Baxtimiz Qomusi. 8-dekabr
Baxtimiz Qomusi. 8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi Baxtimiz Qomusi Sinf xonasi bayramona bezatilgan:devoriy gazeta,bolalar chizgan rasmlar,sharlar.Yoqimli kuy yangrab turadi. -Kulib issiq yuzimiz, Porlab turar ko’zimiz. Assalomu alaykum Eng birinchi so’zimiz. Hamma:Mehribon onalarga, Jonkuyar otalarga. Qadrdan ustozlarga Assalomu alaykum. 1-o’quvchi:Assalomu alaykum, bayramimizning aziz mehmonlari! “Baxtimiz Qomusi” deb atalgan tadbirimizga xush kelibsiz! Davlat madhiyasi yangraydi. 2-o’quvchi:Har bir mamlakatda shunday bir muhim kitob borki,bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilar. Konstitutsiyada butun mamlakatga ham, alohida insonlarga ham tegishli bo’lgan muhim ma’lumotlar bor.Bizning O’zbekistonimizning ham shunday kitobi bo’lib , bu kitob O’zbekiston Res- publikasining Konstitutsiyasi deb ataladi. 3-o’quvchi:1991-yil 31-avgust kuni ona O’zbekis- tonimiz ozod, mustaqil Respublika deb e’lon qilin- di. Davlatimiz o’z Konstitutsiyasiga, yeriga, chegarasiga,davlat tiliga,milliy valutasi so’mga,armiyasiga ega bo’ldi. 4-o’quvchi: 1992 — yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Kons- titutsiyamiz olti bo’lim, yigirma olti bob,128-mod- dadan iborat. Bu kun bayram sifatida nishonlana- di, hamma dam oladi. Sinf qizlari ijrosida raqs. 5-o’quvchi:Har bir kishining tug’ilib o’sgan joyi unung aziz va mo’tabar Vatani hisoblanadi.Biz O’zbekiston nomi bilan dunyoga mashhur bo’lgan go’zal Vatanda yashayapmiz. 6-o’quvchi:Vatan mustaqilligini mustahkamlash- da har bir shaxs o’z hissasini qo’shishni oliy bur- chi deb hisoblaydi.Bu ishda o’quvchilar ham o’z bilimi , maktab ishlarida qatnashishi,yaxshi hulqi va odobi bilan hissasini qo’shadi. 7-o’quvchi: Konstitutsiyada shaxs va fuqarolar- ning barcha huquq, erkinlik va burchlari belgilab berilgan.Endi konstitutsiyamizning ayrim modda- lari bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 8-o’quvchi:1-modda.O’zbekiston-suveren demo- ktatik respublika.Davlatning “O’zbekiston Res- publikasi”va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi. O’zbekiston- ozod ,hur Vatan! Quchoqlari to’la nur Vatan! Istiqloling abadiy bo’lsin, Dunyolar turguncha tur, Vatan! -3- Tuprog’ingda jannat nafasi, Sen bobomning orzu-havasi Iftixorim yuksak: Vatatim- O’zbekiston Respublikasi! 9-o’quvchi:Oilamizda barchamiz o’zbek tilida gaplashamiz. Bu tilda gaplashishni tug’ilganimiz- dan boshlab asta-sekin o’rganamiz.Bu tilni biz, eng avvalo ,onamizdan eshitganimiz uchun uni Ona tili deymiz. 10-o’quvchi: 4-modda.O’zbekiston Respublikasi- ning davlat tili o’zbek tilidir. Shu tilda Temur bobo Lashkarga buyruq bergan. Navoiy tuzgan navo, Bobur gavharlar tergan. “Til-xalqning shavkat-shoni”,- Bu bobolar kalomi Ona tilim unvoni- Davlat tili maqomi. 11-o’quvchi:Davlat tili degani har bir davlatda umumiy rasmiy til borligini bildiradi.O’zbekiston- da yashovchi boshqa millat bolalari bog’cha, maktabda o’zbek tilini o’rganadilar. Sahna ko’rinishi. 12-o’quvchi: 5-modda.O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. Bobom uqtirgan takror Istiqlol bu –baxt , deya. Ozod Vatan ramzi bor: Bayroq , gerb va madhiya. Bugun dadam berar dars Asramog’ing shart deya, Ramzlar ham muqaddas: Bayroq, gerb va madhiya. 13-o’quvchi: 6-modda. O’zbekiston Respublikasi- ning poytaxti- Toshkent shahri. Poytaxtimsan, Toshkentim, Bosh shahrimsan, bosh kentim! Ikki mingdan oshsa ham Navqiron va yosh kentim! Tarixlarda Shosh kentim, Saxiy, serquyosh kentim. Tengi yo’q, timsoli yo’q, Toshkentimsan, Toshkentim! “ Vatanjonim- vatamim” qo’shig’i -5- 14-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Fikrlash, so’z, e’tiqod Erkinligi bor bizda. Tafakkur , erkin ijod Jo’sh urar qonimizda. “Avval o’yla”, deganlar Fikrlaymiz o’ylaymiz. So’zga navbat kelganda Odob bilan so’zlaymiz. 15-o’quvchi: Ota-onamiz bizni sog’lom bo’lishi- mizni istaydilar.Biz aqlli, chaqqon, kuchli bo’lishi- miz uchun albatta sog’lom bo’lishimiz zarur. Bu- ning uchun to’g’ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, o’z vaqtida dars qilib, o’z vaqtida dam olishimiz kerak. 16-o’quvchi: 40-modda. Har bir inson malakali Tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Betob bo’lib , botib g’amga, Yotib qolsk nogahon. Shifokorlar tez yordamga Yetib kelar shu zamon. Malakali tibbiy xizmat Ko’rsatadi shifokor Elga xizmat – oily himmat -6- Degan ko’hna naql bor. 17-o’quvchi:Maktab bu- qutlug’ dargoh,ta’lim — tarbiya maskani. Davlatimiz tomonidan yosh av- lodning bilim olishi uchun maktablarda barcha sharoitlar yaratilgan. Faqat endi biz mehnat qili- shimiz,darslarni yaxshi o’zlashtirishimiz kerak. 18-o’quvchi:41-modda.Har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Ona maktab quchog’ida Bepul ta’lim olamiz. Yurtboshimiz ardog’da Komil inson bo’lamiz. Intilamiz maqsad sari Hali dovrug’ solamiz. Istiqlolning farzandlari- Bizlar baxtli bolamiz. “ Maktabim ” qo’shig’ ijro etiladi. 19-o’quvchi: 47-modda. Barcha fuqarolar Kons- titutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni bajara- dilar. Huquqimiz bilamiz, Burchimiz ham yodda bor. Bosh Qomusda “Burchingni bajar”, degan modda bor. Ota-onaga hurmat, Qonunlarga itoat, Ona yurtga sadoqat, Hammamizga burch odat. 20-o’quvchi: Vatan mustaqilligini mustahkam- lashda har bir shaxs o’z hissasini qo’shishni oily burch deb hisoblaydi.Bu ishga o’quvchilar ham o’z bilimi, yaxshi xulqi, odobi bilan hissasini qo’shadi. 1-o’quvchi:Respublikamiz Konstitutsiyasining 52-moddasida :Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir, deb belgilab qo’yilgan.Vatanni himoya qilish bu o’z onasini, oilasini, uyini, xalqini himoya qilish demakdir. Tabarruk ona tuproq Bag’ishlaydi kuch bizga. Shu Vatanni asramoq- Eng muqaddas burch bizga. Ulg’ayib eng oldingi Saflardan joy olamiz. Mardona qasamyodga Mangu sodiq qolamiz. Sinf o’g’il bolalari ijrosida raqs. 2-o’quvchi: Bizni o’rab turgan olam-borliq juda ham ajoyib, sirli tuzilgan. Barchamiz tabiat qo’y- nida yashaymiz. Chunki bizni o’rab turgan barcha narsalar tabiatniki. Ona tabiatni ko’z qorachig’- day asrashimiz lozim. 3-o’quvchi: 50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar. Bugun ekkan qalamcham Katta terak bo’ladi. Faqat uni avaylab Asrash kerak bo’ladi. Tog’ go’zal, o’tloq go’zal Sevamiz gul atrini. Esda tutaylik, do’stlar, Tabiatning qadrini. 4-o’quvchi:Oila ota-onadan boshlanadi.Ota- onalarimiz bizga bor mehrlarini berib, g’amxo’r- lik qilmoqdalar.Biz hali voyaga yetmaganmiz, lekin ota-onaning oldida har farzandning juda ko’plab burchlari mavjud. Eng asosiysi, farzand- lar o’z ota-onasiga mehribon bo’lishi kerak. Ko’zlarida mehr bor, so’zlarida sehr bor, Beshik ustida bedor-mehribon onaizor. Oq yuvib, oq taragan, yo’limizga qaragan, Ko’nglimizga qaragan-mehribon onaizor. -9- Ota- oila suyanchi, tog’dek ulug’ tayanchi, Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor. Sog’-salomat yursinlar, kamolimiz ko’rsinlar, Ertaga ham bo’lsinlar baxtimizdan baxtiyor. 5-o’quvchi: 66-modda.Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar. Jonajon onajon! Mehribon otajon! Siz hayot berdingiz, Bol, novvot berdingiz. Quyoshim, oyimsiz, Bor bo’ling doim siz! Ulg’ayib albatta, Bir umr xizmatda Bo’lamiz begumon, Otajon, onajon! “Ota-ona duosi” qo’shig’ni ijro etish. Ustoz: Aziz bolajonlar! Biz sizning baxtli, saodatli bo’lib voyaga yetishishingizni istaymiz.Chunki Siz O’zbekiston deb atalmish hur o’lkada yashab ulg’aymoqdasiz. Vatanimizning munosib farzand- ari bo’lish uchun yaxshi o’qishingiz, ko’p narsa- larni bilishga harakat qilishingiz kerak. Mustaqil O’zbekistonimizning kelajagi siz barkamol avlod qo’lida.Baxtimiz Qomusi. 8-dekabr
DO`STLARGA ULASHING:
Baxtimiz Qomusi. 8-dekabr