Baxtli hayot sari 6 ta qadam 14+

Baxtli hayot sari 6 ta qadam 14+
baxtli hayot sari 6 ta qadam 14 65cb2ad43469b

50

Baxtli hayot sari 6 ta qadam 14+

Mundarija скрыть
Baxtli hayot sari 6 ta qadam 14+
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

UYNI TARTIBGA KELTIRISH!
O‘zingiz uchun “Uyni keraksiz narsalardan tozalash” kalendarini tuzib chiqing. Har bir kunni bitta ishga bag‘ishlab, uyni tartibga keltiring. Masalan, birinchi kun: jurnal va gazetalarni tartibga keltirish; ikkinchi kun: DVD va CD larni tartibga keltirish; uchinchi kun: Kitoblarni tartibga keltirish; shu tartibda ishingiz davom ettirishingiz mumkin.
O‘zingiz uchun shunday shior qo‘ying: “Uyda hamma narsani o‘z joyi bor! Olingan narsa joyiga qo‘yilishi kerak!”. 10 kun davomida quyidagi qoidaga amal qiling:
Agar biror narsani ochsangiz – uni albatta yopish;
Agar biror narsa yiqilsa — albatta joyiga qaytarib qo’yish;
Agar kiyimingiz yechsangiz – uni joyiga ilib yoki taxlab qo’yish;
Uyni yaxshilab aylanib chiqib, tuzatilishi kerak bo’lgan 10 ta narsani toping. Masalan, lampani almashtirish, devordagi ko’chgan joyni to’grilash, yangi rozetka o’rnatish va shu kabi ishlar.

BAXTGA ERISHISH!

Butun dunyo bo‘ylab psixologlar berayotgan mustahkam bir maslahat – bitta qog‘ozga sizni hayotdan quvontiradigan va yashayotganingizdan xursand bo‘lishingiz sabab bo‘ladigan 10-15 ta narsani yozib chiqing va kayfiyatingiz yo‘q vaqti shularni o‘qib o‘zingizga taskin bering.
O‘zingizga yoqadigan 20 ta ishning ro‘yxatini tuzib chiqing. Va o‘sha 100 kun davomida ularni navbatma-navbat bajaring. Masalan, siz tushligingizni ochiq havoda, xiyobonda qilishni istasangiz, biror kun ochiq havoda ovqatlangani uyingiz yaqinidagi hiyobonga chiqing. Rasm chizgingiz kelsa, akvarel yordamida o’zingizga yoqqan rasmlarni chizing. O’zingizga yoqadigan insonlar davrasida bo’ling.
Mana shu 100 kun davomida bir kunda hech bo‘lmaganda bir marta kayfiyat ko‘taruvchi hikoya o‘qing, kuling, tabassum qiling.

O‘QISH VA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH

O‘zingizga o‘qilishi qiyin tuyulgan birorta kitob tanlang, siz uni avval o‘qishni xohlagansiz, lekin hanuzgacha o‘qib tugata olmagan kitobingiz bo‘lsin. Har kuni nimadir yangi narsa o‘rganing. Masalan, bir kun gullarni nomini o‘rgansangiz, boshqa kuni davlatlarning nomi va poytaxtlari bilan tanishib chiqing. Yana boshqa kuni taomlar yoki texnikalar bilan tanishing. Har kuni 5 tadan yangi chet tilidagi so‘zni ham o‘rganib borish mumkin.
Birovlardan va boshqa narsalardan arz qilishni, norozi bo‘lishni bas qiling. 100 kun davomida biror ishdan noroz bo‘lib, gapirishni istasangiz o’zingizni to‘xtatib qoling. Yomon fikrlar yomon natijalarga olib keladi. Shuning uchun arz qilishdan, norozi bo’lishdan va yomon fikrlardan uzoqda yuring.
Budilnikni har kuni 5 daqiqaga oldinroq turishga tayyorlab qo’ying va u jiringlagan zahoti turishga harakat qiling. Turishingiz bilan derazangizni ochib, toza havodan bahramand bo’ling, yengil badantarbiya mashqini qiling. 100 kundan so’ng bu oddiy holga aylanib qoladi.

MOLIYAVIY HOLATINGIZNI YAXSHILANG!

O‘z byudjetingizni tashkil qiling. Bitta alohida daftarga har bir ishlatgan pulingizni hisobini kiritib boring. Moliyaviy unumdorlikni oshiradigan maslahatlarni internetdan qidirib toping va ulardan 10 tasini tanlab oling. O‘sha 100 kun davomida o‘sha 10 qoidaga amal qilishga harakat qiling. Masalan, do‘konga ro‘zg‘or uchun biror yegulik harid qilishga kirishdan oldin qorningiz to’q bolgani ma‘qul, aks holda butun bozorni ko’chirib chiqishingiz hech gap emas. Nazarni to‘q qilib kiring. Do‘konga kirganingizda faqat naqd pul to‘lang va qaytimlarni ishlatmasdan yig‘ib qo‘ying, 100 kundan so‘ng, qaytimingiz qancha bo‘lganini hisoblab ko‘rasiz.Har kuni 1 soat vaqtingizni ajratib, qo‘shimcha foyda keltirish yo‘llari haqida o‘ylang, pullaringiz ko‘paytiring.

VAQTNI BOSHQARISH!

5 kun davomida vaqtingiz qanday o‘tayotganligini kuzating. Har bir ish uchun vaqtingiz to‘g‘ri taqsimlab chiqing. Masalan televizorni bir yarim soatdan ortiq ko‘rmaslik, bir soatdan ko‘p internetda o‘tirmaslik kabilar.
Siz uchun muhim bo’lgan ishlar ro’yxatini tuzing va har kuni bittadan muhim ishlarni bajaring. Ertalabdan eng muhim ishingizni qiling, so‘ng boshqalarini. Har hafta o‘zingiz uchun hafta sarhisobini qiling. Bu hafta nima ish qildingiz? Nima o‘xshamadi? Nimalarga ulgurdingiz?
Ishdan ketishingizdan oldin, ishchi stolingizni tartibga keltirib keting. Ertasi kuni ertalab kelganingizda hammasi o‘z o‘rnida turgan bo‘ladi, yig‘ishtirishga vaqt sarflamaysiz.

SOG‘LIQQA E’TIBOR!

Yarim kilo ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun taxminan 3500 kaloriya yo‘q qilish kerak. Agar siz kuniga 175 kaloriyadan yo‘q qilsangiz, 100 kun ichida 2,5 kiloga ozasiz.
Bir kunda 5 mahal sabzavot, 3 mahal meva istemol qiling. Yaxshi ko‘rgan ovqatingizni o‘ylang, uni ham yaxshi ko‘ring, lekin u unchalik ham ozuqaviy bo‘lmasin, siz uni sovuq kurka go‘shtiga almashtiring.
Har kuni sharbat iching. Gazli suv o‘rnini oddiy tozalangan suvga almashtiring. Har kungi nonushtani 10 ta yengil va foydali taom bilan boyiting. Tushlik va kechki ovqatni esa 20 ta yengil va foydali ovqat bilan to’ldiring. 10 xil vitaminlarga boy salatlardan qo’shing. Bularni o‘z kundalik ovqatlanish tartibingizga kiriting.
Har kuni kamida 20 daqiqangizni jismoniy mashqlarga sarflang. Kompyuteringiz yoki telefoningizga eslatma qo‘yib, har soatda suv ichib turing. 100 kun davomida har kuni meditatsiya mashqi bilan shug‘ullaning, chuqur-chuqur nafas oling, istagan narsalaringizni ko‘z oldingizga keltirib, o‘shalarda o‘zingizni his qiling. Bu sizning asablaringizni tinchlantiradi, fikrlaringizni tiniqlashtiradi.
psixolog Sarvar Qahhorov tayyorladi

pmt.uz

Baxtli hayot sari 6 ta qadam 14+