Baxtli qo‘g‘irchoq sindromi to’liq malumot oling
Baxtli qo‘g‘irchoq sindromi
Angelman sindromi — shartli genetik patologiya bo‘lib, 15 juft xromasomaning delitsiyasi hisobiga yuzaga keladi.
Sindrom quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
-ruhiy rivojlanishdan ortda qolish
-diqqat yetishmovchiligi
-uyqu buzilishi
-ikkilamchi epilepsiya(tutqanoq)
-tartibsiz harakatlar(asosan qo‘lda)
-yuzdagi o‘zgarishlar: keng og‘iz, tilini chiqarish, tishlarning siyrak joylashishi
-doimiy kulgu yoki tabassum(sababsiz)
-strabizm(g‘ilaylik)
-skolioz(umurtqani yon tomonga qiyshayishi)
Sindromni 1965-yilda Britaniyalik pediatr Garri Engelman aniqlagan va uning nomiga qo‘yilgan. Bu sindrom yana Petrushka sindromi yoki “baxtli qo‘g‘irchoq sindromi” deb nomlanadi.
© Doctor Muxtorov
Kasalliklar
Baxtli qo‘g‘irchoq sindromi