barchasi faryod chekdilar.
— Ilohi, bu kunda butun yer yuzida seni bir va bor degan yolgʻiz Ibrohimning oʻzidir. Uni nechun oʻtga otarsan? Hudoyo, doʻstlaringga mehribonliging shunday boʻlarmi? – dedi farishtalar Olloh taologa.
— Ey farishtalar, sizlar ta’sir etmay turing. Bu ishda meni sizlar bilmaydigan bir sirim bor, – degan xitob keldi.
Shu paytda Jabroil alayhissalom yetib keldi.
— Ey Ibrohim, hech hojating bormi? – dedi u zot.
FOYDA: Agar hojatim yoʻq desa, hojatsizman degan boʻlardi, lekin qul hojatsiz boʻlmaydi.
— Hojatim boru, ammo senga emas, – dedi Ibrohim.
— Menga hojating boʻlmasa, Ollohga bordir, aytgil, – dedi u zot.
— Ey Jabroil, mening tilagimni uning oʻzi bilar, menga shuning oʻzi kifoya, hojat tilmakning hojati yoʻq, – dedi Ibrohim va Olloh taologa koʻngil bogʻladi. Shu onda:
— Ey olov, Ibrohim uning sovuq va salomat boʻlgil! – degan xitob keldi.
Ulamolarning aytishlaricha, sovuq« boʻlgil deb, «salomat» boʻlgin demasa edi, oʻt sovugʻi Bilan Ibrohimni halok qilgay edi. Qiyomatga qadar odamlar hech qachon oʻtga pishgan taomni koʻrmas edilar. Yana aytishlaricha, Ibrohining koʻksidagi Olloh muhabbatining oʻti Namrud oʻti Bilan bellashdi va Namrud oʻtini kuydira boshladi. Shunda muhabbat oʻtiga sovugil, Ibrohini salomat saqlagil, demasa edi, u oʻt na Namrudning oʻzini va na uning oʻtini salomat qoʻymasdi, hammasini kuydirar edi.
Yana farmon keldi: «Ey Jabroil, bandamga yordam berish uchun tezda yetib borgil!»
Jabroil yetib bordi va oʻzi Bilan birga jannatdan bir jaynamoz olib keldi va bu jaynamozni olovni oʻrtasiga toʻshadi, Ibrohim alayhissalom unga oʻtirdi. Soʻngra jaynamoz ustiga namoz oʻqishga tutindi. Oʻt faqat Ibrohim alayhissalomning qoʻl-oyoqlari bogʻlangan ipini kuydirdi.
IZOH: boshqa manbalarda keltirishicha, Ibrohim alayhissaolmni oʻtga otishga hozirlik koʻrilayotgan paytda suvlarga muakkil boʻlgan farishta kelib:
— Ey Ibrohim, barcha suvlar ihtiyori mening qoʻlimdadir. Agar hoxlasang, buyurman suvlar oʻtni oʻchirur, -dedi.
Shamolga muakkil boʻlgan farishta:
— Ey Ibrohim, agar hoxlasang, shamolga amr eturman, butun oʻtni oʻchirib yoʻqotur, -dedi.
— Sizlarning yordamingizga muhtoj emasman, – dedi Ibrohim alayhissalom ularga va boshini yuqori koʻtarib duo qildi: – Parvardigoro, Sen yagonasan, Ahmadsan, mendan boshqa Senga ibodat qiladigan kimsa yoʻqligini oʻzing bilursan! (Izohlar tarjimon tomonidan boshqa manbalardan olingan).
Aytishlaricha, Namrud vaziriga buyurdi:
— Minoraga chiqib, Ibrohimni koʻrgil, qanday kuyayotgan ekan, kul boʻlib ulgurganmikan – yoʻqmi!
— Ey egam, bu olovning ichida dunyoning togʻlari kuyib kul boʻladi-yu Ibrohim omon qolarmidi! – dedi vazir va minoraga chiqib ketdi. Keyin minoradan turib shunday xqitob qildi: – Ey egam, uchov oʻtiribdi, orqa oʻngida yigirma ming masofa turli xil yoz chechaklari ochilmish, chashmalar oqib turmish, xurmo daraxti unmish.
Bu gaplarni eshitgan Namrud taajubga tushdi, oʻz koʻzim Bilan koʻrayin, deb minoraga chiqdi. Bu manzarani koʻrgach:
— Ey Ibrohim, sen yolgʻiz eding-ku, bular kimlar boʻldi? – deb soʻradi.
Ey Namrud, biri menman, suratimni oʻzgartirdim, Ibrohimga sening Muakkil – vakil qilingan, tasarruf qiluvchi.
Ahmoqligingdan uzr aytarman, – dedi olov Olloh taolo farmoni bilan tilga kirib.
— Ey Ibrohim, ul kimsani yonigga kim tushirdi? – dedi namrud.
— Olloh taolo meni asramoq uchun tushurdi, Namrudning endi unga qarshi qanday yarogʻi bor boʻlsin, – dedi Ibrohim alayhissalom.
Bu gaplarni eshitib Namrud behad qoʻrquvg tushdi. Qaygʻuga tushgan yer ham yetti kun titrab, zilzila boʻldi. Namrud donishmandlarni, hakimlarni toʻpladi.
— Bu qanday zilzila boʻldi? – deb soʻradi ulardan.
— Olovning issigʻligidan yer ham tebranmoqda, – dedilar unga.
— Unday boʻlsa, olovni soʻndiring! – dedi Namrud.
Suv tashib, olovga quya boshladilar. Barcha haloyiq Ibrohimning ahvolini koʻraylik, Deya tamoshoga keldilar. Olloh farmoni Bilan shabada kelib, kullarni odamlarning yuzlariga urdi, haloyiq barchasi qaytib ketdi.
Oqshom tushgach, Ibrohim oʻtdan chiqib, uyga bordi.
Aytishlaricha, Namrudning oʻn ikki ming ombori bor edi. Ularning toʻrt mingi unga toʻla edi, ularni qimmatchilik boʻlsa sotarmiz, deb gʻamlab qoʻygandi. Ibrohim alayhissalom duo qildi: ul yurtdagi daryo oʻzanlari, togʻ ungirlari unga toʻldi. Ibrohim alayhissalom «Keling, un oling!» deya chorladi. Hamma yurtda toʻkinchilik boʻldi. Namrudning qoʻliga qarovchi odam qolmadi.
Bir kuni Ibrohim alayhissalom Namrudning oldiga keldi.
— Yagona Ollohdan boshqa iloh yoʻq, ey Ibrohim sen unirng paygʻambarisan deb aytgil! – dedi unga.
— Fursat bergil, oʻylab koʻrayin, – dedi Namrud.
Fursat berildi. Namrud oʻylab, oʻziga kengashib koʻrdi.
— Men Ibrohim bilan yarashurman, siz nima dersiz, – deya kengash soldi.
Beklariv a maslahatchilari oʻyga tolidilar. «Agar Ibrohim Bilan yarashsa, u podishoh ustidan ham, bizning ustimizdan ham hukumron boʻlib oladi, oqibatda bizning izzatimiz, hurmatimiz qolmaydi, Ibrohimga qul boʻlamiz», degan fikrga keldilar va shunday javob berdilar.
— Shuncha yildan beri xudoman deding, endi qulman deysanmi? Ibrohimga qul boʻlib, bizlarni ham unga qul qilursanmi?
— Mening u tufayli koʻrgan ishlarim ulugʻ ishlardir, uning tangrisi bilan yarashmoq kerak, – dedi Namrud.
— Uni nega oʻt kuydirmaganini bilmasmisan? Shuning uchunki, bizning ota-bobolarimiz olovga topinur edilar, Ibrohim ham bizning urugʻimizdandir. Oʻt bizning urugʻimizni kuydirmas, – dedi unga Hozar.
FOYDA: Xachir oʻtin keltirgani uchun urugʻi kesildi. Chumchuq choʻp tashigani uchun hamma odamlar uni tutib, patini yulib, oʻtga pishirib yeydilar.
Arilar oʻtni yelpib turgandi, gʻavgʻo va toʻpalon hayot kechirurlar. Qaldirgʻoch esa suv tashida, omon boʻldi. Qaldirgʻochning suvi bilan oʻt oʻchmadi, ammo doʻstligi oshkor boʻldi, qiyomatga qadar ezgu nom oldi.
— Biz Ibrohimdan qanday qilib qutilamiz? – soʻradi Namrud Hozardan yana.
— Bu tunda bir chuqur qazinglar, ul chuqurda tutun hrosil qilmasiz.
Bu tutun Bilan dushmanimizni halok qilamiz, – dedi Hozar bunga javoban.
— Qancha mol kerak boʻlsa olgil, bu ishni oʻzing bitirgil! – dedi Namrud.
Hozar xalqni yoʻgʻdi, katta olov yoqilgan joyda chuqur qazimoqlikka boshladi. Tubi tor, ogʻzi keng boʻlgan bu chuqurni somon va iflos narsalar Bilan toʻldirdilar. Hamma haloyiq tomoshaga toʻplandi, Hozar olov keltirib, somonga tutashtirdi. Shunda Olloh farmoni Bilan shamol keldi, oʻsha oʻtning ichidan bir kesakni keltirib, Hozarning boshiga urdi, Hozar yiqildi va kuya boshladi. Shunda haloyiq:
— Ey Hozar, oʻt bizni kuydirmas demabmiding! – deya malomat qildi.
Hozarning soʻzlashga holi boʻlmadi. Koʻp oʻtmay kuyib, kulga aylandi. Yana shamol kelib, Namrud yoqqan oʻtdan kul keltirdi va haloyiqning chidan oʻtin tashiganlarning koʻziga tiqildi, hamalari koʻr boʻldi, sogʻ qolganlari qochib qolishdi.
Bir muddat oʻtib, Sora raziallohu anho Ibrohim alayhissalomning qoshiga keldi. Sora Hozarning qizi edi. Ba’zilarning aytishlaricha, – u Namrud xizmatidagi bir ulugʻ bekning qizi boʻlgan ekan.
— Ey Ibrohim, sening Hudoying oʻta kuchli ekan, mendan bezor bloʻmaydimi? – smoʻradi sora.
— Seni ezgu yoʻlga solgay, joyingni jannatdan qilgay, – dedi Ibrohim.
— Ey Ibrohim, men bir shart bilan musulmon boʻolaman, – dedi Sora, u juda koʻhlik edi, – meni nikohingga olsang.
— Meni molim yoʻq, – dedi Ibrohim, – senga qalin berolmayman.
— Mening qalinim shuki, – dedi Sora, – sha’riy barchsa ishlarda men nima desam shuni qilarsan.
Soraning iltimosini Ibrohim alayhissalom qabul qildi.
RIVOYATda keladiki, Namrud munoradan turib koʻrganda, Ibrohim atrofida chechaklar ochilgan edi. Olov qizil, yashil, sariq chechaklarga aylangandi. Oʻt ichidan jilgʻa chiqib, xurmon daraxti ungan edi.
— Ey Ibrohim, oʻt seni kuydirmaydimi? – deya taajub qildi Namrud.
— Yoʻq, – dedi u.
— Bu oʻtni sening uchun Kim sovutdi, – soʻradi yana namrud.
— Kim oʻtga kiritgan boʻlsa, oʻsha sovutdi, – dedi u.
— Unda sening tangring yaxshi tangri ekan, – dedi Namrud.
Soʻng uning koʻnglida musulmon boʻlishga mayl uygʻondi. Saroydagilar bu hoxishga unamadilar, Ibrohimni tutun Bilan holk qilamiz, degan qarorga keldilar.
Ularning bu niyatlarini Lut alayhissalom Ibrohim alayhissalomga yetkazdi. Ikkovlari tunda shahardan qochib chiqdilar. Namrud yoʻllarga soqchilar qoʻygandi. Ulrga ibroniy tilda soʻzlovchi qanday odam yoʻliqsa, tutishlikka fparmon bergandi. Oʻsh tunda Olloh farmoni Bilan hamma tillar uyqash ketdi, tillar buzildi. Aytishlaricha, 72 xil til hosil boʻldi. Xom urugʻi hindulariga 18 til tegdi, Som urugʻiga mansub arab va ajamlar ham 18 tilga ega boʻldi, Yosaf avlodi boʻlgan turklar 36 til egasi boʻldi.
Ibrohim va Lut alayhissalomlar soqchilarning oldidan oʻtdilar.
— Kimsizlar? – soʻradi soqchilar.
— Biz Ibrohim va Lut ikkovimiz boʻlamiz, – deyishdi.
— Biz ularni poylab turibmizku, – deyishdi soqchilar oʻpkalanib, – Sizlar bizni masharalab Ibrohim Bilan Lutmiz deysizlar-a!
Olloh taolo ularni asradi. Ular boshqa viloyatga borib oʻrngashdilar. Namrudning gʻazabi bosilgach, Ollohjan farmon boʻldi:
«Ey Ibrohim! Borgil! Namrudni imonga undagil!»
Shundan soʻng Ibrohim alayhissalom Namrudning oldiga keldi.
— Ey Namrud, butga sigʻinmagil, Ollohga iymon keltirgil! Ollohni bir degil, meni Uning paygʻambari deb bilgil! – da’vat qildi Ibrohim alayhissalom.
— Mendan ham boshqa tangri bormi? – soʻradi namrud.
— Bor, – dedi Ibrohim alayhissalom.
— U kimdir? – dedi Namrud.
— U seni yaratgan, senga mulk-davlat bergan, yer va osmon tangrisidir! – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Men u bilan teng ekanman, u bilan bir jang qilayin! – dedi Namrud va jang hozirlini koʻra boshladi.

Namrudning Osmonga Uchgani
Namrud Ibrohimning tangrisi Bilan jangga astoydil hozirldana boshladi, Yirtqich qushlarning bolalarini tarbiyalay boshladi. Ular ulgʻaygandan keyin bir sandiq yasattirdi: ikki qopqoqlik – biri ostida, biri ustida. Uning ustiga toʻrtta, ostiga ham toʻrtta ustun oʻrnatdilar. Ustki usutnga yirtqich qushlarni bogʻladi. Namrud egniga sovud kiyib, yashiq toʻla oʻq solib, xizmatkori Bilan birga sandiq ichiga kirdi. Ustun ichiga bogʻlangan goʻshtlarni koʻrgan och-nahor qushlar unga talpindilar, sandiq him ular Bilan birga havoga koʻtarilid.
Bir kecha-kunduz uchgach, xizmatkoriga buyurdi:
— Ustki qopqoqni ochgil, nima koʻvrinarkan?
— Oʻsha-oʻsha holni koʻrarman, – dedi u ustki qopqoqni ocharkan.
— Ostki qopqoqni osgil, nima koʻrinarkin? – buyurdi yana Namrud.
— Yer yuzining hammasini bir parchadek koʻrarman, – dedi xizmatkor.
Yana bir kecha-kunduz uchdilar.
— Ustki qopqoqni ochgilsh, nima koʻrinadir? – soʻradi namrud.
— Osmon ilgar qanday koʻrinsa, shunday koʻrinur, – dedi xizmatkor.
— Ostki qopqoqni ochgil, ne koʻrinadir?
— Yer avval qanday koʻringan boʻlsa oʻshanday, dedi.
Hali yetmabmiz, deya yana bir kecha-kunduz uchdilar.
— Tepa qapqoqni ochib qarachi, nima koʻrinadur? – buyurdi Namrud.
— Hamma yoq tuman ichida qolibdi, dedi xizmatkor. – Hech nima koʻrinmaydir.
Soʻngra pastki qopqoqni ochdi.
— Pastda ham tumandan boʻlak narsa koʻrinmas, dedi xizmatkor.
— Endi yetib kelibmiz, dedi namrud va osmonga qarata oʻq otdi.
Shunda Jaboil alayhissalomga farmon boʻldi.
— Oʻqni olib baliqqa sanchgin-da, qonga belab sandiqqa tashla! (Baliqning boʻgʻizlanmasligiga sabab shunda deydilar).
Qonga belgan oʻq Namrudga qaytib kelgach:
— Osmon tangrisini oʻldirdim! – deb oʻyladi va goʻsht boʻlaklarini yuqori ustundan olib pastki ustunga bogʻladi. Olloh dedi: (Oyat) «Ular yomon makrlarni qilib koʻrdilarva ularning yomon tadbirlari Hudo qoshida edi».
Aytishlaricha, Namrud qavmida yuz ming odam Ibrohim paygʻambarga hayrixox edi. Namrud osmondan tushgach, «Koʻk tangrisini oʻldirdim«, deya qonli oʻqni koʻrsatgach, bu soʻzga ishonib yana kofir boʻlib ketdilar. (Oyat) »U Olloh hoxlagan odamini gumroh qilib qoʻyadi va xohlagan odamini toʻgʻri yoʻlga solib qoʻyadi».
Ibrohim alayhissalomga farmon boʻldi: «Borgil! Namrudga aytgil! Jang qilishga mayli boʻlsa, qoʻshin hozirlasin!» Ibrohim alayhissalom bu farmonni Namrudga yetkazdi. Shundan keyin Namrud yurtlariga kishi yuborib qoʻshin toʻplashga kirishdi. Soni-sanogʻi yoʻq qoʻshin yigʻildi. Ular boshdan-oyoq sovut kiygandi. Olloh taolodan chivinlar qoʻshiniga farmon boʻldi. Shunchalik koʻp chivinlar chiqib keldiki, osmonni qorongʻulik qopladi. Ular namrud qoʻshinlariga yopishib, ularni kiyimlarini, etlarini, otlarining eti-yu suyaklarigacha yeb bitirdilar.
Namrud la’in saroyiga qarab qochib qoldi. Saroyga kirib hamma eshiklaru tuynuklarni berkitib oldi. Olloh taolo bir zaif va oqsoq chivinga ilhom berdi. U teshikdan kirib kelib, Namrudningya nogʻiga qoʻndi, u yerini chaqib, qon soʻrgach, ogʻzi atrofida aylanib, soʻng burniga kirdi, miyasiga yetganda uni yeya boshladi. Qirq kungacha Namrudning miyasini chivin yeb turdi.
Ka’b ul-Axborning rivoyaticha, Olloh taolo Namrud la’inga toʻrt yuz yil podishohlik berd iva chivin toʻrt yuz yil miyasinik yemirdi. Namrudning oldiga Kim kirsa unga avval shapaloq bilan, unda ham tinmasa ensasiga musht bilan urushni buyurar edi.
HIKMAT. Namrudga berilgan azoblar shuning uchun ediki, u toʻrt yuz yil tangrilikni da’vo qildi va odamlarni oʻziga sajda qildirdi. Shuni unutmangki, ensalariga mushtlar yegan kimsa qanday qilib tangrilikka yarasin.
Bu choralar Bilan ogʻriqlar toʻgʻtamadi. Toʻqmoqlar Bilan urdira boshladi, ammo bundan ham ogʻriq bosilmadi, holdan ketaverdi. Nihoyat bir pahlavon xizmatchisiga toʻqmoq urish navbati keldi.
— Men borib, hammani bu balodan qutqarayin! – leli-da ertasi kuni saroyga kelib, toʻqmoq bilan namrudning boshiga chunonam soldiki, boshi yorildi, u chivin kabutar suratida uchib chiqdi.
Shundan keiyn Jabroil layhissalom qanotlari Bilan u saroyni koʻtarib yerga bir urgandi, osti ustiga chiqib ketdi. Namrud doʻzaxga borib tushdi. Uning oʻrniga Zul-arsh nomli podishoh taxtga oʻtirdi.

Ibrohim Alayhissalom Va Zul-Arsh Podishoh Qissalari
Ibrohim alayhissalom Namrud oʻlgach, uning hamma omborlaridagi va hazinalaridagi oltin-kumushlarni, mollarni darvishlarga sadaqa qilib berdi. Ibrohim va Lut alayhissalomlar bu yurtdan chiqib ketdilar. Sora raziallohu anho va Yana ikki musulmon birga edilar.
— Iloho, qancha yuraylik? – deya munojot qildi Ibrohim alayhissalom.
— Qay tarafni koʻngil tilasa, oʻsha yerga boringlar! – degan farmon boʻldi.
Zul-ar podshoh yosh yigit edi. Shu bois ayollarga behad koʻnglida moyillik bor edi. U qayorda koʻrkam Xotin boʻlsa oʻziga keltirardi. Yoʻllarga sochqilar qoʻyib oʻtgan-ketganing mulkidan oʻndan birini olib qolardi. Oʻn besh kishidan iborat soqchilar Ibrohim alayhissalom hamrohlariga yoʻliqdilar.
Ushr barmoqliklarini talab qildilar.
— Bizda ushr (oʻndan bir) bergudek molimiz yoʻq, – dedi Ibrohim alayhissalom. Yigitlamriz bor, istasangiz ularni oling.
— Agar oʻnta boʻlganda birini olgan boʻlardik, toʻqqiztadan bizga hech nima tegmas, – dedilar. Sandiqlaring ichida nima bor? Oching, koʻraylik.
Sandiqda Sora bor edi. Paygʻambar alayhissalomdan hajisda aytiladiki: «Yoʻl toʻsib, odamlardan narsa undirib qoluvchilardan yomon mahluq yoʻqdir». Qancha harakat qilmasinlar, iiloji boʻlmadi, noiloj sandiqni ochdilar. Sorani koʻrdilar, behad goʻzal edi.
— Bizning podshohimiz bunaqa ayollarni istaydi. Sen buni qayoqqa olib ketmoqchi boʻlding? – deb Ibrohim alayhissalomni va hamrohlarini shaharga qaytardilar. Bu habarni podshohga yetkazgandilar, u hali Sorani koʻrmayoq koʻnglida ragʻbat uygʻondi. Va vaziriga buyurdi:
— Ul qochoq kimsani oldimga keltir!
Vazir borib, Ibrohim alayhissalomni podshoh huzuriga olib keldi.
Podshoh uni yoniga chorladi.
— Isming nimadir? – soʻradi podshoh.
— Otim Abdulloh, dedi Ibrohim alayhissalom (Ollohning qulidemoqchi).
— Sandigʻingda nima bor? -soʻradi podishoh.
— Qarindoshim bordir, – dedi Ibrohim alayhissalom qoʻrqib ketganidan. Negaki, xotinim desa oʻzini oʻldirib qoʻyishlaridan choʻchigandi. (Oyat) «Haqiqatda hamma moʻminlar bir*birlariga birodardiralar».
— Ey Abdulloh, men Misr podshohiman, mol-dunyoim behisob, qarindoshingni menga bersang, seni oʻz mulkimda eng yaxshi doʻst qilurman, – dedi Zul-arsh.
Ibrohim alayhissalom qaygʻuga botdi, boshi quyi egildi.
— Ey Abdulloh, nega indamaysan? – soʻrad yana podshoh.
— Qarindoshim balogʻatga yetgan qizdir, undan maslahat soʻramoq joiz dedi Ibrohim alayhissalom va oʻrnidan turib, Sora qoshiga keldi. Podshoh tilagini unga yetkazdi.
Senga ne boʻldi, nega qaygʻuliksan?
— Ey Ibrohim, nega toʻgʻrisini aytmay, meni ham, oʻzingni ham baloga giriftor qilding.
Bir muncha fursat oʻtgach, podshoh betoqatlanib, vazirni ikki yuzta odam Bilan joʻnatdi:
— Borgil, oʻsha odamni singlisi bilan meni oldimga keltirgil!
Ibrohimni Sora Bilan birga keltirdilar. Sora boshiga kattagina yopinchiq oʻragan holda kirdi. Podshoh Ibrohimga tahti yonidan joy koʻrsatdi.
Sora ham Ibrohim yoniga oʻtirdi.
— Ey abdulloh, mening mol-mulkimni hisobi yoʻq, istasang yarmisini senga beraman.
— Qarindoshim shu yerdadi, oʻzi soʻzlasin, – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Mening mingta xizmatkorim bor, hammasini senga berayin, ular oʻpkasi toʻlib, yigʻladi, soʻzlay olamdi. Shunda podshoh achchigʻ chiqdi: – Ey Abdulloh, sendan uyalib soʻzlamayotir! – dedi Ibrohimni qoʻlidan ushlab tashqariga chiqardi.
Podshoh Soraga har qancha soʻz qotsa hamki, javob bermadi, ikki qoʻli Bilan yuzini toʻsgancha yigʻlar edi. Podshoh taqati toq boʻlib, Soraning yoniga keldi, yuzini ochay Deya qoʻlini choʻzgandi, shu on Ibrohim alayhissalom duo qildi:
— Ilohi, bu kofirga qudratingni koʻrsatgil!
Podshohning ikki qoʻli boʻynigacha quridi. Shunda u:
— Ey Sora, duo qil, qoʻllarim joyiga qaytsin, seni ozod qilaman!
Duo qildi, ikki qoʻli joyiga keldi. Yana qasd qilgandi, tagʻin qoʻli quridi. Bu hol uch bor takrorlandi. Shunda zilzila turdi, yer tebrana boshladi.
— Sendan menga tekkan bu balolar nimani bildirur? – soʻradi podshoh.
— Yoʻq, mendan emas, ular seni kofirliging va menga nisbatan kuch ishlatganing tufayli yuz berdi, – dedi Sora.
— Men senga kuch ishlatmaldim-ku?! – dedi podshoh.
— Sen menga emas, balki Ollohning paygʻambariga kuch ishlatding!
— Qaysi paygʻambariga zoʻrlik qilibman?
— Ibrohim alayhissalomga! Qaysiki namrud uning qoʻlida halok boʻlgandir!
— Men Ibrohimni koʻrganib yoʻqki, unga qanday qilib kuch ishlatayin?
— Ibrohim mening erim boʻladi, sen uni mendan ayirding, bu ranj balolar senga shu tufayli tegdi.
— U seni qarindoshim, dedi, agar xotinim deganda edi tegmasdim.
— Seni zulming, kofirliging, qudrating vajidan aytolmadim, agar xotinim deganida oʻldirgan boʻlarding!
— Men hech kimdan kuch bilan narsa olmasman, – dedi podshoh va vaziriga buyurdi: – Borgil, buning erini keltirgil!
Ibrohim alayhissalomni olib kelgach, podshoh oʻrnidan turib, uning oyogʻiga bosh urdi:
— Sen oʻsha, namrud uning qoʻlida halok boʻlgan Ibrohimmisan?
— Ha, oʻshaman!
— Tangringni sifatini bildirgil!
— Mening tangrim yetti qat osmonni va yetti qat yerning yaratuvchisi, barchadan buyuk quvvativa barchadan ulugʻ qudrati bordir. Uning sherigi, qoʻldoshi, teng-toʻshi, oʻrtogʻi yoʻqdir. U tugʻmagan va tugʻilmagandir. Mahluqlarga U har bir narsaga qodirdir! ” – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Men yetmish yildirki, Zuhro yulduziga topinarman. Endi boʻlsa shunday fikrga keldimki, bu yuksak osmonlarni ustunsiz ushlab turgan, qaro yerni suv ustida tutib turgan, yulduzlarni chaqirib, Yana botirib turgan, kunduz oʻrniga kechanik yeltirgan – bu sening tangringmi? Mening qoʻlimni va boʻynimni qurtigan ham sening tangringmi? Unda men nima qilayin? – dedi podshoh.
Jabroil farmon keltirdi: «Zul-arshga aytgilki, hamma mol-dunyosini, oltin-kumushini senga bersin. Men qoʻlini tuzatgayman!»
Bu farmonni Ibrohim alayhissalom podshohga yetkazdi. Zul-arshning Hojar ismli choʻrisi bor edi. U Magʻrib podishohining qizi edi, Solih alayhissalomning urugʻildan edi. Uning otasini oʻldirib oʻzini bu yerga keltirgan edilar. U barcha xizmatkorlar sardori edi. Podshoh mol-dunyosi va hazinalar turgan kaltini Ibrohim alayhissalomga berdi. Shunda Ibrohim alayhissalom duo qilgandi, podishohning qoʻli va boʻyni oʻz holiga qaytdi. Zul-arsh darhol imon keltirdi: (Oyat) «Guvohlik bermanki, bir Ollohdan oʻzga biror ma’bud yoʻq va Yana guvohlik bermanki, albatta sen, ey Ibrohim, Hudoning elchisidirsan».
— Ey podshoh, menga bergan mol-dunyoingni qabul qildim, ularni yana oʻzingga bagʻishladim, – dedi Ibrohim alayhissalom. Hojar esa hamma boyliklarni yana qaytarib qabul qilib oldi. Ibrohim alayhissalom shundan soʻng yetti kun bu yurtda turib qoldi, imon va islomni oʻrgatdi. Sakkizinchi kun Jabroil alayhissalom farmon keltirdi:
«Ey Ibrohim, bu yer senga boʻlmas, bundan ketgil!»
— Menga farmon keldi, – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Men bilan birga turgil. Senga Misr podshohligini berayin, oʻzim qul boʻlayin, dedi podshoh.
— Menga dunyo mol-mulki keakmas, – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Hazinadan bir toj bilan yuz ming oltin keltirgil! – deya Hojarga buyruq qildi. Keltirdilar. Ibrohim alayhissalom taraddudlandi.
— Bularni qabul qilgil! – dedi podshoh.
Jabroil alayhissalom ham «Qabul qilgil!» dedilar. Bularning ustiga Yana yuz ming tuya, yuz ming qoʻy, toʻrt yuz xizmatkorni ham qoʻshdilar.
— Ey Sora, bu toj Misrning yetti yillik xirojiga tengdir. Bu senga munosibdir, – dedi podshoh. Jabroil alayhissalom Ibrohim alayhissalomga «Soraga aytgil qabul qilsin!» dedilar.
— Mana bu toʻrt yuz xizmatkor podshohlik joriyalaridir, senga berdim, dedi podshoh.
— Men Olloh taoloning bir choʻrisi boʻlsam, menga xizmatkorlar ne xojat, – dedi Sora. – Ammo yolgʻiz Hojarning oʻzini bersang boʻldi.
— Podshoh buyurdi, oʻn ming oltin, yana min7g qoʻy, ikki yuz tuya, ikki yuz sigir keltirdilar. Ularni Hojar Bilan birga qoʻshib berdilar. Dabroil alayhissalom Ibrohimga dedi: «Ey Ibrohim, aytgil, qabul qilsin!»
Sora qabul qildi. Shundan keyin Ibrohim alayhissalom mol – mulkni olib, Sora bilan birgalikda Axzon viloyatiga bordilar. Qaysi joyga tushsalar bir yigʻoch joyda yilqi qoasi koʻrinar edi. Boshqa joyga bordilar. U yerda ham yilqi qorasi koʻrindi.
— Shu yerda tushamiz, – dedi Ibrohim alayhissalom Lutga. Tushdilar, oʻtov tikdilar. Ibrohim alayhissalom bir quduq qazdirdi, totli suv chiqdi. Narigi tomondagilar oʻylashdi: «Bu odam yilqilari Bilan oʻtlogʻimizni quritmoqda, ularni haydab yuboraylik, qudugʻi ham bizga qolsin».
Shunday Deya soʻzlashib turgandilar Zul-arsh askarlari bilan Misrga borayotib bu yerda tushdi. Uch kishi borib Ibrohim alayhissalomni podshohning oldiga olib keldilar. Podshoh Ibrohim alayhissalomni koʻrib, dast oʻrnidan turdi. Ibrohim alayhissalom qoʻli bilan «Oʻtirgʻil!» degan ishora qildi. Podshoh joyiga oʻtirdi. Haligi kishilar podshohga shikoyat qildilar:
— Bu tunu-kun yilqi-mollari bilan oʻtlogʻimiz va suvlogʻimizni quritmoqda, buyuring bu yerdan ketsin!
— Sen nima deysan, – dedi podshoh Ibrohim alayhissalomga.
— Men gʻaribni ketgin desalar ketayin, – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Siz uchun men bir hukm aytsam boʻlarm? – soʻradi podshoh.
— Boʻladi, – dedilar.
— Sizlar oʻnta qoʻy keltiring, pishirsinlar, yeylik. Keyin Ibrohim oʻn qoʻy keltirsin, pishirsinlar, yeylik. Qaysingizni taomingiz bilan toʻyamiz bilaylik, soʻngra oʻlgan qoʻylarni tiriltirasizlar. Kim bu shartlarimizni bajarsa, bu yer-suv oʻshangan boʻlsin! – dedi podshoh.
Haligi kishilar qaygʻuga botdilar. Oʻnta oriq qoʻyni keltirib boʻgʻizladilar, pishirib, podshoh oldiga kiritdilar. Podshoh askarlari Bilan boʻlishganda bir parchadan tegdi. Shundan keyin Ibrohim alayhissalom oʻz taomini keltirdi. Uch ming kishi yedi, toʻydi, yana ortib qoldi. Ibrohim alayhissalom oʻrnidan turdi-da, qoʻylarning terisini toʻplab duo qilgandi, hamma qoʻylar tirildi. Podshoh yer-suvni Ibrohim alayhissalomga hukm qildi. Haligi kishilar bundan hasadga berildilar va tunda bir itni oʻldirib, quduqqa tashladilar.
— Ketamiz, – dedi Ibrohim alayhissalom bu ahvolni koʻrgach, Lut paygʻambariga qarab.
Ibrohim alayhissalomning oʻn ikki suruvi bor edi. Har bir suruvida bir oltin zotli iti bor edi. Muqaddas yerlarga toʻrt yigʻochlik masofa qolganida toʻxtadilar, oʻsha yerga oʻrnashdilar.
Men qarib qoldim, sening xizmatingga kuchim qolmadi. Sen meni deb koʻp mashaqqatlar tortding. Hajarni senga bagʻishladim, u seniki boʻlsin, dedi Sora kunlarning birida Ibrohim alayhissalomga. Shunday qilib Hojar Ibrohim alayhissalomniki boʻldi.

Ismoil Layhissalom Qissasi
Sora raziallohu anho toʻqson yoshga kirdi hamki, farzandi boʻlmadi. Ibrohim alayhissalom peshonasida Muhmmad alayhissalomning nurlari sobit edi. U ayoliga «Bu nur sendan boʻladigan oʻgʻlonga nasib etgay», deya va’da qilgandi. Biroq Ibrohim alayhissalom Hojarga qovushganlarida bu nur Hojarning vujudiga oʻtdiki, buni koʻrgan Soraning gʻazabi keldi. Bu nurning saodatidan bebahra qolganidan qattiq rashki kelib, Ibrohim alayhissalomning yoqasidan oldi va erining yoqasidan olgan ayollardan birinchisi boʻldi, negaki Odam alayhissalomdan buyon bunday noshoyista ish boʻlmagandi.
— Ey Ibrohim, Soraga aytgil sabr qilsin! – dedi Jabroil alayhissalom.
— Qandoq sabr qilayinki, sakson yil men shu umid bilan yashar edim. Ushbu kun va’dalaring menga nasib boʻlmay, nurning saodati xizmatkor-choʻrimga tegdi, – dedi Sora bu gapni eshitib.
Chu lahzadan boshlab Ibrohim alayhissalom Bilan Sora oʻrtasiga sovuqlik tushdi. Jahl ustida Sora «Hojarning uch a’zosini mayib qilgayman!» Deya qasam ichdi. Kunlarning birida Hojarning qulogʻi, burnini kesmoqqa qasd qilganda Hojar faryod chekadi. Shunda Jabroilga farmon boʻldi, u jannatdan ikki oltin isirgʻa olib keldi. Hojarning qulogʻiga oʻtkazgandilar yanada koʻrkamroq boʻldi. Xatna qilgandilar eriga yanada sevimliroq boʻldi. Avratlarini xatna qilmoqlik Hojardan meros boʻlib qoldi.
Rivoyatda kelishicha, Ismoil Hojardan tugʻildi. Yana boshqa rivoyatlarda kelishicha, Hojarning oy-kuni yaqinlashganda Sora tagʻin toqat qila olmay qoldi.
— Hojarni koʻzimdan nari qilgin, uni koʻrmayin, – dedi Sora. Shunda Jabroil alayhissalom habart keltirdi:
— Olib borgil.
Ibrohim alayhissalom ikki tuya keltirib, biriga Hojarni mindirdi, biriga esa oʻzi mindi. Yoʻlga otlanganlarida Sora Ibrohim alayhissalomga shunday dedi:
— Uch ishni qilmoqligʻingni soʻrayman. Biri shuki, Hojarni odam yashamaydigan joyda qoldirgil. Ikkinchisi, tuyadan tushmagil. Uchinchisi, kechasi toʻxtamagil.
Ibrohim alayhissalom bu uch ishga va’da berib, Muqaddas tuproqdan yoʻlga tushdi. Bu yerdan makkaga qadar bir oylik yoʻl edi. Olloh taolo yerning tomirini tortdiki, bu yoʻlni bir kunda bosib oʻtdilar. Odamsiz, giyohsiz, suvsiz bir yerda qoʻndilar. (Oyat) «. Albatta men joylashtirdim avlodlarimning ba’zisini hech narsa oʻsmaydigan vodiyda, Sening hurmatli uying yaqinida». Darhaqiqat, u paytda hali Maka yoʻq edi. Ibrohim alayhissalom Hojarni qoʻyib, iziga qaytdi. Birmuncha oziq va ichimlik suv qoʻyib ketdi. Bir necha kun oʻtgach, Hojar oyyu kundan ham goʻzalroq oʻgʻil koʻrdi. Muhammad alayhissalomning nuri uning manglayida yarqirab turardi.
Hojarning suvi tugab qoldi. Oʻqlini yoʻrgaklab, suv izlashga tushdi. Shunda Safo togʻidan «Suv bu yerda», degan ovoz eshitildi, bordi, suvni koʻrmadi. Keyin Marva togʻidan ovoz eshitildi, bordi, suvni koʻrmadi. Bu holat yetti bor takror boʻldi: Safodan marvaga yugurdi, Marvadan safoga. Suv topolmay ojiz boʻldi. Bu holatda yugurmak bugunga kelib hojilarga sunnat boʻlib qoldi.
Shunda Hojar tangriga qarata «Isma’ ya ilu!« Deya xitob qildi. (Ilsuryoning tilida tangrining ismi turar. Ma’nosi »Tangrim eshitgil!» degani boʻladi. Shu boisdan Ismoil oti kelib chiqdi). Ismoil yigʻlab qoladi, yigʻi tovushini eshitgan Hojar yugurib qaytib keldi. Koʻrsaki, Ismoil yuzi Bilan yerga oʻgirilib olib, ikki oyogʻi bilan yerni tepardi. Tepgan joyidan Jabroil alayhissalom qanoti Bilan urib, suv chiqardi. (Zamzam qudugʻi oʻsha suvdan bino boʻldi). Suv qaynab chiqa boshladi. Hojar suvning oqayotganini koʻrib juda quvondi, suv tugab qolmasin, deya atrofni tosh va tuproq bilan oʻradi. (Agar oʻsha kuni Hojar suv yoʻlini toʻsib qoʻymaganda edi, hozirda Makkada bir ariq suv oqib yotgan boʻlarmidi?)
Bir kuni Banu Jarham nomli savdo karvoni Shomga borayotib, Maka yeridan oʻtar boʻldi. Bu payt uchar 0qushlarni, yugurar qumursqalarni koʻrib shu tomonga qayrildilar. Ular onasi Bilan oʻtirgan behad koʻrkam Ismoilni koʻrishdi. Suv borligidan taajublandilar.
— Bu quduq kimnikidur? – soʻradilar karvondagilar.
— Bu oʻgʻlonnikidur, – javob berdi Hojar.
— Oʻgʻlon kimning oʻgʻlidur?
— Ibrohimnikidur.
— Ibrohim Kim boʻldi?
— Namrud uning qoʻlida halok boʻlgandir.
— Bizning yurtimiz, yerlarmimz yashashga yaroqsiz, odamlarimiz… Uch ming besh yuz uylik aholi Makkaga oʻrnashdilar. Uylar qurishdi, bozor barpo qildilar. Yil ohirida mol-mulklarning oʻndan birini ayirdilar. Bu ikki ming qoʻy, uch ming tuya, yetti ming sigir boʻldi. Hammasini Ismoilga berdilar. Bu odat har yili takrorlanaverdi. Ismoilning yilqiyu podasi ziyoda boʻldi.
Yigirma bir yoshga kirganda Ismoilni Ammora ismli qizga uylant irdilar. Kunlarning birida Ismoil ovga ketgan chogʻida Ibrohim alayhissalom oʻgʻlini koʻrgani keladi. Sora Ibrohim alayhissalomga shart qoʻygandiki, tuyadan tushmagin, deb. Shu sababdan u kelib Ismoilni uyini soʻrab, eshigiga kelganda tuyadan chiqardi.
— Ismoil qaerda? – soʻradi kelinidan.
— Ovga ketdi, – dnb javob qildi kelin.
— Qachon keladi?
— Muncha-yam ezma kishi boʻlmasaykin, – dedi ogʻrinib.
— Ismoil kelsa «shunday koʻrinishli bir kishi kelib, senga salom aytdi, soʻngra eshigi ostonasi yaroqsiz ekan, uni yangilasin», deb aytgin, – Deya tayinlab qaytib ketdi.
— U kishi mening otam edi, yaxshi kutib olmabsan – dedi ismoil ovdan qaytib kelgach, bu gaplarni eshitib. – Uyning ostonasi bu sen eding. Endi seni menga keraging yoʻqdir, – deb taloq berdi.
Bir yil oʻtgandan kechin u Banu Xarim qabilasi boshligʻining qizi Sayyida binti Massos al -Xurxumiyning qiziga uylandi. Ismoil ovga gʻoyat oʻchligi bois uyda kam boʻlardi. Otasi bu gall kelganda ham ovda edi.
— Ovga ketgandi, – dedi Sayyida Ibrohim alayhissalom soʻrogʻiga javoban, – Tushing, kelgunicha uyda kutib turarsiz, men taom hozirlayin.
— Tushmaslikka va’dam bor, tusholmasman, – dedi Ollohning rasuli, – tayyor – taom bormi?
Sayyida tuya sutidan tayyorlangan ayron olib chiqib berdi.
— Tangrim molu yilqilaringizga barokat bersin, – deb duo qildi u ayronni ichib boʻlib. Duo barokatidan bu yurtda tuyalar koʻp boʻldi. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom dedilarki: «Oʻsha kunda Ismoilning ayoli non berganida edi, bu kun makkada yemish arzon boʻlardi».
— Tuyadan tushing, – soch-soqolingizni yuvib qoʻyayin, – dedi Sayyida.
— Tuyadan tushmaslikka va’da berganman, – dedi Ollohning rasuli.
— Bitta oyogʻingizni tosh ustiga qoʻying, soch-soqolingizni yuvib qoʻyayin, – dedi kelini.
Ibrohim alayhissalom bir oyogʻini toshni ustiga qoʻydi, ikkinchisi tuya ustida qoldi. Shu holatda soch-soqolini yuvdi, soʻngra narigi oyogʻini tosh ustiga qoʻydi, qolgan qismini ham yuvdi. Shundan keyin Ibrohim alayhissalom:
— Ismoil kelsa aytgil: «Ibrohim senga koʻp duo salom aytdi va yana eshigingni mahkam qilgin, deb tayinladi», deya yetkazib qoʻygin.
Ismoil kelgach, Sayyida boʻlgan voqeani birma-bir bayon qildi.
Shunda Ismoil dedi:
— U kishi mening otam edi, eshik deya seni aytgandi.

Ismoil Alayhissalomning Soʻyilish Qissasi
Ulamolar oʻrtasida ixtilof bor: Ismoil soʻyilganmi yo Ishoqmi?
Aarablar Ismoil soʻyilgan derlar, chunki arablar Ismoil avlodidirlar. Juhudlar Tavrotda habar berilgankim, Ishoq soʻyilgan derlar, negaki juhudlar va xristianlar Ishoq avlodlaridandir. Ba’zilarning aytishicha, har ikkisi ham soʻyilgandir. Bir toifa Ismoil edi desa, Yana biri Ishoq edi, deya hujjatlashtirdilar.
Rasul alayhissalom hadisi bu borada oydinlik kiritadi: «Anna ibnu zabahayni«. Ma’nosi: »Ikki qurbonlikning oʻgʻliman», deganidir. Bundan murod shuki, Ismoil va Ishoqni nazarda tutgandir.
Savol tugʻiladi: Muhammad alayhissalom Ismoildan tugʻilgandir, Ishoqdan emas. Ikki qurbonlikning oʻgʻliman deganda nimani nazarda tutgandir?
Javob shuki: Ikki qurbonlikdan murod – biri ismoildir, biri esa otasi Abdullohdir.
Habarda kelurki, Muhammad alayhissalomning kata otasi Abdulmutallib davrida Zamzam qudugʻi qurib qoladi. Shunda u: «Agar tangri sub bersa bir oʻgʻlimni qurbon qilgayman«, deya nazr qiladi. Yana ulamolar ayturlarki, Abdulmutallib shunday nazr qiladi: »Agar Olloh taolo menga oʻn oʻgʻil bersa, hammasi sogʻ-salomat koʻz oldimda boʻlsalar, ulardan birini qurbon qilgayman». Bu paytda uning toʻqqiz oʻgʻli bor edi: Xoris,
Abu Lahab, Abbos, Hizor, Hamza, Muqaddam, Jahl, Zubayr, Abu Tolib. Bular hammasi bir onadan edilar. Oʻninchisi Abdulloh boshqa onadan tugʻildi. Abdulmutallib hamma oʻgʻillaridan koʻra Abdullohni suyardi. Qurbonlik uchun qur’a solinganda, qur’a Abdulloh nomiga chiqdi. Ota qoʻliga pichoqni olib, qurbon qilish uchun Abdullohga yaqinlashganida, uni Abdullohni onasining Temur mahzum ismli qarindoshi toʻxtatadi. Negaki, uning soʻzi Makkada hammaga oʻtguvchi edi. U Shom viloyatidagi folbinni yodga soladi:
— Folbinga odam yuboring, u kelib hukm qilsin, uning aytganini qiling, – deb.
Borib undan maslahat soʻradilar. Folbin:
— Abdullohni bir tomonga turgʻizib, bir tomonga oʻnat tuyani qoʻying, soʻngra qur’a soling. Agar qura’ tuya otiga chiqsa, Abdulloh qolsin, tuyalarni qurbon qiling. Bashardi qur’a Abdulloh otiga chiqsa, unda Yana oʻnta tuya qoʻshingda yangidan qur’a soling. Shu tariqa oʻnta-oʻnta oshiravering, toki qur’a tuya otiga chiqmaguncha, – dedi.
Shunday qildilar. Tuyalar soni yuztaga yetgandagina qur’a tuya otiga chiqdi. Shunda tuyalarni qurbon qilib, Abdullohni olib qoldilar. Bugunga kelib er kishining bahosi shariatda yuz tuyaga teng boʻladi. Paygʻambar alayhissalomning «Ikki qurbonlikning oʻgʻliman», deyishi boisi shundandir.

Javonmardlik Qissasi
Har gal islomiy manbaalarni qoʻlga olganimda, har safar ushbu qissani oʻqiganimda vujudga titroq kiradi, yurak hapqiradi, fidoiylik va jovonmardlikning oliy namunasi boʻlgan bu tarixiy kechmishdan ruhiy quvvat, ma’naviy qudrat, shuuriy ma’rifat olaman. Men oʻzim yaxshi koʻrgan bu qissani sizga ham qilindim. Uni koʻnglim qoʻriga yoʻgʻirib havola etmoqdaman.

* * *
Oʻzining buyuk Halloqi bilan roz aytishish baxtiga muyassar boʻlgan ulugʻ zot – Ibrohim halilulloh oʻz ayoli Hojar bilan farzanda ismoil alayhissalomni qaqrab yotgan choʻl oʻrtasiga tashlab kelgandan keyin navbatidagi hol soʻrashni ihtiyor etgan chogʻda paydar-pay uch kungacha tush koʻradilar. Ma’lumki, vhiylar ul zotga aksariyat tushlarida kelar edi. Hazrat Ibrohim alayhissalomga tushlarida Olloh taolodan farmon boʻldi:
— Turgil, qurbon qilgʻil!
Tongda turdilar-da yuzta qoʻyni keltirib, qurbon qildilar. Ikkinchi kecha tushlarida Yana farmon boʻldi:
— Ey Ibrohim, tur va qurbonlik qil!
Tong Bilan turib, yuzta tuyani qurbonlik keltirdilar. Uchinchi kecha koʻrgan tushlarida farmon Yana qaytarildi:
— Tur va qurbonlik qil!
Ibrohim alayhissalom soʻradilarki:
— Mening qurbonim nimadir, neni qurbon qilayin?
Aytdilar:
— Bizdan boshqa yana kimni sevar boʻlsang oʻshani qurbon qilgil!
Ibrohim halilulloh bildilarki, sevgan jigargoʻshasi, suyukli dilbandi Ismoil alayhissalomni qurbon qilish talab etilmoqda edi. Ul zot Ollohga munojat qildilar:
— Ey bori Hudoyo! Nima sababki menga Jabroil alayhissalomni yubormay, lozim boʻlgan bandalikni ravshan bildirmay tushimda ishorat qilursan?
Olloh taolo tarafidan nida keldiki:
— Ey Ibrohim! Sen mening doʻstimdirsan. Ikki doʻstning oʻrastida begonaning vosita boʻlmogʻi durust boʻlmas. Shuning uchun Jabroilni nozil qilmasman!
Shunda Ibrohim halilulloh yana murojat qildilarki:
— Hudoyo! Oʻgʻlim Ismoilni ne sababdan soʻyarman?
Olloht taolo tarafidan nido keladiki:
— Ey Ibrohim! Menga doʻstlikni da’vo qilursanu, lekin oʻgʻlingni koʻp doʻst tutursan! Bir koʻngilda ikki kishining muhabbati boʻlishi durust emas. Agar meni chin doʻst tutar boʻlsang, oʻgʻlingdan kechgil, mening roziligim uchun uni qurbonlik qilgil!
Ibrohim alayhissalom shundan soʻng Parvardigori amriga itoat etib, qarigan chogʻida koʻrgan yolgʻiz frazandini Olloh yoʻlida qurbonlik qilishga qaror qildi. Ayollari bibi hojarga shunday dedilar:
— Bir aziz doʻstim oʻgʻlimni koʻrishni istaydur. Oʻgʻlim ismoilni boshu kokillarini yuvib, pokiza qil, ozoda libos kiydirgil, unga olib borayin.
Bibi Hojar oʻgʻillarini yuvintirdilar, ozoda liboslar kiyintirdilar. Shu asnoda koʻngillariga shubha oraladi-da Yana savol qildilar:
— Oʻgʻlimni oʻzi qayga olib borursiz?
— Ziyoratga olib borurman, – dedilar.
— Ziyoratga boʻlsa bunchalik pardoz qildirmas edingiz, – dedi bibi Hojar. Bu yerda bir sinoat bordirki, siz uni mendan yashirmoqdasiz. Har ne boʻlganda ham oʻgʻlimni Hudoga topshirdim.
Gumon qilmoqqa hojar onada asos bor edi, chunki ibrohim alayhissalom yashirinchi bir pichoq va arqon olgandi.
Sochu boshlari yuvilgan, tarangan, pokiza liboslar kiygan Ismoil alayhissalom gʻoyatda koʻrkli edi. Onalari oʻgʻlining oydek yuzi-yu, kundek koʻrkiga, qalamdek qoshlari-yu, kamon oʻqidek kipriklariga, injudek tishlari-yu, pistadek ogʻizlariga, qizil yanoqlariga boqib toʻymadi, boʻyinlaridan quchib oʻpti-da:
— Ey koʻnglim ovunchogʻi! Uzoq oʻynab qolmagin! Yolgʻizlikda onaginang bagʻrini oʻrtamagin! – dedi.
Ota-oʻgʻil yoʻlga tushdilar. Ibrohim halilulloh oʻgʻillariga «Ortimdan kelgil!» dedilar, ortidan bordilar. Bu hodisotlar Iblis alayhil la’naning sabrini toshirdi. U oʻzini odam qiyofasiga solib, Ismoil alayhissalomni vasvasaga solmoqni niyat qildi-da, uning qoshiga keldi:
— Otang seni qaerga elturin bilurmisan?
— Doʻstining huzuriga olib borurlar, – dedi.
Iblis rostiga koʻchdi:
— Seni soʻymoq uchun olib ketmoqdadir.
— Qaysi ota oʻz oʻgʻlini soʻyibdiki, mening otam meni soʻysalar, – dedi Ismoil alayhissalom.
— «Tangri yorligʻi Bilan qurbon qilaman», deb eltmoqdadir, – dedi iblis gij-gijlashda davom qilib.
— Tangri farmoni bilan boʻlsa, mingta jonim boʻlsa ham fido qildim, – dedilar Ismoil layhissalom.
— Tangri farmon berdi, – dedi Iblis.
— Ey ahmoq! Tangri farmoni bilan boʻlsa mingta jon fido boʻlsin! – dedilar Bibi hojar.
Iblis noumid boʻlib, shalviragancha Yana Ismoil alayhissalomning qoshiga keldi, vasvasaga kirishdi:
— Ismoil alayhissalom otalariga maslahat soldilar:
— Bir odam kelib meni afsusga solmoqchi boʻlar:
— Ul shaytondur, tosh otgin, ketsin! – dedi otalari. Oʻgʻil yetti dona tosh olib shaytonga otdi (Shu joyda tosh otmoqlik hojilarga sunnat boʻlib qoldi). Otalari ham yetti dona tosh olib shaytonga otdilar.
Ibrohim halilulloh oʻgʻillarini Mino togʻiga olib chiqqach, qoʻyinlaridan arqonlarni oldilar. Oʻgʻlining oyoq-qoʻlini bogʻlamoqqa qasd qilganlarida Ismoil alayhissalom soʻradiki:
— Ey ota! Nimaga qasd qilmoqdasiz?
Ibrohim alayhissalom koʻzlari jiqqa yoshga toʻlib:
— Ey oʻgʻlim! Tushimda seni boʻgʻizlashim ayon boʻldi. Doʻstimning bu amrini ado qilmoqchiman! – dedilar.
— E – ota! Tangri doʻstligini da’vo qilursan. Doʻstlikni quruq da’vo qilishning oʻzi boʻladimi? Olloh taolo roziligi yoʻlida soʻyib, qurbon qilmoqchi ekansiz, bu rizolik yoʻlida mingta jonim fido boʻlsin. Betoʻxtov qurbon qiling! Inshaolloh, meni sabrli kishilardan ekanligimga ishonch xosil qilarsiz. Tangri rizoligi uchun oʻgʻlingdan kechgan ekansan, men jonimdan kechdim, – dedilar Ismoil alayhissalom otalari farmoniga, Parvardigorining iymon sinoviga hech ikbilanmasdan rizo boʻlib.
— Ey oʻgʻlim! Nechku sabr qilgayman? – dedilar otalari.
— Parvardigorim istasa, oʻzi meni sobirlardan qilgʻusidir, – dedilar Ismoil layhissalom, soʻngra yana savol qildilar. – Otajon! Bu habarni nechku uyda bildirmadingiz, toki men onamning oyogʻiga bosh qoʻyib uzr soʻrardim, suyukli diydorini koʻrib olardim. Mayli otajon, barcha ishga roziman, faqat uch oʻtinchim bor: biri shuki, mening qoʻlu oyoqlarimni mahkam bogʻlangiz, toki jon ogʻrigʻida talpinib, sizga ozor bermayin, ustingizga qon tegmasin. Ikkinchisi shuki, yuzimni yerga qaratib boʻgʻizdang, toki yuzimga boqqanda otalik mehringiz joʻshib, pichoq tortishga qiynalmang. Uchinchisi shuki, qoʻylagimga qonimdan surtib, sochimdan bir qism qirqib, onamning qoshiga olib boring, toki ul mushtipar bolasini sogʻinganda, jigarporasini qoʻmasagnda qonli koʻylagini bagʻriga bosib, kokillarim hidini dimogʻiga toʻyib, gʻamzada koʻngli taskin olsin.
Ota koʻngli dar dva mung bilan, koʻzlari alam yoshlari bilan toʻlgan holda suyuklisining qoʻl-oyogʻini bogʻladi. Ismoil alayhissalom oʻz ihtiyorlari Bilan «Bismilloh» degancha yerga yotdilar.
Ibrohim alayhissalom oʻgʻillarining yuzini yerga qaratib, pichoq tortdilar, kesmadi. Harchand zoʻr berib surtdilar, hargiz kesmadi. Necha hiyla qildi, kesmadi.
Pichoq amri ilohiyga boʻysungan edi. Aytmishlarki, pichoqni tortar mahalda Ismoil alayhissalom kuldilar. Shunda otalari hayron boʻlib soʻradilarki:
— Ne uchun kularsan?
— Pichoq yuzida «Bismillahir rahmanir rahiym» bitiklik turganin koʻrarman, – dedi oʻgʻillari unga javoban. – Ey ota, pichoq uzra tangri oti bitiklik boʻlsa-yu u mening boʻynimnik yessin!
Aytmishlarki, pichoq Ismoil alayhissalom boʻgʻizlariga urilmasadn ilgari Jabroil alayhissalomga farmon boʻldiki: «Bandamning madadiga borib yet! Pichoqning tigʻini teskari qilgin!» Shunda Jabroil alayhissalom pichoq tigʻiga qanotlarini qoʻyib qaytardilar.
Ibrohim halilulloh yetti marta pichoq tortidlar, lekin ismoil alayhissalomning boʻyinlariga oʻtmadi.
— Ey ota! Pichoqning uchini tiqing, shoyad kechcha, – dedi Ismoil alayhissalom. Pichoq bukilib, qayrilib ketdi hamki kesmadi. Shunda qahrlari kelib, pichoqni yerga urdilar, pichoqdan sado chiqdi:
— Vo ajayuo! Xalil «kesgin!« deb amr qilur, Jalil “Kesmagil!” deb amr qilur. Menga Halilning amridin Jalilning amri zarurroqdir, lekin Halilning itobi menga ogʻirroqdir. Bilsang agar qiyomat kuni boʻlganda Muhammad alayhissalom ummatlari Doʻzahga kirgizilgay, ammo ularni oʻt kuydirmagay. Shunda doʻzax Moliki “Nechun kuydirmassan?” deganlarida oʻt “Qanday kuydirayinki, Butun mulklar egasi: “Kuydirmagil!» deb tursa» derkan.
Shunda farishtalar murojat qilarkanlar:
— Iloho, Lavh ul-mahfuzda koʻrarmizki, «Oxir zamon paygʻambari Ismoil urugʻidan boʻlgay», deyilgan. Ul Muhammadning haqqi-hurmatidin bularga farah bergin!
Havodan nido keldi:
— Ey Ibrohim! Farzandingni soʻyishdan toʻxtagin! Sen sinovdan oʻtding. Parvardigoring amrini bajarishga nechogʻli ixlosli va itoatli ekanliging sinaldi. Sen tushni haqiqat qilding, najot topguvchilardan boʻlding! Farzanding evaziga manna bu qoʻchqorni qurbonlik qilgʻil! Oʻgʻling salomat qolsin!
Ibrohim alayhissalom taajub Bilan soʻradiki:
— Bori Hudoyo! Pichoqning kesmaganligida nima hikmat bordir?
Olloh taolo tarafidan nido keldiki:
— Ey Halil! Pichoq qanday qilib ham kessinki, Bibi Hojar Ismoilni menga topshirib yuborgandi. Bas, agar men ismoilni salomat saqlamasam, uni oʻldirsam, bu mening Hojarga hiyonatim boʻlardi. Mendek Hudodin hiyonat sodir qilmoq durust emas.
Shu payt osmonda ovoz eshitildi:
— Allohu akbar! Allohu akbar!
Ibrohim alayhissalom boshlarini koʻtarib qarab, Jabroil alayhissalomni koʻrdilar, u bir qoʻchqorni yetaklab kelayotgan edi. Sevinib ketdilarda, bu kalimlar tillarida joriy boʻldi:
— Laa ilaaha illa-llohu Allohu akbar!
Soʻngra koʻngillari quvonchdan yorishib, oʻgʻillari Ismoil alayhissalomga shunday dedilar:
— Koʻrgil! Olloh taolo meni va seni bu ogʻir zahmatdan xaol qildi.
— Allohu akbar! Va lillahil hamd! – dedilar Ismoil alayhissalom yuraklari Yaratganga boʻlgan shukronalarga, koʻzlari sevinch yoshlariga toʻlgan holda.
Bilingki, kimda Kim Ushbu takbirni Qurbon hayiti va tashriq kunlarida aytsa, Dabroil aminning, Ibrohim halilulning va Ismoil zabihning shafoatiga muyassar boʻlar ekan.

* * *
Bu goʻzal qissa intiho topdi. Har galgiday bu safar ham turli, sanoqsiz mulohazalar qurshab oladi. Ilohiy hikmatlarni anglamoqqa urinmagan. Bu oʻrinda aziz farzandida kechgan ota javonmardmi yo shirin jonidan kechgan oʻgʻilmi? Agar Ismoil alayhissalom qurbon qilinganda edi u Parvardigoriga yetishardi, otalari esa to umrlari soʻngigacha uning firoqida kuyib oʻtardi. Yaxshi-yamki, Ismoil alayhissalom qurbon qilimadi, yoʻqsa bu sunnat ish qiyomatga qadar moʻminlarga vojib boʻlardi! Uning boʻgʻizlanmagani musulmonlarga rahmat boʻlgan ekan.
Yaratganga beadad shukrki, sizu bizni shunday javonmard zotlar millatidan qilibdi, bunday fidoiylarni bizga meros qilibdi. Bu ibratlardan xulosa chiqarmoq imkonini beribdi.
KA’BA BINOSI QISSASI
Ka’baning oʻrnida Odam safiulloh Bayt ul-Ma’murni bino qildi. U Nuh paygʻambar alayhissalom davrigacha turgan. Toʻfon vaqti kelganda azob suvi tegmasin Deya Olloh farmoni bilan jabroil alayhissalom bu binoni toʻtarardi va yettinchi qavat osmonga oʻrnashtirdi.
Ibrohim alayhissalomga «Bayt ul-Ma’mur oʻrnida Ka’ba bino qilgʻil!» degan farmon boʻldi.
— Iloho, u yerning qaerdaligini bilmasman, – dedi Ibrohim alayhissalom.
Ayturlarki, Tangri taolo shunda Ka’baning oʻrnicha bir bulutni yubordi, u bulut yerga soya tashladi, shu soyaning oʻrniga Ka’ba qurildi. Nuh paygʻambar kemasining taxtasi Bilan tomini yopdi. Yana aytadilarki, bir ilon u yerga kelib, oʻralib yotdi va uning andozasi bilan Ka’bani barpo qildi. Tagʻin ayturlarki, «Ey Ibrohim, besh togʻdan: Tur sino, Tur Zino, Xiro, Lubnon, Jadiyjan tosh keltirib, Ka’bani bino qilgʻil!» degan ovoz keladi.
Savol tugʻiladi: «Makkaning oʻzida toshlar serob edi-ku? Besh togʻdan tosh keltirmoqlikda qanday hikmat bordir?»
Javob shuki: Olloh farmon berdiki, «Kim bu uyga yuz burib besh vaqt namoz oʻqisa, yoki unga tavof qilsa, shu ulugʻ besh togʻlarning ogʻirligicha gunohlari boʻlsa ham kechirgayman».
Bino qurilishida jabroil alayhissalom tosh kesdi, farishtalar yordam berib, tosh yoʻnishdi, Ismoil toshlarni tashidi. Jabroil alayhissalom toshni kesgach, farmon Bilan ismoil alayhissalomni tosh ustiga qoʻyardi. Tosh esa yoʻrgʻa otdek Ibrohim alayhissalom oldiga yelardi. Qaysi bir tosh yirik yoki yaroqsiz boʻlsa, Ibrohim alayhissalomning qoʻliga tushgach, marmardek bejirim boʻlib qolardi. Toʻrt burchakka toʻrt kalima aytib tosh qoʻydi: avvalida «Subhanollohi« dedi, ikkinchisida “Valhamda lillahi” dedi, uchinchisida “Va laa ilaaha illalohu” dedi, toʻrtinchisida »Ollohu akbar» dedi.
Paygʻambar alayhissalom dedilarki: «Ikki kalima bor, tilga yengilu, ammo Olloh qoshida tarozida ogʻir. Ular shuki, «Subhanollohi va bihamdihi” va “Subhanollohil aziym». Mol-dunyoning ortishi oxirat ulushining kamayishidir, mol-dunyoning kamayishi esa oxirat ulushining ortishidir».
Savol: Tilga yengillik nima-yu, taroziga ogʻirlik qanday boʻlar?
Javob: Dunyoning holi oxirat ahvoliga tenglashga olmas. Bu Dune ogʻirligi oxiratning yengilligi va bu dunyoning yengilligi oxiratning ogʻirligi deyishdan murod shuki, bu dunyoda tasbehu tahlil bilan koʻz ochib yumguncha Arshga yetmoqlik – tilning yengilligidir. Dunyoning ogʻirligi qadamga berilgandir. Negaki, kun boʻyi yoʻl yursan ham ikki yigʻochdan ortiq masofani bosib oʻtolmaslik – qadam, bu Dune ogʻirligidir. Ammo til yordami Bilan ishlar toʻgʻri boʻlar, shu bois qadam ogʻirligini tilga, til yengilligini qadamga berarlar. Oqibatda koʻz ochib yumguncha fursat ichida uch ming yillik yoʻl boʻlgan Sirot koʻprigidan oʻtdilar. Qadam ogʻirligi tilga berilganini shundan bilish mumkin: moʻmin kishining toat-ibodatini tarozining bir pallasiga, gunohlarini ikkinchi pallasiga qoʻylar, gunohlari ogʻir kelar. Shunda yetti qavat osmon va yetti qavat yerni ham bir pallaga qoʻyilsa, gunohlar Yana ogʻir kelar.
Ka’ba binosi qurilishi nihoyasiga yetgach, Ibrohim alayhissalom dedi:
— «Iloho, Sen bizdan bu ishni qabul qil, albatta, Sen eshitguvchidirsan, bilguvchisan. Iloho, Sen ularga oʻzlaridan paygʻambar yuborki, ularga Sening oyatlaringni oʻqib bersin va ularga Qur’oni karimni, hikmatni oʻrgatsin va ularni poklasin. Haqiqatdan faqat Sen gʻolib va hikmatlisan».
Habarda kelurki, Muhammad alayhissalom dedilarki: «Men otam Ibrohimning duosiman, Isoning bashoratiman va onam Ominaning tushiman».
Shundan keyin Jabroil alayhissalom Ushbu farmonni olib keldi:
— Ey Ibrohim, odamlarga haj haqida habar Ber!
— Iloho, qanday habar berayin, haloyiq koʻp, men esa zaifman, – dedi Ibrohim alayhissalom.

«Ka’ba Qissasi»
— habar qilmoqlik sendan, yetkazmoqlik mendan, – degan farmon keldi. Shanda Ibrohim alayhissalom Qubays togʻiga chiqib nido qildi:
— Ey odamlar, darhaqiqat, Olloh taolo sizlar uchun bir bino qurib qoʻyda va uni ziyorat qilib turishni buyurdi, bas, ziyoratga kelinglar!
Odamlar otalari pushtikamarlaridan, onalari rahmidan turib javob aytdilar:
— Labbay, ey hudo, labbay! Labbay, ey sherigi yoʻ-, labbay! Albatta, haqiqiy maqtovlar va ne’matu hukmlar faqat Senga xosdir. Senga hech bir sherik yoʻqdir!
Oʻsha kuni javob aytgan boʻlsa, qachon boʻlsa-da haj qilgay. Kimki javob aytmagan boʻlsa, har qancha boy badavlat va quvvatli boʻlsada haj qilolmagay.

Ishoq Alayhissalomning TugʻIlish Qissasi
Sora hazratlari yuz oʻttiz yoshga kirganlarida Jabroil alayhissalom bashorat olib keldi:
— (Oyat) «Va Biz unga bashorat berdik Ishoq bilan va Ishoqdan keyin Ya’qub bilan».
Negaki, bu paytda yuz oʻttiz yil yashagan Sora farzand koʻrishdan koʻngil uzgandi. Lut qavmini halok qilish uchun kelgan Jabroil alayhissalom yuqoridagi hushhabarni olib kelgandi. Bu habardan keyin yetti kun oʻtgach, Sora ishoqqa yukli boʻldi. Toʻqqiz oydan keyin Ishoq tugʻildi. U tugʻilgan kechada osmondan ming yulduz tushib, Ibrohim alayhissalomning uyi atrofiga yigʻildi.
— Iloho, bu qanday alomatdir? – munojot qildi Ibrohim alayhissalom.
— Ey Ibrohim, bu Ishoq ismli oʻgʻlingdan ming paygʻambar chiqadi, degan alomatdir! – degan nido keldi.
— Ishoqqa bu karomatni berding, Ismoilga nima berursan? – dedi ota Ollohga shukrona qilarkan.
— Ey Ibrohim, Ismoilni menga topshirgil! Undan Muhammad ismlik bir paygʻambar chiqargayman. Agar shu paygʻambarim boʻlmaganida edi bir yuz yigirma toʻrt ming paygʻambarlari sen ham boʻlmagay eding. hammalarini uning muhabbati uchun yaratdim! – degan farmon keldi.
Bu habardan Ibrohim alayhissalomning sevinchlari toʻlib-toshdi, hojarga habar yubordi, Sorani shod etdi, yaratganga shukronalar qildilar. Ibrohim alayhissalom ming qoʻy, yuz sigir va yuz tuyani qurbonlik qildi.
Ishoq ulgʻaygach, Ilyos oʻgʻli Batvilning Ruq’a ismli qiziga oʻylandi. Undan ikki oʻgʻil koʻrdi. Kattasi Iyaz, kichigi Ya’qub edi. Iyazning tovonini ushlab tugʻilgani uchun otini Ya’qub qoʻydilar. Ishoq paygʻambarning koʻzlari ojiz edi. Iyaz ulgʻayib, ovchilik bilan shugʻullana boshladi. Otasi Iyazni ortiqroq sevardi. Kunlardan birida otasi Iyazga:
— Kiyik goʻshti qovurdogʻini koʻngil tusadi. Keltirsang, senga paygʻambarlik duosini qilarman, – dedi.
Iyaz ovga ketdi. Ya’qubni onasi koʻproq sevar edi. U bu soʻzni eshitib, bir qoʻyni boʻgʻizlari va terisini Ya’qubga kiydirdi. Negaki, sertuk boʻlganidan otasi oldiga borganda Ya’qubni tanib qolmasin, degandi.
— Otang oldiga borgilki, seni tanimasin. Otangdan paygʻambarlik duosini tilagin, – deb tayinladi onasi.
— Ey ota, kiyik goʻshti keltirdim, – dedi Ya’qub. Otasi goʻshtni yeb boʻlgach, duo tilab kelganini bildirdi.
Ishoq alayhissalom Ya’qubning qoʻlini tutib:
— Badaning Iyaznikiga oʻhshaydiyu, ovozing Ya’qubnikiga oʻhshar, – dedi va duo qildi. – Avlodingdan paygʻambarlar chiqsin, yaxshi solih bandalar koʻpaysin.
Bu duo ijobat boʻldi. Sal oʻtmay Iyaz keldi va kiyik goʻshti keltirganini aytdi. Duo tiladi.
— Boya kelding, duo qildim-ku? – dedi Ishoq alayhissalom.
— Yoʻ-, men kelganim yoʻq, – dedi Iyaz.
— Ey Iyaz, bu makrni Ya’qub qilibdi, – dedi ota. Keyin Iyazga ezgu duo qildi. Unga paygʻambarlik duosi boʻlmadi. Shu boʻldi-yu Iyaz bilan Ya’qub oʻrtasida adovat tugʻildi. Ota yana ziddiyatdan choʻchib, Iyazni Rum yurtiga joʻnatib yubordi. Shu bois Rum xalqi Iyazning avlodlaridandir. Ya’qub alayhissalom avlodidan paygʻambardgʻlik duosi barokati tufayli koʻplab paygʻambarlar dunyoga keldilar.

Ibrohim Paygʻambar QoʻLida Tirilgan Qushlar Qissasi
Kunlarning birida Ibrohim alayhissalom yoʻlda ketayotib eti va suyaklari irigan tuya oʻligini uchratib qoldi. Shunda Namrudning: «Men hayot beraman va oʻldiraman«, degan soʻzlari yodiga keldi. hayolar »Ul mal’un mundoq narsalarni qanday ham uddalay olsin!» degan oʻyga bordi.
— hudoyo, oʻliklarni qanday tiriltirishingni koʻrsatgil! – deya xitob qildi.
— Shubhalanurmisan? – xitob keldi.
— Iloho, aslo shubham yoʻqdir, ammo koʻnglim taskin topsin derman. Ayturlarki, Olloh taolo Ibrohim alayhissalomga doʻstlik va’da qilgan edi.
— Iloho, oʻshal va’da qachon vafo boʻlgay, – soʻradi Ibrohim alayhissalom.
— Qachon sening qoʻlingda oʻliklar tirilganda doʻstlik tashrifi boshlanur, – degan xitob keldi. Va’da kechikkani bois paygʻambarning sabri qolmadi.
— Iloho, oʻlikni qachon tiriltirish payti kelur, – soʻradi paygʻambar.
— Toʻrt qushni tutib, boʻgʻizlagil, patlarini yulib, goʻshtlarini maydalagil, patlarini shamolga sovurgil, et-ustixonlarining hammasini bir-biriga ralashtirib, toʻrt qismga boʻlgil-da, toʻrt togʻning ustiga qoʻygil! – degan xitob keldi.
Toʻrt qushning biri tovus, biri qargʻa, biri oʻrdak, biri tovuq edi. Mufassir saddiyning aytishicha, rost yoʻldagi qushlar emas, jinoyat qilgan qushlar oʻldirilsin, degan farmon boʻlgandi.
Savol: Tovusning jinoyati nima edi?
Javob: Tovus jannat ichida Odam va havvoga jinoyat qilgandi, Iblis va Ilonga yordam bergandi.
Savol: Qargʻa nima jinoyat qilgandi?
Javob: Qargʻa Nuh alayhissalom toʻfonidan keyin habar olishga joʻnatganda koʻplab oʻliklarnikoʻrib, ularni yeyishga tutindi, kechikdi. Qiyomatga qadar oʻlaksahoʻr boʻldi.
Savol: Tovuqning jinoyati nimada boʻldi?
Javob: Tovuq sheriklari bilan Ilyos paygʻambarning kiymini oldi, bir-biriga adovatli boʻldi.
Savol: oʻrdak qanday jinoyatga yoʻl qoʻydi?
Javob: Yunus paygʻambar baliq qornidan chiqqanda badani zaif edi. Unga pashsha qoʻnib, ozorlamasin deb qovoq daraxti ekildi, oʻrdak unga suv tashuvchi boʻldi. U suv olib kelguncha darxt ildizi qurib qoldi.
Shu sababdan bu toʻrt qushni oʻldiring, gunohsizlar esa oʻlmasin, degan farmon boʻldi. Bu toʻrt qushning oʻlmaganida nima hikmat bor? Tovus hamma qushlardan chiroyli boʻlib, odamga oʻxshardli (Oyat) «haqiqatdi biz insonni nihoyatda goʻzal bir shaklda yaratdik». Tovuq farishtalarga oʻxshar, zikr va tasbeh bilan band edi. Boshqa qushlarga qaraganda zokirroq edi. Qargʻa shaytonga oʻhshar, oʻrdak esa parilarga oʻxshar edi.
Foyda: «Ey, halil, tovusni oʻldirganigda odamzodning oʻlimini fikr qilgil. Tovuqni oʻldirganingda farishtalarningoʻlimini fikrqilgil. Oʻrdakni oʻldirganingda parilarning oʻlganini fikr qilgil. Qargʻani oʻldirganingda shaytonning oʻlganini fikr qilgil. Boʻ toʻrtovining tirilganida toʻrt mahluqotni oʻldirib yana tiriltirishimni fikr qilgil. Bilgilki, tiriltirmoqqa qudratim yetar», degan oʻgit bor edi bu hikmatda.
HIKOYAT. Tovusning bu dunyoga monand bezak-chiroyi bor, tovuqning shaxvati bor, oʻrdakning suqligi bor, qargʻaning fikri bordir. Buning ishorati shundaki, mujohada qilichi va shariat hukmi bilan tabiat tanasidan bu toʻrt sifat boʻgʻizlanscha, mangu barhayotlik boʻlar.
Yana maqsadga qaytsak, bu toʻrt qushlarni boʻgʻizlashsa, boshlarini qoʻlga olishga, qolganlarini bir idishga solib maydalashga, soʻngra aralashtirib, toʻrt qismga boʻlishga va toʻrt togʻning ustiga qoʻyib, chaqirmoqlikka farmon boʻlgandi.
Ibrohim alayhissalom aytganlarni bekamu koʻst bajarib, qushlarning boshlarini qoʻliga olib, chorlanshgandi Olloh farmoni bilan togʻ boshiga koʻtarildilar, havoda patlari patlaridan, eti etlaridan, suyagi suyaklaridan birma-bir ajraldi, oʻz oʻrinlariga keldi va boshlariga ulashdilar. Soʻngra Ibrohim alayhissalom qoshida «La ilaha illallohu Muhammadur rasulullohi» deganlaricha ucha boshladilar.
— Ey Ibrohim, bilgilki parvardigoring aziz va hakimdir, – degan xitob keldi.
Savol: Ibrohim alayhissalomga oʻliklarni tiriltirmoqligini qushlarda koʻrsatgan boʻlsa, Uzayr alayhissalomga oʻz tanasida koʻrsatmagida ne hikmat bor?
Javob: Ibrohim alayhissalom tazarru bilan savol bergandi, Uzayr alayhissalom esa taajub va shak bilan soʻragan edi.

Ibrohim Va Sora (Ularga Ollohning Salomi BoʻLsin) Vafotlari Qissasi
Sora yuz oʻttiz yilda yashab vafot topdi, Ibrohim alayhissalom uni Kan’on hududida Falastinerlarida dafn etdilar. Sora tirikligida uning haqqini saqladi, boshqa xotin olmadi. U vafot etgandan soʻng Yufturoning futur ismli qizini oldi. Undan olti oʻgʻil – Yavshan, Voshiq, Zamz, Madyan, Mudin, Shux-farzand koʻrdi. Kattalari Ismoil va Ishoq boshqa onadan edilar. Bu sakkiz oʻgʻildan tarqalib, olamga yoyildilar, dunyoni toʻldirdilar, ularning kimi musulmon, kimi kofirboʻldi. (Oyat) «Va barayut berdik Biz bunga va Ishoqqa va har ikkalasining zurriyodlaridan ba’zilari yaxshi ishlar qilguvchi boʻlurlar va oʻz nafsiga ochiqdan-ochiq zulm qilguvchilar ham boʻlur».
Ba’zi ulamolarning aytishicha, ibrohim alayhissalom Soradan keyin ikki yarim yil oʻtib vafot qildilar. Ishoq tugʻilganidan keyin yigirma uch yil yashadi va umrining oxirida yigirma beshkun betob boʻldilar.
— hali vaqt boʻlgani yoʻq, – dedi Ibrohim alayhissalom Azroil alayhissalomga jon olgani kelgan chogʻ.
— Agar hali vaqti yetmagan boʻlsa menga farmon boʻlmas edi, – dedi Azroil alayhissalom. Shunda:
— Ey Ibrohim, soqolinga qachon oq kirdi? – degan xitob keldi.
— Iloho bir yil boʻldi, – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Ey Ibrohim, soqoling oqaruvi oʻlim elchisi edi, – deganxitob keldi. Bundan ilgari bironkishining soqoliga oq kirmas edi. Shunda Ibrohim alayhissalom:
— Doʻstning jonini olayotgan doʻstni hech koʻrganmisan? – dedi. Shu payt Jabroil alayhissalom xitob olib keldi:
— Doʻst doʻstga qovushmoqni hech istamaydimi?!
— Unday boʻlsa jonimni olgil! – dedi Ibrohim alayhissalom va savol qildilar, – Jon bermakning qattiqligi qandaydir?
— Odamni ming marta chopqi bilan oʻrtasidan yorsalar, yana ming marta boshidan qaynoq suvni quysalar, yana ming marta qilich bilan chopsalar, qanchalik mashaqqat azob tortsa, menga ham shunchalik azob boʻlar, – dedi Ibrohim alayhissalomga oʻz jonlari.
— Agar jon bermaklikning osonligi shunchalik boʻlsa, qattiqligi qanday boʻlarkina! . .
Ibrohim alayhissalom oʻzidankeyin Ismoilni hijoz yerlariga, Ishoqni Shom yerlariga halifa qilib qoldirdi. Ismoil alayhissalom otalaridansoʻng qirq yil, Ishoq alayhissalom otalaridan soʻng qirq yil, Ishoq alayhissalom otalaridansoʻng ellik yil umr koʻrdilar. Ibrohim alayhissalomni Ishoq oʻgʻillari yuvib, janoza oʻqidilar va Sora bilan yonma-yonqabrga qoʻydilar.

Lut Alayhissalom Qissasi
Lut ibn hazar ibn Borih ibn hiron – Ibrohim alayhissalomga ota tomonidan qarindosh boʻlgan kishining oʻgʻli edi. Ular birgalikda falastin yeriga hijrat qilib keldilar va bir necha fursat birga yashadilar. Keyinroq oʻzlari hohlagan yerda yashashga kelishib olib, boshqa-boshqa istiqomat qila boshladilar. Oralari bir kecha-kunduzlik yoʻl edi. Lu alayhissalom Urdun degan joyda oʻrnashdi. Bu joyda besh yirik shahar bor edi: Dodumo, Orumo, Sevam, Su’ar. Bu yurtda bogʻlar, uzumzorlar koʻp boʻlib, noz-ne’matlar bisyor, dunyoning hamma ne’mati muhayyo edi.
Bu yerlarda bir xalq yashardiki, ularni Qur’onda Olloh taolo noz-ne’mat berilganlar deya yorlaqagandi. Negaki, butiun yer yuzida qanchalik ne’mat boʻlsa, bu yerda ham shunchalik ne’mat bor edi. Yil boʻyi bu yerga Chin-Mochinu boshqa yerlardan odamlar kelar, oʻz bogʻlariga kirganday ne’matlarga koʻmilardilar. Mevalarni yigʻib, qish kelgach, uylariga qaytaredilar. Yoz kelganda odamlar yana kela boshladilar. Urdunliklar:
— Bu yil mevalar yaxshi hosil bermadi, qaytinglar, yanagi yilga koʻproq olarsizlar, – deyishdi. Ammo, odamlar qaytmadilar. Ularni qaytarishga ojizlik qildilar.
Shunda ular podishohalri Sadum ibn Mushdam va vazirlari Kurmuz oldiga arzga kelishdi. Ular butga topinishar, Yabd, Mashur, Qub, Qut nomli butlari boʻlib, ularning eng ulugʻi Zevol degan but edi.
— Zevolga boring, sigʻining, zora, sizlarni qutqarsa, yo biron yoʻl koʻrsatsa, – dedi podishoh ularni yoʻlga solarkan.
Bu paytda Iblis Xasxos degan bir devni olib kelib, Zevolning ogʻziga kiritib qoʻydi. Dev yordam soʻrab kelganlarga qarata:
— Ey mening qullarim! Necha yillardan berimening soʻzimga kirib mehnatu balolarga uchramagan edingiz. Endi buning yoʻli shuki, bu yerdan chiqiboq yigitlarni ishga soling, ul kelgindilarni tutsinlar, erkaklarni uyga qamab, ular bilan yaqinlik qilsinlar. Shunda oʻzlari qochib qoladilar, – deya yoʻl oʻrgatdi.
Urdunliklar Zevolning yonidan chiqib, kelgindilarni izlay boshladi. Iblis inosn qiyofasiga kirib, Bohil degan yigitning oldidan chiqdi. Iblis sochlariga oro berib, gʻoyat koʻrkli qiyofaga kirgandi, uni koʻrganBohilning koʻnglida mayl uygʻondi va Iblisning qoʻlidan tutib, uy ichiga olib kirdi va fohisha ish bilan shugʻullandi.
HIKOYAT. halifa ma’mun (Olloh uni rahmat qilsin) aytdiki: «Odam alayhissalom hamma mahluqotlarning afzali edi, unga sajda qilishdan orlandingu, ammo Lut paygʻambar qavmiga muxannas (bachcha) boʻlding!» deya Iblis malomat qilindi.
Rivoyat. Iblis oʻgʻri suratida bir odlamning bogʻiga oʻgʻrilikka tushadi. bogʻ egasi uni tutib olib rosa toʻpposlaydi. Ikkinchi marta ham oʻgʻirlikka tushadi, bogʻ egasi yana kaltaklaydi. Uchinchi gal kirgnada esa qoʻrqitmoqchi boʻlib, u bilan fohisha ish qiladi. Shu-shu boʻldiyu, bu fahsh ishlar ularga yoqib qoladi va hammalari yoʻldan ozib ketadilar.
Aytishlaricha, ularda saqich chaynamoq, qoʻchqor urishtirmoq, bachchabozlik, kiymilari orqasini yormoq kabi yaramas ishlari bor ediki, bu yovuz ishlar tufayli xotinlariga qaramaydigan boʻldilar.
Kunlardan birida Iblis nuroniy kampir qiyofasida xotinlari huzuriga keladi. Shunda xotinlar unga zorlana boshladilar:
— Erlarimiz yosh-yosh yigitlar bilan qovushadilar, bizlarga boʻlsa aslo boqmaydilar, maslahat bering, nima qilaylik?
— Sizlarga bir gapni oʻrgatayinmi? – deya Iblis ularga hiyla oʻrgatdi. U bir yogʻochni olib, erkaklarning andami kabi yoʻndi, silliqladi va beliga bogʻlab, xuddi erkaklar kabi ayollarga yotar boʻldi. Bu ish ayollarga hush kelib, bir-birlari bilan qovusha boshladilar. Shundan keyin er erkak bilan ayol esa ayol bilan qovushadigan boʻldi. Bu hol juda uzoq muddat davom etdi.
Oʻsha vaqtda Lut alayhissalom Quddus yerlarida istiqomat qilar edi. Bir kuni Jabroil alayhissalom yigirma yoshli yigit qiyofasida uning huzuriga kirib keldi.
— Sen kim boʻlarsan? – soʻradi lut alayhissalom.
— Jabroil amin boʻlarman, – dedi u.
— Ey Jabroil, nima olib kelding? – dedi Lut.
— Parvardigoring senga salom yoʻlladi, soʻngra adashgan qavm huzuriga borib, ularni bachchabozlikdan, ayollarni bir-birlari bilan yaqinlik qilishlaridan qaytargil, ularni «La ilaha illallohi Lutun rasulullohi» deb imon keltirishlikka va butga topinmaslikka da’vt qilmogʻingni buyurdi, -dedi Jabroil alayhissalom. Shunda Lut behad quvonib ketdi.
— Olloh qandoq ham yaxshi ega va qandoq yaxshi madadkor, – deya Ibrohim alayhissalom huzuriga yugirib ketdi.
— Ey amaki, Jabroil keldi, menga paygʻambarlik keltirdi, eng yovuz xalqni imonga da’vat qilishga buyurdi, – dedi Lut Ibrohim alayhissalomga.
— Ular qaysi xalqdir?
— Yoʻldan ozgan qavmi.
— Parvardigoring amriga boʻysingil, farmonni bajargil! – dedi Ibrohim alayhissalom.
Lut alayhissalomning Voila va Vohila ismli xotinlari hamda Zu’ala, Israma, batqo ismli qizlari, yaga Ra’da otli tuyasi, Dina otli iti bor edi. Lut tuyasiga koʻchlarini ortdi, yoʻlga tushdi. Ibrohim alayhissalom uni 5 yigʻoch masofaga kuzatib bordi va:
— Iloho, bilarsanki, Lut mening qarindoshim, qoʻldoshim edi, uni behad sevardim. Uni oʻzingga topshirdim, eson-omon yana salomat holda qaytargil, – deya duo qildi.
Jabroil alayhissalom farmon keltirdi: «Omuro qirgʻogʻiga oʻrnashgil!« Lut alayhissalom Parvardigorining amriga binoan besh yigʻochlik yoʻl yubrgach, belgilangan joyga chodir tikib, oʻrnashdi. Yoʻldan ozgan qavmning ikki yigiti behosdan ularga duch keladi va qavmiga borib: “Lut keldi, gʻoyat kelishimli yigit ekan, ikki ayoli ham bor”, deya habar yetkazdi. Bu gapni eshitgan Omuro xalqi Lutni koʻrgani keldi va uni ushlab olmoqqa qasd qildi. Shunda Lut tuyasi va itiga: »Bularni daf qiling!» deb buyurdi. Tuya bilan it haloyiqqa tashlandi: oyoq bilan tepdi, tish bilan tashlandi, koʻtarib yerga urdi.
Haloyiq qaytib borib, podishohalriga arz qildilar:
— Bir koʻrkam yuzli odam kelib, tuyasi va iti bilan hujum qilgandi, yuz ming yigitlarimizni qaysi biri oʻldi, qaysi biri qochib qutildi.
— Borgil, u yigitni koʻrgil, soʻzlashgil, natijasini menga bildirgil, – dedi podishoh oʻzining Karmu degan vaziriga. Vazir besh yuz yigiti bilan Lutning qoshishga yetib keldi. Lutni koʻrdi.
— Oting nimadir? – soʻradi vazir.
— Abdulloh, – dedi Lut.
— Nima maqsadda kelding?
— Paygʻambarlik olib keldim.
Shundan keyin vazir qaytib podishohning oldiga bordida, buning habarini yetkazdi. Bir muncha vaqt oʻtib, Jabroil alayhissalom farmonkeltirdi:
— Borgil, Sadum xalqiga aytgil, imon keltirsinlar, Meni birligimga, sening paygʻambarim ekanligingga imon keltirsinlar!
Lut alayhissalom yoʻlga otlandi, iti va tuyasi hamroh boʻldi. podishoh saroyiga kelgach, tuyasi oʻng tomoniga it soʻl tomoniga turdi.
— Oting nima? – soʻradi podishoh.
— Otim Abdulloh, – dedi Lut.
— Abdulloh nima deganidir?
— Tangri quli deganidir.
— Sen kimsan?
— Tangrining rasuliman.
— Rasul degani nimadir?
— Rasul degani shuki, Olloh birdir, men uning payambaridirman.
— Bu soʻzni qanday isbot-nishona etarsan?
— Isbotim ushbu tuya bilan itimdior.
— Tuya qanday nishona berar?
— Tuyaning nishonasi Olloh qudrati bilan boʻladir.
— Ayt, nishona bersin!
— Ey Ra’da, paygʻambarligimga nishona bergil! – dedi Lut alayhissalom Olloh taolo tuyaga zabon berdi. Tuya kalima oʻgirdi:
— Laa ilaaha illallohi va innaka Lutun rsululloshi (ya’ni: Ollohdan oʻzga iloh yoʻq, Lut uning rasulidir).
— Yana bir guvohing ham nishona bersinchi?
— Ey Dina, aytgil, – dedi Lut. Shunda it ham yuqoridagiday kalima oʻgirdi.
— Men hech qachon bunday kalomni eshitganim va bunday voqeani koʻrganim yoʻq edi, – dedi podishoh va beklardansoʻradi: – Sizlar ne dersizlar?
— Ey podishoh, bu odam sehrgardir, – deyishdi beklari.
— Ey Abdulloh! Sen bu soʻzni boylik uchunaytayotgan boʻlsang, biz senga hamma avlodingga yetgulik mo-dunyo beraylik, – dedi podishoh.
— Men sizlardan hech narsa soʻramasman, mening ishimga mukofotni tangrining oʻzi berur, – dedi Lut alayhissalom. Sizlar gunohkorsizlar, erkaklar er bilan qovushadiganyoʻlsiz qavmdirsizlar.
— Sizlar erkaklar bilan yaqinlik qilasizlar va nasl yoʻlini kechgʻsib qoʻyasizlar.
— Tangri azobi dersan, agar gaping chinboʻlsa, keltirgil oʻsha azobni, bir koʻraylik, – deya javob berdi haloyiq.
— Iloho, bu sarkash xalqqa oʻz qudratingni koʻrsatgaysan, – duo qildi Lut va yana dedi: – Parvardigoro, bularni qancha undamayin, imonga kelmasalar.
— Yanabir muddat da’vat qilgil!, – degan farmon olib keldi Jabroil alayhissalom. Shundankeyin Lut alayhissalom qirq yil da’vat qildi, ammo biron bir kishi ham imonga kelmadi. Azob vaqti yaqinlashganda Lut yana podishohning oldiga keldi va shunday dedi:
— Tangriddan qoʻrqqil, musulmon boʻlgin!
— Ey Lut, sen haliyam oʻsha soʻzingdan qaytmadingmi?
— Men sening oldingga oʻz ihtiyorim bilan emas, balki Tangrif armoni bilan keldim. Agar farmon boʻlmasa, men bu yerga aslo kelmaganboʻlardim, – dedi Lut alayhissalom. Soʻngra duo qildi: – Iloho, meni bu zolim haloyiqdan qutqargil.
Adashgan qavm yigʻilib kelib, podishohiga arz qildi:
— Lutni ahli oilasi va mol-mulki bilan yurtimizdan chiqarib yuboring. Toki, bizga qilayotgan nopok ishlarimiz uchunmalomat toshini otuvchi boʻlshan biron-bir kimsa qolmasin.
Ibrohim alayhissalom bir kecha tush koʻradi: Lutning soʻzi bilan bir kimsa pok boʻldi. Ertasi kuni yoʻl poylab, habar kutdi, kunni kech qilsa hamki, hech nima bilolmadi, hech kim kelmadi. Mehmon kutmoqni Ibrohim alayhissalom oʻzi uchun farz qilib olgan edi. Negaki, u mehmonsiz roʻzasini ochishga odatlanmagand. Ertasi kuni ham mehmonkutli, kelmadi. Xullas, oʻn kungacha mehmonkelmagach, qaygʻuga tushdi: «oʻn kundirki mehmon ham yoʻq, Lutdan habar ham». Oʻn birinchi kuni esa munojat qildi:
— Iloho, qaysi gunohim uchun meni qiynarsan, mehmon kelmaydir!
— Ey parvardigorim, Olloh senga salom dedi va Lutni saqlagan oʻzimmanku, sen faqat mehmon kuratsan, xolos, – Jabroil alayhissalom shunday habar olib kelgandi.
— Iloho, tavba qildim, – dedi Ibrohim alayhissalom.
Oʻn birinchi kuni koʻrkam yuzli, navqironyoshli oʻn ikki yigit chodiriga kirib keldi. (Oyat) «Ey Ibrohim, senga hurmatli mehmonlarning habarietdimi«, deya ular Ibrohimning oʻtoviga kirdilar, dedilar: »Salom Ibrohim dedi:» Saolm ey notanish odamlar, Yana dedilar:
— Mehmon kelganidan hursandmisan?
— Oʻn kun boʻldiki, roʻzamni ochganim yoʻ-, – dedi Ibrohim alayhissalom mehmonkelganiga sevinib. Soʻngra ikki yarim yoshli qizil qashqa, toʻrt muchchasi sogʻ buzogʻini, garchi uni juda yoqtirsa hamki, boʻgʻizladi, qovurdoq qilib mehmonlarga tortiq qildi. (Oyat) «Keyin u Ibrohim oʻz ahli tomon buyruq bilanoʻgirildi va tezda bir semiz buzoqni pishirib keltirdi. Keyin u buzoqni mehmonlar oldiga yaqinlashtirib qoʻydi. nega yemaysizlar», dedi.
Ibrohim alayhissalomning odati shu ediki, mehmon hijolat tortib, taomlana olmay qolmasin, deya tashqari chiqib turardi. Bu gal ham tashqarida turganida Sora eshikdan qarab, mehmonlarning taom yemayotganlarini koʻrdi-di, buning habarini Ibrohim alayhissalomga yetkazdi. Shunda u ichkariga kirib, mehmonlarga yuzlandi:
— Nega taom yemaysizlar?
— Bahosini bilmasdan turib, yemaymiz, – deyishdi mehmonlar.
— Bahosi shuki, yemoqdan ilgari «Bismillohi« deyish, taom qilganda »Alhamdullillohi» deyish shartdir, – dedi Ibrohim alayhisalom.
— Bizlar ovqatlanishga muhtoj emasmiz, – deyishdi ular.
Keyin Ibrohim dilida ulardan qoʻrqinch paydo boʻldi.
Qoʻrqmagil, – deyishdi ular taskin berib. – Bizlar farishtalarmiz. Senga sevinchli habar keltirdik Soradan oʻgʻil boʻlar. (Oyat) «Va ular Ibrohimga bir olim bola bashoratini beradilar«. (Oyat) »Sevinchlik habar berdik biz u xotinga (Soraga) Isho- bilan Ishoqning oʻgʻlini oti Ya’qub boʻlsin».
— Ie, men tugʻamanmi? Axir men kampir boʻlsam, erim ham munkillagan chol boʻlsa . . . – dedi Sora bu habarni eshitib, hijolat tortgancha. – shu paytga qadar farzand koʻrmadim, Ibrohim ham qarib qoldi, qaerdan ham oʻgʻil koʻrarmiz.
— Sen Ollohning qudratidan taajub qilasanmi? – dedi Jabroil alayhissalom. Soʻngra Soraning qoʻliga bir quruq yogʻochni berdi. U quruq yogʻoch Soraning qoʻlida jonlandi, yaproq yozdi. Jabroil alayhissalom yana shunday deb qoʻshib qoʻydi. – Ey Sora, seni qoʻlingda quruq yogʻochni koʻkartirgan Olloh taolo qarigan chogʻingda oʻgʻil bersa ne ajab?!
— Sizlar kim boʻlasizlar? – soʻradi Ibrohim alayhissalom,
— Men Jabroilman, bu Makoil, mana bu oʻnavlari farishtalardir, – deyishdi.
— Nima yumush bilan keldingiz? – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Nopok Lut qavmini halok qilgani keldik, deyishdi ular. – Balodan Lutning xotinidan boshqa hamma ahli olilasi omon qolgusidir.
— Ularning orasida yuzta musulmon odam topilmaydimi?
— Agar ularning ichida yuzta musulmon boʻlganida edi, Olloh taolo bu qavmga balo yubormagan boʻlar edi, – deyishdi.
— hech boʻlmasa oʻnta musulmon yoʻqmidi?
— Oʻn musulmonboʻlganida bu balo kelmasdi.
— Loaqal, bir musulmon ham yoʻqmidi?
— Bir musulmon boʻlganida ham halok boʻlmasdilar.
Bu gapdan soʻng Ibrohim alayhissalom yigʻlashy boshladi. Shunda farishtalar: –
— U yurtda bir xonadondan tashqari musulmon boʻlmadi, u xonadon ham Lut paygʻambarinikidir.
— Ey Jabroil, sizlar u joyda farmonni bajarganlaring chogʻda men Lutdan behabar qolarmanku! – dedi Ibrohim alayhissalom.
— Shundan soʻng Jabroil, Makoil alayhissalomlar va oʻn farishtalar chodirdan chiqdilar va zum oʻtmay Lut yurtiga yetib keldilar. Shunda ibrohim alayhisalom bilan Lut alayhissalom oʻrtasidagi hamma toʻsiq pardalar ochildi. Ibrohim alayhissalom boʻlayotganbarcha ishlardan habardor qilindi.
Tunning uchdan biri oʻtgan edi. Oʻn ikki farishta yosh va navqiron yigitlar qiyofasida Lutning huzuriga kirib keladilar. Jabroil alayhissalom eshikni qoqdi. Eshikni ochgan Lut alayhissalom kelishgan, yosh yigitlarni koʻrib, gunohkor qavmning mehmonlarga ozor yetkazib qoʻyishlari mumkinligidan qoʻrqib ketdi. (Oyat) «Vaqtiki, bizning elchilarimiz Lutning qoshiga keldilar, ularning kelishidan u gʻamgin boʻldi va yuragi siqildi».
— Ey Lut, mehmonlarni qarshi olmaysanmi? – dedi Jabroil alayhissalom.
— Taom hozirlang, – dedi Lut ularni uyga kiritar ekan qizlariga qarab. – Mehmonlarni siylaylik, tong otmasdan bu yerdan chiqib ketsinlar, toki bu yovuzlar bilmay qolsin.
Qizlar taom hozirlaguncha Lutning xotini Voila (unga Ollohning la’nati boʻlsin) oʻz odatiga koʻra uyga mehmonlar kelganini yovuz qavmdoshlariga bildirish payida boʻldi. U uyda mehmonlar borligini kofirlar bilsinlar, deb olov yoqdi. Yana aytishlaricha, u uyma-uy yurib, habar bergan. Bir payt Lutning xonadoni kofirlar bilan toʻlib ketdi. (Oyat) «Lutning qavmi uning qoshiga shoshilib keldilar».
— Sizlar uchun mening qizlarim pokizaroqdir, – dedi Lut ular orasida nari-beri yurarkan. – Qizlarimni olingu, mehmonlarimga tegmanglar.
Bundan ish chiqmagach, kofir-yovuzlarning ikki yetkachisi oldiga bordi.
— manavi ikki qizimni xotinlikka olinglar, mayli roziman. Bularni daf etsangiz boʻldi, – dedi Lut alayhissalom.
— sen yaxshi bilasanki, bizni sening qizlaring bilan ishimiz yoʻq, murodimiz oʻzingga ayon, – deyishdi kofirlar.
— hudodan qoʻrqinglar. Mehmonlar oldida meni sharmanda qilmanglar. Ichlaringda birorta toʻgʻri yoʻlni topib olgan odam yoʻqmi? – dedi Lut.
— Ey Lut, soʻzni koʻpaytirmaginda, mehmonlaringni bizga bergin. Agar bermasang, biz ularni majburan tortib olamiz, – dedi kofirlar.
Lut yigʻlagan kuyi uyga kirdi.
— Nima uchunyigʻlayapsan, – soʻradi Jabroil alayhissalom, ammo Lut alayhissalom ularning maqsadini aytmoqdan hijolat boʻldi, qiynalid. – Qoʻrqmagin, biz Olloh taoloning farishtalarimiz, seni zolimlardan qutqarish uchun kelganmiz. Ular hargiz maqsadlariga yeta olmaydilar.
Jabroil alayhissalom oʻrnidan utrdi, bir hovuch tuproq oldi-da, mehmonlarni tutib olmoqchi boʻlib, uy ichiga bostirib kirgan qavm ustiga sochib yubordi. Toʻrt yuz kishining hammasi koʻr boʻldi.
— Ey Lut, sehrgarlarni olib kelibsan, – deyishdi kofirlar. – Shoshmay turgin, hali ular ketishsin, koʻradiganingni koʻrasan.
hayal oʻtmayo el ichida «Lut jodugarlarni chaqrib kelibdi», degan habar yoyildi va katta gʻavgʻo chiqdi. Lut alayhissalom bundan yanada qoʻrqib ketdi.
— Bu ishning oxiri nima bilan tugarkin-a? – dedi lut.
— Biz bularni haolk qilib, seni qutqarmoq uchun kelganmiz, – dedi Jabroil alayhissalom.
— Qachon halok qilursan? – soʻradi Lut.
— Tong otar chogʻda.
— Qachon tong otadi?
— Tong yaqin qoldi, – dedi Jabroil as.
— Ey Jabroil, yerni teskari qilgil, ostidan chiqqil! – degan farmon boʻldi. Farmon bajarildi. Na biror er yo xotin uyqudan uygʻonishmadi. Bolalar beshiklaridan ayrilmadilar. ichidagi bir qatra suvi toʻkilmagan holda idishlar teskari boʻldi.
— Ey Jabroil, bularnik oʻtargan senmi yo menmi?! – deganxitob keldi. Jabroil alayhissaolm sajdaga bosh qoʻydi va «Iloho, tavba qildim«, dedi. Soʻng osmonlarni larzaga keltirib, na’ra tortdi. Ollohning qudrati bilan barchalar kun yorigunicha qolmay halok boʻldi. (Oyat) »Ul mamlakatni ostin-ustin qilib yubordik. Ularning ustilaridan sopol toshlarni ustma-ust yogʻdirdik. Parvardigor nazarida u toshlar bilan qaysi kofir nishonga olingan edi va bu toshlar zolimlardanuzoq emas edi».

Ya’qub Alayhissalom Qissasi
Ya’qub Isroilloh ibn Ishoq Safiyulloh ibn Ibrohim halilulloh juda koʻrkam va baquvvat kishi edi, quvvatiga quvonardi. Olloh taolo undan manmanlikniketkazdi. Rivoyat qilishlaricha, bir kecha u qoʻy-qoʻzilari va mol-hollarini yaylovga olib chiqadi, oʻz ishi bilan mashgʻul boʻldi. Olloh taolo bir farishtani oʻgʻri qiyofasida yuboradi. Shunda Ya’qub alayhissalom u bilan yoqalashib qoladi. Farishta uni koʻtarib, yerga uradi. Shunda u «agar Olloh taolo meni bu darddan xalos qilsa, qaysi yemish va ichimlik menga suyimli boʻlsa, oʻshani oʻziga harom qilaman«, deya nazr qiladi. Olloh taolo shifo ato etadi. Yemishlardan tuya goʻshtini, ichimliklardan tuya sutini hush koʻrardi u. Bu ikkisini nazrga binoan oʻziga harom qildi. Shundan beri uning avlodlari uchun bu ikki ob-ovqatni yemaslik sunnat boʻlib qoldi. Ular oʻzlarini ovutmoqchi boʻlib, “Bu narsalar hamma paygʻambarlarga Odamatodan beri harom boʻlib kelgan”, dedilar. Olloh taolo ularning bu gaplari yolgʻon ekanligini isbotlab, oyat nozil qildi: »Tavrot nozil qilinmasdan ilgari Isroil farzanlariga oʻzlari oʻziga harom qilgan narsalar halol edi».
Savol: Ya’qub alayhissalom nima sababdan Isroil deb ataldi?
Javob: «Isr» soʻzining ma’nisi asir deganidir, oʻsha paytda shayton asir qilingandi. Bu soʻz oʻshandan qolgandir.
Hikoyatda kelishicha, Ya’qub alayhissalom Bayt-ul Muqaddasda xizmatda boʻlib, uning olti yuzta chiroqlarini yoqardi. Shayton alayhil-la’na esa har kecha kelib, chiroqlarini oʻchirib ketardi. Aytishlaricha, bu hol koʻp davom etdi. Bundan bezor boʻlgan Ya’qub alayhissalom bir kechasi poylab turib, Shayton chiroqlarini oʻchirayotgan paytdi bir sakradi-da, uni tutib oldi, boʻyniga zanjir soldi, asirga oldi. Shuning uchun Isroil ataldi.
Yana bir jabob shuki, Isr qul degani, Il esa Tangrining ismidir.
Ya’qub alayhisalomning oʻn ikki oʻgʻli va qizi bor edi. Koifr podsholardan biri qizini soʻratib, odam yubordi. Ya’qub alayhissalom koʻnmadi.
—Qizingni mengabermading, endi sen bilanayovsiz jang qilaman, – dedi podishoh.
Uning qoʻshini behisob edi. Shundafarmon keldi:
— Kofirlarni halok qilmogʻimni istasang, ularni halok etib, seni gʻolib qilayin. Istamasang, oʻz odamlaringbilan halokqilgin!
— Qay birini tanlaysiz, – dedi Ya’qub alayhissalom oʻgʻillariga qarab.
— Bizlarni qolib qilsun, – deyishdi ular.
Ya’qub alyhissalom duo qildi. Olloh taolo kofirlarning barini yer ostiga ravona qildi, halok etdi.
Yana bir podishoh ham qizini soʻrab keldi.
— Mening shariatimda bir sunnat ish bor, – dedi Ya’qub alayhissalom. – Butun qoʻshining bilan shu ishni bajarsang, mayli qizimni berayin.
— U sunnat ish qaysidir? – soʻradi podishoh.
— U sunnat ish – hatna qilmoqlikdir, – dedi Ya’qub alayhissalom.
Podishoh rozi boʻldi, oʻzini ham, qoʻshinlarini ham xatna qildirdi. Ular xatna qilgan holda ogʻrib yotganlarida Ya’qub alayhissalom oʻgʻillari bilan ustilariga qilich tortib keldilar va hammasini qirdilar.
Yana ulamolarning aytishlaricha, Odning Shaddot ismli oʻgʻli boʻlar edi. Uerning ustida jannat qurdirdi-yu, undan bahramand boʻlish oʻziga nasib etmadi. Shaddotning Imloq ismli oʻgʻli, Ya’qub alayhissalom bilan zamondosh edi, ming beklargabosh boʻlgan.
— Menga sahra qoʻynida kengbir soz tuproqli tekis yer hozir qiling, dedi u beklarni toʻplab.
Beklar ishga kirishdalar. Joy tayyor boʻlgach, Imloq kelib oʻlchab koʻrdi, keyin oʻn ikki yigʻoch yerni kavlatda va suvga toʻlatdi. hovuzning oʻrtasini tosh bilan koʻtarib chiqib, ustiga qizil toshdan supa qurdilar. Kengligi ham balandligi qirq qari edi.
har birini oʻn yigit qoʻriqlab yuradigan oʻn ming vaziri boʻlar edi. Ularning har birining ihtiyorida oʻn ming jangchisi bor edi.
hosil qilingan supaning Qutrum shahristoni deb atadilar va supa ustiga bir saroy barpo etdilar. Saroyning gʻishtlari biri oltindan, biri kumushdan yasaldi. Soʻngra supa ustini boʻstonlar, bozorlar bilan toʻldirdilar. Saroyning oʻrtasi esa balandligi ikki yuz arshin boʻlgan tomoshagoh qurdirdi.
Oʻsha shahristonda toʻrt eshik qurdirdi. Darvozalar balandligi yigirma toʻrt arshinedi. Qurilish nihoya topgach, saroyga koʻchib kirdi va taxtini egalladi.
Qaysi bir yili Kan’on diyorida qahadchilik boʻldi. «Qutrum shahristonida oshliq sotishyapti«, degan habarni eshitgan Ya’qub alayhissalomning oʻgʻillari yoʻlga otlandilar. Oʻn kunlik yoʻlni bosib, Qutrumga kelishdi. Minorasida oʻtirgan Imloqi la’in Ya’qub oʻgʻillarining tuya minib kelayotganini koʻrdi. Qarasaki, boshlarida bir parcha oq bulut soya tashlb turardi. U bulutga qaragan imloqi la’in »Laa ilaaha illallohi Muhammadur rasulullohi» yozuvini koʻrardi. Yigitlarni olib kelmoqlik uchun vazirlarni joʻnatdi.
— Podishoh sizlarni chaqirtirmoqda, – deyishdi vazirlar.
— Biz Olloh paygʻambarining ishini tamom qilmaguncha bormasmiz, – deb javob berardi Yahudo.
Vazirlar bu gupni podishohga yetkazdilar. Imloqning oʻzi kelib, boʻylari, husnlari birdek boʻlgan oʻn yigitni koʻrib, hayratlandi.
— Sizlar kimsizlar? – soʻradi podishoh.
— Biz oʻnovimiz qarindoshlarmiz, Ya’qub paygʻambarning oʻgʻillarimiz. Otamiz ihoq paygʻambar, Yanada ulugʻ bobomiz Ibrohim alayhissalomdir.
Kan’ondan yegulik olish uchun kelganmiz, – dedi Yaxudo unga javoban.
— Boshqa qarindoshlaringiz ham bormi? – soʻradi yana podishoh.
— Yusuf va ibn Yamin degan yana ikki birodarimiz ham bor, – deyishdi.
— Men erkak qarindoshingizni emas, qiz qarindoshingiz bor-yoʻqligini soʻrayman, – dedi podishoh.
— Bitta qiz singlimiz bor, – deyishdi.
— Unda singillaringizni menga beringlar, otangizni va yana sizlarni ham mol bilan siylagayman, hammadan koʻra boy qilaman, – dedi podishoh.
— Sizlar nima deysizlar? – deya Yahudo birodarlariga boqdi.
Bu gapdan Sham’un bilan Rubil achchigʻlandilar. Ya’qub alayhissalom farzandlari achchigʻlansalar, oʻsha viloyatni harob qilmaguncha jahldan tushmasdilar, qachonki Ibrohim alayhissalom urugʻidan kimdirularning orqasini silamaguncha achchigʻlari pasaymasdi. Yahudo koʻrdiki, ikki birodari achchigʻlandi. Shunda u «Qutrum shahristonni vayronqilsalar mashaqqatimiz yengil boʻlmaydi», deb oʻyladi-da Rubilning orqasiga qoʻlini qoʻydi, jahldan tushdilar.
— Ey podishoh, oʻgʻling sen bilan maslahatlashmay turib, qizingni birovga bera oladimi? – soʻradi bosiqlik bilanYahudo.
— Yoʻq.
— Bizning ham otamiz hayot. Boraylik, soʻzlaringni yetkazaylik, otamiz nima desa shu boʻladi, – dedi yahudo.
Podishoh bu soʻzdan sevindi. Oʻnta tuyada bugʻdoy, oʻnta tuyada unortib, yana ming kumush tanga, oʻn botmon ifor, oʻn botmon anbar, oʻn botmon kofur in’om etdi.
Bu narsalarni otangizga yetkazing va ushbu soʻzlarimni ham ayting: «Men seni otalikka qabul qildim, sen ham meni oʻgʻillikka qabul qilgʻil. Soʻzimni eshitiboq toʻgʻri oldimga kelgil, qizingni menga bergil!» – dedi podishoh.
— Podishoh bizga shuncha molni in’om qildi va yana sen uchun ham bir qanchasini tuhfa qildi, – deyishdi oʻgʻillari otasi huzuriga qaytib kelib.
— Mendan ilgariga hech bir paygʻambar qizini kofirga bergani yoʻq edi, – deya yigʻladi Ya’qub alayhissalom bu soʻzlarni eshitib.
— Oʻzing bilguvchisan, – deyishdi oʻgʻillari.
Bu soʻz boʻlib oʻtgandan bir oy keyin Imloqdan shu mazmunda maktub keldi: «Bu noma buyuklar buyugidan, podishohlar podishohidan, kiborlarkiboridan, ulugʻ mamlakatlik, ulugʻ qoʻshinlik Imloqdan ul tuban, faqir va haqir Ya’qubga tegsin. Ushbu noma tegishi bilan qizini menga tayyorlab qoʻysin. Agarbunga koʻnmasa, men borib, yurtingni buzarman. Seni oʻgʻillaring bilan qoʻshib oʻldiorarman, qizingni tortib olaman. Paygʻambarliging senga foyda bermas, chunki yer tangrisi menman (ogʻzingga tuproq). Osmon tangrisining men bilan nima ishi bor».
Maktub Ya’qub alayhissalomga kelib tekkach, oʻgʻillarini toʻplab, oʻqib berdi. Oʻgʻillari oʻyga toldilar va:
— Ey ota, oʻzingga ham, bizga ham zulm qilmagil, Kan’onni vayroq qilmagʻil, qizingni podishohga beraqolgil, – deyishdi.
Bu gapdan Ya’qub alayhissalom hafa boʻldi va Yahudoga dedi:
— Noma javobini yozgil. «Bismillahir rahmanir rahiym. Men Ya’qub Isroilulloh ibn Ishoq Safiyulloh ibn Ibrohim Halilullohdan dunyo va oxirat badbaxti Imloqi la’inga. Bilgilki, hech bir paygʻambar qizini kofirga bergani yoʻq, men ham bermasman. Agar «Laa iaaha illallohu Ya’qubi rasulullohi» (Yagona Ollohdan oʻzga ma’bud yoʻq va Ya’qub Ollohning elchisidir) desan u yogʻi Ollohga havola qilinguvsidir».
Maktub yozilib, muhrlanib Imloqqa joʻnatildi. Maktubn6i olgan Imloqning yuzi gʻazabdan sargʻayib ketdi. Oʻq ikki ming beklariga qaradi.
— Ey podshoh, kuching, qoʻshining bor, gʻam chekma. Farmon boʻlsa, biz borib, qizni olib kelamiz, – deyishda beklari.
Shundan soʻng qoʻshin toʻplash boshlandi. Podshoh oʻn ikki ming beklari hamrohligida otlandi.
— Nima qilamiz? – deyishdi oʻgʻlonlar.
Ya’qub alayhissalom yigʻlab, Olloh taologa yolvordi. Shunda Jabroil alayhissalom farmon keltirdi:
— Ey Ya’qub, Olloh taolo senga salom aytdi va dediki: «Oʻgʻlonlaringga ayt, qoʻrqmasinlar, men sizlarga madadkorman. Ey Ya’qub, qizing mening huzurimda azizdir, uni dushmanga bermagayman, kofirni paygʻambarim ustidan hukumronlik qilishiga yoʻl qoʻymayman. Oʻgʻillaringga ayt, ertaga kofirlar bilan yuzma-yuz chiqsinlar, jang qilsinlar. Men qudratimni koʻrsaturman».
Bu mujdadan Ya’qub alayhissalom behad shod boʻldi, oʻgʻillarini jangga chiqmoqqa amr qildi.
— Ey ota, biz oʻnovimiz ming-ming kofirlarga qarshi qanday jang qilamiz, – deyishdi oʻgʻillari.
— Men sizlarga bir qurol bermanki, kim u bilan jang qilsa, tangri dushmanlari ustidan zafar qozongay, – dedi otalari.
— Otajon, amringga itoat etamiz, – deyishdi oʻgʻillari.
Ya’qub alayhissalom sandigʻini ochdi. Undan Odami safiy choponini olib, Sham’unga berdi. Shis alayhissalom choponini olib, Rubilga berdi. Ibrohim alayhissalom qoʻchqorning shoxini olib, Yagʻsarga berdi. Muso alayhissalom hassasini olib, Yahudoga berdi. Yahudoni toʻqqiz oʻgʻillariga bosh qildi, ular kunday porlab, oyday nurlanib, maydonga chiqdilar.
— Ya’qub oʻgʻlonlari nima uchun chiqdilar, bilinglar, – dedi ularni koʻrgan Imloq beklariga buyurib. – Agar tinchlik bilan chiqqan boʻlsa, tegmang, jangga chiqqan boʻlsa, oʻnalasining ham boshini kesib, menga olib keling.
— Nima maqsad bilan keldingiz, – deyishdi oʻn ming yigitlari bilan yetib kelgan beklar.
— Jang qilgani keldik, – deyishdi. Bundan vazirning jahli chiqdi.
— Yuzma-yuz turing! – buyurdi Yahudo. Soʻngra oʻzi safning oldiga oʻtdi-da, tayogʻini osmonga irgʻitib, Yana tutib oldi (bu odat Yahudodan qolgan bizlarga). Keyin nido qildi, toʻqqiz ukasi ham unga qoʻshildi. Osmondan turib farishtalar ham nidoga qoʻshilishdi. Bu hayqiriqlar haybatidan oʻn ming dushman askarning yuraklari yorilib oʻldi.
— Nima boʻldi, qoʻshining ovozi eshitilmay qoldi, – soʻradi podshoh.
— Ey podshoh, oʻn oʻgʻlon nido qilganda uning dahshatidan oʻn ikki ming askarimiz halok boʻldi, – deyishdi.
Podshoh beklariga yuzlandi. Endi yigirma toʻrt ming Askar bilan jangga kirdilar.
— Ey Ma’mun, sening galing keldi, – dedi Yahudo.
Sham’un oldinga chiqdi va «Laa ilaaha illallohi Ya’qubi rasulullohi», dedi. Qoʻshnilar Sham’unga tashlangandi, u nido qildi. Shunda osmondan oʻt tushib yigirma toʻrt ming askarni kuydirib yubordi. Buning habarini eshitgan podshoh filiga minib, Yana oʻn ikki ming beklari bilan jangga otlanib keldi.
— Kelinglar, bir yoʻla takbir aytaylik, – dedi Yahudo birodarlariga.
Olloh taoloning farmoni Bilan toʻrt saf farishtalar tushdilarki, har bir safda qirq mingta farishta jamlangandi. Ya’qub oʻgʻlonlari yerda, farishtalar osmonda birgalikda jangga kirdilar. Kofirlar bularni koʻrib, qoʻrqib qochib ketdilar. Imloqning bir oʻzi qoldi. Bir fursatdan soʻng yetib kelgan paygʻambarzodalar Imloqni Saroy ichida topdilar.
— Ey mal’un, tangri qudratini koʻrding, endi «Laa ilaaha illallohi Ya’qubi rasulullohi», deb takbir aytgin, – deyishdi ular. Imloq unamadi. Shundan Sham’un sogʻolidan tortib, taxtdan tushurdi va otasi oldiga keltirdi.
— Tahlil aytgil, – dedi Ya’qub alayhissalom Imloqni koʻrgach.
— Ey Ya’qub, men bu kun sening qoʻlingda asirman, hohlaganingni qilgil. Men uchun sendan va sening tangringdan dushmanroq hech Kim yoʻq, – dedi imloq.
— Ey Imloq, agar imon keltirganingda edi, Olloh taolo senga yana ziyodi bilan mulk berardi va ertasi kuni jannatdan ham oʻrin bergan boʻlardi, – dedi Ya’qub alayhissalom.
— Menga fursat bergil, uyimga borayin. Sening tangring menga davlat beradimi-yoʻqmi, koʻrayin, bersa imon keltirayin, – dedi Imloq.
— Ey Ya’qub, tangri taolo farmon qildi, fursat bergil, – dedi Jabroil alayhissalom paygʻom keltirib.
— Qancha fursat kerak senga, – soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Oʻn yil.
Imloqni qoʻyib yubordilar. U qaytib kelib, taxtiga oʻtirdi. Olloh taolo oʻn yil ichida unga bir-qancha mulk, davlat berdi, yigirma toʻrt ming sarkardalari boʻldi. Fursat tamom boʻlgach, Jabroil alayhissalom farmon olib keldi:
— Ya’hudoni Imloqning oldiga yuborgil, imon keltirsin!
— Ey mal’un, senga berilgan fursat tamom boʻldi. Olloh qudratini koʻrding, mulk-davlatli ham boʻlding. Endi imon keltirgil, – dedi Ya’hudo podshoh huzuriga borgach.
— Ey Ya’hudo, sen elchisan. Agar elchilarni podshohlarga or boʻlmaganida edi, boshingni kesib, etlaringi fillar oyogʻi ostiga tashlar edim. Otangga borib aytgilki, oʻtgan gaplarni unutsin, yaxshilikcha qizini menga yuborsin. Agar koʻnmasa, hozir boʻlib tursin, qoʻshin tortib borurman. Oʻgʻillaringni oʻldiraman, xalqingni ot tuyoqlari ostida halok qilaman, qizingni tortib olaman. Koʻrayin qaysi tangri sengma madad qilarkin, – dedi Imloqi la’in.
Yahudodan bu gaplarni eshitgan Ya’qub alayhissalom Olloh taologa munojat qildi. Shunda Jabroil alayhissalom farmon olib keldi:
— Ey Ya’qub, Olloh taolo senga salom yoʻllab, dediki: «men halimman, shoshilmasman. Yahudoga aytgil, Yana borsin. Imloqqa Mening birligimni va sen mening paygʻambarim ekanligingni yetkazsin».
— Ey mal’un, bilgilki, Olloh yakkayu-yagonadir, otam Ya’qub uning paygʻambaridir, – dedi Yahudo Imloq huzuriga kelib.
Imloq bundan behad achchiqlandi, qoʻshin toʻpladi. Qishinning adadi yigirma toʻrt mingdan yigirma toʻrt guruh boʻldi. Oʻzi filga minib, Kan’onga yaqin joyga kelib tushdi. Buning habarini eshitgan Ya’qub alayhissalom yana tashvishlandi, Ollohdan madad tiladi. Jabroil alayhissalom «Bu kecha u mal’undan senga yomonlik beraman«, degan paygʻom keltirdi. Tunda shamolga “Esgil” deb, amr etildi. Tongga borib podshohdan asar qolmadi, uning butun hashamati yer ostiga kirdi. Jabroil alayhissalom Olloh amri Bilan »Qutrum shahristoni»ni yer Bilan qoʻshib, ostin-ustin qilib tashladi.
— Ey Ya’qub, Olloh buyurdiki, Imloqning mol-mulkini, oltin-kumushlarini olgin. Qolganlarini esa oʻtga yoqqil, – degan farmon keltirdi Jabroil alayhissalom. Ya’qub alayhissalom bu farmonni oʻgʻlonlari Bilan toʻkis ado etdi.

Yusuf Siddiq Alayhissalom Qissasi
Olloh taolo kitobi qadimda, Qur’oni azimi munavvari karimda habar berib yorlaqadiki, (Oyat) «Biz senga bu uzun va axsan (eng yaxshi) qissani bayon qilmoqchimiz».
Savol: «Axsan» demakda nima hikmat bor?
Javob: Qur’on ichidagi hamma qimssalardan kattaroq, foydasi ziyodaroq qissa – Yusuf qissasidir. Shu boisdan ahsan qissa deyiladi. Ikkinchi javob shuki, bu qissa boshidan ohirigacha qirq yil (ba’zi manbalarda sakson yil) davom etgani uchun ham shunday nomlangan. Uchinchi javob shuik, boqa qissalar turli suralarda keldi, ammo Yusuf qissasi toʻlaligicha bir surada keldi. Toʻrtinchi javob: boshqa qissalar voqeotlari yod kishilar orasida kechadi. Bu qissa esa ota-ona va birodarlar orasida kechgani tufayli ham eng yaxshi qissa deyiladi. Beshinchi javob: bu qissada rohatda, mashaqqatda, Olloh toatida, haloyiqlar orasidagi ezgu muomala, ozodlikdagi va bandilikdagi holatlar borligi uchun ham yaxshi qissadir. Oltinchi javob: Yusufning qarindoshlari bilan yaxshi muomalada boʻlgani, ularning jafosiga sabr qilgani uchun. Yettinchi javob: bu qissaning avali ham, oʻrtasi ham, ohiri ham tush boʻlgani uchun. Sakkizinchi javob: bu qissa ishq Bilan tamom boʻlgani bois yaxshi qissa deyiladi. Toʻqqizinchi javob: Rasul alayhissalom dedilarki, kimki oʻn baloga yoʻliqsa oʻn surani oʻqisin: vasvasa mendan ketsin desa «Alhamdu« surasini, oʻgʻrilardan omon boʻlayin desa “Baqara” surasini, qashshoqlikdan qutilayin desa “Oli Imron” surasini, qaygʻular menga harom boʻlsin desa “Allam nashrax” surasini, kufr va shikrdan yiroq boʻlayin desa “Ixlos” surasini, sehr-jodulikdan omonlik istasa “Falaq” va “Nas” suralarini oʻqisin. Agarki bu oʻn balolar mendan nari boʻlsin desa “Yusuf” surasini oʻqisin. Negaki, bu oʻn balolar hammasi »Yusuf» surasida bordir.
Deydilarki, Ya’qub alayhissalomning olti xotini bor edi. Ularning har biridan ikkitadan, jami oʻn ikkita oʻgʻli boʻldi.
LATIFA. Yuqori osmonda oʻn ikki burj mavjud. Bu burjlar quyidagilardir: qoʻy (hamal), sigir (savr), egizaklar (javzo), qisqichbaqa (saraton), arslon (asad), boshoq (sunbula), tarozi (mezon), chayon (aqrab), yoy (qavs), togʻ echkisi (jadiy), qovgʻa (dalv), baliq (hut). Bu oʻn ikki burjda yettita yulduz boʻladi. Ular qaysilar? Bular: Zuhal (Saturn), Mushtariy (Yupiter), Mirrix (Mars), Shams (Quyosh), Zuhra (Venera), Atorud (Merkuriy), Qamar (Oy).
Quyi osmonda bu yetti yulduzdan oʻn ikki burj paydo boʻldi. Yetti yulduz degani shunga ishoraki, Ya’qub alayhissalom va olti xotini Shavsha, Za’ura, Sunbula, Qamar, Habiba, Rahil Bilan yettilikni tashkil qilar. Oʻn ikki yulduzlar shuki, bular Ya’qub alayhissalomning oʻn ikki oʻgʻillari – Rubil, Loviy, Sham’un, Yahudo, Joda, Don, Yagʻsar, Yastoxir, Zabotuq, Qozur, Yusuf, Ibn Yaminga ishoradir.
Yusuf oʻn birinchi oʻgʻil edi. Olloh taolo unga oʻn karomatni ato etdi. Bular – chiroy, yaxshi qiliq, uzrhonlik (kechirimlilik), paygʻambarlik, tushni ta’birlash, toʻgʻri soʻzlik, omadlilik, yaxshi oqibat (natija), mushkulotlarni yecha olish, Ibrohim alayhissalom kitoblar sharhini bilmoqlik.
Rivoyat qilishlaricha, Misr xalqi yetti yil qahatchilikkka mubtalo boʻldi. Ular molini, dunyomini, mulkini, asbobini, qulini, koʻnglini Yusufga sotib, yegulik olardilar. Bora-bora omborlarda yegulik narsa qolmadi. Yangi xosil pishishiga esa toʻrt oy qolgandi. Shunda odamlar Yusuf alayhissalomning uydan chiqqanligini idrok etardi. Kimki Yusuf alayhissalomga boqsa, huddi koʻzguga qaraganday oʻzini koʻrardi. U taomni yutsa, boʻgʻizidan to xalqumigacha koʻrinib turardi. Qorongʻu kechada u kunday boʻlib koʻrinardi. Manglay nurlaridan “Shoqiyu an-ni’mon deb nomlangan chechak uyalardi.
Yusuf Bilan ibn Yamin ismli ayoldan tugʻilgan edilar, kichiklik paytlarida onalari vafot etadi. Ya’qub alayhissalom bular erta yetim qoldilar, Deya aka-ukaga koʻproq shavqat koʻrsatadi. Ammo Yusufni oʻzgacha sevar, usiz yura olmas edi.
Yusuf yetti yoshga kirganda bir tush koʻradi: birodarlari Bilan sahroga chiqadilar, qoʻllaridagi tayoqlarini yerga suqadilar. Shunda hamma tayoqlar koʻkaradi, ammo uzoq yashamaydi. Yusufniki esa koʻkaradi, gullaydi, boʻyi birinchi osmonga qadar yetadi. Yana aytishlaricha, birodarlarining tayoqlari kelib, Yusufning tayogʻiga sajda qiladilar.
Yusuf bu koʻrgan tushini birodariga aytgandi, u borib boshqalariga aytadi. Bu tush ularga yoqmadi. Shunda:
— Koʻrmaysanmi, bu Rohilning oʻgʻli otamizga yana ham sevimli koʻrinmoqni istaydi, – deyishadi.
Ikkinchi kecha Yana tush koʻradi: Oʻn bir yulduz, quyosh va oy yerga tushib, Yusufga sajda qildilar. Yusuf bu tushini ham otasi Ya’qub alayhissalomga soʻylab beradi.
Aytishlaricha, Boʻston degan juhud paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomdan soʻrabdi:
— Yusufga sajda qilgan oʻn bir yulduzning ota nimadir?
— Oʻsha yulduzlarning otini aytib bersam, imon keltirarmisan? – dedi paygʻambar alayhissalom.
— Mayli, shundan keyin, – dedi juhud.
— Ul yulduzlar – chizon, toriq, qoyis, handuq faylaq, musabbih, vassob, rayyol, zayyol, zulumudon, zulfara’, zulkitofon. Bu oʻn bir yulduz quyosh va oy Bilan birgalikda osmonning etagida, koʻkdan tushib, sajda qildilar, – dedi paygʻambar alayhissalom.
—Ollohga qasamkim, Tavrot ichida shunday deb oʻqigan edim,- dedi juhud va imon keltirdi.
Oʻgʻli tushini eshitgan ota shunday maslaxat berdi :
— Ey yusuf, tushlaring juda hayrli erur, uni birodarlaringga aytmagil, senga dushman boʻlib qoladilar, Shayton odamzot uchun ochiq dushmandir.
Bu soʻzlarni Rubilning onasi Qamar eshitib turgandi, borib oʻgʻliga aytdi, u esa akalariga bildirdi. Bu soʻzni eshitgan Ya’qub oʻgʻonlarining nafrat-hasratdan boʻyin tomirlari boʻrtib chiqdi, terilari jimirlashdi va tuklari tik turdi.
— Rohilning oʻgʻliga teng emasmizmiki, otamiz uni bizdan ortiq suyar, oʻziga yaqin tutar. Bu ham yetmaganday, u oʻzini ortiqroq sevdirayin deb tush koʻrganligini yolgʻondan soʻzlar. Biz boʻlsak tunu kun sahroda mol-qoʻy boqsak, mehnat-mashaqqat cheksak hamki, unga teng boʻlolmasmiz, – Deya oʻgʻlonlari torindilar. Soʻngra kengashdilar – Yo Yusufni oʻldiraylik, yo shahardan uzoqroqqa badargʻa qildiraylik. Shunda otamizning muhabbati bizga xos boʻlsa ajabmas.
Savol: Yusufni oʻldiringlar yoki uzoqroq bir yerga olib borib tashlanglar, degan Kim edi?
Javob: Birodarlari bir-birlariga aytganlar. Yana bir javob shuki, Bu soʻzni shayton soʻzlagandi. U keksa chol qiyofaida kelib ularga:
— Yusuf sizlarning qullaring boʻlishga loyiq, – dedi.
— Buning uchun nima qilaylik, – deyishdi birodarlari.
— Oʻldiring yoki shahardan olisroq yerga yashiring. Uni qoʻsh-*qumrsqalar yesa, otangiz muhabbati sizlar tomon burilgay, – dedi shayton.
— Yusufni oʻldirsak, otamizga va Olloh taologa osiy boʻlamiz, – deyishdi ular.
— Bu ishni qilgach, tavba etsangiz Olloh taologa osiy boʻlmagaysiz, (Oyat): «Va shundan keyin yaxshi bir qavm boʻlasizlar», – dedi shayton va shularni soʻzlagach, gʻoyib boʻldi. Bu gapni muhokama qila boshladilar.
— Bu niyatdan qayting, Yusufni oʻldirmang, uni biror tashlandiq quduqqa tashlangalarki, zora yoʻlovchilar olib ketsa, – dedi birodarlaridan biri.
Savol: Bu tadbirni oʻrgatgan kim edi?
Javob: Aytishlaricha, Rubil edi, chunki u hamalaridan kattarogʻi va xolasining oʻgʻli edi. Yana ba’zilarning aytishlarcha, Yaxudo edi. Ba’zilar Sham’un edi dedilar. Soʻngra «Qon toʻkmaklik – ulugʻ gunoh, quduqqa tashlaylik», deb kengashdilar. Maslahat pishgach, otalari qoshiga bordilar.
— Ey ota, kunlar isib qoldi. Bu kun Quyosh otlik sulton Hut degan qishloqdan Hamal degan qishloqqa kirdi. Shu kezda yuksak osmon yigʻlar, haqir yer esa kular. Bulutlarning oqizgan koʻz yoshlaridan yer goʻyoki onadan Yangi tugʻilgan oʻgʻlon kabi yashnab, yashil maysalarga burkanar. (Shu joyda Rabzuziyning «Bahoriyot»i berilgan).
Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam navroʻzi,
Kechdi bahman zamharir qish, keldi olam navroʻzi. . .
— Ey ota, bunday safoli kunlarda, suvlar sharqiragan ayyomda Yusufni bizga qoʻshgil, gulga burkangan sahroalrni koʻrsin, qoʻyu-qoʻzilarni koʻrib, koʻngillari yayrasin, qaygʻulardan forigʻ boʻlsin, – deyishdi oʻgʻlonlari Ya’gʻub alayhissalomga yolgʻon til bilan.
— Ey oʻgʻlonlarim! Bilasizki, men yusufsiz goʻyo suvsiz qolgan baliqman. Bir dam koʻrmasam chidolmasman, sizlarga qoʻshib sahroga yuborib qandoq ham chidarman, – dedi otasi.
— Ey ota, bizlarga ishonmaysanmi? Yusufga sen ota boʻlsang, bizlar qarindoshimiz. Sen uni qanchalik sevsang, biz ham uni shunchalik suyarmiz, oʻn birodar uchar qushni asraganday asraguvchidirmiz, – deyishdi birodarlari.
(Oyat): «Uni olib ketishlaringiz meni mahzun etar, Men sizlar gʻaflatda qolib, uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman», – dedi otalari.
Savol: Ya’qub paygʻambar alayhissalomning «Sizlar ovga borganda Yusufni boʻri yegay», demoqligiga qanday dalil bor?
Javob: Paygʻambarimiz muhammad alayhissalom deganlarki, «Olloh taolo Ya’qubni Yusuf firoqi bilan yigʻlatmoqni tilagan chogʻda Ya’qubning koʻngliga havf shahshatini soldi. Bu dahshat vahmidan Ya’qub qirq kecha-kunduz mijja qoqmadi, toat-ibodatdan ayrilmadi, behad azob tortdi. Qirq kecha-kunduz tamom boʻlgach, Ya’qubga uyqu gʻalaba qildi, tush koʻrdi: tushida togʻ ustida yotganda, Yusuf qoʻynida edi. Oʻn boʻri paydo boʻlib, Yusufni qoʻynidan tortib, boʻrilardan birining boshqalarini haydab, Yusufni hujumdan xalos qilganini, soʻngra yer yorilib Yusufning unga tushgani va uch kundan keyin yana chiqqanini koʻrgan edi. Ya’qubning qoʻrqinchiga va yuqoridagi soʻzlarni aytmoqligiga sabab shu edi».
Otalarining Yusufga ijozat bermasliklarini bilgan birodarlari Yusufning oldiga kelib, aldov vam akr-hiyla bilan koʻnglini ovladilar. Yusuf otasi oldiga borib, yalindi, iltimos qildi:
— Meni birodarlarimga qoʻshib, sahroga yuborgin, gullagan biyobonni va qoʻy-qoʻzilarni koʻrayin, koʻnglim ochilsin.
— Ey koʻzimning nuri, belimning quvvati, koʻnglim chirogʻi, – dedi yigʻlab Ya’qub alayhissalom. – Men seni shunchalik sevarmanki, qarigan chogʻimda sensiz qanday chiday olayin.
— Bilamanki, meni koʻp sevarman. Sevmoqlikning alomati shuki, mahbubing tilagiga rozi boʻlishdir. Mening tilagim birodarlarim Bilan borishlikdir, – dedi Yusuf.
— Ey koʻrkam yuzli Yusufim, soʻzingni qanday qilib sindirayin! Olloh hukmiga rozi boʻldim. Ertaga birodarlaring Bilan qoʻshib yuborurman, – dedi Ya’qub alayhissalom ruxsat bermakka iloj topolmay. – Bu kecha qoʻynimga olayin, bagʻrimga bosayin, koʻrkam yuzlaringga boqib toʻyayin.
Ertasi kuni birodarlari kelishdi, Yusufni otalaridan tiladilar.
— Ey oʻgʻlonlarim, meni Yusufimdan ayrib qoʻymang. Yusufga yaxshi qarang: ochiqsa ovqat Bering, chanqasa suv bering, toliqsa koʻtarib oling. Yusufni oʻzlaringdan yiroq qilmanglar, boʻri va tulkiga oldirmanglar, yaxshi parvo qilinglar. Sizlarni xudoga topshirdim, – dedi Ya’qub alayhissalom yigʻlab turib.
— Ey ota, bu gapni begonalarga aytsang yarashadi, nahotki biz oʻz birodarlarimizni ochqatib, chanqatib qoʻysak, – deyishdi birodarlari.
Ya’qub alayhissalom yigʻlab yurgan holda Yusufning boshini yuvdi, sochini taradi, yaxshi liboslar kiydirdi, soʻngra duoga qoʻl koʻtardi:
— Parvardigoro, Yusufimni senga topshirdim, uni menga tirik qaytargin. Firoq oʻtida yondirmagin, – dedi Ya’qub alayhissalom.
Shundan keyin Yusufni akalari qoʻliga topshirdi. Otalari oldida Yusufni Rubil yelkasiga mindirib oldi. Keyin Yahudo, soʻngra sha’mun, undan Loviy oldi. Ya’qub alayhissalom baland tepa ustiga chiqib, oʻgʻillarining qorasi koʻrinmay qolguncha termulib, boʻtasidan ayrilgan tuyaday ingranib turdi. Ular koʻrinmay qolgach, bor ovovzida yigʻlaganicha, uyiga kirib ketdi.
Otalari oldidan uzoqlashgani hamono Yusufni yerga tushirdilar-da:
— Ey rohilning oʻgʻli, otamizga yaxshi koʻrinish uchun yolgʻon tushlar aytganlaring yetmaganday, endi boʻynimizga minarmisan, oʻz oyogʻing bilan yurgil, – deyishdi.
Piyoda holda oldilariga solib, quvladilar. Yoʻl qumlik, havo issiq edi. Bechora yusufning oyoqlari kuydi. U qaysi akasi yoniga koʻmak istab kelsa, urib quvladilar, rahm qilmadilar. Shunda horigan, qorinlari ochiqqan, chanqagan Yusuf otalarini shafe’ keltirib yolbordi, ammo bunga hech qaysisi quloq solmadi.
— Ey birodarlarim, behad ochiqdim – tamo bering, chanqadim – suv bering, – deya zor-zor yigʻladi Yusuf.
— Borib yolgʻon tushingdan soʻragil, senga non-suv bersin, deyishdi. Suv soʻrasa – shapati berishdi, non tilasa – musht. Yusuf alayhissalom och-nahor, horib-charchab, qiynalib yurdi, muborak oyoqlari tosh va tikan zahridan yara boʻldi, yuzu koʻzlari qon va tuproqqa belandi. Akalari oldinroq borib bir tepa ustiga chiqdilar-da, kengasha boshladilar.
— Tosh bilan urib oʻldiraylik, – dedi biri.
— Pichoq bilan soʻyib qoʻya qolaylik, – dedi ikkinchisi.
— Borib oʻsha yolgʻon tushingga ayt, seni qutqarsin! – dedi Rubil yuz oʻgirib.
Yusuf alayhissalom Rubildan yaxshilik chiqmagach, Sha’munga borib yolvordi, undan ham turtki yedi, yuzi Bilan yerga yiqilib, yanoqlari qumga belandi. Osmonga boqdi – uzoq, yerga boqdi – qattiq. Oh tortdi, endi Yahudo oyogʻiga bosh urib yigʻladi:
— Ey Yahudo, bularning hammasidan koʻra mehribon, oq koʻngil edinng, zorimga quloq tut, rahm et, – deb qip-qizil yanogʻi uzra koʻz yoshlarni anhordek oqizdi Yusuf alayhissalom.
— Ey ukajon, menga yaqinlashmagin, sen bilan soʻzlashayotganimni koʻrishsa, meni ham oʻldirgaylar, – dedi mehri tovlana boshlagan Yahudo. Soʻngra atrofiga toʻplana boshlagan birodarlarini insofga chaqirdi. – Ey qarindoshlarim, kelinglar, otamiz haqqini asraylik, ukamizga yovuzlik qilmaylik, ulugʻ kunda qanday javob berishimizni oʻylaylik.
Aka-ukalar Yahudoni turli ta’nalar Bilan ozorladilar. Buni eshitgan Yusuf alayhissalom yolvorib, zori nola qildi:
— Ey birodarlarim, meni qaysi gunohim uchun oʻldirursiz?!
— Buni oʻldirganimiz bilan yer bizga kengayib qoladimi? Kelinglar, qoʻl-oyogʻini bogʻlab quduqqa tashlay qolaylik, oʻsha joyda oʻlib ketadi, – dedi Yahudo.
Shundan keyin maslahatlashib, Yusufni quduqqa tashlamoqqa kelishdilar. (Izoh boshqa manbalarda bu quduq Som ibn nuh qudugʻi deb ataladi). Yusufni tutib, quduq tepasiga sudrab olib kelishdi. Shunda u har bir birodarining yuziga bir-bir boqib yolvordi:
— Ey birodarlarim, menga rahm qiling. Menga rahmingiz kelmasa, keksa otamga rahmingiz kelsin. Olloh taolodan qoʻrqing!
— Bunday yalinguncha ustingdagi kiyimni yech! – deyishdi unga.
— Ey qarindoshlarim, otam haqqi kiyimlarimni yechib olmanglar. Agar tirik qolsam avratimni oʻraydi, oʻlib ketsam kafanim boʻladi. Oʻtinchim – qoʻlimni bolamang, toki quduqdagi ilon, chayonlardan oʻzimni qoʻrigayman, – Deya koʻp zorlandilar, parvo qilishmadi.
— Oy, kunu yana bir yulduzingga aytgil kiyim bersin, qoʻlingni yechsin, – deyishdi-da, kiyimlarini yechib olishdi, oyoq-qoʻlini bogʻlashdi. Soʻngra belidan arqonga bogʻlab quduqqa tashladilar. Quduqning yarmiga yetganlarida arqonni kesib yubordilar. Goh boshlaricha, goh oyoqlaricha, quduq atrofiga urinib-turtinib pastga tushib boraverdilar. Shunda Olloh taolodan Sidrat ul-muntahoda Jabroil alayhissalomga farmon boʻldi: «Bandamni tutgil!» Jabroil alayhissalom quduq suviga yetmasdan turib tutdilar. Quduq ostida bir oq tosh bor edi. Uni suv ustiga chiqardilar va qanotlari Bilan siladilar, tosh muloyim boʻldi. Soʻngra uning ustiga oʻtkazdilar, Olloh taolo farmoni bilan jannatdan bir koʻylak keltirib, kiydirdilar va shunday dedilar:
— Ey Yusuf, Olloh taolo salom yoʻlladi va farishtalar durud aytdilar, senga paygʻambarlik keltirdim. Olloh taolo ayturki, mening hikmatimga rozi boʻlib, balolarimga sabr qilsin, najot berib, Misr eliga podshoh qilaman, Yana otasiga qoʻshgumdir, – Deya paygʻom keltirdi Jabroil alayhissalom va ushbu duoni oʻrgatdilar:
“Ey bori Hudoyo! Ey har bir qaygʻuni ketkazguvchi! Va ey duolar eshitguvchi! Va ey bor mavjudotning ustasi! Va ey har bir siniqni tuzatguvchi! Va ey gʻariblarning hamnishini! Va ey yolgʻizlarning munisi! Va ey har bir sirri suhbatning guvohi! Va ey bandaning boshiga tushgan balolardan habardor! Va ey sendan oʻzga birorta ma’bud boʻlmagan poko parvardigoro!
Sendan bu tashvishdan chiqish joyinimenga oson va yengil qilishingni soʻrayman va mening qalbimga oʻz muhabbatingni solib qoʻyishingni soʻraymanki, menda sendan boshqa zikr va qaygʻu boʻlmasin va meni oʻz hifzu himoyangga olishingni soʻrayman va ey mehribonlarning mehribonrogʻi, menga rahming kelishini soʻrayman”.
Jabroil alayhissalom qanoti Bilan quduq ichini silagandi boʻston kabi gullar bilan bezandi. Bu quduq madina Bilan misr orasida edi. Kan’onga uch yigʻochlik yoʻl edi. Uni Nuh alayhissalomning oʻgʻli Som qazigandi. Oti «Hubbul-ahyor«, ya’ni “Ezgu quduq” demakdir. Quduqning suvi achchiq edi, shirin boʻldi, qorongʻu edi ravshan va muattar boʻldi. Jabroil alayhissalom Yusuf alayhissalomning qoʻl-oyoqlarini boʻshatdi, jannatdan bir tovoqda meva (behi) keltirdi, yedilar, toʻydilar. Quduqning ichida bir soʻqir ilon bor edi. Yusuf alayhissalomning ovozini eshitib, bosh koʻtargan edi, Jabroil alayhissalom »Ey aziyat berguvchilar, Yusufi siddiq bundan chiqmaguncha bosh koʻtarmang», deb nidro qildi, ilonning qulogʻi eshitmaydigan boʻldi.
RIVOYAT. Shayh Basriy (rahmatullohi alayh) ayturlarki, Yusuf quduqqa kirganda yetti yoshda (ba’zi manbalarda oʻn ikki yoshda) edi. Malik qoʻlida sakson yil boʻldi, bir yuz yigirma yoshda vafot etdi. Habarda kelishicha, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom Jabroil alayhissalomdan soʻradilar: «Osmondan yerga tushmoqlikda qiynalmasmisan?« Javob berdi: “Ey Ollohning rasuli! Toʻrt marta behad mashaqqat tortganman. Birinchisi, Ibrohim halilullohni manjaniqqa solib, gulhanga otganlarida Sudrat-ul muttahodan tushib, qanotlarim Bilan oʻtga tushmasdin ilgari tutib oldim. Ikkinchisi, Ibrohim Ismoilni qoʻrbon qilganda pichoqni tortmasdan oldin “Tutgil!” degan farmon boʻldi. Shunda sidrat-ul muntahodan tushib, pichoqni yuzini orqasiga qaytardim. Uchinchisi, Yusufni birodarlari quduqqa tashlab, arqonni kesganlarida, Sidrat-ul muntahodan tushib, uni tutdim. Toʻrtinchisi, Uhud jangida sening muborak tishingga tosh tegib, qon oqqanda “Qon yerga tushmasdan burun tutgil!» degan farmon boʻlganda Sidrat-ul muntahodan tushib tutdim. Agar qon yerga tushganida qiyomatga qadar unda maysa-giyoh unmagan boʻlardi. Shu tariqa toʻrt marta mashaqqat tortganman».
Savol: Yusufni quduqqa solib, Yana chiqarishlikning hikmati nimada?
Javob: Bashi rva Bushro ismli ikki habashiy yigit bor edi. Ular ikkalasi ham Malik Za’r degan podishohga qul edilar. Qirq yil qullik qilganlaridan soʻng Za’r podshoh Misrda Shomga tomon sayohatga chiqar boʻldi. Olloh qudrati Bilan Ka’non viloyatiga kelib qoldilar. Yusuf yotgan quduq boshiga kelganlarida ularning qoʻlliklariga qirq yil, Yusufni quduqqa tushganiga toʻrt kun boʻlgandi. Bashi rva busharoni quduqdan suv olgani yubordilar. Ular quduqqa chelak tashladilar. Olloh farmoni Bilan Yusuf ikki oyogʻini chelakka soldi. Bashir chelakni tortib olib, koʻrsaki, chelak ichida oydan-da, kundan-da chiroyli Yusufni koʻrdi va sherigini chorladi:
— Bushro, suyunchi quduqdan bir yigit chiqdi.
Ya’qub paygʻambar alayhissalomning oʻgʻillari birodarlari Yusufni quduqqa tashlaganlaridan soʻng bir qoʻyni sfoʻyib, unitng koʻylagini oʻsha qoʻyning qoniga boʻyadilar. Kechki payt ular gʻamgin qiyofada, «Oh Yusufim, oh Yusufim» – deya otalari oldiga yigʻlagan hollarida kirib keldilar.
— Ey ota, Yusufni narsalar oldida qoldirib ketgan edik, bizlar kelguncha uni boʻri yeb ketibdi, – deya qonli koʻylakni otalari oldiga tashladilar.
Bu soʻzlarning eshitgan Ya’qub alayhissalom behush boʻlib yiqildilar. Qachon hushiga kelganlarida «Endi Yusufimni qaerdan izlayin», deya faryod chekardilar.
— Qandoq mehribon va rahmdil boʻri ekanki, koʻylagini yirtmasdan yebdi. Agar rostdan ham boʻri yeganida yekoʻylagini yirtgan boʻlardi. Agar koʻylagi uchun oʻldirganida edi, unda nega koʻylakni olib ketmabdi, – deb otash-firoqlari ziyoda boʻlardi. Boʻri yedi deganlarini quloqlari Bilan eshitib, qonli koʻylaklarini koʻzi bilan koʻrib, gʻamlari ziyoda boʻldi, yetti kechayu kundan Kan’on biyobonini zor-zor yigʻlab kezib chiqdi. Tilida esa ushbu soʻzlar joriy edi.
«Ey suyukligim, ey koʻzimning nuri, ey bagʻrimning bir parchasi, ey koʻnglimning mevaasi! Qaysi quduqqa koʻmdilar seni, qaysi djaryoga qarq qildilar seni, qaysi qilich bilan chopdilar seni, qaychsi yerga koʻmdilar seni! Ey Yusufim! Qaysi boʻri qornida yotursan, ushal yumshoq etlaringni yeyar chogʻda qiynalishlarga qandoq sabr qilding. Oʻshal pokiza suyaklaring qaysi byuiyobonda yotur ekan. Koshki, seni yegan boʻrini koʻrsaydim, oyogʻi tuprogʻini koʻzimga surtardim, uni oldimdan ketkazmasdim».
Yetti kun ichida uch yuz oltmish marta hushidan ketdilar. Uch kun chida biror luqma taom yemadilar, biror qatra suv ichmadilar.
(Izoh: boshqa manbalarda aytilishicha, shu holda farishtala: «Iloho, doʻstingni bunchalik betoqatligiga oʻzing rahm qil!« Deya munojat qildilar. Shunda Jabroil alayhissalomga farmon boʻldi: “Ya’qub xotiriga tasalli bergil!” Jabroil alayhissalom keldilar va: “Ey Ya’qub, sabr qilgil, oʻgʻling bilan topisharsan”, dedilar. Shunda Ya’qub alayhissalomning: »Ey birodar Jabroil, Yusufdan habar berarmisan?» degan soʻrogʻiga Jabroil alayhissalom sukut qildilar. Yusuf alayhissalomning birodarlari oʻz gʻqilmishlaridan yuz ming pushaymon va nadomatlar chekdilar, sharmandalikdan otalari yuziga boqa olmadilar).
— Birodamiz Yusufni zoy’e qildik, otamizni oʻldirdik-ku! – deya otalariga qoʻshilib yigʻlashdi ular ham.
— Ey oʻgʻlonlar, bu ish sizlarning makrlaringizdir, hasaddan boʻlgan ishdir. Endi menga sabrdan oʻzga chora yoʻqdir, – dedi Ya’qub alayhissalom koʻzlaridan qonli yoshlar oqizib.
— Ey ota, boʻri yeganiga ishonmayapsan, istasan biz Yusufni yegan boʻrini tutib keltiraylik, zora, uni koʻrib koʻngling taskin topsa, deyishdi oʻgʻlonlari.
— Boring, keltiring, – dedi otalari.
Hammalari biyobonga otlandilar. Oldilaridan bir boʻri chiqib qoldi, uni tutdilar, oyoqlarini bogʻladilar, ogʻziga qon surtib,
(Izoh: boshqa manbalarda keladiki, boʻri dedi: “Misrdan boʻlaman, bir qarindoshimni yoʻqotibman. Bu mamlakatga uni izlab kelganman. Bilishimcha, uni shu mamlakatning podishohi tutib olibdi. Shuni gʻamida oʻn yetti kun boʻldiki, taom yeganim yoʻq). Ey Ya’’ub, bu yolgʻonchilar meni tutib, ogʻzimga qon surtib, senga olib keldilar. Duo qilgilki, uning barokatidan farzandimni topib olsam, – dedi boʻri.
— Shu boʻri yedi, demaganmidilaringiz? – soʻradi ota oʻgʻillaridan.
— Boshqa boʻri yegan ekan, borib topib kelamiz, – deya yana chiqib ketdilar.
— Ey boʻri, Yusuf haqida hech habaring bormi? – soʻradi paygʻambar.
— Ey nabiulloh, Jabroildan soʻramadingizmi?
— Soʻradim, javob bermadilar.
— Agar ul zot sirni ochmagan boʻlsalar, men ham bu sirni oshkor qilmasman, ammo uni boʻri yemagandir.
— Duo qilsam, farzandingni topsang.
— Men ham duo qilayin, Yusufingiz topilsin. Iloho, Ya’qub paygʻambarining oʻgʻlini salomat yetkazgan, – jeji boʻri. Ya’qub alayhissalom duosi barokatidan boʻri shu kuniyoq bolasini topdi vash od-hurram boʻlib Misrga qaytib ketdi. Naql qiladilarki, jannatga besh hayvon – Ya’qub alayhissalomning boʻrilari, Ashobi Qahfning itlari, Solih alayhissalomning tuyalari, Iso alayhissalomning eshhaklari, Ali raziallohu anhuning duldullari kirarkan.
— Bu ish oshkora boʻladigan koʻrinadi. Endi borib yusufni topaylik, agar oʻlmagan boʻlsa, chiqarib oʻldiraylik, boshinik yechib otamizga keltiraylik, shunda zora koʻngli joyiga tushchsa, – Deya kengashdi oʻgʻillari sahroga chiqqach.
Shu paytda Yahuda bu kengashdan behabar holda quduq yoniga kelgandi, hol-ahvol soʻrab, taom berayotgandi. Qaytayotib birodarlariga duch keladi.
— Borib Yusufni quduqdan chiqaraylik, otamizning oldiga olib boraylik. Sirimizni aytmaslikni tayinlaylik-da «oʻgʻri olib ketgandi», deb ayttiraylik. Shunda otamizni firoq dardidan qutqaramiz. Bechora otamiz betoqat boʻlib, taom yemay koʻp aziyat chekmoqdalar, – dedi Ya’hudo birodarlariga. Bu gapdan ular behad gʻamgin boʻlishdi. Soʻngra quduq boshiga ravona boʻldilar.
— Qayon borursizlar? – soʻradi shayton la’in solih odam qiyofasida kelib, birodarlar yoʻlini toʻsarkan.
— Yusufni chohdan chiqargani borurmiz, – deyishdi birodarlar.
— otangiz oldida yana yolgʻonchi boʻlasizlarki? Ilgari boʻri yedi deb, endi oʻgʻri olganda deb borsangiz, gapingizni burdi qoladimi? Otangiz ham, haloyiq ham sizni dushman deb biladilar, – dedi Shayton la’in. (Ushbu gunoh, ya’ni otalarini ranjitganlari sababli ular paygʻambar boʻlmadilar).
Hikoyatda keladiki, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom aytadilar: “malik Za’r Hazoyi degan savdogar bor edi. Uyi Misrda edi. U bir kecha tush koʻrdi6 Quyosh osmondan tushib, qoʻyniga kirdi. Soʻngra bir parcha oq bulut kelib, undan javohirlar yogʻildi. Muabbirlardan ta’birini soʻradi.
— Ey malik, kan’on diyoridan boʻlgan bir qulga ega boʻlasan, mol-mulkin behisob boʻladi, avlodalarining ham boy boʻladilar, – dedi muabbir va malikdan munosib tuhfalarni oldi.
Bu ta’birdan hurram va hushgʻol boʻlgan Malik hozirlik koʻrib, Shom safariga chiqdi. Kan’on diyoriga kelgach, bir necha kun turib qoldi. Shomga bordi hamki, koʻrgan tushining roʻyobidan darak boʻlmadi. Shomga qaytar chogʻida ham qulning fikri-yodi xotiridan ketmadi. Qaytar chogʻida karvon ahli yoʻlini yoʻqotdi. Shunda Jabroil alayhissalom tuyalar boshini tutib, quduqning yoniga olib keldi. Savdogarlar yoʻlidan adashganlarini bildilar, haddi va poenii yoʻq sahro oʻrtasida. Toʻxtab, suv qidirdilar. Ikki qoʻlini (ya’ni, Bashi rva Bushro) suv topib kelishga buyurdilar. Ular suv qidirib yurib, quduqqa duch kelishdi. Charm chelakni quduqqa tashlab, suv tortib oldilar. Uchinchi tortishlarida Yusuf alayhissalom oʻzini chelak ichiga soldi. Shu mahalda Jabroil alayhissalom: «Ey Yusuf, esingda bormi, falon paytda oʻzingni oynaga solib, bahoingni bilmoqchi boʻlganding, endi oʻz bahoingni koʻrgil», dedilar. Qullar chelakni quduqdan torta olmadilar, yordamga uchinchi odamni ham chaqirdilar. Malikni ham chorladilar toʻrt kishilashib tortdilar. Shunda Jabroil alayhissalom koʻmakka keldi, chelakni tortib olishdi. Koʻrdilarki, chelak ichida bir oy ruhsor oʻtirardi.
— Ey bashorat boʻlmish zot, qachondan beri seni koʻyingda yurardim, endi topdim, – dedi Malik. . .
Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarganlarida ul zot qoʻllari Bilan ikkila habashiy qulning yuzlarini silanandi, badanlari oppoq boʻldi. Bundan sevinishib imon keltirdilar va sajdaga bosh qoʻydilar.
— Ey yigitlar, mahluqqa, mahluqqa sajda qilmangalar, bu ravo emas, sizu bizni yaratgan tangriga sajda qiling, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Sizu bizni kim yaratgandir? – soʻradi Bushro.
— Borliqni yaratgan Ollohdir. Uning mulkiga sherik va zavoli yoʻqdir, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Bizga imondan saboq bergil, – deyishib, Yusuf alayhissalom koʻmagi bilan imon keltirdilar va musulmon boʻldilar. Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarmoqning hikmati shu edi.
Savol: Paygʻambar farzandlarini sotmoq joiz emas. Yusufning qul sifatida sotilmogʻiga nima hikmat bordir?
Javob: Kunlarning birida Yusuf koʻzguga boqib, oʻz aksini koʻradi va hayratlanadi. Shunda uning koʻnglida «Shu chiroy Bilan qul boʻlganimda sotib olishga kimning kuchi yetar edi», deya oʻz koʻrkiga quvongandi. Goʻzalikka quvonmoqlikning bahosini koʻrgizdilar. Sotilmoqlikning hikmati shunda.
Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarib olganlarida birodarlari yetib qoldilar.
— Bu bizning qochib yurgan qulimiz edi, uch kundan beri qidirib yurgandik, agar olmoqchi boʻlsang, sotamiz, – deyishdi. Soʻngra Rubil kelib, Ibriy tilida tayinladi: – Biz nimani istasak, sen shunday edi, deb turgil, yoʻqsa oʻldiramiz.
— Qulmisan? – soʻradi Malik Za’r.
— Ha, qulman, Ollohning quli, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Bu qul kichikligidan boshlab biz bilan birgadir, shu bois sotishga koʻngilimiz yoʻqdir, agar oʻzi hohlasagina soamiz, – deyishdi. Ammo, buning uch aybi bor, birinchi aybi – oʻgʻridir, ikkinchi aybi – qochoqdir, uchinchi aybi – yigʻloqidir.
— Mayli roziman. Ammo menda aqcha yoʻq edi, istasangiz ot, tuya, mol-qoʻy berayin, – dedi malik Za’r.
— Bizga unday narsalar kerak emas, ulardan zerikkanmiz, ozgina boʻlsa ham aqcha bersang boʻldi, rozimiz, – deyishdi ular bir-birlari bilan obdan kengashib olgach. Negaki, ular mol-qoʻy oladigan boʻlsalar, otalari oldida ayblari oshkor boʻlib qolardi.
— Qnacha beray boʻlmasa, – dedi malik Za’r.
— Oʻn sakkiz aqcha bersangiz kifoya, – deyishdi.
— Mayli, oling, – dedi Malik Za’r va oʻrnidan turib aqcha keltirdi. Misr aqchalarini tarozida tortib koʻrdilar, ular Kan’on yarmogʻining yarmiga toʻgʻri keldi. Demak, Yusuf alayhissalom toʻgʻgʻiz Ka’on aqchasiga sotildi.
— Oʻz qoʻlingiz bilan xat qilib berasiz,- dedi Malik Za’r.
— Xatni shu shart bilan beramizki, qulimizning oyogʻiga kishan urasan, qattiq egarga mindirasan, uzoqroq yerga olib borib sotasan, – deyishdi va shurtga Malik Za’r ham rozi boʻldi.
Xat bitildi, uni Yahudo yozdi:
«Bismillohir rahmonir rahiym. Biz Ya’qub alayhissalomning oʻnala oʻgʻlonlari: Birinchi – Rubil, ikkinchi – Sham’un, uchinchi – Yahudo, toʻrtinchi – Loviy, beshinchi – Joda, oltinchi – Don, yettinchi – Yagʻsar, sakkizinchi – Yastoxir, toʻgʻgʻizinchi – Zabotuq (ba’zi rivotlarda Riyyolun deyilardi), oʻninchi – Qozur -Yusuf degan qulimizni malik Zoʻrga oʻn sakkiz aqchaga sotdik hamda uch aybini: oʻgʻrilik, qochoqlik, yigʻloqilik – aytdik va Malik Za’r bilan uch shartga – oyogʻiga kishan urmoqlik, qattiq egarga mindirmoqlik, yiroq joyga eltib sotmoqlikka kelishdik, deb bu xatni faoln kun, falon oyda oʻz qoʻlimiz bilan bitdik».
Vaqtiki, birodarlari Yusuf alayhissalomni Malik Za’rga topshirib, oʻtovlariga qaytgandan soʻng uylariga ketmay turdilar. Chunki ular koʻnglida «Mobodo Yusuf, otamiz qoshiga qochib borib, bizlarni sharmanda qilmasin», degan hadik bor edi. Kech kirgach, Yusuf alayhissalom Malikdan ruxsat tiladilar:
— Ey Malik, bir kishini hamroh qilsang, birodarlarim bilan vido qilib kelsam. Kichikligimdan beri ular Bilan katta boʻlganman.
— Ular seni qulimiz deya sotishdi-yu, sen boʻlsang birodarlari deysan, – deya taajublandi. Shundan boʻlsa-da bir odamni hamroh qilib ruxsat berdi. Oyoqlariga kishan urilgan Yusuf alayhissalom yiqila-yiqila koʻrklik yuzlari tuproqqa belanib, yanoqlariga tikanlar sanchilib, yuzu koʻzi qonga belanib, qarindoshlari oldiga keldi. Yusufni bu ahvolda koʻrib, ular ham yigʻlashdi, hijolatdan yuziga boqolmadilar.
— Ey birodarlarmi, bunday ishni menga nisbatan qildingiz, boshqalarga hargiz qilmangiz. Qari otamdan ayirdingiz, qiyomat kuni unga qanday javob berarsizldar?! Taqdiri ilohiy shu ekan, rizo boʻlmoqdan oʻzga choram yoʻq. Otamga mendan salom denglar. Otam men uchun koʻp ta’ziyatlar tutadilar, – dedi Yusuf alayhissalom birodarlarining har qaysisi Bilan alohida-alohida vido qilarkan. Navbat Yahudoga yetganda boʻynidan quchoqlab olib, hoʻng-hoʻng yigʻladi. – Ey jondan aziz qarindoshim, menga hammadan mehribonroq eding. Qaerda quduq koʻrsang, meni yodingga olgin. Qachonki otam Bilan birga boʻlsang, «Yusuf qaerda ekan, Kim bilan birga yuribdi ekan», deb yodlagin. Ey Yahudo, bugun toʻrtinchi kunki, sizlardan ayrilganman. Sizlarsiz gʻariblikda nima qilaman, – dedi Yusuf alayhissalom akalariga qarab.
Yusuf alayhissalom shunday bir holatga tushdiki, butun badani suv boʻlib eridi, iztirobga tushdi-da, betoqatlik bilan «Oh, onam! Oh, onam!» deganicha oʻzini tuyadan tashladilar. Qabrni quchoqlab, oftobdek ravshan yuzlarini tuproqqa surtib, rosa yigʻladilar. Ul zotning yigʻilaridan osmonda uchgan qushlaru, daryoda suzgan baliqlar ham tugʻyon va figʻonga keldilar.
— Eyo onam, sizdan ayrilganim yetmasmidi, otamdan ham ayirdilar. Ustiga-ustak qul boʻlib sotildim, qattiq egardan nozik badanlarim yanchildi. Qoʻl-oyogʻim ogʻir zanjirlardan xarob boʻldi. Mehribonginam, koshki tirik boʻlganingizda holimni soʻrgan boʻlardingiz, – Deya nolayu zor qildilar.
— Ey hojam, u qul tuyadan tushib qochibdi, – deya faryod koʻtardi qul Aflih Yusuf alayhissalomni yoʻqotib qoʻyib.
— Sotgan kishilar qochoq ekan deb toʻgʻri aytgan ekanlar, – dedi Malik qidirib topinglar.
Hamma izlashga tushdi. Aflih yetib kelib koʻrdiki, u bir qabrni quchib, yigʻlab yotardi.
— Boʻldi, bas, oʻgʻri qul! – deya zolim habash Aflih Yusuf alayhissalomni bir shapatilab urdi va oyoqlaridan sudrab olib bordi. Shunda Yusuf alayhissalomning koʻzi oldida oʻt chaqildi, koʻngli ogʻrindi, ogʻiz-burinlariga tuproq toʻldi, girya va nola qildi:
— Iloho, oʻzing koʻrib, bilib turibsa! Na boʻlgʻayki, karvon ahliga qudrating Bilan bir tanbeh bersang!
— Iloho, bu yetim bechoraning holiga rahm qil, uning nolasiga toqatimiz qolmadi, – deyishdi farishtalar ham larzaga kelib.
Duo ijobat boʻldi. Shamol qoʻzgʻali, olamni qora bulut bosdi. Shamol zoʻrayib, koʻz ochib boʻlmay qoldi. Qorongʻulik kunduzni kechga aylantirdi. Karvon yoʻlini yoʻqotdi.
— Agar karvonda Ollloh taologa isyon qilgan kishi boʻlsa, tavba qilsin, – dedi Malik Za’r karvonni toʻplab. Shoyad, Olloh taolo bu baloni bizlardan daf qilsa.
— Bu oʻgʻlon duo qilgandi, shu voqealar sodir boʻldi, – dedi Aflih Malik Za’r oldiga borib. Shunda Malik Aflihni olib kelib, Yusuf alayhissalomning oyoqlariga yiqildilar, uzrhohlik qildilar.
— Ey Yusuf, bu Afliq bilmay beadablik va behurmatlik qilibdi. Siz avf etib, gunohini bagʻishlang, shoyad bu balo bizdan daf boʻlsa.
Yusuf alayhissalomning koʻngillari hush boʻldilar, kuldilar. Shu zamon havo ochildi, olam charogʻon boʻldi. Karvon ahli bu moʻjizani koʻrib, xushgʻol boʻldilar. Yusuf alayhissalomning oyoqlaridan kishanlarni yechib oldilar, chiroyli kiyimlarni kiydirdilar.
— Ey Yusuf, sen karvonning oldida yurishga loyiqsan, boshqalar hammalari seni orqangdan yursinlar, – deyishdi unga. Olloh taolo bir parcha bulutga amr qildi. Bu bulut soya qilib, choʻl issigʻidan saqlab bordi.
— Ey malik, bu bola Ollohga yaqin oʻgʻlon ekan. Uning koʻnglini zinhor ogʻritmang! – deyishdi karvon ahli bu moʻjizalardan tong qolib.
— Ey Yusuf, tuyadan tushib qolibsan, qochish maqsading bormi? – soʻradi malik Za’r.
— Hudo saqlasin, hargiz qochmagayman. U joyda onamning qabri bor edi, u bilan vidolashgani tushgandim, – dedi Yusuf alayhissalom.
Savol: paygʻambarlar haloyiqni duoibad qilmas edilar. Yusufning karvon ahlini duo qilmogʻida ne hikmat bor?
Javob: Yusufning duosi duoibad emas. U xot bu qul meni urdi, gunohkor boʻldi, qiyomatda azob koʻrgusi. Zora Olloh qudratini koʻrib, tavba qilsa, gunohidan forigʻ boʻlsa, doʻzax azobidan qutilsa, degan umidda hayrli duo qilgandi.
Alqissa, karvon yoʻlga ravona boʻldi. Misrga yetishga bir kunlik yoʻl qolganda Ushvon degan joyda, dengiz qirgʻogʻida toʻxtadilar.
— Ey oʻgʻlim, suvga tushib, yuvinib, oʻzingni gard-gʻuborlardan poklab olgin, ertaga shahar xalqi bilan uchrashurmiz, – dedi malik Za’r.
Yusuf alayhissalom suv boʻyiga keldilar va Ollohga munojat qildilar:
— Iloho, bir pardani karomat qilgil. Badanlarimni kishilar koʻrmasinlar.
Olloh taolo Aynulhiton baliqqa amr qildi. U baliq suv ichidan chiqib, gavdasi biolan Yusuf alayhissalomni toʻsdi. Ul zot yechinib, yuvina boshladi.
— Iloho, Yusufning barokatidan shunday karomat bergilki, jamiki baliqlar ichida nomim ezgulikka burkansin, – dedi baliq. Bu duo ijobat boʻldi. Olloh taolo unga ikkita balo berdiki, ulardan birining qornida Yusuf alayhissalom qirq kun turdi. Yana birining qornida esa Sulaymon alayhissalomning uzuklari qirq kun turib qoldi.
Yusuf alayhissalom yuvinib boʻlganlaridan soʻng Jabroil alayhissalom jannatdan nurdan yaratilgan koʻylak keltirdi. Malik Za’r unga shohona toʻn kiydirdi, boshiga oltin toj, kiydirib gavharlar Bilan ziynatilgan kamar bogʻladi. Yasatib, tuya kajavasiga oʻtkazgan edi Yusuf alayhissalomning bir husnlari ming boʻldi, haloyiqning koʻzi hira, aqli tiyra boʻldi.
Savol: Oʻsha karvon ichida boshqa joylardan kelganlar ham bor edi. Yusufni aynan Malik Za’r qoʻliga tushirilganda qanday hikmat bor?
Javob: Misr shahrida Zulayho degan zaimfa bor edi. Olloh taolo taqdiri azalda bu zaifaga Yusuf alayhissalom qoʻlida imon keltirishlikni taqdir qilgandi. Yusufning Malik Za’r sotilish, Misrga keltirilishi va Yana sotilishidan sabab shu edi.
Vaqtiki, malik Za’r Yusuf alayhissalomni Misr yaqiniga olib kelganida shaharda shunday gap yurdi: «Malik osmon oyini yerdan topib olganmish. Kimki uning yuziga boqsa, koʻzi hira boʻlarmish. Uning husnu malohati oldida kunu oy hira tortarmish». Bu gapni eshitgna Misr ahli borki, hammasi: yoshu qari, erkaku ayol tomoshaga chiqdilar. Hammasining koʻzi Yusuf alayhissalomda edi, uning boshi uzra bir parcha bulut soya tashlab turardi. Buni koʻrgan odam borki, oshiqu shaydo boʻlardi, Yana bir koʻrsam, deya orzu qilardi, hargiz ajratgilari kelmasdi. Hamma viloyatning beklari kelib, Yusufni sotib olmoq umidida oltin, kumush, mol-qoʻy, tovar yigʻa boshladi. Ular pullari yetmasa, jonlarini ham berishga tayyor edilar. Dallollar oraga kirib, narhini tinmay oshirish payida edilar. Chiroyli koʻrinishli ayvon qurib, naqshlar Bilan bezatdi, shohona gilam va bisotlar bilan oroyish berdi. Oltin taxt qoʻyib, zarboplar Bilan bezatdi. Juma kuni edi. Misr xalqi kimdir sotib olishga, kimdir tomoshaga yigʻildilar. Jarchi baland ovoz Bilan chorlay boshladi:
— Ey Misr xalqi, koʻringlar, chiroyda hech bir odam bolasi tenglasha olmaydigan bu oʻgʻlonni kim sotib oladi. Kulcha yuzli, yumaloq boshli, qora sochli, oʻngi soʻlida qirq gajaklik, badani kumushdek oppoq, qoshlari kamon bilan chizilgandek kamon, yuzi kundek ravshan, yanoqlari anor donasidek qizil, kipriklari oʻqdek, tishlari gavhardek, ogʻizlari pistadek, hipcha bellik, shirin soʻzlik – suratiyu sifati shunday oʻgʻlonni sotib olishga kim qodir. (Oyat) «Kim dunyoda oʻxshasha boʻlmagan nazofatli, goʻzal soʻzli gʻulomni Kim sotib oladi?»
— Ey jarchi, – dedi Yusuf alayhissalom boshini quyi solib, koʻzidan qonli yoshlarni oqizib, – sifatlaydigan boʻlsang toʻgʻrisini soʻzlagin.
— Qanday aytayin, – dedi jarchi.
— Aytgilki, (Oyat) «Kim dunyoda tengi boʻlmagan qaygʻuli, zaif, orqi, bechora bir gʻulomni sotib oladi», deb. Sening aytganlaring urf va odatlarga mos emas, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Rsotini aytarman, – dedi jarchi.
— Rost soʻzlashga koʻngling moyil boʻlsa aytgilki, (Oyat) «Kim Ollohning doʻsti Ibrohimning abirasi, ollohning qurboni Ishoqning nabirasi, Ollohning bandasi Ya’qubning oʻgʻli, Ollohning rostgoʻy bandasi Yusufni qul qilib sotib oladi».
— Shunday desam haloyiqning yuragi yorilmaydimi? – taajjublandi jarchi.
Aytishlaricha, dallollar yigʻilib, Yusuf alayhissalomning narxini oshira boshladilar. Uning qiymatini oʻzi ogʻirligicha oltin, oʻzi ogʻirligicha kumush, oʻzi ogʻirligicha ifor, oʻzi ogʻirligicha shakar, oʻzi ogʻirligicha harir, oʻzi ogʻirligicha anbar, oʻzi ogʻirligicha kofurga tenglashtirdilar. Yana ba’zi rivoyatlarda aytilishicha, Yusuf alayhissalomning oʻn yoʻsindagi ogʻirligicha boʻldi. Qachonki, jarchi Yusuf alayhissalom otalarining nomlarini ayta boshlasa, Malik Za’r koʻzi yoshga toʻldi, koʻnglida oʻt alanga oldi.
— Ey Yusuf, oʻsha kunda quduq boshida bu sirni nega aytmading, sotib olmagan boʻlardim, – dedi Malik Za’r.
— Birodarlarim meni oʻldirib qoʻyishlaridan choʻchigandim, – dedi Yusuf alayhissalom. (Oyat) «Tagʻin sen kaon tepaliklaridan birida oʻtirib olib, «Ey Parvardigorim, dilimning mevasi, qoʻzimning qorasi oʻgʻlimni menga qaytarib ber!» deb zor-zor yigʻlab turgan gʻamgin moʻysafidning oʻgʻli boʻlmagin», – dedi Malik Za’r.
— Oʻsha koʻzi yoshlik, bagʻri kuyuk, firoq oʻtida oʻrtangan, hasrat dengizida gʻarq boʻlgan, oʻqday boʻyi yoydek egilgan, oydek ochiq koʻngilli tutdek toʻkilgan Isroilloh oʻgʻli, Zabihulloh nevarasi, Halilulloh chevarasi boʻlgan Yusuf mendirman, – dedi. Buni eshitgan malik Za’r oʻrnidan shartta turdi-da, Yusuf alayhissalomning oyoqlariga yiqildi, behad uzr soʻradi.
Oʻsha paytda misrning podishohi malik Rayyon ibn Navzod, ibn ol-Valid ibn arosht, ibn Miron, ibn Umar, ibn Amloh ibn Lovad ibn Som ibn Nuh alayhissalom edi. Oʻgʻlon ovozasi unga ham yetdi. U Azizi Misr ismli vazirini joʻnatdi6
— Borib koʻrgil, odamlar aytganchalik boʻlsa, sotib olay.
Azizi Misr kelib, Yusuf alayhissalomni taxtu izzatda, toju davlatda, husnu malohatda koʻrib, tanu dili Bilan oshufta boʻldi. Oh deganicha otidan tushdi-yu, hushi boshidan uchdi, soʻzlagani holi qolmadi. Malik Za’rga Rayyon Malikning soʻzlarini aytganicha iziga qaytdi.
FOYDA. Koʻrarsanki, Quyosh ismli podshoh tunning yarmida baland osmondan malohatli yuzni koʻrmoq uchun qora yerga oʻzi tushdi, Yusufga sajda qildi.
Iso alayhissalom ahvolida ham insoniyatga toʻsiq-parda qoʻyildi, u ham boʻlsa otaliq pardasi ediki. haloyiq to qiyomatga qadar fitnada qoldilar, maryamni Ollohning xotini dedilar, Iso alayhissalomni Hudoning oʻgʻli dedilar. Ammo Yusuf alayhissalomning yuziga niqob tortmadi, suratini hijob ichiga yashirmadi, shuning uchun quyosh va oy uning jamolin koʻrib bir kecha osmondan tushdi, sajda qildi. (Oyat) «Agar Olloh taolo inson ruhini shakllantirib koʻrsatganda edi, uni koʻrgan odam borki, sajda qilgan boʻlardi». Aziz ham shu boisdan oy yuzli oʻgʻlonnikoʻrib, oyogʻiga bosh urdi.
Xullas, Azizi Misr Yusuf alayhissalomni sotishlarini soʻradi.
— Hali shaharga kirganimiz yoʻq, bozorni ham koʻrmadik, qulni bozorga solmadik. Ertaga siz nimani istasangiz, oʻshani qilarmiz, – dedi Malik Za’r va Aziz Misrni qaytarib yubordi.
Ertasi kuni Malik Za’r Yusufga podshohlar libosini kiydirdi, boshiga toj kiydirdi. Qosh yoylari, kpriq oʻqlari, malohat lashkari Bilan jonlarni asir etmoqlikka, ellarni talamoqlikka, koʻngillarni zabt etmoqlikka qasd qilib, shohona kiyimlar kiygan, shohona otlar mingan holda Misrga kirib bordilar. Yusuf alayhissalomni bir taxt ustiga oʻtqizdilar. Jarchilar ishga tushdilar:
— Mana bu latofatli, zarofatli qulni bahosiga yetib kim oladi7
— Mana bu gʻarib qulni kim oladi, deb aytgin, – dedi Yusuf alayhissalom boshini quyi solib, koʻzidan yoshlarini oqizib.
— Mana bu nodir qulni kim oladi? – dedi jarchi.
— Mana bu haydalgan qulni kim oladi degin, – dedilar Yusuf alayhissalom.
— Mana bu latif qulni kim oladi, – dedi jarchi.
— Mana bu zaif qulni kim oladi degin, – dedi Yusuf alayhissalom.
Jarchi xislatlarini deb tirishardi, Yusuf alayhissalomning esa koʻzidan yoshlar shashqator boʻlardi.
— Ey Yusuf, qaygʻurmagil, sabr qilgil. Bugun qul boʻlib stoilsang, ertga podishohlikka yetkazib, Misr xalqini qul qilib berurman. Bugun horlikni tortib, ertaga izzatini koʻrgin. Bugun «Men olayin«, degan haridor, ertaga “Men sotayin”, deb intizqor boʻlurlar, – Ollohning bu amirini Jabroil alayhissalom olib keldilar. (Oyat) »Bu mamlakatda Yusufga biz shunday martaba berdik».
Rivoyatlarda kelishicha, Vahab ibn Munabbah aytdilar: «Yusufning bahosi toʻrt yuz ritl oltin, toʻrt yuz ritl, toʻrt yuz ritl inju, toʻrt yuz ritl gavharga teng boʻldi». Zulayho eri Azizi Misrga dedi.
— Oʻsha oʻgʻlonni sotib oling, bizga qul boʻlsin. (Bilmadiki uning zi qul boʻlarini).
Yana bir rivoyatda Zulayho kajavada oʻtirib, sayr tamoshadan kelayotganda Yusufga yoʻliqdi, koʻngli buzildi.
— Bu oʻqlonni sotib olgin, – dedi Azizi Misrga.
— Bizda buning bahosiga yetgulik molimiz yoʻq dedi Aziz.
— Bor molimizni beraylik, yetmaganiga otamdan keltiray, u ham yetmasa boʻynim va quloqlarimdagi ziynatlarimni ham chaqirib berayin, – dedi Zulayho. Darhaqiqat, qullik ipi bogʻlangan boʻyniga marjon ne hojat!
— Ey Zulayho, men Yusufni sotib olish uchun podshohdan vakil boʻlib kelganman. Sening nomingdan ham soʻzlayin, – dedi Aziz.
— men borib podshohdan ruxsat soʻrayin, rozi boʻlsa, Yusufni sotib olayin, – dedi Zulayho. U parvonaday oʻzini olovga otda, qul olmoqchi boʻlib, oʻzini qullikka sotdi. Yoʻli Yusufga, koʻzi goʻzalga tushgach, tuzoq qoʻyaman deb, oʻzi tuzoqa tushdi. Koʻz Bilan koʻrayin deb, koʻnglini oldirdi. Uzoqqa yuguraman deb, qopqonga ilindi. Yoʻl ustida toʻlin oyni koʻrdi-yu, asir boʻldi. Xushsiz boʻlib otdan tushdi-yu, chechakday chehrasi soʻldi. Oʻzga chora topolmay Azizga Yusufni olishni targʻib qildi. Iloji boʻlmagach, podshohga bordi, iltimos qildi. Ijobat boʻlgach, mol toʻpladi, bahosini berib Yusuf alayhissalomni sotib oldi.
Aytadilarki, malik Za’r Yusuf alayhissalomning otalari kimligini bilgach, Halilning nasabidan ekanini bilgach, Isroil urugʻidanligini bilgach, savdodan pushaymon boʻldi, ba’yni buzmoqchi boʻldi, ammo uddalay olmadi. Yusufni olib Kan’onga eltmoqchi, olganlarini qaytarmoqchi boʻldi-yu, koʻnmadilar. Nechukki, azalda bu taqdirni malik Zay’r yozmagandi. Taqdirda yozilgan qismadni Za’r oʻgʻli buza olmasdi. Zulayhoning koʻngilda tushgan «Uning muhabbatiga mubtalo boʻlibdur« oyati hukmiga Malik Za’rning shafoati foyda bermasdi. »Anna shunday martaba berdik biz Yusufga oʻsha mamlakatda» oyati amriga Abu Zuloma qanday ham ora kirsin, Zulayhoning koʻnglidan ishqni qandayin chiqarsin, Yusufni bu davlatdan nechun mahrum eta olsin. Oʻsha savdo uzilmagach, bay’ buzilmagach, Yusuf alayhissalomga yolvorishga tushdi.
— Ey risolatga erishgan sulola xonadonining a’zosi, paygʻambarlik ildizining mevasi, ey saltanat vorisi, ey saodat muhri, ey aslnasab odamizodlar ulugʻi! Koshki, oʻsha kunda rost aytganingda sotib olmagan boʻlardim. Olsam ham Kan’onga olib borgan boʻlardim. Endi nima qilayinki, erkim qolmadi, qaytarib olmoqqa qoʻlim qisqa, yarogʻim yoʻq, soʻzimdan qoʻytmoqqa holim qolmadi. Imkonim yoʻq, nima hiyla qilayin, kimdan kengash soʻrayin.
— Boshqa yoʻling qolmagan boʻlsa, hamma bahoimni olmagin, ozod kishilar bahosiga sotmagin, – dedi Yusuf alayhissalom. Malik za’r bu soʻzni qabul qildi. Baholarni tushira boshladi.
LATIFA. Oqil kishilarga oyyu kunday ravshanki, kofirlar bu dunyoning chiroyini behad koʻp mol berib sotib oldilar, lekin ogʻrinmadilar, chunki ular ham mol oldilar, ham jamol. Musulmonman deguvchilar, sizlar oxirat Yusufin (ya’ni goʻzal oqibatin) toat-ibodat otlik narx bilan sotib olishda ogʻrinmang, yoʻqsa, ikkisidan ham quruq qolursizlar. Negaki, (Oyat) «Albatta Olloh taolo birovga oxiratning hisobiga dunyo beradi».
— Sening soʻzlaringni eshitdim, – dedi molik Za’r Yusuf alayhissalom oldiga kelib. – Olgan mollarni Azizi Misrga topshirdim. Endi sendan bir hojatim borki, ijobatidan umidvor haridorman. Molim behad ziyoda-yu ammalarim yoʻq. Butoqlari yoʻq quruq yogʻochman. Sendan duo boʻlsa, uning ijobatiga haqdan umidim bor. Aytdilarku, oʻgʻil-qiz goʻrga nur, koʻzlarga Surur boʻlarlar. Rasul alayhissalom aytadilar: «Farzandlarimiz – yerda yurgan jigarlarimiz».
Bu soʻzlarni eshitgan Yusuf alayhissalom koʻkka muidvor tikildi.
Jabroil amin shu lahzada keltirdi:
— Ey Yusuf, bu qulimizning hojatini soʻragin, ijobat eshiklari ochiq.
— Ey risolatga erishgan sulola xonadonining a’zosi, paygʻambarlik ildizining mevasi, ey saltanat vorisi, ey saodat muhri, ey aslnasab odamizodlar ulugʻi! Koshki, oʻsha kunda rost aytganingda sotib olmagan boʻlardim. Olsam ham Kan’onga olib borgan boʻlardim. Endi nima qilayinki, erkim qolmadi, qaytarib olmoqqa qoʻlim qisqa, yarogʻim yoʻq, soʻzimdan qoʻytmoqqa holim qolmadi. Imkonim yoʻq, nima hiyla qilayin, kimdan kengash soʻrayin.
— Boshqa yoʻling qolmagan boʻlsa, hamma bahoimni olmagin, ozod kishilar bahosiga sotmagin, – dedi Yusuf alayhissalom. Malik za’r bu soʻzni qabul qildi. Baholarni tushira boshladi.
LATIFA. Oqil kishilarga oyyu kunday ravshanki, kofirlar bu dunyoning chiroyini behad koʻp mol berib sotib oldilar, lekin ogʻrinmadilar, chunki ular ham mol oldilar, ham jamol. Musulmonman deguvchilar, sizlar oxirat Yusufin (ya’ni goʻzal oqibatin) toat-ibodat otlik narx bilan sotib olishda ogʻrinmang, yoʻqsa, ikkisidan ham quruq qolursizlar. Negaki, (Oyat) «Albatta Olloh taolo birovga oxiratning hisobiga dunyo beradi».
— Sening soʻzlaringni eshitdim, – dedi molik Za’r Yusuf alayhissalom oldiga kelib. – Olgan mollarni Azizi Misrga topshirdim. Endi sendan bir hojatim borki, ijobatidan umidvor haridorman. Molim behad ziyoda-yu ammalarim yoʻq. Butoqlari yoʻq quruq yogʻochman. Sendan duo boʻlsa, uning ijobatiga haqdan umidim bor. Aytdilarku, oʻgʻil-qiz goʻrga nur, koʻzlarga Surur boʻlarlar. Rasul alayhissalom aytadilar: «Farzandlarimiz – yerda yurgan jigarlarimiz».
Bu soʻzlarni eshitgan Yusuf alayhissalom koʻkka muidvor tikildi.
Jabroil amin shu lahzada keltirdi:
— Ey Yusuf, bu qulimizning hojatini soʻragin, ijobat eshiklari ochiq.
— Qanday duo qilayin. Ishorat va ibodatni oʻrgatgil, ey Jabroil, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Aytgilki: «Ey birovni azizu, birovni hor qilguvchi Zot! Ey birovning martabasini balandu, birovnikini past qilguvchi Zot! Ey birovga berguvchiyu, birovni mahrum qilguvchi Zot! Ey har narsaga qodir Zot, mana bu boʻysafidga oʻgʻil farzandlar ato etgil!» – dedi Jabroil amin.
Tanbeh. Oʻe oʻgʻil-qizi boʻlmaganlar, murodi hosil boʻlmaganlar! Qalblaringizni poklang, e’tiqodingizni mustahkamlang, bu kalimalarni tilda joriy qiling. Yusuf alayhissalom duosi barokati tufayli Olloh taolo barcha tilaklaringizga yetishtirgay. Inshoollohu taolo!
Siddiqning bu duosi ijobat boʻldi. Abdulloh ibn Abbos r.a.ning rivoyatiga koʻra, «Yusuf alayhissalomning Molik Za’rga qilgan duosi ijobat boʻldi. Molikning oʻn ikki choʻrilari bor edi. Ul kecha hammalari Bilan qovushdi. Ularning har qaysisi egiz farzandga homilador boʻldilar. Toʻqqiz oydan soʻng yigirma toʻrt oʻgʻil tugʻib berdilar».
Savol: Yusuf alayhissalomning Ollohga shunchalik yaqin holati boʻlsa-yu, bunchalik mashaqqat tortmogʻiga ne sabab?
Javob: Paygʻambarimiz Muhammad mustafo alayhissalom deydilarki: «Haqiqatda balolarning eng kattasi paygʻambarlarga tushadi, ulardan keyin avliyolarga, undan keyin ulardan quyilarga va undan keyin shu tartibda. Olloh taolo dargohida avliyo qullar misoli igna kabi boʻladilar. Hamma choponlar igna bilan tikiladi-yu ammo oʻzi yalangʻoch qoladi. Yoki ba’misoli chiroq: oʻzi yonaru, oʻzgalarga yorugʻlik berar».
Ammoriy qissalarda kelishicha, Yusuf alayhissalomni savdolashib, sotib olinayotgan paytida tuya minggan koʻchmanchi arabni koʻrishibdi. Ul tuya bu oy yuzlik zotni koʻrib tilga kiribdi: «Yaratganning taqdirida nima hikmat bor bilmasman». Buni eshitgan hamma haloyiq lol qoldilar. Aytishlaricha, tuya uch kunlik masofadan Yusuf alayhissalomning hidini sezdi, koʻrmoqqa mushtoq boʻldi, uch kungacha na oʻt yedi, maqsadiga yetgach, soʻzlab yubordi. Ishorat. Yusuf alayhissalom tufayli munglik va bezabon tuyaning holi shu boʻlgach, bechora Zulayho qandoq sabr qilsin.
Aytishlariga koʻra, Zulayho Azizi Misrning xotini edi. Azizi Misr qibtiy edi, Rayyon Malikning etikdoʻzi edi, moʻmin edi, imon keltirganini Rayyon malik ham bilar edi. Unga «Sening yumushlaringni ado qilayin, meni imondan qoʻytarmagil», deb oʻtinch qilgan edi.
Olloh taolo Yusuf alayhissalomning koʻrkidan olib, Zulayhoga ham bergan edi. Aytishlaricha, oʻsha kunda Yusuf alayhissalom oʻn uch yoshda, Zulayho esa oʻn sakkizda edi. Azizi Misr Yusuf alayhissalomni sotib olib, uyiga keltirdi.
— Bunga yaxshiliklar qilgin, boshqalardan ortiqroq qaragin, totli taomlar, yumshoq kiyimlar kiydirgin, uni gʻoyatda izatli tutgin, – dedi u Zulayhoga tayinlab. – Bizlarga foydasi tekkusidir, Sotsak, undan koʻp foyda olarmiz, sotmasak, uy ichida ishlatarmiz, shoyad foydasi tegsa. Ma’lum tushsa, ozod qilib, oʻgʻil tutinarmiz.
Hadis. Ibn Ma’sud r.a. rivoyat qiladiki: eng rostgoʻy va farosatli odam uchratur – birinchisi, Azizi Misr va uning «Shoyad bizga foydasi tegsa yoki oʻgʻil qilib olamiz» degan soʻzi; ikkinchisi – Shuayb alayhissalomning qizi.
haligi koʻchmanchi arab yana keldi.
— Ey yigit, nimaga yigʻlarsan, – dedi u.
— Nechun yigʻlamayinki, otamdan ham onamdan ayrildim, qul qilib sotildim, – dedi Yusuf alayqissalom. – Sen qaysi yurtdan kelding, ey arobiy
— Kan’ondan keldim, – dedi.
— Ya’qub alayhissalomni bilarmisan? – dedi Yusuf alayhissalom.
— Nega ham bilmayin, paygʻambarimiz – Ya’qubdir, – dedi u.
— Ya’qub oilasidan qanday xabar berarsan? – dedi Yusuf alayhissalom.
— Ya’qubning Yusuf degan oʻgʻli bor edi. Birodarlari uni biyobonga ovga olib borib, «Boʻri yedi« deb qaytib keldilar. Yigʻlay-yigʻlay Ya’qubning koʻzlari koʻrmas boʻldi. Yoʻl boshida “Bayt ul-ahzon” (»?amlar uyi») degan uy qurib, oʻshanda ibodat bilan yigʻlab turar, – dedi u. Bu gapni eshitgan Yusuf alayhissalom hushidan ayrildi. Hushiga kelgach dedi:
— Ey arobiy, Ya’qub paygʻambarining Yusuf degan oʻgʻli menman, qarindoshlarim qul qilib sotdilar. Kan’onga borsang, Ya’qub paygʻambarga mening salomimni yetkazgil va Yana degilki: «Ey otam, men uchun yigʻlay-yigʻlay koʻzlaring koʻr boʻlibdur, buni eshitib zaif tanimga taom singmaydirgan boʻldi, yorugʻ jahon koʻzimga tangu tor boʻldi, qoraydi», – degach Yusuf alayhissalom duo qildi. Uning tuyasi oʻrnidan turdi, yoʻlga tushdi, Yusuf esa yigʻlagan holda uyga kirdi.
Koʻchmanchi arab kan’onga keelib, Ya’qub paygʻambarning eshigini qoqdi. Shunda Yusuf alayhissalomning Zayna ismli qiz qarindoshi eshikni ochdi.
— Kim boʻlarsan, qanday odamsan? – soʻrdai Zayna.
— Ya’qub paygʻambariga gapim bor, uni boshqalarga aytmasman, – javob qildi arobiy.
— Ya’qubning bugun oldingga chiqqulik holi yoʻqdir. Bugun u Yusufning qonli koʻylagini qoʻlga olgandir. U Odam alayhissalom ridosini kiydi, Shis alayhissalom tojini boshiga qoʻydi, Nuh alayhissalom xassasini qoʻliga oldi, Ibrohim alayhissalom koʻylagini egniga ildi, Ismoil alayhissalom belbogʻini beliga bogʻladi. Arzini behojat podishohiga «Iloho, Yusufning oʻlik yo tirikligini menga bildirgin!» – Deya arzi hol qildi Zayna.
— Duosi ijobat boʻldi, men Yusufning oldidan keldim, – dedi arobiy. Zayna kirib bu soʻzlarni aytgandi, Ya’qub paygʻambar uni huzuriga chorladi. A’robiy Yusuf salomini topshirgach, ota oh-dodi-yu xushidan ayrildi. Xushiga kelgach:
— Ey arobiy, tushmisan? – deb soʻradi.
— Tushmasman, Yusufning oldidan keldim, – dedi u. Shunda Ya’qub paygʻambar oʻrnidan turdi-da, arobiy quchib, ikki koʻzini oʻrtasidan oʻparkan:
— Ey arobiy, Yusufimni shu koʻzlaring bilan koʻrdingmi? – deb soʻradi.
— Koʻrdim, – dedi arobiy.
— Ey arobiy, meni shunchalik sevintirdingki, ne hojating boʻlsa aytgil, Ollohdan soʻrab berayin, sen ham sevinchga toʻlgil!
— Ey Ollohning rasuli, menga mol-dunyo kerakmas, yeguligim, kiyguligim bor. Oʻttiz qizim boru oʻgʻlim yoʻq. Duo qilgin, Olloh taolo menga oʻgʻil ato etsin, – dedi arobiy. Ya’qub alayhissalomning duosi ijobat boʻlib, arabiyga oltmishga oʻgʻilning karomati qildi.
Yusuf alayhissalom balogʻatga yetgach, Olloh taolo unga ilmi hikmat, ya’ni tushlar ta’birini evaz qilib berish bilan yorlaqadi. (Oyat) «Vaqtiki, u kamolga yetganda Biz unga hikmatni va ilmni berdik. Yaxshi amal qilguvchilarni Bizga anna shunday mukofotlaymiz».
(Aytishlaricha, balogʻat yoshi oʻn sakkizda, Yana aytarlar yigirmada, yana yigirma beshda derlar, tagʻin oʻttiz, oʻttiz uch, qirq va yana oltmishda derlar).
Zulayhoning sabri qolmadi. Bir kuni Yusufni boʻstonga kiritib:
— Ey Yusuf, koʻnglida bir sir borki, uni hech kimsaga aytmasman, bu qanday sirligini bilurmisan? -dedi.
— Ey Zulayho, sening koʻnglingda nima borligin qayoqdan bilay, – dedi Yusuf.
— Mening koʻnglimda sening muhabbating bor, seni behad sevarman.
— Meni sevguncha oʻz eringni sevgil.
— Ortiq sabr qilolmasman, ne iloj qilay?
— Sabrdan ortiq iloj yoʻqdir, mening yuzimga boqmagin.
— Tirikligim boisi senga sabr qilmoqdir. Yana jonimning halovati sening yuzingdir. Yana koʻziming nuri sening diydoringdir, – dedi Zulayho. Bu soʻzlarni eshitgan Yusuf alayhissalom
Zulayhodan oʻzini yiroq tuta boshladi. Shu kuni qaytib koʻrinmadi. Ertasiga Zulayho uning oldiga keldi.
— Ey Yusuf, boʻstonimiz yana goʻzallashmish, turfa chechaklar ochilmish, ne’matlardan bahramand boʻlish vaqti yetmish. Turgil, boʻstonga borgil, ne’matlardan yegil, chechaklarni hidlagil, tomosha qilgil, – dedi Zulayho.
— Ey Zulayho, mening boʻstonim Kan’onda qoldi, oʻzga boʻstonning keragi yoʻqdir, – dedi Yusuf alayhissalom unga javoban.
— Boshqa bir boʻstonda chechaklar suvsiz qolib soʻlmish, unga suv bergil, – dedi Zulayho.
— Soʻlgan chechakka suv berish boʻston egasiga munosibdir.
— Ey Yusuf, sening muhabbatingdan koʻzim yoshlarga gʻarq boʻldi. Koshki, seni koʻrmagan boʻlsam edi, – dedi Zulayho. Sen mening qulim boʻlaturib, nega boʻysunmassan?
— Men tangrining quliman.
— Ey Yusuf, yaqinroq kelgin, kimdan qoʻrqasan?
— Ikki haqni saqlarman: biri yaratgan Olloh haqqi, ikkinchisi meni sotib olgan Aziz haqqidan qoʻrqaman.
— Osmonlar tangrisidan qoʻrqar boʻlsang, hazinamdagi molu, oltinu-kumush, yoqut va gavharlarimni yoʻqsillarga berib, sening gunohlaringdan kechirayin. Agar erimdan qoʻrqar boʻlsang, hoziroq ogʻu berib oʻldiraman-da, tavba qilaman, – dedi Zulayho.
— Gunoh qilmagin, tavba gʻamiga botmagil, – dedi Yusuf alayhissalom.
Bu gaplardan achchigʻi chiqqan Zulayho tarbiyachi enagasi oldiga borib, oʻz holini unga bayon etdi. Enagasi unga koʻp nasihatlar qildi. Ammo Zulayhoga bu oʻgitlar yoqmadi. Qaygʻu cheka-cheka, oʻlar holatga yetganda kampar enaga yigʻlab shunday dedi:
— Ey Zulayho, menga koʻp mol bergilki, men ularni shunday harj qilayin, maqsadingga yetkazayin.
Zulayho enagasiga ming oltin, ming misqol ifor, ming misqol kofur va qimmatbaho ichchi chopon berdi. Kampir bu mollarni sarflab, shishadan (ba’zilar aytishlari marmardan) bir uy bino qildirdi. Bu uyni oynadan yorugʻ qildirdi, naqshlar Bilan ziynatlatdi. Devorlari va shiftiga Zulayho va Yusufning suratlari chizdirdi. Yashil, koʻk, qizil, sariq chechaklar bilan bezatilgan xonani kofiru guloblar va turli tilsimlar bilan toʻldirdi. (Aytishlaricha, begona kampirni uyga kiritmaslik lozim. Agar qaysi uyga kirsa buzmayin chiqmas).
Uy bitgach, Zulayho badanlari koʻrinib turadigan harir kiyimlar kiygan holda bu uyga kirib oʻtirdi. Yusufni ham chaqirib, uyga kiritdilar. Bu uyning yettita eshigi boʻlib, har biriga zanjirlar solingandi. Yusuf alayhissalom qaysi bir eshikdan oʻtgan zahoti u eshikni mahkam berkitdilar. U Zulayho oʻtirgan xonaga kirganda Zulayhoni harir kiyimlar kiygan, bezangan va oroyish berilgan holda koʻrdi. Zulayho oʻzini Yusufga bagʻishladi. Yusuf alayhissalom esa uni koʻrgach, lozimi bogʻichlariga tugun sola boshladi. Buni koʻrgan Zulayho u bogʻichlarini yechayotir, Deya umid qila boshladi.
— Ey Yusuf, yuing muncha ham goʻzal, – deya gap qotdi Zulayho.
— Parvardigorim meni shunday yaratmish.
— Sochlaring namuncha chiroyli?
— Qabrimda hammadan oldin toʻkiladigan mana shu sochlarimidir.
— Koʻzlaring bunchalar goʻzal?
— Qabrda qurt-qumirsqalar avval ularni yerlar.
— Ey Yusuf, menga bir boqqil, – nozlandi zulayho.
— Umrim soʻngida qorongʻulikdan (koʻr boʻlib qolishdin) qoʻrqarman.
— Qoʻlingni siynamga qoʻygin.
— Doʻzaxdagi zanjirlardan qoʻrqaman.
— Men kabi goʻzallarni koʻngling istamaydimi?
— Istaydi, ammo Ollohdan qoʻrqaman.
— Men seni sevaman.
— Men Ollohni sevarman.
— Men bilan yotoqxonaga kirgin, – chorladi Zulayho.
— Jannatdagi oʻrnimdan mahrum boʻlib qolishdan qoʻrqarman.
— Sen mening sotib olgan qulimsanu, nega boʻysunmaysan?
— Meni sotgan odamlar birodarlarim edi.
— Mega mendan qochrasan?
— Ikki zotning haqqi uchun: biri – yeru osmonlarning Ilohining haqqiki, undan qoʻrqarman; ikkinchisi – sotib olgach, «Buni gʻoyatda izzatda tut» degan odamning haqqidan qoʻrqarman, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Mol-dunyoim behad koʻpdir, sadaqa qilsam, koʻk tangrisi gunohingni kechirgay, erimdan qoʻrqsang, zahar berib oʻldirayin, – Deya Zulayho necha bor talpindi, ammo maqsudi hosil boʻlmadi, hafsalasi pir boʻldi.
— Olloh taolodan panoh tilayman, – dedi unga javoban Yusuf alayhissalom. – Azizi Misr sotib olib, menga ezgulik qildi. Shu bois unga yovuzlik istamayman. Agar shunday qilsam, oʻzimga zulm qilgayman. Zolimlarning tangri taolo azobidan omon topishga imkonlari yoʻq. (Oyat) Yusuf dedi: «Hudodan panoh tilayman. Albatta, U mening parvardigorim, U mening darajasni chiroylik qildi. Albatta, zolimlar va toʻgʻri ish qilmaganlar hargiz najot topmaslar».
Savol: Yusuf haqida Zulayhoning ezgu niyatlari koʻp edi, ammo u Azizni yaxshiladi. Buning hikmati nimada edi?
Javob: Zulayhoning ehsoni kibr-havo Bilan bulgʻalangandi, shu bois uni yaxshi demadi. Azizi misriyning ehsoni kibrdan holi edi, shu tufayli Yusuf uni yod etdi.
Zulayho talpinganida Yusuf alayhissalom uni koʻrmayin, deya ortiga oʻgrilganida, oʻzining suratinik oʻrdi. Zulayho Bilan birlashib turgani rasmga solingandi. Oʻngga, soʻlga, osti-yu ustiga boqdi, shu manzaraga takror-takror koʻzi tushaverdi. Shundan soʻng Zulayhoga boqdi, bir suratiga qaradi, behad goʻzal edi. Aytishlaricha, Havvo onadan keyin ayollar ichida Zulayhodan koʻrkami yoʻq edi, koʻnglida mayl uygʻondi.
Savol: Zulayho Yusufga qasd qildi, ammo Yusuf Zulayhoga nega qasd qilmadi?
Javob: Zulayho kofira boʻlganidan zinoga qasd qildi. Yana aytishlaricha, oʻsha vaziyatda mayl qilishlik erlik nishoni Bilan emas. Negaki, barcha paygʻambarlar butun ayblardan holidir. Erkakning er emaslik aybi hamma ayblardan ogʻirroqdir. Boshqa kichik ayblar paygʻambarlarda boʻlmas ekan, nega endi ulugʻ ayb Yusuf alayhissalomga ravo boʻlsin.
«Ehson al-bayon» degan tavsirda kelishicha, Madina shahrida Sulaymon ibn Yasar ismli goʻzal va koʻrkam bir yigit bor edi. Madina ayollari uning ishqi Bilan mast boʻlib, erlariga koʻngilsiz boʻldilar. Sulaymon ibn Yasor bundan habar topgach, baloga yoʻliqmayin, Deya madinadan qochib borib, Shomga oʻrnashdi. . . Yettish yildan soʻng Yusuf alayhissalomni tushida koʻradi.
Undan «Ey yusuf, xotinlarga mayl qilib, qasd qilgan senmisan?«, deb soʻradi. Shunda Yusuf alayhissalom »Agar parvardigorimning moʻjizalarini koʻrmaganimda edi, malomating oʻrinli boʻlardi. Ayt-chi, ayollarga qasd qilmasdan ulardan qochgan senmisan?» deya javob beribdi. Ushbu dalil Bilan ma’lum boʻladiki, Zulayho qasd qilganida Ollohning moʻjizasini koʻrgan Yusuf alayhissalom obroʻyi bilan oʻzini saqladi.
Paygʻambarimiz muhammad mustafo s.a.v. debdurlarki: «Menga dunyodagi uch narsa suyukli boʻldi: biri xushboʻy narsalar, ikkinchisi xotin zoti va uchinchisi namozda koʻzimning yorugʻ boʻlishi».
Ishorat: Agar Yusuf Zulayhoga qasd qilmaganida edi, (Oyat) «Biz shundoq qildik, undan yomonlikni va behayolikni qaytarmoq uchun« deyilmagan boʻlardi. Yusuf alayhissalom qasd qildi, ammo Olloh taolodan qoʻrqdi va shariat haqqini saqladi. Olloh taolo marhamat qiladiki: »Kimki bizshga Yusuf singari sigʻinsa, uni Yusufni qutqargandan qutqazurmiz».
Hikoyat. Bir ayol imom Muhamma ibn hasan Shayboniyga oshiq boʻlib qoadi. U yoʻl boʻyida poylab oʻtirib, imom Muhammad kelganida dedi:
— Ey moʻminlarning imomi, sendan bir masalalni soʻramoqchi edim. Uyga kirgil, soʻrayin.
Imom uyga kirishi bilan ayol ortidan eshikni berkitdi-da, unga tashlandi. Imom unga qancha nasihat qilmasin, qabul qilmadi.
— Mening xirsim kuchlidir. Jon achchigʻidan xirs achchigʻi qattiq deyishadi. Meni koʻrgil, hojatimni ushatib olayin, undan keyin sening murodingni hosil qilayin, – dedi imom.
Ayol bunga koʻndi. Imom tashqariga chiqib, oʻzining vujudidan chiqqan najosatini yuziga, boʻyniga surtgan holda qaytib kirdi. Buni koʻrgan ayolning koʻngli sovidi.
— Erkak kishi ham shunday boʻladimi, bor ketgil! – deya uyidan chiqarib yubordi. Imom Muhammad uyiga borgach, ming oltinni sadaqa qildi va Olloh taologa shukrona keltirdi. Deydilarki, odamzotdan ikki narsa qolar: ezgulik va yomonlik.
Koʻrgilki, Zulayhoning oʻtganiga necha yillar boʻlsa ham uning yaroqsiz ishini hamon barcha imomlar mehrobda, hamma olimlar minbarda, barcha qorilar anjumanlarda, hamma farzandlar maktablarda oʻqib keladilar. Shuning barobarida Yusuf ham dunyodan oʻtganida qancha yillar boʻlsa-da, uning ezgu nomi qoldi va uni Olloh kalomi ichida (Oyat) «Haqiqatda u Bizning muxlik qilingan bandalarimizdar», deya qiroat qilinmoqda.
Qachonki, Zulayho Yusufni uyga kiritganidan keyin eshiklarni temir zanjirlar bilan berkitganida Yusuf alayhissalom koʻngli noxushlikni sezib, ishtoni bogʻichini tuga boshladi. Buni koʻrgan zulayho Yusuf ishtoni bogʻichlari yechmoqda, deb oʻylab, sevinganidan uyning toʻrida turgan but ustini chodir Bilan yopib qoʻydi.
— Ustini yopganing nima edi? – soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Topinadigan butim oʻshadir, undan uyalurman, – dedi Zulayho.
— Sen bir sanamdan uyalganingda men nega Ollohdan andisha qilmayin, – dedi Yusuf alayhissalom.
Ba’zilar aytadilakrki, Yusuf bu ishni qilayinmi, Deya ikbilanib qoldi. Qulning oʻz murodi ustidan erki boʻlmasdi, ammo Yusufni oʻzi koʻrgan dalillar toʻxtatib qolgandi. Oʻsha dalillar nima edi?
Biri shuki, Yusuf «Qanoti yulingan qushday boʻlishni istaysan-mi? Boshqa qushlar koʻkka uchsa, sen yerda qolursan», degan ovozni eshitgandi.
Yana biri shuki, uy shiftida Ya’qub alayhissalomni koʻrganda va u «Ey Yusuf, paygʻambarlardan ekanligingni unutib, ahmoqlar ishini qilasanmi?» degan edi.
Yana biri shuki, uyning shiftida «Ey Yusuf, zino qilmagin!» degan yozuvni koʻrgandi.
Yana biri shuki, Azizi Misrni koʻrgandi. Yana aytishlaricha, Zulayhoning yuziga boqqanda, koʻziga koʻrksiz koʻrindi: yuzi yongʻoq kabi qavargandek, lablari habashiylar lablaridek, koʻzlari chaqir, burun teshiklari keng holda namoyon boʻldi. Bu holatni koʻrgan Yusuf alayhissalom yuzini oʻgirdi.
— Ey Yusuf, bittagina soʻzim qoldi, sabr qilgin aytib olayin, – dedi zulayho.
Ammo Yusuf alayhissalom ortiga burildi, Zulayhodan kechmoqqa tushdi. Zulayho yusufni tutmoqchi boʻlib oʻrnidan turdi, biri qochdi, ikkinchisi quvladi. Yusuf alayhissalom qaysi eshikka yetgani hamoni Olloh qudrati bilan eshikning temir zanjirlari oʻz-oʻzidan ochilardi. Bir-birlarin qocha-quva yettinchi eshikka yetganlarida Zulayho Yusuf alayhissaloming etagidan tutib oldi, tortganida etak yirtilib, bir parchasi qoʻlida qoldi. (Oyat) «Ular har ikkalasi darvoza tomon yugirdilar va u Xotin Yusufning orqa etagidan yirtib oldi hamda darvoza oldida ul xotinning erini uchratib qoldilar». Eshik oldida oʻz erini koʻrgan Zulayho aybni Yusuf alayhissalomga agʻdardi:
— Seni uyingda xotining yomonlik qilgan, taomingga qoʻl choʻzgan odamning jazosi nimadir? – dedi Zulayho oʻzini oqlamoqchi boʻlib.
— Mening ayolimga kim yomonlik qildi, kim qoʻlini choʻzdi? – dedi eri.
— Uyda yotgan edim, Yusuf kirib qoldi, yolgʻizligimni koʻrib, menga qoʻl choʻzgani qasd qildi. Achchigʻimdan uni quvib chiqqanimda, sen duch kelding, – dedi zulayho.
Latifa. Zulayho kofira edi, oʻz ayblarini Yusufga agʻdardi. Zulayho bir soat ichida uchta makr tuzdi. Avvalo aybini oʻz zimmasidan Yusufga agʻdardi; keyin uni oʻldirib qoʻyadilar deb qoʻrqdi-da, zindonga solishni talab qildi; Yana zindonga soldirganim uchun menga nisbatan adovat uygʻonadi deb oʻyladi-da, qattiq azobga solishini tiladi.
— Men seni sotib olgandim, ishonchli va ixlosli deb bilgandim, oʻgʻil tutingandim. Bularning evaziga shunday javob qildingmi? – dedi aziz Zulayhoning iddaslarini eshitgach, Yusufnga qarab.
— Men pokman, gunohim yoʻq, – dedi Yusuf alayhissalom oʻzini himoya qilarman. – Zulayhoning oʻzi qasd qildi, quvladi, qochib chiqdim.
— Sen unday deysan, bu esa bunday deydi. Qaysi birlaringgizning soʻzlaringiz yolgʻon ekanligini bilmay qoldim, – dedi Aziz bu gaplardan ojiz qolib, hayolga choʻmarkan.
— Bu ishga shoshilmagin, yaxshi oʻylab olgil, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Pokligingga qanday guvohlik keltirasan? – Soʻradi aziz. Shunda Yusuf alayhissalom Zulayhoning Talhon ismli xizmatkorining beshikda yotgan toʻrt oylik chaqalogʻini koʻrsatdi.
— Ey Yusuf, gunoh qilganing, yolgʻon soʻzlaganing yetmasmidi, yana mening ustimdan kularsan? Toʻrt oylik bola qanday qilib soʻzlasin? – dedi Aziz ginaxonlik qilib.
— Menga yaqin kelgin, soʻzlarimdan hursandchilik va farq toparsan, – dedi chaqaloq shunda azizga qarab. Aziz bolaning oldiga keldi. – Ey Aziz, Yusufning koʻylagini oldi tomonidan yirtilgan boʻlsa, Zulayho rostgshoʻylardan boʻlar, Yusuf yolgʻonchilardan boʻlar. Agar koʻylakning orqa tomnidan yirtilgan boʻlsa, Yusuf rostgoʻylardan boʻlar, Zulayho yolgʻonchilardan boʻlar.
Savol: Chaqaloq Zulayho yolgʻon aytdi, Yusuf toʻgʻri soʻzladi, Deya aniq-ravshan nishorna bermasdan, ishorat bilan gapirdi. Buning boisi nimada?
Javob: mahluq (yaratilmish)larning gunohliklari ikki narchadan biriga nishona beradi: yo poklaydi, yo ravo qiladi. Ammo bu bola Olloh taolo dargohidan soʻz soʻzladi. Shu sababdan yolgʻon soʻzlash ravo emasdi, rost gap aytilsa rasvolik boʻlardi. Rasvo qilmoq Yaratganga ravo emas, shu jihatdan Zulayhoning pardasini ochmadi, balki ibrat Bilan emas, ishorat bilan bildirdi.
Foyda. Ey moʻ‘min, oʻz gunohingni oʻzgalarga yuklamagin, yuklaguday boʻlsang, Olloh uning pokligini albatta bildirib, seni rasvo qilgay. Zinhor biror kimsaga dushmanlik qilmagilki, u ham senga dushmanlik qilmasin. Birodiring aybini odamlar oldida ochmagin. Negaki, Yusuf alayhissalom ham zarurat boʻlmaguncha oʻzini oqlashga intilmadi.
Chaqaloq bergan nishona ravshan boʻlmasa ham Azizi misr mulohaza Bilan angladi. U Yusufning etagiga qarab, orqasi yirtilganini koʻrdi.
— Bu siz ayollarning hiylangiz ekan, – dedi Aziz Zulayhoga tanbeh nazari bilan boqarkan. – Oʻzingizni oqlash uchungunohingizni boshqalarga agʻdarib qutilmoqchi boʻlasiz. Ayollar makri-hiylasiga chek-chegara yoʻq ekan.
Aytishlaricha, ayollarning makri shahvat Bilan birga boʻlganidan ulugʻ turadi, ammo shaytonning makri kichikdir, chunki u Olloh zikri bilan zaiflashdi. Zero. Olloh taolo ham Qur’onda Azizdan habar berarkan «Haqiqatda sizlarning makr-hiylalaringiz ulugʻdir« dedi, Shaytonlar haqida esa »Haqiqatda shaytonning makri zaifdir, hech narsa emasdir» deya marhamat qilgandir.
Savol: Ayollar hiylasi nimadan ulugʻ boʻladi-yu, shaytonning hiylasi nimadan zaif boʻladi?
Javob: Shaytonning hiylasi yashirin boʻlganidan zaifdir. Ayollar hiylasi ochiqligidan ulugʻ boʻur.
Yana bir javob: Ollohning nomini eshitsa shayton qochib ketadi, ammo ayollar ming oyat oʻqilsa ham qochmaydi.
Yana bir javob: Shayton hiyla qilgan chogʻda yolgʻiz boʻladi, ayollar esa makr boshlasalar ularga shayton quldosh boʻlur. Shu tufayli shaytonniki zaif, ayollarniki ulugʻdir.
Manbalarda hikoya qilinishicha, bu gaplarni aytgach, Aziz Misr achchiqlanib chiqib ketadi. Shunda Zulayho Yusuf alayhissalomga malomat boshlaydi:
— Ey Yusuf, sen qochmaganingda men bu holga tushmagan boʻlardim. Endi men senga shundoq azoblar qilayinki, ularni hali dunyo koʻrmagan.
— Ey Zulayho, sharm qilmading, gunohdan parhez tutmading. Menga qanday zoʻzlar aytilganini oʻzing ham eshitding. Hudodan qoʻrqmading, bandalardan uyalmading. Qoʻlingdan kelganini qilsang, mayli, roziman, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Ey Yusuf, menga shunday zaharning zahrini torttirdingki, men hargiz bu ogʻuning totini senga ham torttirmayin qoʻymasman, – dedi Zulayho.
Shunda Olloh taolodan adab keldi:
— Ey Yusuf, baloga uchrading, endi sabr qilgin! Elda yaxshilik Bilan noming chiqsin! Ey Zulayho, erksiz holda koʻnglingni oldirding, endi tavba qilgin, gunohingni Olloh kechirsin! Ey Yusuf, Zulayhoning sirlarini boshqa ochmagin, dushman boʻlib qolmasin! Ey Zulayho, oʻz gunohingni birovlarga agʻdarmagil, mening haqqimni saqlagil!
Shundan soʻng zulayhoning kundan-kunga holi zabun boʻlib, kechasi uyqusi, kunduzi oromi qochib, Yusuf alayhissalomga muhabbatlari behad oshib boraverdi. Boʻlib oʻtgan voqealar Misrning besh-olti ayoliga eshitilib, ular «Zulayho bir qulga oshiq boʻlib qolib, uni oʻziga moyil qilmoqchi boʻlib, hamisha quvlarmish, quli esa qocharmish», deya malomat qila boshladilar.
Ulamolarning aytishlaricha, malomatchi xotinlar olti kishi edi: vazirning, soqiyning, bakovulning, yasovulning, qozining, hojibning xotinlari edi. Azizi Misrdan soʻng bu xotinlarning erlari podishohga yaqinroq va ulugʻroq edi. Xotinlarning gʻoyibona malomatlarini eshitgan Zulayho ulardan oʻzini torta boshladi.
— Ey Yusuf, sen tufayli malomat oʻqiga nishon boʻldim. Bir qancha ayollar gʻoyibona malomat qilmoqdalar. Maqsadim shuki, ularni mehmondorchilikka chaqiraman. Oʻsha vaqtda sen oftobda va dastshoʻy olib kirgin, – Deya tayinladi Zulayho Yusuf alayhissalomni chaqirib, u zot rozi boʻldilar.
Zulayho ularni mehmondorchilikka chorladi. Tansiq taomlar pishirtirdi, hammalarining oʻtirar oʻrinlarini belgilab chiqdi. (Oyat) «Vaqtiki u (Zulayho) ularning hiylalarini eshitdi, ularga odam yubordi va ular uchun chiroyli bir majlis hozirlab qoʻydi». Ayollarning oʻrinlari belgilangach, har birining oldiga bir tovoqda goʻsht, yoniga pichoq va qovun qoʻydirib chiqdi. Oʻsha olti Xotin bilan yana boshqa ayollarni ham, jami qirq xotinni mehmonga chorladilar.
— Ey mening dugonalarim, qoʻldoshlarim, shuncha yilki, doʻstlashdik, bordi-keldimiz bor, taomu ne’matlardan bahramand boʻldingiz. Bugun sizlardan bir tilagim bor, oʻsha tilagimni bajo qilurmisiz? – dedi zulayho mehmonlari kelib oʻtirgach.
— Ey Zulayho, nima tilaging boʻlsa, aytgil, hozirmiz, – deyishdi xotinlar ta’zim bajo qilib.
Chodirlaringizni kiysangiz, yuzlaringizni oʻrasangiz, pichoqlarni qoʻlingizga olsangiz. Doʻstim Yusuf kelganida mening koʻnglim uchun oldingizda goʻsht va qovunlardan kechib, Yusufning ogʻziga qarab otavering. Kim koʻproq tirishsa, kattaroq boʻlakni kesib, Yusufning ogʻqziga qaratib otsa, unga kattaroq mukofot in’om etaman, – dedi Zulayho.
Hammalari rozi boʻlishgach, Yusuf alayhissalomga odam yubortirib, chorlatdi. Ul zot ham Zulayhoning soʻzi sinmasin, Deya chiqib keldilar. (Oyat) «Vaqtiki, u xotinlar Yusufni koʻrdilar, gʻoyatda hayratda qoldilar. Va u xotinlar bamisoli kunduz kuni chiqqan quyoshni koʻrdilar».
Paygʻambar alayhissalom dedilar: «Me’roj tunida Yusufni koʻrdim, u toʻlin oyga oʻxshardi. Kimki Yusufning yuiza boqsa, u aksini unda koʻradi. Misli koʻzguda koʻrganday. Yuzi koʻrklik, sochlariu zun kokil, qadlari uzun boʻylik, oq yuzlik, shaxlo koʻzlik, ingichka bellik, yoʻgʻon bilaklik, dumaloq boshlik edi. Kulsa tishlaridan nur taralar edi».
Yusuf alayhissalomni koʻrgach, ayollar shoshganlaridan pichoq Bilan goʻshtni kesib, «Yusufning ogʻziga tekkizayin«, deyach ota boshladilar. Koʻzlari Yusuf alayhissalomga bogʻlanib qolgandi. Bir koʻz bilan ikki ishni bitirib boʻlmas ekan. Koʻzlari Yusufni koʻrar, tillari Yusufning nomini tilga olar edi-yu, goʻshtning oʻrniga barmoqlari va qoʻllarini kesdilar. Va tillarida »Menga kelaqol, chunki men dugonalarimdan koʻra goʻzalroqman!» Deya chorlaganicha, Yusuf alayhissalomning koʻrkiga mahliyo boʻlib, qoʻllarini toʻgʻraganlarini ham, kiyimlari qip-qizil qonga boʻyalganini ham sezmasdilar.
Qatoda rahmatulloh aytadilar: «Qoʻllarini bilaklariga qadar kesdilar. Negaki, koʻzlari va koʻngillari bilan Yusufning jamolini koʻrib, ogʻriqni sezmadilar».
Vahab ibn Munahhab aytadilar: «Ular qirq xotin edilar, ularning toʻqqiz ayoli oʻldilar».
— Subhanolloh! Bu odam bolasi emas, farishtaning yerdagi aksidir deyishdi xotinlar. – Olloh taolo oʻzining jamolini koʻrsatish maqsadida uni yerga joʻnatdilar.
Zulayho koʻrdiki, xotinlar goʻsht toʻgʻradilarmi yo qoʻllarini toʻgʻradilarmi, bilmas edilar. Bu manzaradan Zulayho kuldi-da, Yusufga «Uyga kirgil!» dedi.
— Qoʻllaringizga boqing, – dedi Zulayho xotinlarga qarab. Koʻrsalar hammalarining barmoqlari, bilaklari boʻgʻin-boʻgʻinlaridan kechilmish, kiyimlari qip-qizil qonga boʻyallmish. – Sizlar bir martagina koʻrib, qoʻllaringizni toʻgʻradingizlar. Erta-yu kech uni koʻrib turgan holda men qandayin ham sabr qilayin?! Qandayin ham oshiq boʻlmayin?! Malomat qilishlikka arzirmikan yo yoʻq?
Xotinlar hijolatdan boshlarini qoʻyi soldilar. Soʻzlagudek hollari qolmadi. Zulayho tahsinlar aytib, koʻp uzrlar soʻrashdi. Zulayho qilgan ishiga iqror boʻldi. Aytdilarki, chiroqni koʻrib, oʻzini oʻtga urgan parvonani malomat qiladilaru, ertasi oʻzlari ham parvona kabi chiroqqa kelib quyiladilar.
— Oʻz qulingga oshiq boʻlding, Deya malomat qildinglar, bundan tonmayin, – aybini tan oldi Zulayho. – Yusufni huzurimga chaqirib, eshiklarni berkitdim, koʻylagi etagini ham men yirtdim. Ammo, Yusuf oʻzini saqladi, menga boʻysunmadi. Bilinglarki, bu Yusuf koʻhlikdir, pokizadir, ham zohid va olimdir. Men uning koʻngliga ma’qul tushmadim, rasvo boʻldim, El malomatiga uchradim, sharmanda boʻldim. Agar u mening buyrugʻimga itoat qilmasa, albatta zindonga tashlaturman.
— Bu ishingdan qaytgin, – deyishdi xotinlar. – Bu ishni bizlarga qoʻyib bergin, uni zindon Bilan qoʻrqitib, senga moyil qilib beraylik.
— Ey Yusuf, Zulayhoni nima uchun qabul qilmading, – dedilar xotinlar Yusuf alayhissalom chaqirtirib oʻrta olishgach. Ammo har qaysisining koʻnglida uni oʻzlariga moyil qilish orzusi bor edi. – U seni qancha miqdorda mol berib, sotib olgan-ku! U seni oʻldirsa ham, har qancha azob bersa ham haqlidir.
—Iloho, avvaliga Zulayho yolgʻiz edi. Endi unga olti Xotin qoʻshildi. Yettoviga qarshi men ne qilay? Holim ne kechar? Bularning yoʻliga yurgandan koʻra zindon yaxshiroqdir.
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Olloh taolo birodarim Yusuf alayhissalomga rahm qilsin. Oʻsha kunda Yusuf alayhissalomning oʻrnida men boʻlganimda zindonga tashlanishga koʻnmagay edim. «Iloho, meni zindondan va xotinlar balosidan oʻzing asragin», der edim».
Deydilarki, ul xotunlarning Yusuf alayhissalomni zindonga soldirmoqlikdan niyatlari shu Ediki, «Yusuf zindonband etilsa, Zulayhodan uzoq boʻladi, biz ham har doim borib koʻrishga, goʻzal yuziga toʻyib termulishga muyassar boʻlgaymiz» degan.
Savol: Yusuf alayhissalom uchun qiynoqlar va jazolar koʻp edi. Nega Zulayho bilan Azizning koʻngliga zindondan boshqa azob berish kelmadi, buning hikmati nimada edi?
Javob: Olloh taolo bir avliyo qulini zindonga kiritgandi. U zotning koʻnglida Yusuf alayhissalomning muhabbati bor edi. U «Hudoyo, menga Yusufning jamolini koʻrgazgil!« deb duo qilgandi. Tangri taolo uning duosini ijobat qildi. Shu bois Zulayho bilan Azizning koʻngliga solindiki, ular Yusuf alayhissalomni zindonga soldirdilar. Oʻsha avliyoning murodi hosil boʻldi. AytishlarichA, Yusuf alayhissalomni zindonband qildirmoqlikdan Zulayhoning maqsadi shu Ediki, »Men El ichida ovoza boʻldim, Yusufni ilgarigidek koʻrgim ham yoʻq. Men koʻrsam, oʻzgalar ham koʻrmasinlar» deb.
Aytdilarki, Aziz ham, Zulayho ham Yusuf alayhissalomdan boshqalardan koʻrmagan narsalarni: etakni yirtmogʻini, chaqaloqning guvohini, qoʻllarning kesilganini, xotinlarning «Bu odamzotning farzandi emas», degan iqrorlarini, Yusufni pokizaligini koʻrdilar. Zindonga solinmogʻiga sabab ham manna shunda edi.
Deydilarki, Yusuf alayhissalomni zindonga olib kelishganda zindonbon «Yusufning kiyimlarini almashtiraylik«, deganda bunga Zulayho koʻnmadi: »Buning zindonga kirguday gunohlari yoʻq. Biz uni odamlardan asramoq uchun zindonga kiritdik», dedi. Shundan soʻng zindonni tozaladilar, hushboʻy qildirdilar, bisotlar toʻshadilar, taxt qoʻydirdilar.
Yusuf alayhissalom zindonga «Bismillahir rahmanir rahiym«, deb kirdilar va soʻngra “Assalomu alaykum, ey ahli zindon!” dedilar. Zindoniylar ham »Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuhu», deb javob qildilar. Yusuf alayhissalom borib taxtga oʻtirdilar, u zot kirgach, zindon yorishib ketdi, bundan zindoniylarning sevinchlari oshdi.
Bir vaqtdan soʻng asr namozi vaqti kirdi. Namoz oʻqidilar, soʻngra yigʻladilar, zindoniylar ham qoʻshilib yigʻlashdi. Olloh taolo shundan soʻng zindonda Yusuf alayhissalom namoz oʻqib turganida Olloh taolo Jabroil alayhissalomni yubordi. U zot uzumga oʻxshash mevani keltirib, Yusuf alayhissalomning ogʻziga soldilar, meva eridi va hamma tomirlariga yoyildi, tushlar ta’biri shu orqali singidi.
Msir xalqi turli taomlar olib, Yusuf alayhissalomni koʻrgani kelar edilar. Qoʻli kesilgan xotinlar ham tansiq taom pishirib, zindonga keltirar edilar. Yusuf alayhissalom bu taomlarni zindon ahliga tarqatardi.
— Ey yusuf, bizlar seni behad sevarmiz, – dedilar zindoniylar.
— Olloh oʻzi asrasin! – dedi Yusuf alayhissalom bunga javoban va qattiq yigʻladi. – Otam jondan azizroq tutgandi, – quduqqa tushdim, ozod edim, qul boʻldim. Zulayho jonidan ortiq koʻrgandi – zindonga tushdim. Endi sizlar suyar boʻlsangiz, boshimga Yana ne mashaqqatlar tushar ekan.
Ertasi kuni namozni ado etgach, mehrobda turib, zindoniylarga ilm oʻrgatayotgan chogʻda ikki yigitni zindonga olib keldilar. Ularning biri Rayyon podshohning bakovuli, Yana biri esa podishohning soqiysi edi. Bakovulni Malso, soqiyni Sanvo derdilar.
Savol: U ikkiovning zindongakirmogʻligiga nima sabab boʻlgan?
Javob: Abdulloh ibn abbos ayturki: «Rum podshohi Misr podshohi bilan xusumatli edi. Negaki, Rum podishohi misrga elchi yuborib tayinladi. Misrliklar bizga hiroj bersin va nomimizga pul zarb qilsin!», bu amr bajarilmagach, xusumat paydo boʻldi.
— Rayyon podshohni qanday qilib daf qilarmiz, – dedi rum podishohi vazirlarini mashvaratga chorlarkan.
— Rayyonning ikki ishonchli odam bor: biri bakovul va biri soqiy, – dedi vazirlardan biri. Ularga koʻp mol bersak, soqiy sharob bilan bakovul taom bilan zahar berib oʻldiradilar. Murodimiz hosil boʻladi.
Bu gap podshohga ma’qul tushadi. Ikki odamga koʻpdan-koʻp mol-dunyo, zer-zavarlar va shirin va’dalar berib, Misrga joʻnatdi. Elchilar misrga kelganlarida kun kech boʻlib qoladi. Tunashga uy qidirib yurib, bir kampirga duch kelishdi.
— Qoʻnoq kerakmi? – deyishdi elchilar eshigi ostonasida oʻtirgan kampirga.
— Menday kampirni istasanglar, tushaveringiz, – dedi kampir.
Tunagani tushdilar, ammo otlarini boylashga joy topmadilar. Bundan kampirning jahli chiqdi:
— Podshohimizga tangri oʻlim bersin!
— Podshohni qargʻamoq – yomon ishdir, – deyishdi elchilar.
— Otamdan uy bilan yer qolgan edi. Endiga kelib uni mendan tortib oldilar. Bugun mehmonlarning otini boylashga joy topolmasman, – dedi kampir, zarda bilan.
— Biz ikkovimiz bir boʻlib, podshohga zahar bersak boʻlarmikan? – deyishdi elchilar kampirning podshohdan norizo boʻlganini fahmlab.
— Podshohning soqiysi va bakovuli bor. Ular ikkovi meni ona oʻrnida koʻradilar, – dedi kampir. – Ular mening oldimga kelib turadilar. Kelganlarida ularga mol-dunyo bersang, ishingni bitirib berarlar.
Kampir elchilarni bakovul bilan soqiyning uyiga olib borib, tanishtirdi, doʻst tutindilar. Elchilarning gapiga koʻndilar.
— Rayyon podshoh bizlarga ishonib, oʻziga xos qildi. Uning tufayli koʻplab mol-dunyo egasi boʻldik. Agar elchilarning aytganini bajarsak, podshohga koʻrnamaklik qilgan boʻlamiz. Men bundan ishni qilishni or deb bilaman, – deya andishaga bordi soqiy.
— Ey soqiy, Rayyon senga ishonch bildirib, oʻziga yaqin qildi, uning yaxshi otini mingding, yaxshi toʻnlarini kiyding. Endi bir dushmanning yolgʻon va’dalariga ishonib, koʻrnamaklik qilasanmi, hiyonatga qoʻl urasanmi? – dedi kampir uning oʻylanib qolganini koʻrib.
— Men ham shunday andishaga borgandim, sening fikrlaring menga quvvat boʻldi, – dedi soqiy va bundan qarori qat’iylashdi, soʻngra rayyonga borib aytdi: – Ey podishohi olampanoh, men bakovulning hatti-harakatida shubha sezyapman. U biror shumlik boshlab qoʻymasin, degan havotirdaman, habardor boʻlib tursangiz undan.
— Men soqiy bilan birgalikda sendan yoman shubha-gumonlarga bordik, – dedi podshoh bakovulini chorlatib.
— Menda hech shubhalanadigan ish boʻlgani yoʻqdi, – dedi bakovul oʻzini oqlab. – Ammo soqiydan men ham gumondaman.
Rayyon soʻzlardan soʻng har ikkisini ham gumon qilib, Azizi misrga maslahat soldi.
— Odam oʻldirish oson ish, – maslahat qildi aziz, – tiriltirmoq mushkul. Yaxshisi bularni zindonga solgan ma’qul.
Podshohga bu maslahat ma’qul kelib, ikkalalarini zindonga yuborganda Yusuf alayhissalom zindoniylarga nasihat qilib, ularning tushlarini ta’birlab turgan edi. Ikkiovlarik yengashdilar.
— Bu kecha tush koʻribman, – dedi soqiy Yusuf alayhissalomni sinamoqchi boʻlib. – Tushimda bir tup tokni koʻrdim, uch bosh uzumi bor edi. Ularni siqib, suvini qadahga solib, falakka qadah tutar emishman.
— men esa tushimda uchta tandirni koʻrdim: biri oq, biri qora, biri qizil. Uchovida ham non pishirib, boshimga qoʻyib, podshoha olib boray deganimda havodan qushlar kelib, talashib olib ketdilar, – dedi bakovul ul koʻrgan tushini bayon qilib.
Ular tushlarini aytib tugatgach, ta’birini soʻradilar. Yusuf alayhissalom koʻrsalarki, birining tushi hayrli, biriniki esa hayrsiz edi. Koʻngliga keldiki, «Bularni imonga da’vt qilayin, tushlari hayrsiz roʻyobga chiqsa ham moʻmin boʻlib oʻlsinlar», deya.
— yomon oqibat sodir boʻlmasdan burun sizlarga ta’birini aytib berayin. Qani aytinglar-chi, uzum oqmidi yo qizilmidi, achchiqmidi yo chuchukmidi? Nonlari qanday edi-yu, idishlari qay tarzda edi? Hammasini soʻzlab bering, – dedi Yusuf alayhissalom ulardan soʻrarkan. Va bu belgi-alomatlarni ham oʻzlari aytib berdilar.
— Idish ham bizniki edi, taom ham bizniki edi. Sen qaerdan bilasan ularni? – taajublanishdi ikkovlari ham.
Rayyon soʻzlardan soʻng har ikkisini ham gumon qilib, Azizi misrga maslahat soldi.
— Odam oʻldirish oson ish, – maslahat qildi aziz, – tiriltirmoq mushkul. Yaxshisi bularni zindonga solgan ma’qul.
Podshohga bu maslahat ma’qul kelib, ikkalalarini zindonga yuborganda Yusuf alayhissalom zindoniylarga nasihat qilib, ularning tushlarini ta’birlab turgan edi. Ikkiovlarik yengashdilar.
— Bu kecha tush koʻribman, – dedi soqiy Yusuf alayhissalomni sinamoqchi boʻlib. – Tushimda bir tup tokni koʻrdim, uch bosh uzumi bor edi. Ularni siqib, suvini qadahga solib, falakka qadah tutar emishman.
— men esa tushimda uchta tandirni koʻrdim: biri oq, biri qora, biri qizil. Uchovida ham non pishirib, boshimga qoʻyib, podshoha olib boray deganimda havodan qushlar kelib, talashib olib ketdilar, – dedi bakovul ul koʻrgan tushini bayon qilib.
Ular tushlarini aytib tugatgach, ta’birini soʻradilar. Yusuf alayhissalom koʻrsalarki, birining tushi hayrli, biriniki esa hayrsiz edi. Koʻngliga keldiki, «Bularni imonga da’vt qilayin, tushlari hayrsiz roʻyobga chiqsa ham moʻmin boʻlib oʻlsinlar», deya.
— yomon oqibat sodir boʻlmasdan burun sizlarga ta’birini aytib berayin. Qani aytinglar-chi, uzum oqmidi yo qizilmidi, achchiqmidi yo chuchukmidi? Nonlari qanday edi-yu, idishlari qay tarzda edi? Hammasini soʻzlab bering, – dedi Yusuf alayhissalom ulardan soʻrarkan. Va bu belgi-alomatlarni ham oʻzlari aytib berdilar.
— Idish ham bizniki edi, taom ham bizniki edi. Sen qaerdan bilasan ularni? – taajublanishdi ikkovlari ham.
— (Oyat) «Har kuni rizqlanib turgan taomlaringiz kelmay turib, men sizlarga tushlaringiz ta’birini aytib berman. Bu narsa esa menga parvardigorimning ta’lim bergan narsalaridandir, – dedi Yusuf alayhissalom».
— Bu karomatni qanday topding?
— (Oyat) «Haqiqatda men Ollhga imon keltirmaydigan qavmlarni tark etdim. Kofirlardan uzoq boʻldim».
— Bu yoʻlni tark qilgaen boʻlsang, qaysi yoʻldan yurursan?
— (Oyat) «Men otalamri Ibrohim va Ishoq hamda Ya’qublarning tutgan yoʻllariga ergashdim».
— Otalaring bu yoʻlni nimadan topdilar.
— Olloh taologa hech kimni sherik qilmadilar, – dedi Yusuf alayhissalom. – (Oyat) “Bu esa Ollohning bizlarga va boshqa inosnlarga bergan fazlu-karamidir, lekin odamlarning koʻpchiligi bunga shukur qilmaydilar.
Ey mening zindoniy ikki qoʻldoshim, yaratilgn ilohlar yaxshiroqmi yo Yaratuvchi Olloh yaxshiroqmi? Siz oʻzingiz butlar yasaysizu uni iloh deb aytasiz. Vaholanki (Oyat) «Olloh taolo ular uchun hech bir dalil tushurmagandir». Taqdir hukmi ham, hamma amrijrosi ham Ollohdandir. Ey soqiy, tushingning ta’biri shuki, uch kundan keyin seni zindondan ozod qiladilar. Soʻzingning rostligi ma’lum boʻlib, senga sarupolar berib, uzrlar aytib, mansabingga qaytarurlar, izzat-hurmating oldingidan ham ziyoda boʻlur.
Soqiy bu ta’birdan behad sevindi. Bakovul ham koʻrgan tushining ta’birini istagandi, Yusuf alayhissalom «Ta’biri yoʻq», deya aytmadilar. Bakovul koʻp qistovga oldi.
— Seni zam uch kundan keyin zindondan chiqararlar. Maydonga olib chiqib, . . . osarlar, qush-qumrsqalar kelib, goʻshtlaringni tortishib yerlar, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Men tush koʻrganim yoʻq, yolgʻon aytgandim, – dedi bakovul.
— Aytdingiz, ta’bir qildim, hxlasangiz ham, hoxlamasangiz ham bu ishlar Olloh tomonidan hukm qilib boʻlingan, taqdirda shunday yozilgan, hukm oʻzgarmaydi, – dedi Yusuf alayhissalom.
Uch kundan soʻng ikkisini ham zindondan chiqardilar. Biri mukofotga, biri jazoga giriftor boʻldi, birining martabasi koʻtarildi, brining esa oyogʻi yerdan koʻtarildi, osildi.
— Podshohga yaqin boʻlganingda meni esingga olgin, meni bu yerdan ozod qilsin, – dedi Yusuf alayhissalom soqiy zindondan chiqayotgan chogʻida.
Bu soʻzlar Olloh dargohida xush kelmadi, negaki bu fikrni uning diliga shayton solgandi. Jabroil alayhissalomga farmon boʻldi.
— Ey Yusuf, seni otang bilan qovushtirgan kim? – soʻradi jabroil alayhissalom.
— Olloh taolo, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Birodarlaring qoʻlidan seni kim qutqardi?
— Olloh taolo.
— Ayollar makridan seni Kim saqladi?
— Olloh taolo.
— Olloh taolo senga shuncha ezguliklar qiladi-yu, sen nega Ollohni qoʻyib, boshqalardan haloslik istaysan, bandalarni rabbim deyursan? Izzatu jalolim haqqi-hurmati seni soqiyga unuttirgayman, Yana yillar davomida zindon ichida qoldirgayman, – degan farmonni yetkazdi jabroil alayhissalom.
Keyin Shayton soqiyga Yusuf haqida podshohga aytishlikni ununntirdi, yetti yil Yana zindon ichida qolib ketdi.
Savol: Olloh taoloning soqiyga shayton tufayli unuttirmogʻida ne hikmat bor edi?
Javob: Agar soqiy unutmaganda, podshohga aytganida Yusuf alayhissalomni zindondan chiqarsalar edi, podshoh «uni men chiqardim», deya minnat qilgan boʻlardi. Olloh talo ularning minnatini Yusuf alayhissalomga ravo koʻrmadi, oʻz fazli-karami Bilan chiqardi, minnat Olloh taolodan boʻldi.
Bir kuni jabroil alayhissalom kelib, Ushbu duoni oʻrgatdilar: “Rahmli va mehribon Olloh nomi Bilan boshlayman. Ey barcha ulagʻlarning ulugʻi. Na sherigi, na oʻxshashi bor va har narsaga qodir zot! Quyosh va yorugʻ oyni yaratguvchisi, yosh goʻdakka rizq berguvchi va ulugʻ yoshli moʻysafidga rahm qilguvchi va oʻliklarni tiriltirguvi zot!
Daryodan yettita sigir chiqdi: sariq tusli, yuzlari oq, yelinlaridan sut oqib turardi. Keyin yana yetti sigir chiqdi: oriq, tishlari toʻngʻiznikiday, burni filnikiday. Oriq yetti sigir semiz yetti sigirni yedi, qorni toʻymadi. Bundan tashqari yetti tup bugʻdoyni koʻrdim: poyasi sabza, donlari toʻla edi. Oriq sigirlar u donlarni yegani qasd qildi. Ammo yeb ulurmasan Yana yetti tup bugʻdoy paydo boʻldi: quruq, kamdon edi. U quruq bugʻdoy, serdon bugʻdoyga chirmashib, uni quritdi. Shu payt bir qattiq shamol paydo boʻldi va yetti oriq sigirni, yetti tup kamdon bugʻdoyni yoʻq qildi. Bundan qoʻrqib uygʻonib ketdim. Ey muabbirlar, bu tushimning ta’birini aytinglar!”
Muabbirlar tush ta’birini topa bilmadilar, uch kun maslahat soʻradilar. Uch kundan soʻng qoʻrqqanlaridan «Bu tush parishon va boʻlgʻanch tushdir. Uning ta’biri yoʻq», deyishdi.
Aytishlaricha, oʻsha kecha Yusuf alayhissalom ham tush koʻrdilar. Bir kishi osmondan tushib, Misr boyliklarini keltirib, Yusuf alayhissalomning qoʻyniga solardi. Yusuf alayhissalom boʻlsa ularning hammasini qaytarib berardilar. Uyqudan uygʻongach, oʻz tushlariga ta’bir qilgach, zindon ahlini xushnud qildi:
— Ey doʻstlar, sizlarga sevinchli boʻlsin, hammalaringiz zindondan qutilib chiqqaysiz. Misr xalqi sizga qul boʻlur, ular och, siz esa toʻq boʻlarsiz.
Aytishlaricha, shu kecha Zulayho ham tush koʻrdi. Tushlarida Yusuf alayhissalom taxt ustida oʻtirgan emish, boshlarida toj. Zulayho uning oyoqlariga yiqiladi, ammo Yusuf alayhissalom uni oyoqlari bilan itarib tashlaydi. Zulayho lolu hayron boʻlib uygʻonadi, oh urib «tushimda ham meni hoʻrlar, boʻysunmas!» deb yigʻlardi.
Xullas, muabbirlar podshohning tushiga ta’bir topolmay ojiz qoldilar.
— Shunchi yildan beri meni nonu tuzimni yedinglar. Uyalmasdan mening tushimni parishon va bulgʻanch dersizlar, – dedi podshoh gʻazablanib va kattalarini oʻldirtirdi, bir nechasini yurtdan chiqarib, quvib yubordi.
Shu payt zindondan qutilib chiqqan soqiy Yusuf alayhissalomni yodga oldi. Yusuf alayhissalomni Zulayho ham, Misr xalqi ham yetti yilgacha unutgan edi.
— Bu tushning ta’birini bilguvchi oldiga men boraman, uning oldiga yuborgil, – dedi soqiy Riyonga.
— U kimdir? – soʻradi podshoh.
— Goʻzal suratli bir dono va rostgoʻy yigitdir, – dedi soqiy.
— U yigit qaerda?
— U yigit zindondadir.
Rayyon soqiyni zindonga yubordi. Soqiy Yusuf alayhissalom oldiga kelgach, soʻzining ustidan chiqmagani, Yusuf alayhissalomni podshohga eslatib qoʻymagani uchun hijolat tortib, koʻp uzrlar soʻradi:
— Sizni faromush qilibman, gunohimdan oʻtsangiz, – dedi soqiy. – Ey toʻgʻri soʻzlik, dono yigit ma’zur tuting.
Aytishlaricha, ular kfoir edilar, shu bois Yusuf alayhissalomni donno deya e’zozladilar. Kofirlar kofirlik hollarida ham uni olim deb hurmatladilar. Kimki olimni hurmatlasa, farishtalar qatorida boʻlar, kimki olimni hoʻrlasa, Iblis qatorida boʻlar.
— Ey Siddiq, bir mushkul tushki, uning ta’birini bilishga kelibman. Rayyon podshoh tush koʻribdi: yetti oriq sigir yetti semiz sigirni yer. Yetti tup quruq bugʻdoy yetti tup sabza bugʻdoyga chirmashib quritidir. «Bu tushimizni ta’birlasin», deya meni oldingizga yubordi, – dedi soqiy.
— Yetti semiz sigirning ma’nosi – yetti yil ma’murchilik boʻlgay. Yetti tup sabza bugʻdoy ma’nosi shuki, yetti yil hosil moʻl boʻlib, taom serob boʻlgay. Yetti oriq sigir – yetti yil qahadchilik boʻlishidan darak. Yetti quruq bugʻdoy – yetti yil qurgʻoqchilikdan shohidlik berar, yetti yil yomgʻir yogʻmas, ocharchilik boʻlar. Odamlar non deb jon bergaylar. Ota oʻgʻlidan, ona qizidan qochgay, – dedilar Yusuf alayhissalom tush ta’birini bayon qilarkan.
Rasuli akram s.a.v. dedilarki: «Birodarmi Yusufga rahmat! Shuncha yil zindonda yotib ham, tush ta’birini oʻzim borib podshohga aytaman, demadi, shu bahonada zindondan chiqmoqni ihtiyor etmadi. Agar men boʻlsam shu bahonada zindondan chiqar edim. Olloh taolo fazlu karami bilan salomat asrabdi, gʻam zindonida koʻnglini shodu hurram saqlabdi. Olloh bir bahona tufayli bir podshohni uning huzuriga yuborib, yuz ming izzatu hurmat bilan zindondan chiqarur».
Soqiy Yusuf alayhissalomdan eshitga ta’birlarini borib, podshohga bayon qilibdi. Podshoh hayronu lol qolibdi.
— Borib uning ta’birini ham soʻrab kelgin, – buyurdi podshoh soqiyga.
— Yetti yil bugʻdoyu tariqni koʻp ektirsin, yemishlariga yarashasini yanchib, qolganini omborlarga joylasin, – dedi Yusuf alayhissalom ta’bir soʻrab kelgan soqiyga. – Yetti yildan soʻng yana yetti yil kelgayki, unda osmondan yomgʻir yogʻaydi, yerdan giyoh unmaydi. Oldin yetti yilda toʻplangan oziqlarni keyinggi yetti yilda yeydilar. Keyin yana farovonlik boʻlgay.
Soqiydan bu gaplarni eshitgan podshoh farosatli yigitning aqliga qoyil qolib, hayolga choʻmdi.
— Borib, tush ta’birini aytgshan yigitni bu yerga olib kelgin, – buyurdi podshoh. – Bu ishning ta’birini eshitib, koʻnglim taskin topsin.
— Podshoh seni huzuriga chorlaydi, – dedi soqiy zindonga qaytib kelib.
— Zindondan chiqmasman.
— Nima uchun?
— gunohim bormi, yoʻqmi, zindonga tushdim. Buning sababini podshoh qoʻli kesilgan ayollardan soʻrasin, ular nima uchun qoʻllarini kesdilar, egnilarini ne sababdan qonga boʻyadilar, murodlari nima edi? Shularni soʻrab bilsin, mening gunohsizligimga ishonch hosil qilsin. Ungacha zindondan aslo chiqmasman, – dedi Yusuf alayhissalom.
Aytishlaricha, uning maqsudi shu ediki, «Ayollarning soʻzlari podshohga ayon boʻlmay turib chiqsam, Malik Rayyon nima sababdan zindonga tushganimni soʻrab qolsa, xotinlar holini soʻzlab bersam, Rayyon koʻngliga bu yoqadimi, yoʻqmi, menga dushmanlik kayfiyati uygʻongay. Yaxshisi oʻzi soʻrab bilsin, begunohligimni aniqlasin, soʻngra chiqayin«, degan hayolga borgandi. Paygʻambar alayhissalom aytibdilarki, »agar oʻshanda men birodarim yusufning oʻrnida boʻlganimda edi, darhol zindondan chiqqan boʻlardim. Ammo u bu ishni yaxshi qildi, Malikning koʻngli sof va ravshan boʻlsin, dedi».
Soqiy kelib boʻlgan gaplarni podshohga yetkazdi. Podshoh oʻsha xotinlarni va Zulayhoni chaqirdi, Yusuf alayhissalom va Zulayho mojarosini soʻrab-surishtirdi. Xotinlar bu mojaroni podshoh bilan utrib bizlardan soʻramoqda, deb gumon qildilar-da, boʻlgan voqeani birma-bir bayon qildilar.
— Ey podshoh, Yusuf pokiza va begunohdir, unga biz tuxmat qilib, zindonga tashlagandik. Biz oʻzimizni unga bagʻishlagan edik, ammo u bizlarga qiyo ham boqmadi. Biz unda hech bir ayb ishni koʻrmadik, – deyishda ayollar ayblariga iqror boʻlishib.
— Yusuf mendan shikoyat qilib, hech yomonladimi? – soʻradi parda ichida oʻtirgan Zulayho soqiyga murojat qilib.
— Sen haqingda bir ogʻiz ham yomon gap aytmadi, – dedi soqiy.
— Ofarin! Qanday yaxshi er kishiki, qandayin yaxshi olim va obid, qandayin yaxshi taqvodor zotki, mening tuhmatimdan oʻn ikki yil zindonda yotsa hamki, sirimni fosh etmadi, aybdor qilmadi, – dedi Zulayho. Soʻngra chodirdan chiqib keldi-da, podshoh qoshiga turib aytdi: – Ey podshoh, hozirga qadar muhabbatim majoziy edi, endiga kelib haqiqat zohir boʻldi, haqiiy muhabbatga erishdim, shu bois haqiqatni aytish payti keldi. Hamma gunoh menda, gunohni unga yuklagan ham men, oshiq boʻlgan ham men, uyga chaqirgan ham men, quvlab, etagini yirtgan ham men, yolgʻon soʻzlagan ham men, gunohkor ham mendirman. U pok gunohsizdir, – dedi Zulayho.
Ayturlarki, Zulayho Azizi Misr va rayyon oldida uch soʻzni rost aytgandi: birinchisi – haqiqat zohir boʻldi; uchinchisi – men uni oʻzimga moyil qilmoq uchun harakat qilgandim; uchinchisi – haqaqtda u rostgoʻylardandir. Bu uch soʻzni karomatidan uch karomat topdi: kofira edi – imon topdi, xoʻr edi – aziz boʻldi, qari edi – yosh boʻldi, Yusuf alayhissalomga juft boʻldi.
— Ey podshoh, – dedi Zulayho iqroriga davom qilarkan, – agar Yusuf bu davrgacha zindonda turmaganida edi, uning ishqida oʻzimni halok qilgan boʻlardim. Muhabbatim avvalgidan ham ziyoda boʻldi.
Hikoyat. Zulayho Yusuf alayhissalomni zindonga soldirgandan keyin hpam zindonga borib turardi.
— Borgil, Yusufni bogʻlagil, ayamay tayoq bilan savalagil, toki uning faryodini eshitib turayin, – der edi zindonbonga tayinlab. Ammo bu gap zindonbonga xush kelmay Yusuf alayhissalomga borib aytardi.
— Zulayhoning tilagini bajo qil, meni urgal! – dedi Yusuf alayhissalom unga javoban.
— sen bir nido qilgil! – dedi zindonbon bunga unamasdan va zulayhodan qoʻrqqanidan bir tayoqni olib kirib yerga tashlarkan. Yusuf alayhissalom zindonbonning koʻngli uchun nido qilardi, Zulayho buni eshitib, saroyga qaytar edi.
Savol: Zulayho Yusufni sevardi-ku, tayoq Bilan urdirishda nima hikmat bor edi?
Javob: Zulayho oshiq edi. U «Yusufning yuzini yaqindan koʻrolmasman, hech yoʻqdir uzoqdan boʻlsa-da ovozini eshitayin, koʻnglim ovusin«, der edi. Shu kabi moʻmin bandaga ham doʻzah koʻrsatilgay. Ollohning doʻsti boʻlgan moʻmin qullar doʻzah qoʻrqinchidan oʻt ichida turib nola qilgaylar. Shunda Olloh taolo (Oyat) “Gunohkor bandalarimning gunohlarini eslab, mendan qoʻrqim ingrashi-rostgoʻy bandalarning baqirib kulgan duosidan mahbubroqdir”. Olloh taolo moʻminlarni suygani tufayli kofirlarga koʻrsatib, »Hayoti dunyoda meni yod qilgan qullarim bor edi. Ularni bu kun doʻzaxga tashlagandim, ular oʻt ichida turib ham meni yod etarlar», der ekan.
Soqiy zindonga borib, ayollar va Zulayhoning soʻzlarini yetkazdi.
— Sening nafsing oʻz xohinlarida haddan oshdi, uning yoʻlidan ozdirishlaridan omonda boʻla olmaysan, chunki nafs yetmishda shaytondan ham yomonroqdir, – dedi jabroil alayhissalom.
Aytishlaricha, Yusuf alayhissalom yetti yil zindonda yotdilar. Soqiyga umid bogʻlagani uchun Yana olti yil zindonda qoldirildi. U zot zindonda uch yumush bilan mashgʻul boʻldilar: duo qildi, xalqdan umiz uzdi va sabr qildi. Shu tufayli Olloh taolo unga farah berdi.
Aytadilarki, Yusuf alayhissalomning soʻzlarini yetkazganlaridan podshohning ishtiyoqi ortib ketdi va zindonga shohona liboslar Bilan odam yubordi.
— Yusufni meng olib kelinglar. Uni oʻzimga xos qilayin, mamlakat ishlarini unga topshirayin, – dedi.
— Ey sodiq zot, turgil, seni podshoh chorlaydir. Pokliging aniq boʻldi, gunoh va hiyonat boshqalardan chiqdi, – dedi podshoh elchilari.
Yusuf alayhissalom hushnud boʻlib, zindon eshigiga kelib boshlarini yuvdilar, sochlarini taradilar, shohona liboslar kiyib, boshlariga toj qoʻndirdilar.
— Ey yusuf, bu zindonda koʻp yillar beri bizga esh edingiz, oshu nonlar berib, koʻp yaxshiliklar qildingiz. Endi bizlar sizdan ayrilib, qandoq tura olamiz, – deyishdi zindoniylar hammalari yigʻilishib.
— Podshohga borib, Yusuf koʻp yillar zindon ahli bilan ulfat boʻlib edim. Endi men bu yerdan chiqib ketadigan boʻlsam, bularning bagʻri biryon, koʻzi giryon boʻlib qoladi. Inoyat qilib, bularni ham ozod qilsin, gunohlaridan oʻtsin, yoʻ0qsa meni bulardan ayirmasin deb aytdi degin. – Yusuf alayhissalom shu soʻzlar bilan soqiyni qaytarib yubordi. Soqiydan bu gaplarni eshitgan podshoh zindoniylarning barchasisni ozod qildi, yaxshi liboslar qiydirdi.
Bashorat. Bu kun yer podshohi Yusuf alayhissalomning sharofatlari Bilan zindoniylarni ozod qilib yubordi. Erta kelar kunda Olamlar podshohi muhamma alayhissalomning sharofatlari Bilan barcha osiy ummatlarni doʻzaxdan ozod qilsa ne ajab!
Yusuf alayhissalom hamma zindoniylar bilan zindondan chiqqanlarida, eshik oldida oltin aravani koʻrdilar. Oʻsha davrda podshoh kimga izzat koʻrsatsa, uni oltin aravaga mindirar eldi. Yusuf alayhissalom oltin aravaga oʻtirarkan, qogʻoz va qalam soʻradilar va unga shu soʻzlarni bitib, zindon eshigiga yopishtirgizdilar: «Bu doʻzax-tiriklarga goʻrdir, doʻstlarga riyozat joyidir, dushmanlarga malomat va ozor joyidir».
Yusuf alayhissalomni oltin aravaga mindirib, izzat-ikrom Bilan Misrga olib kirdilar.
— Oʻn ikki yil oldin qoʻliga zanjir, oyogʻiga kishan urilgan, eshakka mingdirib, zindonga olib borilgan oʻgʻlon shumi?! Qarang, bugun bundayin shohona izzat-*ikromga musharraf boʻlibdi-ya! – deyishda shahar ahli bir-birlariga. – Iloho, oʻsha hoʻrlik nimaga edi-yu, bu izzatlar nimaga boʻlur.
— Ul zot kimni istasa aziz qilur, kimni istasa hor qilur. Men uning hukmiga roziman! – dedi Yusuf alayhissalom.
Vaqtiki, Yusuf alayhissalom podshoh huzuriga kirganida:
— Assalomu alaykum, marhamatli fuqarolar! – Deya salom berdi.
Yusuf alayhissalom kirib kelganlarida podshoh uni oʻrnidan turib qarshi oldi va yonidan joy berdi. Aytishlaricha, podshoh Yusuf alayhissalomga yetmish til Bilan soʻz soʻzladi, ul zot ham hamma tillarda javob qildi. Mujodala soʻngida Yusuf alayhissalom ibroniy tilida podshohni duo qildilar.
— Bu nechuk tildir? – soʻradi podshoh.
— Bu mening otalarim Ibrohim, Ishoq va Ya’qub alayhissalomlar tilidur, – javob qildi u zot.
Yusuf alayhissalomning javoblari podshohga yoqdi, tush ta’birini soʻradi.
— Bu kun qadr-qammatingiz ma’lum boʻldi. Oʻz tasarrufimdagi hamma narsalarni senga ishondim, senga vazirldikni berayin, – dedi.
— Vazirlik Azizi Misrning haqqidir. Mening zimmamda uning koʻp haqlari bor. U tirik ekan, vazirlikni olmasman, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Ey Yusuf, jamiki podishohlik senga munosibdir, qaysinis kerak boʻlsa olgil.
— Ey podshoh, boshqa narsani istamasman, menga faqat yer hazinasini yetti yilga topshirsangiz bas, boshqa mansab menga munosib emas, dehqonchilikni yaxshi bilarman, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Ey Yusuf, mening davlatimda istaganingni qil, faqat ikki ishdan oʻzingni saqlagil: xonadanimdagi xotinlarim va kanizlarim bilan soʻzlashmagin, – dedi podshoh.
— Bizning shariatimizda bunday ishlar harom hisoblanur, mening ham bunday ishlarga hoxishim yoʻqdir.
— Ikkinchisi shuki, mening Bilan bir tavoqda taom yemaysan, men ham sen bilan ovqatlanmasman, – dedi podshoh.
— Sen bilan birga ovqatlanmoq men uchun ham or hisoblanur.
— Nima uchun? – taadjublandi podshoh.
— Men Ya’qub paygʻambarining oʻgʻli, ishoq paygʻambarining nabirasi, Ibrohim paygʻambarining avlodidanman. Shunday boʻlgach, sen Bilan qandayin ham birga ovqatlanay, – dedi Yusuf alayhissalom.
Podshoh Yusuf alayhissalomga qasri oliy hozirlatdi. Yusuf alayhissalom yetti yil gʻalla ektirdilar. Ularni somoni bilan omborga qmadailar. Togʻlarda suqurlar qazdirib, ularni ham donlar bilan toʻldirdilar.
Aytishlaricha, oʻsha zamonda podshoh fuqaroning yarim hosilini olar edi. Yusuf alayhissalom esa aholiga adolatli hukm yuritdi. Yurt obod boʻldi. Uch yil oʻtganidan keyin Azizi Misr oʻldi va uning oʻrni Yusuf alayhissalomga berildi hamda uning boshchiligida yetti yilda yetishtirilgan hosil omborlarga joylandi. Ma’murchilik va arzonchilik yillari tamom boʻlgach, qahatchilik davri boshlandi, yetti yilgacha yogʻin yogʻmadi, yerda giyoh unmadi. Haloyiq bundan tashvishga tushdi. Bir botmon arpa bir oldiga teng boʻldi.
Yana aytishlaricha, qahat kelar kechasi yetishganda Yusuf alayhissalom hizmatkorlagiga buyurdi:
— Arpa noni pishirib qoʻyinglar, shu kecha sahar vaqtida menga keltirib berasizlar.
Aytganidek qildilar. Sahar vaqti boʻlganda podshoh «qornim och», deb uyqudan uygʻondi.
— Ey Yusuf, umrimda bunday shirin yeganim yoʻq edi, – dedi podshoh Yusuf alayhissalom keltirib bergan nonni yeb koʻrgach.
— Ey podshoh, bu arpa nonidir, arpa esa ot va sigirlar hoʻragidir. Arpa nonining shirin, totimliro0qligi qahatchilikning boshlanishidan darakdir, – dedi Yusuf alayhissalom.
Shundan keyin aholiga oʻlchov bilan oshlik tarqata boshladilar. Bechora va faqirlarga sadaqa qilindi, boylarga esa sotildi va tushgan pulni hazinaga topshirdilar. Yetti yil ichida hazina toʻlib ketdi. Yusuf alayhissalom ushbu vazifaga tayinlanayotgan chogʻda besh yillik hosil podshoh ihtiyoriga, ikki yilligi esa unga beriladigan boʻlgandi. Yusuf alayhissalomning hosilni olish navbati kelganda bir botmon urugʻi oʻnta eshakka yuk boʻlarli miqdorda hosil berdi. Yusuf alayhissalom bugʻdoylarni kuya tushmasin, deb yanchmasdan omborga joylattirdi.
Yusuf alayhissalomning qirq darvozavoni va qirq ming hizmatkorlari bor edi. Bora-bora Misr xalqi ham unga tobe boʻldilar. Birinchi yili haloyiqlar oltin-kumushlarni, ikkinchi yili ot, tuya va sigirlarni berib yemish oldilar. Uchinchi yili qul va choʻrilarni sotdilar. Toʻrtinchi yili yer-joylarini, beshinchi yili esa roʻzgʻor asboblarini bugʻdoyga almashtirdilar. Oltinchi yili oʻgʻil-qizlarini, yettinchi yili esa oʻzlarini sotdilar.
Yettinchi yilda haloyiqda hech vaqo qolmadi, ularning hammasi Yusufning quliga aylandilar. Negaki, ochiqqan xalq bolalarini va oʻzlarini sotib don olib yegandilar. Yil taomo boʻlishiga qirq kun (ba’zilar toʻrt oy deyishadi) qolganda omborlar boʻshab qoldi. Bugʻdoy pishishiga yetolmaganxalq oshlik soʻrab kelganida Yusuf alayhissalomning boshi qotdi. Shunda Jabroil alayhissalom Olloh taoloning farmonini olib keldi:
— Ey Yusuf, biyobonga chiqqil, och haloyiqqa yuzingni koʻrsatgil!
Yusuf alayhissalom biyobonga chiqib, taxt ustiga oʻtirdi va yuzidan pardagni koʻtardi. Yusuf alayhissalomning jamolini koʻrgan haloyiq Oshu taomni unutdilar. Qirq kun (ba’zilarning aytishlaricha, toʻrt oy) odamlar hech narsa yemadilar, Yusufning jamoli bilan kun kechirdilar, oziq-ovqatga muhtoj boʻlmadilar.
— Ey yusuf, biz seni qullikka solmaganimizda edi, bugun qullik qadrini qaerdan bilarding? Qullar qadrini bilaning uchun endi bugun misr xalqini ozod qilgaysan! – deya Ollohdan farmon keldi. Shundan soʻng jar chaqirtirib, Misr xalqini yigʻdilar.
— Ey Misr xalqi, eru xotin barchangiz mening qulimmisih? – soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Hoʻ, qulingizmiz, – deyishdi ular.
— Olloh taoloning hushnudligi uchun barchangizzni ozod qildim, – dedi Yusuf alayhissalom jarchilarga buyurib.
Rivoyat qiladilarki, Yusuf alayhissalomning Kan’ondan chiqqaniga yigirma yetti yil boʻlganida, ochorchilik va qahatchilik yillarining beshinchi yilida Ya’qub alayhissalom oʻgʻillariga dedi:
— Misrda oziq-ovqat bor deyishlarlar, sizlar borib don-dun keltiringlar.
Paygʻambarzodalarning har biri ikkitadan tuyaga yogʻ, qurut, poshloq, jun ortib, Misrga yoʻl oldilar. Yusuf alayhissalom bilardiki, boshqa yurtlarda don-dun yoʻq, qarindoshlari qachondir oziq qidirib keladilar. Shu maqsadda yoʻllarga toʻqsol (qorovul)Lar qoʻydirdi.
— Qachonki, uzun boʻyli, koʻrkam yuzli yigitlar kelsa, mening oldimga olib kelinglar, -* deb tayinladi qorovullarga.
Ya’qub alayhissalomning qaddi-qomatlari birdek, bir hil kiyim kiygan oʻn oʻgʻloni shaharga kirib kelishdi. Bu habarni eshitgan Yusuf alayhissalom ularning oʻz birodarlari ekanligini bildi. Deydilarki, yigirma yetti yil mobaynida Yusuf alayhissalom birodarlariga boqib, yuzlari yoʻlning gardu gʻuborlariga bulgʻanganini, kiyimlari kir boʻlib ketganini koʻrgach, bu niyatdan qaytganiga yana bir bor hursand boʻldi va «Mening ulugʻligimni bilsinlar, ularni hursand qilib yuboray», degan qarorga keldi.
— Qaydin kelursizlar, – soʻradi Yusuf alayhissalom. – Kimning farzandlari boʻlursiz?
— Kan’ondan kelurmiz, – deyigdi ular. – Ya’qub paygʻambarining oʻgʻillari boʻlarmiz.
— Otangiz tirikmilar?
— Tirikdurlar.
— Nima ish qilarlar?
— Paygʻambardirlar, Olloh taologa toat va ibodat qilarlar.
— Kimdan kimga paygʻambardirlar?
— Haqdan xalqqa paygʻambardirlar.
— Paygʻambar boʻlsalar, nega misr eliga kelmas, uning xalqiga paygʻambarlik qilmaslar?
— Kan’onga va uning atrofidagi xalqlarga paygʻambardiralr. Buning ustiga koʻzlari ojiz boʻlib qolganlar.
— Koʻzlari nima sababdan koʻrmaytsdigan boʻlib qoldilar?
— Yusuf degan oʻgʻli bor edi, uni behad yaxshi koʻrardi. Oʻsha oʻgʻil gʻoyib boʻlgach, uning firoqidan yigʻlayverganlaridan koʻzlari koʻr boʻldi.
Rivoyat qilishlaricha, bu paytda harir kiyimlar kiygan holda taxt ustida oʻtirgandi. Oʻng tomonlarida ming gʻulombacha oltindan kamar bogʻlagan holda, chap tomonlarida ming gʻulombacha kumushdan kamar bogʻlagan holda turardilar. Saroylarning eshigida esa yuz kishi qora kiyimda qoʻllariga oltin aso tutganicha, yana yuxz kishi esa kumush aso tutganicha turardi.
— Hammangizlar bir otadan boʻlasizlarmi? – soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Shunday, – deyishdi aka-ukalari.
— Yana boshqa aka-ukalaringiz bormi?
— Oʻn bir birodarmiz, birimiz uyda qolib, otamiz hizmatini qilyapti.
— Qanday ajoyib hushroʻy, hushsu’rat va hushqad yigitlar ekan-a?! – dedi Yusuf alayhissalom huzurida turgan beklariga qarab.
— ?oyib boʻlgan ukamiz bizlardan koʻra hushmu’rat edi, – deyishdi.
— Qay yoʻsinda gʻoyib boʻlgan u?
— Boʻri yedi, – dedi biri.
— Oʻgʻri oʻldirdi, – dedi ikkinchisi.
— Biyobondan koʻylagini qonga belgangan holda topdik, – dedi uchinchisi.
— Bular josusdirlar. Negaki, soʻzlari bir-biriga muvofiq kelmayotir, – dedi Yusuf alayhissalom ularning soʻzlarini ayri chiqqaninik oʻrib.
— Bizlar paygʻabarzodalarmiz, bizlardan oʻgʻrilik sodir boʻlmas, haqaqtan ham yoʻqolgan inimizning oʻlik-tirigini bilmasmiz, – deyishdi.
— Menda bir jom bor. har nimaniki soʻrasam javob qilur, – dedi Yusuf alayhissalom va oʻsha jomni qoʻliga olib qoqdilar, bir voz chiqdi. Bu jom ingizni tirik deydir.
Yusuf alayhissalom ularni uch kun bir uyda saqladilar, soʻng amr qildi:
— Bularning har biriga yuir tuyadan bugʻdoy bering, keltirgan yogʻlari, qurutlari va yunglarini ham bildirmasdan qoplariga solib qoʻying. Shunday qilingki, ular qoplarini ochmasinlar.
Soʻngra birodarlariga yuzlanib soʻradi:
— Otangizga va ukangizga bir tuyadan bugʻldoy bersam, olib ketasizlarkim? – Ular koʻvngachs, ikkita tuyada bugʻdoy berdi va yana ta’kidladi. Yegulieklaringiz tugasa, yana kelinglar. Faqat bir shartim bor: uyda qolgan birodaringizni ham olib kelasiz. Boʻlmasa bugʻoy bermayman.
— Bu podshoh Yusufga oʻxshar ekan, – dedi Yahudo oʻz tillarida.
— Qayoqdagi gaplarni aytasan-a? Bu mamlakat, bu podshohlik qaerda-yu, Yusuf qaerda? – deyishdi boshqalari. – U shuncha qoʻshinni qayoqdan olsin?! Agar tirik boʻlganida daragi chiqqan boʻlardi, otasini soʻrardi, bungun esa bizga yaxshilik qilmagan boʻlardi, oʻch olardi!
—Ibn Yaminni keltiring, deganidan bildimki, bu yusuf! – dedi Yahudo.
— Bu gapni qoʻygil, – deyishdi va tashqariga chiqishdi. Yusuf alayhissalom ularning soʻzlarini eshitib, parda ichida tabassum qilar edi.
Xullas, birodarlar yuklarini olib, kan’onga qaytdilar. Otalariga salom keltirdilar. Ya’qub alayhissalom hursand boʻlib, farzandlaridan holu ahvol soʻradilar.
— Misr podshohi bizlarga koʻp yaxshiliklar qildi: hammamizga bir tuyadan bugʻdoy berdi, senga va Ibn Yaminga ham bir tuyadan bugʻdoy tuhfa qildi, yana bizlar olib borgan narsalarni oʻzimizga ibldirmasdan qoplarimizga solib qoʻyibdi. U Yana aytdiki: «Uydagi ukangizni olib kelsangiz, Yana gʻalla beraman. Agar olib kelmasangiz oshlik bermasman«, dedi (Oyat) »Bizlar uni albatta, muhofaza qilarmiz», – deyishdi oʻgʻlonalr.
— Yusufni oldib borib yoʻqotib keldinglar. Endi buni ham yoʻqotib kelmoqchimisizlar? – Sizlarga boshqa ishona olmayman, – dedi Ya’qub alayhissalom.
— Ey ota, bizlardan bir xatolik oʻtib, beparvo qoldik. Endi buni yaxshi saqlaymiz. Hudo hoxlasa, salomat keltiramiz, – deyishdi.
— Ibn Ya’minga yomonlik qilmaymiz, deb Ollosh taologa ahd qilib, bir xat beringlar, – dedi otalari. – (Oyat) «Men uni sizlar Bilan hargiz yubormasman, to sizlar Olloshh talolo tarafidan bir ahdi-paymon keltirmaguningizcha».
Hammalari ahd qilib, xat berdilar. Ya’qub alayhissalom oʻziga berilgan ulushning yarmini Kan’on xalqiga ulashdi. Inb Yaminni olib, Misrga boradigan boʻldilar. Katta karvon yigʻildi.
— Ey ota, bizlarga nasihat qilsangiz, shunga qarab ish tutsak, – deyishdi oʻgʻlonlari.
— Avvalgi soʻzim shuki, qoplaringizdan chiqqan narsalarni qaytarib olibborasizlar. Negaki, ular bizlarga haromdir. Yo yodlaridan chiqqan, yo sizlarni sinomaoqchi boʻlgan. Ikkichisi shuki, Misrga borganlda hammangiz bir darvozadan emas boshqa-boshqa darvozalardan kiring, toki xalqning koʻzi tegmasin.
Hadis. Paygʻambar alayhissalom deydilar: «Yomon koʻz erni goʻrga kirgizar, tuyani qozonga».
Hikoyatda kelishicha, arablarning bir qabilasi bor edi, koʻz ovchiligi bilan mashgʻul boʻlgaendi. Ular qachon goʻsht yegilarik yelib qolsa, xotinlariag qozon ostirib, oʻzlari koʻchaga chiqab oʻtirar ekanlar.
Yoʻldan oʻtayotganlarga qarab: «qanday chiroyli oting, yo sigiring, yo tuyang bor-a!» deyisharkan. Shunda oʻsha hayvonlar oʻlar va goʻshlarini sotgani olib kelishar ekan.
Hikoyat. Quraysh kofirlari Muhammad alayhissalomga zarar yetkazishga qasd qilib, oʻsha qabiladan bir kishiga «Muhammadga koʻz tekkiz, u halok boʻlsin!« – deyishadi. U badbaxt paygʻambar alayhissalomga koʻz tekkizishga ahd qilib, yoʻlga tushganda, Jabroil alayhissalom mana bu oyatni keltirdi: “Albatta, kofirlar Qur’oni karimni eshitganlarida seni yomon koʻzlar Bilan toydirishlariga oz qoldi. Va ular “albatta bu majnun boʻlsa kerak», deyishdi. Vaholanki, bu Qur’oni karim butun olam uchun faqat bir nasihatdir». Oʻsha kimsa keldib, paygʻambar alayhissalomga koʻz solunga qadar Rasul alayhissalom bu oyatni oʻqib, uning oʻziga dam soldi. Shu zahoti u badbaht kimsaining ikki koʻzi oqib ketdi.
Yana bir hikoyatda kelishicha, bir kampir paygʻambar alayhissalomning oldilariga kelib shunday dedi:
— Yo rasululloh, ahvolimiz yaxshilanarmikan deb biz sahroda mol-qoʻy boqarmizu, lekin holimiz yaxshi boʻlmayapdi.
— Mol-qoʻyni soting, odamlar orasiga kirib, ekin eking, ekinzorlaringizga qoʻriqchilar oʻrnating, – dedilar paygʻqambar alayhissalom. Shunday qilingan edilar, ahvollari yaxshilandi.
Savol: Ekinzorga qoʻriqchi oʻrnatishdan nima foyda bor?
Javob: Foydasi shuki, agar yomon koʻzli biror kimsa nazar tashlasa, ekinlar quriydi, qoʻriqchi oʻrnatilgan boʻlsa, koʻz nazari ekinga emas, qoʻriqchiga tushadi. Negaki, ekindan azizroq turar. Shu bois oldin unga tegar, ekinga keyin tegar, ammo zarar qilmas.
Savol: Oldin nazar tushganiga zarar qilib, keyingisiga ziyon yetmasligining hikmati nimada?
Javob: Koʻzning zarari oldingi boqishd boʻlar. Qaysi narsa azazroq boʻlsa, oʻshanga tegib, keyingisiga ziyon yetmas.
Savol: Koʻz tegishida nima hikmat bor?
Javob: Hikmat shuki, Olloh taolo moʻminlarini suydi hamda oʻzini va moʻminlarini «Seving!« dedi (Oyat) “Olloh ularni yaxshi koʻradi va ular Ollohni yaxshi koʻradilar”. qachonki, moʻmin odam biror narsaga suyuk koʻzi bilan qarasa, Olloh taoloning rashki kelar. “Mendan boshqaga suyuk koʻzi Bilan qaramasin”, deya oʻsha narsani halok qilar. Rasul alayhissalom debdilarki: »men rashkchiman, sa’d ham rashkchi, ammo Olloh har ikkialamizdan ham arshkchiroqdir».
Savol: qoʻriqchining koʻz zararini qaytarishda qanday qudrati bor?
Javob: qoʻriqchining hech qanday qudrati yoʻq, misoli butlarning odamlarni yoʻldan ozdirishda qadrati boʻlmagani, lekin bunga sababchi boʻlgani kabidir.
Ya’qub alayhissalomning oʻgʻillari Misrga kelganlarida otalari buyurganidek, har qaysilari boshqa-boshqa darvozadan kirdilar. Yahudo Bilan Ibn Yamin bir darvozadan kirib, barchlgʻalaridan oldinroq Yusuf alayhissalom saroylari eshigiga kelib turdilar. Boshqalari ham yetib kelib, salom va duoni ado qilgach, saroyga kirdilar. Otalari berib yuborgan Ibrohim alayhissalomdan qolgan meros sallani Yusuf alayhissalomning oldiga qoʻyishdi.
— Otamiz «Bu sala menga Ibrohim alayhissalomdan meros qolgan edi. Uni senga yuboryapman», dedilar – deyishdi. Yusuf alayhissalom bundan behad sevinib ketdi, negaki bu salla kimga tegsa, u paygʻambar boʻlar edi.
— Bu narsalar yuklarimiz ichidan chiqdi, yanglishib qoʻyilgandir, deya qaytarib olib keldik, – deyishdi yuklari ichidan chiqqan narsalarni Yusuf alayhissalomning oldiga qoʻyar ekanlar.
— Olib kelib yaxshi qilibsizlar, ammo bu narsalarga muhtoj emasmiz. Sizlarga berdik, olib yoʻl harji qilinglar, – dedi Yusuf alayhissalom va bu narsalarni otasi qaytarib yuborganini fahmladi.
— Bu ish bizlarga davlat va saodat boʻlar, – deyishdi hammalari oʻrinlaridan turib ta’zimu tavoze qilganlaricha.
Ibn Yaminni chodirga kiritib, taxt ustiga oʻtkizdirdilar va oldiga bir tovoqda osh qoʻydilar. Yusuf alayhissalom niqobini koʻtarib, yuzlarini ukasiga koʻrsatdi. Ibn Yamin oh urib, behush boʻlib yiqildi. Gulob sepib, oʻziga keltirdilar.
— Nima darding bor, tutqanoqmisan? – soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Paygʻambarzodadirman. Menda tutqanoq kasali boʻlmas. Yuzingizni koʻrgandim, gʻoyib boʻlgan akamning yuiza oʻxsharkan, shuning uchun hushimdan ketdim, – dedi Ibn Yamin.
— Qaygʻurmagil, oʻsha gʻoyib boʻlgan akang menman, – dedi Yusuf alayhissalom va shundan keyin Ibn Yamin yana hushidank yetdi. Yana gulob sepib, oʻvziga keltirdilar.
— Otamning ahvoli qalay, shundan gapir, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Sening gʻamingda «Bayt ul-ahzon»ga kirib yigʻlay-yigʻlay ikki koʻzlari koʻr boʻldi, – dedi Ibn Yamin. Bundan Yusuf alayhissalom koʻp yigʻladi.
— Ey uka, sen oshingni yegin, men sarguzashtlarimni aytayin, – dedi Yusuf alayhissalom. Avval meni quduqqa soldilar. Quduqdan chiqib, qul deb sotdilar. Keyin zindonga tushim va koʻp yillar u yerda yotdim. Olloh taolo fazli Bilan zindondan chiqib, bu mulku davlatga ega boʻldim. Bu soʻzlarni sen ulraga aytmagin. Olloh taolodan ruhsat yoʻq.
— Men sizdan ayrilib qandoq toqat qilurman, – dedi Ibn Yamin.
— Men seni bir bahona bilan olib qolurman.
Ketar vaqti boʻlganda Yusuf alayhissalom omborchiga buyurdi:
— kan’oniylarning har biriga bir tuyadan bugʻdoy bergil, Ibn Yaminning qopiga paymona (qadah)ni hech kimga bildirmasdan solib qoʻygin.
Deydilarki, bu idish kumushdan edi. U Qur’onda «siqoya« deyilgan. Siqoya arab tilida suv idishi deganidir. Yana bir joyida »savogʻ» deyilgan. Savogʻ arabchada tarozi degani boʻladi. U tarozi toʻrt oyogʻi bor edi, ularning har biri turli-turli gavharlardan yasalgandi. Ichida uch yuz oltmishda mehroq qilingandi. Har bir mehrobda bir shariat sohibining surati aks ettirilgandi.
Hammalri Yusuf alayhissalomni duo qilib, yoʻlga tushdilar. Yoʻlda kelayotib Ayn ush-Shams degan yerda toʻxtadilar. Endi ovqatlanib boʻlganlarida Yusuf alayhissalom toʻrt ming yigiti bilan yetib keldi.
— Ey karvon ahli, biz sizlar yemish olgani kelgan savdogarlar, deb oʻylagan edi, ammo sizlar beshak oʻgʻri ekansizlar, – deya jar chaqirtirdi.
— Foyda. Deydilarki, oʻgʻrilar toʻrt turli boʻladi: mol oʻgʻrisi, namoz oʻgʻrisi, soʻz oʻgʻrisi, tarozi oʻgʻrisi. Mol oʻgʻrisining qoʻlinik yesarlar, soʻz oʻgʻrisini oʻtda kuydirarlar, namoz oʻgʻrisining yuzidan unr olingay,, tarozi oʻgʻrisini esa olib qolib, mukofotlar berishgay.
Yana deydilarki, dunyoda oʻgʻri degan ortiqroq yovuz nom yoʻq. Oʻgʻriga beriladigan jazodan ortiqroq jazo yoʻq. Uning jazosi sogʻ qoʻlini kesish azobidir. Negaki, oʻsha kesilgan sogʻ qoʻl Bilan oʻgʻrilik qilarlar, oʻsha qoʻl bilan taom yerlar, u bilan tahorat qilarlar, yaxshilikni ham oʻsha qoʻl bilan qilarlar. Manna shunday ishlarga qodir boʻlgan qoʻlning kesilishidan ortiqroq jazo, undan-da ortiqroq azob bormi?! Shunday aziz inson a’zosi bir yoki yarim oltin uchun kesilur!
Ya’qub alayhissalom oʻgʻlonlari oʻgʻrilik soʻzini eshitib, qoʻrqib ketdilar, ranglari ogʻarib, oyoqlaridan mador ketdi.
— Nima yoʻqotdingiz? Kimni oʻgʻri qilmoqchisiz? – tashvishlanishdi ular.
— Podshohning tarozisini yoʻqtdik. Kim topib bersa, bir tuyada bugʻoy mukofoti berilur, – javob qildi jarchi.
Savol: Suyunchiga boshqa narsa tayin etmay, bugʻdoy beramiz, deyishlikda nima hikmat bor?
Javob: Qahatchilik va ocharchilik paytida hech nima bugʻdoydan ortiq boʻlmaydi. Bu bois (Oyat) «Kimki uni topib bersa, unga bir tuya oshliq berilgay va men bi va’daning ustidan chiqishga kafildirman», deya jar chaqirtirildi.
Aysh-Shams muzofotining eru ayol ahli tomoshaga chiqdilar. Shu paytda toʻrt ming askari bilan Yusuf alayhissalom ham yetib keldi.
— Tarozini topa olmadik, – deyishdi jarchilar.
— Ey yigitlar, bizlar sizlarni gʻallaga kelgan savdogarlar, desak oʻgʻri ekansizlar, – dedi Yusuf alayhissalom birodarlariga.
— Biz bu elga yomon niyatda kelmaganmiz, biz paygʻambarzodamiz, oʻgʻri emasmiz, – deyishdi birodarlar. – Yuklarimiz ichidan chiqqan narsalarni Kan’ondan Misrga qaytib olib kelgan bizlar qandayin ham tarozi oʻgʻrisi boʻlaylik. Hattoki Kan’ondan chiqqach, begona mulkda ungan oʻtlarni yeb qoʻymasin, kofirlar daraxtidan barg tishlab uzmasin, deya tuyalaimiz ogʻizlarini bogʻlagan odamlarmiz. Misrdan chiqqandan keyin ham shunday qildik. Oʻzlarini bunday ehtiyotlagan odamlar bugʻdoy tuhfa qilgan, taomlar Bilan siylagan podshohning saroyidan tarozi oʻgʻirlashi mumkinmi?
— Ahtarsak, mabodo sizlardan chiqsa nima boʻlar? – soʻradi Yusuf alayhissalom. – Topsak, oʻgʻrining qoʻlini kesarmiz, zindonga tashlarmiz.
— Ahtaring, agar bizlarning oramizdan kimning yuki ichidan chiqsa, oʻsha odam mol egasiga qoʻl boʻlsin, bizning shariatimizda shunday, deyishdi birodarlar. – Ihtiyor sizda, Xohlang bizning yoʻlimizda hukm qiling, xohlang oʻz yoʻlingizda.
— Yuklaringizni ochinglar! – dedi Yusuf alayhissalom.
Avval hamrohlarining yuklarini ochib koʻrdilar. «Ishqilib, oʻshalar yukidan chiqsin-da, biz paygʻambar oʻgʻlonlarining yuzi yorugʻ boʻlardi», deya sevindilar. Ammo, navbat oʻn oqa-inining yuklariga keldi. Axtardilar, ulardan ham chiqmadi. Yusuf alayhissalom uzr aytib, qaytmoqchi boʻlgandi, Rubil uni qaytardi:
— Manavi bittamizning yukimizni qaramadingiz, uni ham koʻring.
Ibn Yaminning yukini ochib koʻrgandilar, tarozi uning chidan chiqdi. Hammalari qaygʻuga botib, boshlarini egdilar.
— Ey Rohilning oʻgʻli, onaning ikki oʻgʻil tugʻgʻandi, ikkovingiz ham oʻgʻri chiqdingizlar. Biringizda qutilgan Edik, endi sen qoluvmiding. Buning onasi ham yomon6 edi oʻzi! – deyishdi birodarlari malomat toshlari yogʻdirib.
— Ey birodarlarmi, men oʻgʻri emasman, Hudo haqqi men oʻgʻirlamadim, – deya nola qila boshladi Ibn Yamin.
— Zoru nola qilguncha, koʻnglingni tiysang nima qilardi! – deyishdi uni yana tanbehga koʻmishib.
Savol: Ibn Yamin tarozini oʻgʻirlamagan edi. Yusuf alayhissalomning (Oyat) «Sizlar, albatta, oʻgʻridirsizlar», deyishligi nima uchun ravo boʻldi.
Javob: Olloh taoloning «Qarindoshingni shu asnoda olib qolgin!« degan farmoniga binoan edi. Bu bahona birodarlarga mushkl holatda qoʻl kelib, »bir tugʻishgan akasi ham oldin oʻgʻirlik qilgan edi», deya qutilib qolmoqchi boʻldilar.
Savol: Yusuf alayhissalomni oʻgʻirlik qilgan deyishlariga, oʻgʻirlikka qoʻl urmagan holda malomatga nishon boʻlishlariga nima sabab edi?
Javob: Onalari rohil ukasi Yaminni tugʻish payti vafot etgandi. Ibn Yaminni enagaga topshirdilar. Kichikna Yusufni esa holalari tarbiyasiga berishdi. Ya’qub alayhissalomning ikohida boʻlgan bu xolasi uni behad sevardi. Besh yoshga kirganda otalari olib ketgani kelganda, xolasi Yusufning koʻylaklari chiga Ishoq alayhissalomdan qolgan kamarbandni bogʻlab qoʻydi. Soʻngra «Kamarim yoʻqolib qoldi«, degan bahona bilan orqalaridan borib, uni yusufning belidan topib olganday boʻldi. »Bu bola endi meniki boʻldi», degan talabi oldida Ya’qub alayhissalom noiloj boʻlib qoldiyu Xolasi yusufni oʻzi bilan birga olib ketdi. Ogʻalarining oʻgʻri bdeyishlari shu sababdan edi.
Xullas, Yusuf alayhissalom dargʻazabnamo boʻlib, mil bilan jamni qoqdilar. Soʻng soʻradi:
— Jom nima deydi?
— Bilmasmiz, – dedilar.
— Jom ayturki, birodarlari Yusufni makr-hiyla bilan otalaridan soʻrab olib, turfa azoblar bilan quduqqa soldilar, soʻn «qulimizning uch aybi bor«, deya uch shart bilan sotdilar. »Boʻri yedi» deganlari yolgʻondir, – dedi Bilmasmiz, – dedilar. Birodarlar hayron qoldilar.
— Jom nima deydi? – yana jomni qoqib soʻradi Bilmasmiz, – dedilar.
— Bilmasmiz, – dedilar.
— Jom ayturki, yoʻqolgan birodarlari tirikdur, ammo hozir uzoqqda, yaqin fursatda topishadilar. Birodarlari podshohga rost gapni aytdilar, keyin otalari Bilan ham topishadilar, soʻngra Olloh taolo ularning gunohlarini kechirgay, – dedi Bilmasmiz, – dedilar.
— Jom nima deydi? – soʻradi Bilmasmiz, – dedilar jomni yana qoqib.
— Bilmasmiz, – deyishdi ular.
— Jom ayturki, Yusufni quduqqa solib, qoʻyni soʻyib, uning qoniga koʻylagini botirib, otalariga olib bordilar, yolgʻon soʻzladilpar. Undan keyin oʻn sakkiz chaqa pulga sotib, hudiy tilida xat yozib, muhr bosib sotib olgan kishiga berganlar. Shu soʻzi rostmi? – soʻradi Bilmasmiz, – dedilar.
— Boʻri yegani rostdir. Sotdi deganlari yoldgʻon, – deyishdi ular tonib.
— Jom ayturki, – dedi bilmasmiz, – dedilar jomni yana bir bor qoqib, – Bularning orasida bir yigit bor: gʻazabi kelsa, badanlaridagi moʻylari kiyimlarini teshib chiqar ekan. U qaysi biringizdir?
— Mendirman, – dedi Yahudo oʻrnidan turib.
— Shunchalik bahodir boʻla turib, Yusufni boʻriga yedirib qoʻyishlikdan sharm qilmadingmi? – soʻradi Yusuf alayhissalom.
Yahudo hijolatdan qizarib ketdi. Yusuf alayhissalom yana domni qoqib soʻradilar:
— Jom ayturki, bularning orasida bir yigit bor: gʻazabi kelganida toshni changaliga olib siqsa, un kabi maydalanib ketar emish. U kimdir?
— Mendirman, – dedi Rubil turarkan.
— Shunchalik quvvating bor ekan, ukang Yusufni nima uchun boʻriga yedirding? -s oʻradi Yusuf alayhissalom.
— Jom nima deydi? – yana soʻradi jomni qoqarkan.
— Bilmasmiz, – dedilar.
— nima deydir? – soʻradi yana jomni qoqib.
— Bilmasmiz, – deyishdi.
— Ayturki, bularning orasida bir yigit bor: agar sherga yuzma-yuz kelsa, ushlab ogʻzini yirtib tashlar emish. U kimdir?
— Men, – dedi Kozuro oʻrnidan utrib.
— Sherga kuching yetgan, boʻriga yetmasmidi?
— Nima deydir? – oʻradi yana jomni qoqib.
— Bilmasmiz, – dedilar.
— Ayturki, – dedi Yusuf alayhissalom, – Melik Za’rga berilgan xat podshohning hazinasida, deydir.
Buyurdilar. Borib hazinadan oʻsha xatni olib keldilar. Yusuf alayhissalom ul xatni birodarlariga koʻrsatdi.
— Bunday xatdan bizning habarimiz yoʻq, – deyishdi ular xatni koʻrgach.
— Bu xat yolgʻonmi? – soʻradi Yusuf alayhissalom IMbn Yamindan.
— Bu birodarlarining xatidir. Jom rost aytadir, – dedi u. – Ey podshohi olam, bu jom Yusufni tirik, tez fursatda otasi bilan topishadi, dedi. Otamizga bir noma yuborsak, behad hoʻrsand boʻlar edilar.
— Otamizning shu vaqtgacha tortgan mehnatu mashaqqatlari ozmidi? – deyishdi birodarlari. – Uning ustiga xat yuborib, dardu firoqlarini yana ziyoda qilmoqchimisan, yangidan oʻtga solay dermisan? Hudo hohlasa, sendan ham qutilgaymiz. Sen podshohning tarozisini oʻgʻirlab, bizlarni ham hijolatga qoʻyding!
Latifa: Qiyomat qoyib boʻlganda Olloh taolo hamma bandalaridan hisob oladi. Bandalar gunoh ishlarni inokr qilarkanlar. Shunda ularning nomai a’molini (ya’ni qilgan amallarining kitobini) keltirarkanlar. Oyu kun, kechayu kunduz, jamiki yulduzlar guvohlik berarkanlar. Shunda farishtalar: «Endi nrima deysan?« deyishganda ul bandalar: »Bularning hammasi odam farzandiga dushmandirlar. Guvohliklariga ishonib boʻlmaydi», derkanlar. Shundan keyin osmonu yer guvohlik berarkan, ammo u ham qabul qilinmaydi. Anna shunda u bandaning jamiki tana a’zolari alohida-alohida guvohlik berarkan. Bu guvohlikdan soʻng u doʻzahga haydalarkan.
Alqissa, birodarlarning oqatlari toq boʻlib, iltijo qildilar:
— Ey podshoh, bizga ortiq ozor bermang. Mol olsangiz mayli, oling, ammo ukamizni olib qolmang. Agar zarur boʻlsa, bizlardan xohlaganingizni olib qoling. Uning qari otasi bor, unga rahm qiling, – deyishdi ular.
Otangizning haqqi-hurmatini saqlamaganimda sizlarga, albatta, jazo bergan boʻlardim. Nima qilayki, paygʻambarzodasizlar, – dedi Yusuf alayhissalom.
Savol: Nega otalarining paygʻambarliklarini emas, qariliklarini shafe’ keltirdilar? Buning hikmati nimada edi?
Javob: Ular misr mamlakatini qaysi dinda ekanligini bilmasdilar. Paygʻambarlikni musulmonlargina hurmatlar, kofirlar esa ahamiyat qilmasdilar. Shu sababdan paygʻambar emas, qarilikni vaj qildilar.
Birodarlar koʻp zoru tarozzu qilib, otalarini shafe keltirib, tavallo qildilar, boʻlmadi. Yusuf alayhissalom Ibn Yaminni zindonga buyurdi. Maqsadi – uni shu bahona bilan olib qolmoqlik edi.
— Tarozim kimdan chiqqan boʻlsa, oʻshani olib qolaman. Boshqa birovni olib qolar boʻlsam, unga zulm qilgan boʻlaman, bundan Ollohning oʻzi saqlasin! – dedi Yusuf alayhissalom.
Iltimoslari ijobat boʻlmagach, birodarlar nochor va noumid boʻldilar. Shundan keiyn ular kengashdilar.
— Ey birodarlar, – dedi Yahudo. – Uyatli ish boʻldi, endi otamiz yoniga qaysi yuz bilan boramiz. Birodarimizni qanday boʻlmasin ajratib olishimiz kerak. Sizlar podshohning qoʻshiniga bas kelsangiz, men podshoh bilan olishayin. Agar sizlar podshohga bas kelsangiz, me uning qoʻshini Bilan bellashayin. Men borib, zindon yoqasiga oʻtirayin. Ibn Yaminni olib kelishganida bir na’ra tortay. Shunda sizlar toʻplanib kelib, shamshir tortasiz, Misr xalqi oʻliklardan tepa yasaylik.
Yusuf alayhissalom bularning kengashlarini bildi va Ibrohim alayhissalomning sallalarini boshiga bogʻladi. Birodarlar har tomonga borib turdilar. Yahudo zindon boshida turdi. Agar uning gʻazabi kelsa, koʻzi qonga toʻlib, badanidagi tuklari kiyimlaridan teshib chiqardi. Buni yaxshi bilan Yusuf kichik oʻgʻli ga tayinladi:
— Agar Yahudo na’ra tortsa, odamlar behush boʻlib yiqiladi, homilador ayollarni bolalari tushib qoladi. Sen borib orqasidan silagin, gapirsa, aslo soʻz qotmagin.
— Mendan uzoqroq turing, bularga bir koʻrsatib qoʻyayin, – dedi Yahudo xozlanib. Shunda Yusuf alayhissalom oʻgʻliga ishorat qilgandi, u borib Yahudoning orqasini siypadi. Yahudo na’ra tortayin, deb qasd qilgandi, gʻazabi pasayib, ovozi chiqmay qoldi. Bir payt hammalari yigʻilib kelib, Yahudoga qarab taajublandilar.
— Nima uchun na’ra tortmading? – soʻrashdi undan.
— Bu yerda Ya’qub alayhissalom urugʻidan kimdir bor ekan. Bir oʻgʻil bola kelib, orqamni silagan edi, gʻazabim pasayib qoldi. Na’ra torta olmadim, – birodarlarining hangu-mang boʻlganlarinik oʻrib soʻzida davom etdi Yahudo. – Boʻlgan voqealarni borib otamga aytipngalr, Ibn Yaminni zindonga tushganini ham aytinglar. Toki, otam ijozat bermas ekan, bu yerdan aslo qimirlamasman.
— Ey uarvon ahli, hamma kuch-qudrat bizdagina bor, boqalarda yoʻq deb oʻylaysizmi? Tarozini oʻgʻirlaganda, uni soʻraganlar Bilan jang qiling. Bu qanday ish boʻldi?! – dedi Yusuf alayhissalom va Ibn Yaminni olib qaytib ketdi. Ular Aysh-Shams muzofotida qolib ketdilar.
— Ey birodarlar, otamiz bizdan xat olgan, biz esa Ibn Yaminni salomat topshirishlikka ahd qilganmiz. Bundan oldin Yusuf tufayli yoʻlsiz qolgandik, endi Ibn Yaminni bu yerda qoldirib Ka’ononga borolmayman. Otam yuziga qanday boqaman. Yo otambdan ijozat boʻlmaguncha, yo Olloh taolodan biror hukm boʻlmaguncha shu yerda qolaman, yo birodarimni olib ketaman. Shu uch ishdan biri boʻlmaguncha bir qadam ham jilmasman, – dedi Yahudo qaiyyat bilan.
Yusuf alayhissalom Ibn Yaminni olib ketgach, hayronlikda qoldilar. Yuklarini oʻsha yerda omonatda qoldirib, yigʻlanganlaricha Misrga qaytdilar. Misrga kelatyotganlarida kengashdilarki, «Har birimizning qanday kuch-qudratimiz bor, urushib ukamizni olamiz», deyishdi. Ular yogʻochlar kesdilar, sobqonlar uchun toshlab yigʻdilar. Har birimiz ish-hunar koʻrsataylik, deb maslahatlashdilar.
Yusuf alayhissalom ulardan habardaor boʻlib turishlik uchun soqchilar qoʻygan edi. Soqchilar «Ular Yusuf bilan urushamiz deyishayotganlarining habarini berdi. Yusuf alayhissalom qirq ming yarogʻlik askar yigʻdirdi. Bu ishdan habar topgan Rayyon podshoh «Men ham otlanayin», degandi Yusuf alayhissalom mening oʻzim kifoya qilaman», deb unamadi.
Ertasi kuni har biri bir darvozdan kirib kelishdi. Yahudo qattiq na’ra tortgan edi, Misr xalqining barchasi behush boʻldilar, homilador ayollrning homilasi tushdi. Sha’mun Yana bir darvozadan kirgan edi, uni koʻrgan odamlar qoʻrqib qochdilar. U bir toshni koʻtarib Yusuf alayhissalom saroyiga otgandi, yemirilib ketdi. Ularga hech qanday kuch qarshi turolmasligini bilan Yusuf alayhissalom Ibrohim alayhissalom sallalarini olib chiqib roʻbaroʻ tutdilar. Shunda ularning ovozi chiqmay qoldi. Ularning barchasini ushlab tutdilar. Yahudoning na’rasidan qoʻrqib yotoqxonasiga berkinib olgan Rayyon podshoh ham ularning tutilganini eshitib, yashiringan joyidan chiqib keldi. Misr eli yigʻladi.
— Dunyoda bizdan zoʻri yoʻq Deya maqtanur edingiz. Manna sizdan boshqa mardlar ham bor ekanligini koʻrdingizmi? – dedi Yusuf alayhissalom birodarlariga qarata. – Oʻtgan gunohlaringizni kechirdim, ozod boʻldingizlar, endi bu yerda bosh olib chiqib ketasizlar.
— Men bormayman, sizlar otamizga borib, oʻgʻling oʻgʻrilik qildi, deb aytinglar, – dedi Yahudo.
Toʻgʻgʻiz oqa-ini kan’onga keldilar. Ya’qub alayhissalomga boʻlgan voqeani bayon qildilar.
— Oldin birini olib borib yoʻqotgan edingiz. Endi esa Yana birini yoʻqotib kelib, oʻgʻrilik qildi, deya bahona qilarmisiz? Bu yolgʻondir, – dedi Ya’qub alayhissalom ikki oʻgʻlini kam koʻrgach.
— Bizga ishonmasangiz, oʻsha muzofotda boʻlgan karvon ahlidan soʻrang, – deyishdi oʻgʻillari.
— Menga endi sabrdan boshqa chora qolmadi, – dedi Ya’qub alayhissalom, (Oyat) «Endi sabr qilmoq yaxshidir. Shoyad, Olloh ularni hammasini birgalikda menga qaytarsa. U haqiqatda ilm-hikmatlik zotdir».
Behad koʻp yigʻladi. Soʻng dovot, qalam olib xat bitdi: Misr xalqiga, podshohiga!
Bu xat Ibrohim halilulloh nabirasi, Ishoq zabuhulloh oʻgʻli Ya’qub isroilullohdan Fir’avn avlodi – Misr podishohiga tegsun.
Bilingki, bizlar paygʻambarlar avlodidanmiz. Otalamrimiz balo-musibatga mubtalo edilar: Ulugʻ otam Ibrohim alayhissalom Namrud oloviga otildi, otam Ishoq alayhissalom Olloh farmoni Bilan boʻgʻizlandi, men esa ikki oʻgʻil qaygʻusiga mubtalo boʻldim. Birisini boʻri yedi dedilar, Yana birisini oʻgʻirlik qildi, deb sen olib qolbsan. Bizda oʻgʻirlik qiladigan odam boʻlmaydi. Men bir zaif, qaygʻu-hasratlik, koʻzi ojiz qariyaman. Yoshim ulgʻaydi, suyaklarim moʻrtlashdi, soch-choqolim oqardi, beli qaygʻu-hasratda bukildi. Koʻzimning nuri boʻlgan oʻgʻlimni bagʻrimga qaytargn. Senga ezgu duolar qilayin. Bu jahonda ezgulik koʻrgil, u dunyoda azoblardan emin boʻlgin. Bizning koʻnglimizni ogʻritmagin, soʻzimizni zoe’ qilmagil, senga yaxshi boʻlmaydi bu ish. Agar yubormaydigan boʻlsang, ertaga sehr oʻqini sening ustigga yuborgayman. Oʻzing, mamlakating va elling kunfayakun boʻlgaysizlar. Vassalom.
Savol: Yusuf Firavn avlodidan emasdi. Nega bunday deb yozdi?
Javob: Misr podshohlarining hammasi namrud avlodidan edilar. Ular Firavn deb atalar edi. Bu podshohni ham oʻshalar avlodidan deb oʻylagan.
Farzandlarimni yuborgin, boʻlmasa, duo bilan mulku-davlatingni nobud qilman, debsiz. Mening javobim shuki, ota-bobolaringiz balolarga qanday sabr qilgan boʻlsalar, siz ham shunday sabr qiling. Ular qanday najot topgan boʻlsalar, siz ham shunday najot topgaysiz. Sabr qilmoq paygʻambarlarga merosdir. Zinhor bizni duoibad qilmagaysiz. Shoyat Olloh taolo oʻgʻlingizni tez kunda siz Bilan gʻovushtirsa. Vassalom”.
— Bu noma kofirlarning maktubi emas, – dedi Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomning xatini oʻqib chiqqach. – Bu noma paygʻambarlar yoki siddiqlar maktubidir. Bu yusufning maktubi boʻlib chiqqay.
Aytishlaricha, oʻsha holatda Ya’qub alayhissalomni uyqu bosdi. Tushida Azroil alayhissalomni koʻrdi. Soʻradiki: «Ey oʻlim farishtasi, Yusufimni jonini oldingizmi?« Azroil alayhissalom: »Yusuf tirik, uning jonini olganim yoʻq. Olloh seng Yusufni qovushtirgay, sevingaysan», dedi. Bundan Ya’qub alayhissalom sevinib uygʻondi.
— Vo darigʻ, Yusufimning holi qanday ekan? – dedi uyqudan uygʻonib.
— Ey Ya’qub, nimaga yigʻlaysan? Olloh taolo Yusufni senga qovushtirgayman, – degan farmonni keltirdi Jabroil alayhissalom.
Ya’qub alayhissalom sevinganidan boshini sajdaga qoʻydi. Olloh taologa shukur qildi. Oʻgʻli Yusuf uchun qirq yil, ba’zi manbalarda sakson yil yigʻladi, oqibatda koʻzlarik oʻrmas boʻldi.
Savol: Odam alayhissalom uch yuz yil yigʻladilarki koʻzlari oqarmadi. Ya’qub alayhissalom qirq yil yigʻladi-yu koʻzlari oqardi. Buning hikmati nimada?
Javob: Odam alayhissalomning guryalari Olloh taoloning qoʻrquvidan edi. Negaki, u ta’qiqni buzib, bugʻdoyni yedi, gunohiga yigʻlagandi. Ammo Ya’qub alayhissalomning yigʻilari esa oʻgʻli uchun edi. Hikoyatda kelurki, Dovud alayhissalom qirq yil yigʻladilar. Atrofidagi qirq qari joyda masalar undiki, ularning orasida oʻzlari ham koʻrinmay qoldilar. Bir kuni havodan bir qush uchib kelib, Dovud alayhis salomning koʻz yoshlaridan ichdi. «Ajiyu xushta’m, shirin suv ekan«, dedi. Buni eshitib “Menga qushlar ham ta’na qilarlar”, deya yana ham koʻproq yigʻladilar. Shunda Ollohdan “Ey Dovud, nimaga yigʻlarsan?” degan xitob keldi. Dovud alahissalom »Iloho, shunday holga tushdimki, menga hatto qushlar ham ta’na qilarlar».
Xitob keldiki: «Ey Dovud, ul jonivor rost aytur. Gunohi uchun yoigʻlaganlarning koʻz yoshi shirin boʻlar. Dunyoda gunohkorlarning koʻz yoshidan totliroq hech narsa yaratmadim«. Dovud alayhissalom bu soʻzlarni eshitib, Yana ham qattiqroq yigʻladi. Hikoyatda kelishicha, Shayh Zunnuni Misriy bir kecha uyning tomiga chiqib ibodat qilar edi. Shuncha koʻp yigʻladiki, koʻz yoshlari tarnovdan oqib tushdi. Tarnovdan oqayotgan koʻz yoshlari tom tagidan oʻtib borayotgan bir kishining ustiga tushdi. U odam: “Tarnovdan oqayotgan bu suv tozami yoki iflosmi?” dedi. Buni eshitgan Zunnun: »Ey moʻmin, kiyimlaringni yuvib, poklagin. Oqayotgan suv bir gunohkor bandaning koʻz yoshlaridir», dedi.
Ya’qub alayhissalom yigʻlab turganlarida Jabroil alayhissalom odam qiyofasiga kirgan holda oldilariga keldi.
— Ey Ya’qub, koʻzingni nima oqartirdi, belingni nima bukchaytirdi, yuzingni nima ochdi? – dedi jabroil alayhissalom.
— Yusuf usun yigʻlaganimdan koʻzim oqardi, Ibn Yamin qaygʻusi belimni bukchaytirdi. Yahudo sogʻinchi yuzimni ochdi, – dedi Ya’qub alayhissalom.
— Ey Ya’qub, seni Yusuf yaratganmi? – soʻradi Jabroil alayhissalom.
— Yoʻq, – dedi Ya’qub alayhissalom.
— Senga Ibn Yamin rizq berarmi?
— Yoʻq.
— Unda nima uchun tangridan shikoyat qilursan? – dedi va oʻsha lahzadayoq koʻzdan gʻoyib boʻldi. Ya’qub alayhissalom bildiki, bu kelgan odam Jabroil ekan.
— (Oyat) «Agar bu qamchin Bilan meni oldinroq urganingda edi, men Yusufni eslab, umrimni zoʻe qilmagan boʻlardim», – dedi Ya’qub alayhissalom.
Otalarining zorugiryalarini koʻrgan oʻgʻil-qizlari: (Oyat) «Hudo haqqi sen doyib Yusufni eslaysan, oʻzingni juda ham ziyoda qiynaysanki, yo halok boʻlguvchilardan boʻlrasanmi?« deyishlardi. Bunda Ya’qub alayhissalomning qaygʻusi ortardi-da: (Oyat) “Haqiqat shuki, men oʻz betoqatligimni va hafaligimni Hudogagina arz qilmoqdaman”, derdi. Qachon toat va ibodatdan forigʻ boʻlsa shunday duo qilardi: “Ey hayr-ehsoni koʻp zot, ey yaxshiligi doimiy boʻlgan zot! To oʻzing bilan uchrashmagunimcha islomda mahkam qil!” Yana bu duoni ham aytar edi: »Ey boriHudoyo, gulu rayhonimni oʻzimga qaytarib Ber, keyin xohlaganingni qilgil!»
Rivoyat. Abdulloh ibn Abbos r.a. rivoyat qilarki, Ya’qub alayhissalom tangriga yolvordi, dilxushlik tilab, yuqoridagi duoni qayta-qayta aytavergani bois bir kuni Azroil alayhissalom odam qiyofasida oldiga keldi.
U zot dediki: «Mening izzat va jalolim haqqi Yusuf Bilan ibn Yamin agar oʻlgan boʻlsalar ham tiriltirgan va yana senga qovushtirgan boʻlardim. Ular ikkisi tirikdir. Qandayin ham qovushtirmayin».
Buni eshitgan Ya’qub alayhissalom oʻgʻillariga dedi:
— Misrga borib, Yusuf bilan Ibn Yaminni izlanglar.
— Ey ota, boʻri yegan yusufni qanday topamiz, – deyishdi oʻgʻillari.
— Olloh taoloning karamidan noumid boʻlmanglar, – dedi Ya’qub alayhissalom. – Yusufni boʻri yemagan, Ibn Yamin oʻgʻrilik qilmagan.
— Tirik ekanini bilar ekansan, qachon qovushtirishini bilmaysanmi?
— Qovushtirishini bilaman, ammo qachonligini bilmasman, shuning uchun yigʻlayman, – dedi otalari.
Shunday qilib, Ya’qub alayhissalom oʻgʻlonlari yemish izlab, yana Misrga borar boʻldilar. Paygʻambarzodalarning Misrga kirb kelganliklarini habari yetganda Yusuf alayhissalom oʻn ming oltin dubulgʻali yigitlarni ularni qarshi olmoqqa yubordi, yana yuz ming dubulgʻali yigitlarni oʻz qavatiga turgʻazdi.
Deydilarki, Yusuf alayhissalomning yetti qavatli saroyi bor edi. Ularning shiftlari oltin va kumushlar bilan bezatilgandi, yogʻochlari aqaqdan edi. Oʻsha yetti qavat saroylarni turli-tuman narsalar Bilan bezatdi – ilk qavat saroyga ipak kiyimlar kiygan Misr ulugʻlarini oʻtkazdi; ikkinchisini yashil bezaklar bilan ziynatlab, beklarni oʻtkazdi; uchinchisi qizil bezak bilan oroyish berib, bahodirlarni oʻtkazdi; toʻrtinchisini oq bezak bilan jilolab, oqsoqollarni oʻtkazdi; beshinchisini lolalar bilan bezatib, munajjimlarni oʻtkazdi; oltinchisini ifforlar bilan orolab, donishmandlarni oʻtkazdi; yettinchisini esa chechaklar bilan koʻrkamlab, oltin taxt oʻrnatdi. Taxtning oʻng tomonidan oltin dubulgʻali ming yigit qoʻllarida oltin gurzi bilan, chop tomonida esa kumush dubulgʻali ming yigit kumush yoy-oʻq bilan turardilar. Taxtning orqasida tanasi oltindan, shoxlari kumushdan, barglari injudan, mevalari yoqutdan yasalgan bir tup daraxt oʻrnatilgan.
Birodarlari eshik oldiga kelganlarida bu hashamat va dabdabani koʻrib yuraklari orqaga tortib ketdi, ular «podshohning bizga bunday dalillarini koʻrstaishdan maqsadi oʻch olish boʻlsa kerak», degan oʻydan qoʻrqa boshladilar. Saroyga kirgach, ularning har birini alohida taxtlarga oʻtirgizdi, Yusuf alayhissalom esa Ibn Yamin bilan bir taxtda oʻtirdi.
Bu paygʻambarzodalarning uchinchi bor kelishlari edi. Qahatchilik shu darajaga yetgandiki, bir eshak yuik bugʻdoy toʻrt oltinga sotilardi. Bu safar pulsiz kelgandilar. Tovar, toʻrva, mushk xaltasi, arqon olib kelgandilar xolos. Ularni ortmoqlab, yolvorib yigʻlagan holda kirib kelgandilar.
— Ey podshoh, bizga va farzandalrimizga qiyin boʻldi, ochlikdan toqatimiz sob boʻldi. Hazinaga arzirlik biror narsa keltirolmadik. Olib kelgan narsalarimiz bugʻdoy bahosiga yetmaydi. Shunday boʻlsa-da ularni olgin-da qoʻlimizni qaytarmagil, – deya yolborishdi birodarlar. – Bizlarga rahm qilmasang, qari otamizga rahim qilgin.
Yusuf Bilan Ibn Yamin koʻzlaridan shashqator boʻlganicha taxtdan tushib, oʻzlarini ichkariga olishdi va behad koʻp yigʻlashdi.
— Ey podshohim, toʻrt yilki hamma odamlar zori nolon qilarlar, ularning holiga yigʻlamasdan, bularning holiga yigʻlaysiz? Nima boʻldi? – soʻrashdi atrofdagilar.
— Jim boʻling! Bular mening qarindoshlarimdir. Qari otamga va birodarlarmiga ogʻir kunlar kelibdi, mashaqqatlarda mubtalo boʻlishibdi. Bunga nechun yigʻlamayin, – dedi Yusuf alayhissalom.
Aytadilarki, odam farzandlari uchun ming xil balo qila olmagan ishni bir soatlik ochlik qila olur. Yana bir soatlik toʻgʻlik qila olgan ishni shayton ham qila olmas. Yana ayturlarki, Olloh taolo insonlarning nafslarini yaratganida nido qildi: «Men kimmanu, sen kimsan?« Shunda nafs: “Sen sensan, men menman!” deb javob qildi. U buni toʻgʻ holatda aytgan edi. Shundan keyin Olloh taolo uni ochlik Bilan qiynadi, soʻngra nafs: “hudoyo, Sen Ollohsan, men qulman!” dedi. Yana deydilarki, Olloh taolo amri Bilan jannatiylar jannatda turgan hollarida doʻzahiylarga koʻrinar ekanlar, ularni doʻzahiylar koʻrgach, hamma azoblarga chidar ekanlari ammo ochlik va tashnalik azobiga chidayolmasdan faryod qilar ekanlar. (Oyat) “Doʻzahiylar jannat ahliga nido qilib yolborar ekanlar: “Bizlarga suvdan yoki Olloh taoloning ne’matlaridan biroz tashlanganlar”, deb. Shunda jannatiylar: “Bizlar ichib va yeb turgan taomlarni Olloh taolo sizlarga harom qilgandir” degaylar. Hamma azobalrdan ochlik azobi qattiq ekanligiga manna bu oyat ham dalildir: »Olloh u ikki ne’matni kofirlarga harom qilgandir».
Homid nasafiydan rivoyat qilishicha, Yusuf alayhissalomning nonushtasiga qirq ming oltin harj boʻlarkan. Kechki taomiga ham shunchalik. Yana har kuni qirq ming oltinni sadaqa qilarkan.
— Bilmaysizmi, bir tarozi bugʻdoyning narhi qirq oldin boʻldi. Sizlarning keltirganingiz hech vaqoga arzimaydi, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Ey podshoh, sening butun olamni yoritib turgan tantiliging, biz gʻaribalarga ham biroz nur sochsa ne boʻlar. Keksa otamiz bor. Oʻgʻli Ibn Yamin uchun gʻon yigʻlayotgan shu otamizga rahm qil! Ibn Yaminni bizga sadaqa qilsang edi, ajrini Olloh taolo berardi, – deyishdi birodarlar.
Abdulloh ibn Horis ibn Navfal r.a. rivoyat qiladiki, Paygʻambarzodalar Yusuf alayhissalomdan iltimoslariga ijobat ololmagach, Ibn Yaminni koʻrmagach soʻradilar:
— Ey aziz, oʻgʻri deb ushlagan birodarimiz qani?
— Uni sotib, maktubga almashdim, – dedi Yusuf alayhissalom. Manna oʻsha maktub, ammo bu maktub yahudiy tilida boʻlgani uchun oʻqiy olmadik. Bu sizlarning tilingiz, shundaymi, oʻqing eshitaylik.
Yahudo hijolatlik Bilan maktubni Rubilga berdi, Rubil esa Sham’unga, Sham’un Loviyga uzatdi, qoʻldan-qoʻlga oʻtkazdilaru oʻqimadilar. «Bu maktubni oʻqiy olmasmiz», dedilar.
— Oʻz tilingizni ham bilmaysizmi, bu qanday hol? Oʻqinglar! Har qanday jazo boʻlsa, tortayligu makutbni oʻqish mashaqqatidan xalos qilgin. Oʻz tilimizda yozilgan maktubni oʻqiy olmasmiz, – deyishdi birodarlar.
Qiyomat qoyim boʻlganda ham shu kabi holat yuz berarkn. Oʻshanda hapr bandaning qilmishlarini bir kitob qilib qoʻliga berilar va oʻqigin deyilar ekan. Bandalar koʻrsalarki, kitoblardagi yozuvlarning barchasi oʻzlarining gunohu mavsiyatlari ekan, ularni oʻqiy olmaydilar. «Oʻqingiz!« degan farmon kelganida, faryod qilib: »kitobimiz shu boʻlsa, oʻrnimiz aniq doʻzaxdir. Hijolatpazlikning zoʻridan bu kitobni oʻqiy olmasmiz», deyishar ekanlar.
— hech qanday bahona sigʻmas, oʻqing! – dedi Yusuf alayhissalom. Va maktubni Yahudoga berdi. Yahudo xatni olib oʻqidi. Unda Malik Za’rning Ya’qub paygʻambar alayhissalomning oʻgʻillaridan biri – Yusuf degan goʻzal suratli oʻgʻlonni olganini bildirilar edi.
— Biz unga bir oʻgʻlonni qul qilib sotgan edik, – deyishdi paygʻambarzodalar Malik Za’r ismini eshitgach.
— Shu paytga qadar uni boʻri yedi, deyayotgan edingiz-ku, endiga kelib uni qul qilib sotdik, demoqdasiz. Yana uni qarindoshimiz deysiz, qarindoshni qul qilib sotish ravo boʻlmadi-ku?! Ushlang bularni, – deb amr qildi Yusuf alayhissalom.
Ularni ushladilar. Misrning hamma urugʻlari yigʻdirildi. «Bularni nima qilaylik?» deya maslahat solindi ulrga.
— Qoʻllarini kesing! – deyishdi bazilari.
— Dorga osing! – dedi boshqalari.
— Bularni shunday azoblangki, qiynoqlar ostida oʻlsinlar, toki bu oʻzgalarga ham ibrat boʻlsin, qarindoshlarini sotmasinlar! – dedi Yusuf alayhissalom. Kishanlab, bozorga olib bormoqchi boʻlgandilar, birodarlar faryod qila boshladilar:
— Ey Aziz, bugun nima qilsang ham hadding sigʻar, shunga loyiqmiz. Sendan birgina tilagimiz bor: bizni oʻldirganingdan soʻng beqadr mol-tovorlarimiz Bilan suyaklarimizni otamizga yuborgin!
— otamiz Ya’qub paygʻambar shu kunga qadar bir oʻgʻli uchun yigʻlayverib, kzlaridan ajralgandi. Endi oʻn oʻgʻildan judo boʻlgach, ne koʻyga tusharkin! – dedi yigʻlagan holda Yahudo.
— Yemish soʻrab, sadaqa qil, degandik undan kechdik, Ibn Yamin birodarimizni sadaqa qil, degandik undan ham kechdik. Endi boshqa narsani soʻraymiz – quruq boshimizni sadaqa qilgin! – deyishdi birodarlar zor-zor yigʻlashib. Ularning bu holini koʻrib Misr elining barchasi yigʻladi.
Shu paytda jabroil alayhissalom farmon olib keldi: «Ey Yusuf, Olloh taolo amr qildi. Kelturganlaringni olmading, va’da qilgan bugʻdoyni bermading, Yana oʻldiraman deb qoʻrqitarsan. Ularga bunchalik mashaqqat yuklamagin!»
— Keltirganlaringizni qabul qildim, oshliq beraman, berganda ham oshiribroq beraman. Qolgan ishlaringizni ertaga bitiraman, – deya birodarlarini behad sevintirdi Yusuf alayhissalom.
Qiyomat kunida ham Olloh taolo hamma bandalarini doʻzax oʻti bilan qoʻrqitar. Azobini koʻrgandan keyin, ularni oʻz fazli Bilan jannatga kiritar ekan. Hikoyatda kelishicha, Olloh doʻstlaridan biri vafot etadi. Soʻngra uni tushida koʻrib, «Olloh taolo sen Bilan qanday muomala qildi?« deb soʻraydilar. U shunday javob berdi: (Oyat) »meni mahkam qilib hibsga oldilar va soʻroq qildilar, soʻng yaxshilik qilib, ozod etdilar».
Aytishlaricha, birodarlar «bu xatni oʻqimaymiz», deya bosh tortishdi. Shunda Yusuf alayhissalom oʻz kotibiga berdi, u oʻqidi.
— Ey podshoh, bu bizning xatimizdir. Yusuf degan qulimizni sotgan edik, – dedi Yahudo xat oʻqib boʻlingach.
— Bu voqeani qanday boʻlgandi, aytib bering, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Inimiz bilan ovga chiqqan edik. Biz ov bilan mashgʻul boʻlib qolganimizda uni boʻri yeb ketdi, – dedi Yahudo.
— Bu soʻzing menga ma’qul emas. Menda bir tarozi pallasi bor. Undan nimani soʻramayin rostini soʻzlaydi, – dedi Yusuf alayhissalom va tarozi pallasini qoʻliga olib, uni qoqqan edi, undan sado chiqdi.
— Ey yigitlar, sizlarning orangizda bir yigit bor ekan. Agar uning jahli chiqib, oyogʻi bilan yerni tepsa, tizzasigacha kirib ketarmish. Agar u toshni qoʻliga olib ezgʻilasa, undek maydalanib ketarmish. Achchigʻlansa, tuklari kiymidan teshib chiqarmish. Agar na’ra tortsa, ovozi bir yigʻoch masofaga yetib borar va shu deparadagi homilador ayollarning bolasi tusharmish. U kimdir? – soʻradi Yusuf alayhissalom.
— Oʻsha mendirman, – dedi Yahudo.
— menman degani andisha qilmaysanmi? Shunchalik quvvating bor ekan, Yusufni nega boʻriga yedirib qoʻyding? – dedi Yusuf alayhissalom va yana tarozini qoqdi. Tarozi ayturki, sizlarning orangizdi bir yigit bor. U soyasida ming qoʻy yota oladigan daraxtni bir qoʻli bilan sugʻirarmish. Agar jangga kirsa, yigirma ming yigitga bas kelarmish. U kimdir?
— U mendirman, – dedi Sham’un.
— Shuncha quvatingg boʻla turib Yusufni boʻriga yedirgani uyalmadingmi? – dedi Yusuf alayhissalom va tarozini yana bir bor qoqdi. – Tarozi ayturki, bularning orasida bir yigit bor. U tuyani boshidan oshirib, dast koʻtarib tashlarmish. U kimdir?
— Menman, – dedi Loviy.
— Shunchalik qudrat Bilan Yusufni qanday qilib boʻriga oldirding? – dedi Yusuf alayhissalom va shu tariqa oʻn bor torozni qoqib, har biriga itob qildi. Yana bir bor tarozini qoqib davom qildi. – Bu tarozi ayturki, sizlar yusufni oʻldirishga jahd qildingiz. Yana quduqqa soldingiz. Quduqdan chiqarib, qul qilib sotdingiz. Yana quduqqa soldingiz. Quduqdan chiqarib qul qilib sotdingiz. «Oyogʻiga kishanlar urgil, qattiq egarga mindirgil, uzoq yerlarga olib borib sotgil, uch aybi bor: qochoq, yigʻloq, oʻgʻridir», dedingiz. Bugun shunday kun keldiki, endi qoʻllaringizni kesib, Misr elining eshiklariga ostiraman.
— Kelinglar, bunday sharmandalarcha azoblardan oʻlgandan koʻra, mardonaligimizni koʻrsatib, erlarcha koʻz yumaylik, – ular oʻz tillarida maslahatlasha boshladilar.
Ba’zilarning aytishlaricha, bu soʻzlarni eshitgan Yahudo sapchib oʻrnidan turdi-da:
— Ey birodarlar, shu paytga qadar bu soʻzlarni hech kimga aytganimiz yoʻq edi, hattoki otamizu oʻgʻil-*qizlarmiiz ham bilmas edilar. Buning ustiga otamiz «Boring undan Yusufni va Ibn Yaminni soʻrang», deb tayinladi. Shunga koʻra Ibrohim paygʻambar, Ishoq paygʻambar, Ya’qub paygʻambar alayhissalomlar haqqi-hurmatidan aytamanki, bu podshoh Yusufning oʻzidir, – dedi.
— Ey podshoh, agar yusuf boʻlsang, bizni ortiq qiynamagin, qari otamizni yana qaygʻuga solib azoblanamagin, – deyishdi ular.
— Men oʻsha Yusufman, – dedi Yusuf alayhissalom va yuzidan pardani koʻtardi, boshidagi nishonasini koʻrsatdi. – mana bu Ibn Yamin mening tugʻishgan qarindoshimdir.
Savol: Ibn Yaminning Yusufga qarindoshligini hamma Bilan edi, «bu mening qarindoshim», deyishda nima hikmat bor edi?
Javob: Tarozi uning qopidan chiqib, oʻgʻri degan nomni oldi, qul deb atalib olib qolindi. Qul nomni eshitganda koʻp qaygʻurgani bois bugun koʻngli oʻssin, sevinsin, degan ma’noda qilindi. Bundan koʻrinadiki, har bir qaygʻaning soʻngida sevinch, har bir mashaqqatning ohirida ne’mat bor ekan.
— Ey yusuf, biz seni qul deb sotdik, gʻariblikka soldik, ammo sen bu podshohlikka qanday erishding? – deb soʻrashdi birodarlari.
— Olloh taolo bergan davlatdir. (Oyat) «Haqiqatda Olloh taolo bizga katta yaxshilik qildi. Kimda-kim yomonlikdan saqlansa va sabr qilsa, uning ajri Ollohning oʻzidadir, chunki Olloh yaxshi amal qilnguvchilarning ajrini zoe’ qilmaydi«. Men Olloh taoloning hukmiga sabr qildim, Misr ayollarining balosidan oʻzimni saqladim. Shularning barokatidan podshohlikka yetishdim, – dedi Yusuf alayhissalom. Shundan soʻng birodarlari uzr soʻradilar, Yusuf alayhissalom esa ular uzrini qabul qildi, birodarlarini qaygʻudan xalos qildi. – (Oyat) »Ey birodarlarim, sizlar meni quduqqa tashlamadingizlar, balki meni taxtga oʻtirdingizlar. Ey birodarlarim, sizlar meni gʻurbatga tashlamadingizlar, balki meni podshoh qildingizlar».
— hudo haqqi (Oyat) «Olloh seni aziz tutib, bizdan yuqori gʻilibdi va bizlar aniq hato qilguvchilardandirmizlar», – deyishdi ular.
— (Oyat) «Sizlarga bugun hech bir itob yoʻqdir«, dedi Yusuf alayhissalom. – »Olloh sizlarni magʻfirat qiladi, chunki u rahmidillarning rahimdilrogʻidir».
Shundan keyin ular oʻrinlaridan turib, bir-birlari bilan quchoqlasha ketdilar. Yusuf alayhissalom oʻgʻli afrohimni qarindoshlari bilan tanishtirdi. Misr xalqi bilan ham uzrxonliklar boʻldi.
— Oʻshanda qonli koʻylakni men olib borgan, otamizni qaygʻuga botirgan edim, – dedi Rubil Yahudoning oyogʻiga bosh urgudek boʻlib. – Qaygʻu mendan boʻlgandi, sevinch ham medan boʻlsin.
— Oʻshanda koʻylakni ham olib borgan boʻlsa, bu safar ham oʻsha eltsin, -dedi Yusuf alayhissalom har biri bu ishga da’vogar boʻlib turgan birodarlarini murosaga keltirib. Rubil boradigan boʻldi.
Savol: Ya’qub va Yusuf alayhissalomlarning ayriliqlariga sabab nimada edi?
Javob: Yusuf yosh chogʻida Ya’qub alayhissalomning Mubashshara ismli xizmatkori bor edi, uning Bashir degan oʻgʻli boʻlar edi. Bir kuni oʻynab yurgan chogʻda Bashir yusufga bir shapati uradi. Shunda Yusuf yigʻlab otasi oldiga kelganida, Ya’qub alayhissalom bashirni sotib yuboraman, deya qasam ichadi. Va ohir-oqibatda uni onasidan ayirib, sotib yuborada. Mubashshara yigʻlaganicha qoladi. Shunda Olloh taolo: «Ey Ya’qub, Sen Bashirni onasidan ayirib sotding, men ham yusufni sendan ayirib sotgayman. Hamma odamlar bilsinlarki, etni tirnoqdan ayirish kerak emas!« Deya tagʻqdir etgandi. Aytishlarcha, mubashshara oʻgʻli Bashirning qaygʻusida yigʻlay-yigʻlay koʻzlarik oʻr boʻldi, Ya’qub alayhissalomda ham bu hol takror boʻldi. Mubashshara zor yigʻlab Ya’qub alayhissalom oldiga keladi. Shunda u zot Olloh taologa murojat qiladi: “Iloho, mubashshara oʻgʻli bilan qovushadimi? Mening oʻgʻlim ham men Bilan qovushadimi?” Xitob keldi: “Ey Ya’qub, Mubashsharaning oʻgʻli Bilan qovushtirmaguncha, seni oʻgʻling bilan qovushtirmayman. Taqdir shudir”. Ya’qub alayhissalom bu sevinchli habarni aytganida Mubashshara dilida ishonch va quvon uygʻondi. Kak’on yoʻlining boshiga kepa tikib, oʻtira boshladi. Oʻgʻli Bashir Misrda qul edi. Yusufning habaridan ogoh tapgach, »Bu Sevinch habarni Ya’qub paygʻambarga yetkazib, sevintirayin», deya yoʻlga tushdi. Bashir ilgari rubil ortidan Kan’onga borapr edilar. Kanoʻnga yetganda Bashir onasi oʻtiragn kapachaga borib suv soʻradi. Onasi suv berdi.
— Qaydin kelib, qayga borursan, – soʻradi kampir.
— Misrdan kelarman, Kan’onga borarman. Ya’qub paygʻambarga oʻgʻli sevinchisini aytgani keturman, – dedi Bashir.
— Yolgʻon gapirma, – dedi kampir.
— Ey kampir, bunday diyishingning boisi nima?
— mening oʻgʻlim ham mendan ayriliqda. Ya’qub paygʻambarining duosi Bilan Olloh taolo habar berganki: «Mubashsharani oʻgʻli Bilan qovushtirmaguncha, Yusufni otasiga qovushtirmagayman», deb. hali menga oʻgʻlimning sevinchisi kelgani yoʻq. Shunday ekan Ya’qubga Yusufning sevinchi qandayin ham kelsin.
— Oting nimadir, ey ona?
— Mubashshara.
— Oʻgʻlingning oti nimadir?
— Bashir, – dedi kampir. Buni eshitgan oʻgʻil tuyadan sapchib tushdida onasining oyogʻiga tashlanib «Oʻgʻling menman!», dedi. Oʻgʻlini bagʻriga bosib quchoqlagan onaning koʻzlari ochildi.
Aytishlaricha, rubil Misrdan chiqib, yoʻlning yarmiga yetganida Ya’qub alayhissalom Kan’onda turib, Yusuf alayhissalom koʻylagining hidini sezdi. U zot faryod qilib aytdiki: (Oyat) «Men Yusufning hidini sezyapman. Men aqldan ozgan, Deya ta’na qilmanglar».
— Yusuf qaygʻusida qariding. Hamon eski soʻzingni davom ettirmoqdasan, – deyishdi uydagi qizlari.
Oʻsha kuni Bashir onasi bilan kirib kelib, Ya’qub alayhissalomga sevinchlik habarni yetkazdilar. Keyin Rubil kirib kelib, koʻylakni otasi oldiga qoʻydi. Koʻylakni koʻzlariga surtgan Ya’qub alayhissalomning koʻzlari koʻra boshladi. Rubilni quchoqladi, Yusufni darakladi. Rubil oʻtgan voqealarni birma-bir soʻzlab berdi. Ertasi kuni qolgan oʻgʻillari kirib keldilar, Yusuf alayhissalomning xizmatkorlari ham yetib kelishdi.
Savol: Koʻylakni surtish bilan Ya’qub alayhissalomning koʻzlari ochildi. Buning hikmati nimada edi?
Javob: Aytishlaricha, Yusuf alayhissalomning ikki moʻ‘jizalari bor edi. Biri tarozu edi – qaysi savolni soʻrasa, javob berar edi. Ikkinchisi koʻylak edi – qachonki, Namrud alayhil la’na oʻtga otganida, Jabroil alayhissalom Olloh taolo farmoni bilan jannatdan bir koʻylak keltiririb, uni Ibrohim alayhissalomga kiydirgandi, oʻt uni kuydirmagandi. Bu oʻsha koʻylak edi. Yusuf alayhissalomga meros edi.
Alqissa, Yusuf alayhissalom koʻylakni yuborib, ertasi birodarlariga: «Sizlar ham boringlar, bola-chaqalaringizni olib kelinglar«, deb ruxsat berdilar. Ibn Yamin “Kan’ondan necha kishi keladi?” deb soʻragandilar katta-kichik yetmish jon (yana bir rivoyatda toʻrt yuz kishi) deb javob beradi. Yusuf alayhissalom kishi boshiga yuz misqol oltin, yuz misqol kumush, yuz misqol anbar, yuz misqol mushk berib yubordi. Yuklarni ot, tuya, mol-qoʻylar bilan Ibn Yaminga berib, noma yozdilarki: »Xizmatlariga oʻzim borayin, degandim farmoni ilohiy boʻlmadi. Hammalaringizni bu yerga kelishingizga amr boʻldi. Bu zaru zevarlarni yoʻl harjlariga sarflarsizlar», deb.
— Ey ota, bizlar badkirdorlarmiz. Olloh taolodan gunohlarimizga magʻfirat tilang, ularni kechirsin, – deyishdi birodarlar otalariga.
— Gunohlaringizni parvardigorimdan tilarman, – dedi Ya’qub alayhissalom.
Rivoyatlarga koʻra, Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomning daraklarini eshitgach, ikki rakaat shukrona namozini ado qildilar. Jamiki nevara va evaralariga kelgan hadyalarni ulashib berdilar. Yoʻl tadorigini koʻrib, Misrga qarab yoʻlga tushdilar. Rubil Yusuf alayhissalomga habar yetkazish uchun oldinroq yoʻlga tushdi. Hammalari toʻda-toʻda va toʻp-toʻp boʻlib, Misr yoʻliga tushdilar. Rubildan xushhabar olgan Yusuf alayhissalom oʻgʻli Afrohimni uch ming kishi bilan ularni kutib olgani yubordi. Misrga uch kunlik yoʻl qolgan joyda Afrohim bobosini uchratdi, otdan tushib, salom qildi.
— Bu kimning oʻgʻli boʻldi? Koʻnglimga biram yoqdiki, Yusufga oʻxshab ketarkan, – dedi Ya’qub alayhissalom.
— Ha, bu Yusufning oʻgʻlidir, – deishdi. Ya’qub alayhissalom oʻgʻlonni bagʻriga bosib, mahkam quchoqladi.
Yusuf alayhissalom «Kimki meni hurmat qilsa, otamni qarshi olgani chiqsin», deya jar chaqirtirdi. Toʻrt ming kishi otlandi. Karnay-surnay, nogʻoralar chalib, otasiga peshvoz chiqdi. Uning qizil oltindan yasalgan, inju yoqutlar bilan bezatilgan, yulduzlar oʻrnatilgan alvon bayrogʻi bor edi. Oʻsha bayroqni koʻrsatsalar, osmon larzaga kelardi, buni eshitgan haloyiq behush boʻlardi. Yusuf alayhissalom oʻsha bayroqni olganicha otasiga peshvoz yurdi.
Ya’qub alayhissalom dastlabki odamlar toʻpiga yetdilar. Ular toʻrt ming kishi edilar.
— Yusuf bormi, bularning ichida? – soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Yoʻq, bular Yusufning chavandozlaridir, – dedi Ibn Yamin.
Sipohlar otdan tushib, ta’zim bajo qildilar. Keyin yana toʻrt ming bezatilgan tuyalar toʻdasiga duch keldilar. Har bir tuyaning ustida ikkitadan kanizak oʻtirardi.
— Bular kimlar boʻldilar? -soʻradilar Ya’qub alayhissalom.
— Akamning kanizaklaridir, – javob qildi Ibn Yamin.
Yana bir toʻda peshvoz keldi. Oʻn ming kishi kelib, paygʻambar otining oʻzangisini oʻpdilar.
— Bular kimlar boʻladilar?
— Ogʻamning kechayu kunduz xizmatlarida turadigan gʻulomlardir.
Ulardan keyin toʻrt ming oq kiyimli, oq sallali, oq otli oqsoqollar keldilar.
— Bular kimlar? – soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Bular ogʻam sizdan oʻz gunohini soʻrash uchun yuborgan olim va fuzalolardir, – dedi Ibn Yamin.
— Nima gunoh qilgan ekan?
— «Koʻrgan tushingni ogʻalaringga aytmagin» , deganingizda unga quloq tutmay birodarlariga aytgan ekan. Shu gunohini soʻraydilar, – dedi Ibn Yamin.
Ya’qub alayhissalom darhol avf etdilar. Shundan soʻng oʻn ming odami bilan Yusuf alayhissalom paydo boʻldilar.
— Bular kimdir? – soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Ogʻam Yusuf xos lashkari bilan kelayotir, – dedi Ibn Yamin.
Ya’qub alayhissalom tuyadan tushib, piyoda boʻlib oldilar. Yusuf alayhissalom esa uchrashuv ishtiyoqi bilan piyoda boʻlmoqlikni faromiush qildi va otasini ot ustida turib quchoqladi.
Savol: Yusuf alayhissalom nima uchun otasi bilan otdan tushib koʻrishmadi?
Javob: Rayyon podshoh «Otdan tushmagin!« degan edi. Yusuf alayhissalom mulohazaga berildi: “Agar otdan tushsam, podshohning koʻngli ogʻriydi. Agar tushmasam, otam koʻnglini ozorlagan boʻlaman”. Namoz oʻqidi, sajdada tush koʻrdi, tushida: »Oy Yusuf, otdan tushmagin. Podshoh mahluqdir, seni kechirmaydi. Olloh taolo karam sohibidir, seni kchirgay!», degan gapga rioya qildi. Shu sababdan otdan tushmadi. Buning oqibatida Yusuf alayhissalomning farzandlariga paygʻambarlik tegmadi.
Boshqa rivoyatda aytishlaricha, hazrat Jabroil alayhissalom ogohlantirdilar. Darhol otdan tushib, piyoda boʻldi va otasi istiqboliga yugurdi. Buni koʻrgan hamma odamlar piyoda boʻldilar. Ikki gʻamzada qalb ishtiyoq va mashaqqat otashida, ayriliq alagansida qovrulib, bir-birlariga ulandilar. Muborak qoʻllar boʻyinlarga chirmashdi, goh xushlaridan ketar, goh xushlariga kelar edilar.
Yusuf alayhissalom otasini oʻn ming ot qoʻshilgan oltin aravaga chiqardi, otlarning barchasi oltin va kumush jihozlar bilan ziynatlangan edi. Aravani toʻrt ming oltin dubulgʻali yigitlar qurshab borardilar. Misrga shunday dabdaba bilan kirib bordilar. Saroyda ular uchun alohida tayyorgarlik koʻrilgan edi. Bu paytda Yusuf alayhissalomning holalari Ya’qub alayhissalomning nikohlarida edi. Otasi va xolasini taxtga chiqardi. Shunda otasi va xolasi hamda oʻn bir birodarlari Yusuf alayhissalomga sajda qildilar.
— Ey ota, Kan’ondalik paytimda oʻn bir yulduz bilan oy va quyosh sajda qildi, degan tushim bugun oʻngidan keldi, – dedi shunda Yusuf alayhissalom.
Savol: Mahluqqa sajda ravo boʻlmasdi. Ya’qub alayhissalomning hamma oʻgʻlonlari bilan sajda qilmoqliklariga sabab nimada edi?
Javob: Sajda toʻrt qismdir: Sajdai ibodat, sajdai savh, sajdai tilovat, sajdai tahiyat. Sajdai ibodat – Ollohdan boshqaga ravo emas.
Shundan soʻng Ya’qub alayhissalom oʻgʻillaridan boʻlib oʻtgan voqealarni soʻradilar. Yusuf alayhissalom hamma sarguzashtlarini birma-bir bayon qildilar, lekin birodarlarining kirdikorlarini «Toki otamning ulardan koʻngillari sovimasin», degan mulohaza tufayli aytmadilar.
Savol: Yusuf alayhissalom tushining ta’biri roʻyobga chiqquncha necha yil vaqt kerak boʻldi?
Javob: Hasan va katoda soʻzicha, sakson yil oʻtgan edi. Sulaymonning soʻzicha, qirq yil oʻtgandi. Sa’di ibn Habir soʻzicha, oʻttiz olti yil va yana bir rivoyatga koʻra yigirma ikki yil hamda Muhammad ibn Ishoq soʻzicha, oʻn sakkiz yil vaqt oʻtgan edi.
Alqissa, Ya’qub alayhissalom Misrga kirganda koʻrdilarki, koʻchalar oynavandli qilinibdi, har qaysi supalarda bulbullar sayrab, xushovoz hofizlar kuylab turardi. Misrning hamma ahli jome’ masjidiga toʻplanib, Ya’qub alayhissalomni mehmon qildilar.
— Ey Misr xalqi, – dedi Yusuf alayhissalom taomdan forigʻ boʻlganlaridan soʻng. – Sizlar koʻmsizlaru men kimdirman?
— Ey podshohi olam, siz bizlarning koʻnglimiz sururisiz. Bizlar kattayu kichik, erkaga ayol barchamiz sizning qulingizmiz, – deyishdi ular joʻravoz boʻlib.
— Ey haloyiq, – baland ovozda murojat qildi Yusuf alayhissalom, – bilinlar va ogoh boʻlinglarki, bu paygʻambari zamon mening otam boʻladilar. Uning farzandlari boʻlgan mana bu yigitlar mening birodarlarim boʻladilar. Bularning haqqi-hurmatidan hammalaringizni qullikdan ozod qildim.
Shu bilan birga mulku davlatlari ham qaytarib berildi. Shunda Misr xalqi Ya’qub alayhissalomning shunday ulugʻ zot ekanligiga amin boʻlib, «Laa ilaha illalohu Ya’quba nabiulloh», deya imon keltirib, musulmon boʻldilar.
Qiyomat vaqti kelganda xuddi shunga oʻhshash voqea yuz berarkan. Qiyomat qoyim boʻlib, hamma odamlar mahsharga jam boʻlganda, paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v)ni oʻngt qoʻllaridan Jabroil alayhissalom, chap qoʻllaridan Mekoil alayhissalom maqomi mahmud (munosib joy)ga eltishar ekanlar. U joyga bir minbar qoʻydilar, paygʻambar alahissalom unga chiqar ekanlar. Shu payt Olloh taolo tarafidan nido kelar ekan: «Ey mahshar ahli, sizlar kimsizlaru Men kimdirman?« Shunda: “Iloho, sen bizning parvardigorimiz va hojamizdirsan! Bizlar sening osiy va gunohor bandalaringizmiz!” der ekanlar. Shunda Olloh taolodan yana nido kelarkan: »Men habibim Muhammadning xushnudligi uchun sizlarning hammangizni doʻzaxdan ozod qildim!» degan. Inshoolloh, yo rabbil ‘olamiyn!
Xullas, ertasi kuni Rayyon podshoh Misrning butun ulugʻlari kelib, Ya’qub alayhissalomga salom qildilar va huzurlirida hammalari musulmon boʻldilar.
Rivoyat qiladilarki, Yusuf alayhissalom Rayyon podshohning huzuriga kelganida, uning saroyi oldida har biri besh ming botmondan boʻlgan yettita tegirmon tosh bor edi. Podshoh Yusuf alayhissalom bilan koʻrishgani borayotganda, uning koʻrku jamoliga mahliyo boʻlib, shu toshlarga oyogʻini urib oladi. Shunda Yusuf alayhissalom u toshlarni dast koʻtarib, chetga olib qoʻygan va bu kuch-qudratni koʻrgan podshoh hayron qolgan edi. Vaqtiki, podshoh Yusuf alayhissalomning birodarlarini koʻrganida shu voqea yodiga tushadi. Va ularning ham qudratlarini koʻrmoqchi boʻladi.
— Ogʻalaringiz shijoat sohiblarimi? – soʻradi podshoh.
— Imtihon qilib koʻrsangiz boʻlar, – dhedi Yusuf alayhissalom.
Shundan keyin podshoh ularni ovga taklif qildi. Sha’mun bir arslonni tutib, podshohning oyogʻi ostiga keltirib tashladi. Rubil bir sherni tosh bilan urib oʻldirdi. Loviya bir botmon toshni bir qoʻli bilan havoga irgʻitib, yana bir qoʻli bilan tutib oldi. Shu tariqa har birlari bir zoʻrlik namoyish qilib, podshohning tahsiniga sazovor boʻldilar.
Podshoh Yusuf alayhissalom qoshiga kelib:
— Ogʻalaringizga ayting, menga bir viloyat olib bersinlar, – dedi.
Yusuf alayhissalomdan bu soʻzni eshitgan birodarlari otalari qoshiga borib, undan ijozat oldilar. Soʻng har qaysilari ming kishidan oʻn ming qoʻshin olib rumga bordilar. Shom Bilan Rum oraligʻidagi oʻn bir qoʻrgʻonning hammasini zabt etib qaytdilar.
— Yana qaysi tarafda dushmaning boʻlsa, ayt, yoʻq qilaylik, – deyishdi birodarlar podshoh qoshiga kelib.
— Endi menga viloyat kerakmas, qaridim, olgan yurtlaringni oʻzingizga berdim, – dedi podshoh ularga. Birodarlarning har biri bir yurtga hokim boʻldilar. Bani isroil ularning avlodlari boʻldi.
Aliqssi, Rayyon podshohning Muz’af ismli oʻgʻli bor edi. Toʻqqiz yoshli bu bolani Yusuf alayhissalom tarbiyasiga topshirdilar. Podshoh esa musulmon boʻlganidan soʻng uch yilu sakkiz oy umr koʻrib, vafot etdi. Ya’qub alayhissalom boʻlsa, Misrga kelgach, yigirma toʻrt yil umrguzaronlik qildilar, hamma haloyiq unga imon keltirib, musulmon boʻldilar. U zot vafot topgach, jasadlarini Kan’onga eltib, dafn qildilar. Yusuf alayhissalom otalari vafotidan soʻng paygʻambarlikni qabul qilib, yigirma yetti yil yashadilar. Vafotlari misrda boʻldi va shu yerda dafn qilindi. Muso alayhissalom zamoniga kelganda, uning suyaklarini Kan’onga eltib, otasi yoniga dafn qildilar.
Xadis. Paygʻambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) deydilarki: “Paygʻambarlarning eti yerga haromdir, chirimaydir. Ammo Zulayho Yusuf alayhissalomni uyga qamab, oʻziga tortgan paytda iltifotni koʻrmaganida degan edi:
— Ey Yusuf, koʻzlaring muncha-yam koʻrklidir?
— Ertaga bu koʻzlar qabrda soʻlgʻuvsi, tuproqqa aylanguvsidir, – dedi unga javoban Yusuf alayhissalom.
— Qanday goʻzal sochlaring bor-a?
— Ertaga qabr ichida birin-birin chiriguvsidir.
— Behad chiroyli tishlaring bor-a?
— Ertaga goʻr ichida hammasi toʻkilguvsidir.
Zulayhoning soʻrovlariga Yusuf alayhissalom uning koʻngli sovisin deb shu tariqa javob qilgan edilar. Olloh taolo Yusuf alayhissalomning shu soʻzlari rostga chiqsin, deb etlarini chiritdi, suyaklarni ushatdi”.

Yusuf Alayhissalomning Zulayhoga Qovushganlari
Azizi Misr vafot etib, Zulayho tul qolgach, oʻn sakkiz yil umidvorlik Bilan kutdi, uni soʻragan Misr ulugʻlariga unamadi. Koʻnglida kundan-kun Yusuf alayhissalom muhabbati ortgandan-ortib, firoqda zor-zor yigʻlar edi. Borliq boyligini sarf qildi: kimki Yusuf nomini aytsa, unga bir oltin berdi; kimki Yusuf soʻzini aytsa, unga bir oltin berd iva oqibatda dunyosi tugadi, faqira boʻldi, qashshoqlashdi. Yusuf alayhissalom firoqida Ya’qub alayhissalom kabi zor-zor yigʻlay-yigʻlay koʻzlari koʻr boʻldi. U qachon och qolsa, «Oh Yusuf« der, – qorni toʻyardi, qachon chanqasa »Oh Yusuf» der, – chanqogʻi qonardi. Oʻn sakkiz yillik hayoti shu tahlitda oʻtdi.
Kunlarning birida Zulayho Yusuf alayhissalomning ovga otlanganini eshitib qoldi.
— Qoʻlimdan tutib, Yusufning kelar yoʻliga olib borgin, – dedi u oʻzi bilan qolgan yolgʻiz kanizagiga. U kanizak Zulayhoni yoʻl boʻyiga olib bordi va bir uy soyasida oʻtirdilar. Yusuf alayhissalom lashkari bilan paydo boʻlganida kanizak Zulayhoga ma’lum qildi.
— (Oyat) «Hamdu sano Ollohga boʻsinki, U qulni sabr barokatidan podshoh qilibdur, podishohni esa shahvat falokatidan qul qilibdur«, – dedi tayoqqa tayanib oʻrnidan turgan holda Zulayho baland ovoz bilan. Ammo uning ovozini Yusuf alayhissalom qoʻshinlarining shovqini bosib ketdi va u eshitmadi. Shunda Ollohning amri bilan shamol Zulayhoning ovozini Yusuf alayhissalom quloqlariga yetkazdi. Zulayho ovozini eshitgan Yusuf alayhissalom otning jilovni tortdi-da »Ey Zulayho!» dedi. Yori ovozini eshitgan Zulayho sevinchidan oh urib, xushidan ketdi. Yusuf alayhissalom Zulayhoning ahvolini koʻrib, yigʻladilar.
— Yoshliging, husnu amoling qani? – soʻradi Yusuf alayhissalom Zulayho xushiga kelgach.
— Ishqingda barbod boʻldim, – dedi Zulayho.
— Molu davlating qani?
— Sening habaringni keltirganga fido qildim.
— Koʻzlaring nima uchun koʻr boʻldi?
— Firoqingda koʻp yigʻlamoqlikdan.
— Nimani tilarsan?
— Jamolingni bir koʻrmoqlikni.
— Buni saroyga olib boringlar, qaytganimda yonimga olib kelasizlar, – dedi Yusuf alayhissalom.
Zulayhoni Yusuf alayhissalom saroylariga olib kelganlarida Ya’qub alayhissalom hayot edilar. Boʻlib oʻtgan qissalardan bohabar boʻlgan Ya’qub alayhissalom kechmishlarni Zulayhoning oʻzidan eshitmoqlik niyatida boshidan oʻtganlarini soʻzlab berishini soʻradilar. Zulayho esa barcha ishlarni rostgoʻylik Bilan bayon qilib berdi.
— Ey Zulayho, Yusufning muhabbati hanuz koʻnglingda bormi? – deb soʻradi Ya’qub alayhissalom.
— Muhabbatim avvalgidan ham ziyodaroqdir, – dedi Zulayho.
Yusuf alayhissalom ovdan qaytganida Ya’qub alayhissalom Zulayhoni uning huzuriga olib keldi. Yusuf alayhissalomning qoʻlida dastasi oltindan yasalib, la’l, yoqut, zumraddan ziynatlangan qamchi bor edi.
— Ey Yusuf, qamchiningizni uchini menga bering, – dedi Zulayho.
Yusuf alayhissalom qamchining uchini ogʻziga tutganida Zulayho bir oh uradi, shunda uning ogʻzidan oʻt chiqib, qamchiga tushadi va qamchi erib, oqib ketadi.
— Ey Zulayho, – dedi Yusuf alayhissalom. Seni kumushdan yasalgan bir buting boʻlardi, uni nima qilding?
— Bir kuni oʻsha butga borib shunday dedim: «Sakson yil boʻldiki, senga topinaman. Manna qaridim, kampirga aylandim. Bugun sendan uch hojatim bor, shularni ravo qilishingni soʻrayman: avvalo-yoshligimni qaytarib bergin, ikkinchi-husnu jamolimni qaytargin, uchinchi – koʻzimni ochgin!» Necha bor zoru tavallo qilsam-da, hech javob bermadi. Achchigʻlandim, tosh bilan urib, pora-pora qildim, keyin oʻtga yoqdim. Endi seni oldingga keldim. Toʻrt hojatim bor, Olloh taolodan soʻrab bergil, ravo qilsa, imon keltirayin.
— Aytgil, – dedi Yusuf alayhissalom.
— Meni oʻz nikohingga olgin, – dedi Zulayho.
— Haligacha bu soʻzingdan qaytmadingmi? – achchigʻlandi Yusuf alayhissalom. – Buni olib chiqinglar!
— Ey Ya’qub, Yusufga aytgil, va’dasini bajarsin, Zulayhoning hojatini chiqarib, uni oʻz nikohiga olsin! – deya Olloh amirini olib keldi Jabroil alayhissalom.
Ya’qub alayhissalom Olloh taoloning bu amrini Yusuf alayhissalomga yetkazgandi, u darhol qabul etdi. Toʻy asboblarini hozir qildilar. Olloh farmoni Bilan kelgan Jabroil alayhissalom ularni nikohladilar, Odam layhissalom Bilan Havvo onamizning nikohlariga oʻqilgan xutbani oʻqidilar. Misr xalqi sevinchlarga toʻldi, Ya’qub alayhissalom tangriga shukrona keltirdi.
Aytishlaricha, Olloh taolo Zulayhoning koʻnglidagi muhabbatni olib Yusufning diliga soldi va oʻrniga oʻz muhabbaini soldi. Shundan soʻng Zulayho kechayu kunduz toat-ibodatga yuzlandi, Yusuf alayhissalomni esa unutdi. Qachon Yusuf alayhissalom mayl qilsa, Zulayho undan qochar edi.
— Ey Zulayho, ilgari men sendan qochar edim, sen ortimdan quvarding. Endi boʻlsa, sen mendan qochasan, men boʻlsa ortingdan quvarman, bu ne hol boʻldi? – taajubga tushda Yusuf alayhissalom.
— Men oʻsha mahalda husnni koʻrib, koʻzimni oldirgandim. Endi latif boʻldim, oʻziga sigʻindim, – javob qildi Zulayho. Ul kunda izzat koʻrdim, koʻngil berdim, aziz boʻlib, oʻziga bogʻlandim.
Aytishlaricha, bir kuni Zulayho kechki ibodatga boray deb hozirlanganda Yusuf alayhissalom uni tutib qolmoqchi boʻldi, Zulayho qochadi. Yusuf alayhissalom ortidan yuguradi, tutmoqchi boʻlib, qoʻl uzatgandi, Zulayhoning orqa etagi yirtildi. Shu payt bir farishta keldi-da:
— Ey Yusuf, endi bir-biringizda haqlaringiz qolmadi. Zulayho sening firoqingda etak yirtgandi, sen ham Zulayhoning firoqida etak yirtding, – dedi.
— Ey Yusuf, men sizni sevdim, ammo rahm qilmadingiz, yoʻlingizda molu dunyoimni sarf qildim, hech iltifot etmadingiz. Ohirida yaratgan Parvardigorim dargohiga yuzlandim, alhamdulilloh, murodimga yetdim. Endi kechayu kunduz uning ibodatiga mashgʻul boʻdayin, – dedi Zulayho.
Bundan sevingan Misr xalqi hadyalar keltirdilar, mol-dunyo nisor etdilar, ammo Zulayho ularning hammasini Yusuf alayhissalomning qarindoshlariga berdi.
Aytishlaricha, Zulayhoni Yusuf alayhissalomga nikoh qilganlaridan soʻng ikkovlari hilvatga kirganlarida Zulayho shunday dedi:
— Ey Yusuf, men seni shunchaki sevgan emasman. Ikki sababdan sevdim: biri – seni koʻrking uchun sevdim, zero goʻzallikni sevmoq ayb emas. Ikkinchidan – erim Azizi Misr menga yaramas edi, agar mayl qilib qolsa, faryod urib qochardi. Oʻn sakkiz yoshda unga tekkan boʻlsam, shu kunga qadar er bilan qovushmoq lazzatini koʻrmadim, onadan tugʻilgandek bokiraman. U qachon mayl qilsa, faryod urib qochardi. Sababini soʻrasam, «Seni ortingda ikki arslon paydo boʻladi va menga hamla qiladi, ulardan qocharman», derdi.
— Ey Zulayho, u ikkisi arslon emas, farishtalar edi, Olloh taolo farmoni bilan seni kofirdan men uchun saqlagan edi, – dedi Yusuf alayhissalom. Yusuf alayhissalom Zulayho bilan qoʻshilganlarida u onadan tugʻilgandek bokira edi.
— Umrim davomida hech bir er bilan suhbat qilmaganim, oʻzga kishini koʻnglim tilamaganim barobarida Azizning sirini hech kimga oshkor qilmadim, Ollohga beadad shukurki, murodimga yetkazdi, – dedi Zulayho.
Aytishlaricha, Yusuf alayhissalom Zulayho bilan birgalikda oʻn sakkiz yil roʻzgʻor qildilar, besh oʻgʻil, ikki qiz farzand koʻrdilar. Shundan soʻng vafot etdi. Yusuf alayhissalom umrlari oxiriga yetganda shunday menojot qildilar:
— Iloho meng mulk berding, tush ta’birini koʻrsatding, shariat hukmlarini bildirding, beadad shukr. Ilohi, meni va yeru osmonni yaratgan Oʻzingsan, meni quduqdan chiqargan, qullikdan xalos etib, podshoh qilgan oʻzingsan. Iloho, Dune va ohiratda saylaganim oʻzingsan. Iloho, dunyoda azizu mukarram qilding, ohiratga borarimda meni imon va islom bilan huzuringga olgin!
Aytadilarki, Olloh taolo paygʻambarlariga qaysi ayolni taqdir qilsa, u ayolni huddi Zulayhoni Yusuf alayhissalom uchun saqlagandek saqlar ekan.
Savol: Paygʻambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) Xadicha onamizni yuzi ochiq olmadimi?
Javob: Olloh taolo oʻz paygʻambarlari ayollarning avvalgi erlarini Azizi Misr kabi biror illatga mubtalo qiladiki, xotinlari Bilan qovusha olmaydilar.
Savol: Yusuf alayhissalom aytgan mulk qaysi edi?
Bunga yetti javob bordir. Avvalgi javob shuki – Yusufga hasad qildilar, uning uchun qaygʻuli boʻldilar.
Ikkinch javob: xusni chiroy mulki edi.
Uchinchi javob: koʻngil mulki edi. Koʻrganlar Yusufni sevib qolardilar, koʻrmaganlar eshitib suyib qolardilar.
Toʻrtinchi javob: sahovat mulki edi. Ochlik yillarida hech kim Yusuf alayhissalomchalik sahovatli boʻlmagandi.
Beshinchi javob: paygʻambarlik mulki edi. Oʻn sakkiz yoshida paygʻambarlikka munosib koʻrildi.
Oltinchi javob: Olloh taolo qazosiga rozi edi.
Yettinchi javob: hammasidan aniqrogʻi Misr mulki edi. . .
Bu qissa koʻngil koʻzi ochiq, basirat sohibi (zehni oʻtkirlar) uchun ibratdir.
Vallohi taolo a’lam bissavob.
Izoh: Qoʻlyozmaning shu yerida «Yusuf va Zulayho» dostoni uzilib, keyingi sahifadan boshqa rivoyat boshlanadi. U rivoyat Muso alayhissalom qissalarining boshlanishidir. Rivoyatning boshlanish qismi qoʻlyozmada yoʻq.

  • Muallif: Nosiruddin Rabgʻuziy
Mualifning boshqa asaralari
1 Qisasi Rabgʻuziy (nasriy bayon. [Nosiruddin Rabgʻuziy] 3516
2 Qisasi Rabgʻuziy (nasriy bayon. [Nosiruddin Rabgʻuziy] 2488
3 Қисаси Рабғузий (насрий баён, . [Nosiruddin Rabgʻuziy] 487
4 Қисаси Рабғузий (насрий баён, . [Nosiruddin Rabgʻuziy] 499
5 Қисасул анбиё (насрий баён) [Nosiruddin Rabgʻuziy] 932
Eng ko’p o’qilganlar
1 Gʻazallar, ruboylar [Zahiriddin Muhammad Bobur] 55256
2 Gʻazallar [Nodira] 23568
3 Guliston [Sa’diy] 20897
4 Yulduzlar mangu yonadi (qissa) [Togʻay Murod] 20726
5 Мусульманские имена (част. [Ibn Mirzakarim al-Karnaki] 14407
6 Hikmatga toʻla olam (gʻazal, ruboiy. [Sa’diy Sheroziy] 13766
7 Vatanni suymak [Abdulla Avloniy] 10174
8 Alkimyogar (roman) [Paulo Koelo] 9545
9 Yulduzli tunlar (I- qism) [Pirimqul Qodirov] 9301
10 Nasihatlar [Abay Qunonboyev] 8848

Bayon kitobi

Powered by Phoca Download

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.

  • Bosh sahifa
  • Portal haqida
    • Portal tarixi
    • Sayt xaritasi
    • Muallif haqida
    • Tafakkur gulshani
    • Mumtoz faylasuflar hikmati
    • Ibratli hikoyatlar
    • Jahon xalqlari maqollari
    • Jadid matbuoti
    • Sovet davri matbuoti
    • Qayta qurish davri matbuoti
    • Mustaqillik matbuoti
    • Hozirgi davr matbuoti
    • Tarix
      • O‘zbekiston hukmdorlari
      • Temuriy malikalar
      • Yurt bo‘ynidagi qilich.
      • Qomusiy olimlar, sarkardalar

Qiziqarli malumotlar
Bayon kitobi