BAYANDIYEV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAYANDIYEV haqida malumot bilib oling.

BAYANDIYEV Teshaboy (1931.19.12, Toshkent) — teatrshunos olim. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼ-at arbobi (1981). Sanʼatshunoslik fanlari dri (1994). Toshkent davlat sanʼ-at in-tipi tugatgan (1954). 1954— 59 y. lar Qoraqalpogʻiston davlat filarmoniyasida badiiy rahbar. 1968—74 y. lar Toshkent davlat sanʼat in-tida dotsent, f-t dekani, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1974-85), 1992-y. dan prof. vazifasini bajaruvchi oʻqituvchi. 1986—92 y. lar Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi Tarix, til va adabiyot in-tining katta ilmiy xodimi. Ilmiy faoliyati asosan qoraqalpoq va oʻzbek teatri muammolariga bagʻishlangan. «Qoraqalpoq qizi», «Nevara» nomli pyesalarning muallifi.

Ensiklopediya.uz
BAYANDIYEV