Baxshullo Fatullayev haqida malumot
Baxshullo Fatullayev haqida malumot
DO`STLARGA ULASHING:
Fatilloyev Baxshillo Ismatovich 1964-yil 15-sentabrda Buxoro shaxrida tug’lgan 1981-yilda o’rta maktabni tugatib Toshkent rassomchilik va teatr unversitetiga uqishga kirgan u 1986 yilda unversitetni tamomlab 1989-1992-yilgacha Buxoro viloyat Madaniyat markazi rahbari bolib o’z faolyatini yuritgan 1996-yilda sa’nat soxasini tark etib o’z biznes faolyatini olib borish uchun Rassiya federatsiyasiga ketadi. U yerda Yog’och biznes bilan shug’ullanadi. Oradan 20 yil otib otalari og’ir kasal bolib Farzandiga uz soxasida ishlamaganini eslatadi Baxshillo Fatilloyev ushanda otasiga sa’natga qaytishga vada beradi
Oradan biroz vaqt otib rejisyor Said Muxtorov bilan uchrashib qoladi Rejisyor u kishiga rol taklif qiladi birinchi marta rad javobini beradi va ikkinchi marta taklifda otasiga bergan vadasini eslab rozi boladi va ilk roli Said Muxtorovning 2012-yilda suratga olingan «Faryod» filmoda ota roli bolgan . SHundan boshlab ijodda tuxtalish bolmadi san’atga bolgan mexri qahramonimizni yana ijodga undadi va Ozod Shamsning «Koz yoshim», «Sevadi Sevmaydi» , «Istanbullik millioder» , «Egizak oshiqlar» , Baxrom Yoqubovning «Farxod va Shirin» Rustam Sadiyevning » Ota rozi » filmlarida suratga tushdi eng katta mashxurlikni esa Turkiya bilan xamkorlikda olingan «Yuraklar jangi » va «Ishq o’yinlari» seriallari olib keladi . Bundan tashqari bir qator kilplarda xam suratga tushgan . Xozrda aktyor rejisyor Rustam Sadiyevning «Baron 2» Xilol Nasimovning «Mexr» filmida general obrazida rol oynamoqdaHar bir aktyorning o‘z dastxati bo‘lgani kabi, aktyor Baxshillo Fatullayevning xarakterli rollari ham, boshqa aktyorlarinikidan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning “Ko‘zyoshim”, “Sevadi, sevmaydi”, “Istanbullik milliarder”, “Egizak oshiqlar”, “Farhod va Shirin yoxud Telba muhabbat”, “Ota rozi” kabi filmlardagi rollari bir qarashdayoq ajralib, tomoshabin e’tiborini tortadi. Chunki, aktyor rol tanlaganda, o‘sha rolning tomoshabinga o‘z aytar so‘zi bo‘lishini istaydi.
“Yuraklar jangi”, “Ishq o‘yinlari”, “Qo‘rqma yurak” kabi seriallardagi rollarida esa, yuragidagi dardni tomoshabin ham his qiladi.
Shuning uchun ham, aktyorning har bir roli tomoshabin ko‘ngliga yaqin bo‘ladi.
O‘z ijodini biroz kechroq ya’ni, 2012 yildan boshlagan Baxshillo Fatullayev o‘tgan vaqt ichida, bir qator filmlar, seriallar va kliplarda har xil talqindagi rollarni ijro qilib, nafaqat o‘zbek xalqi, balki qo‘shni davlatlardagi tomoshabinlar ham mehrini qozonishga ulgurgan.
Hayotda tavakkalchi bo‘lgan inson bo‘lgan bu aktyor, ijoddan tashqari o‘z biznesiga ega tadbirkor hamdir. Tavakkalchiligi shu darajadaki, hali kino olamiga kirib kelmay turib, biznes bilan shug‘ullangan vaqtida, Rossiyaga borib, bir marotaba juda ko‘p yukini oldirib qo‘yganligiga qaramay, yana katta miqdorda qarz olib, o‘sha yukni olib o‘tgan. Bundan hattoki, tekshiruvchi xodimlar ham hayron qolishgan. “O‘shada menda qo‘rquv degan hisning o‘zi yo‘q edi” deb, eslaydi aktyor.
U tadbirkorlikda davom etib, Rossiyada qolib ketishi ham mumkin edi. Chunki, Toshkent Davlat Teatr va rassomchilik instituti, ya’ni, hozirgi Toshkent Davlat San’at va madaniyat institutini bitirganiga qaramay, tadbirkorlik sohasida ketgan edi. Ammo, ota vasiyati uni, o‘z kasbiga qaytardi. Dastlab, hammasini boshidan boshlash aktyor uchun juda qiyin kechdi. Chunki, yosh taraflama u bosh qahramonlar rolini ijro qila olmasdi. Ammo, aktyor xarakterli rollarni ijro qilib, tomoshabinlar mehrini qozondi. Hech bir rolni katta yoki, kichik demay, faqatgina “yuki” borligiga e’tibor qaratdi. Kichik rollar bo‘lmaydi, hattoki juda kichik rolni ham mahorat bilan ijro qilib, yodda qolish mumkin. Aktyor Baxshillo Fatullayev esa, ana shunga amal qiladi. O‘ziga berilgan har bitta rolni o‘ziniki qilib olishga, o‘sha obrazda yashashga va o‘sha rolni tomoshabinga chin dildan yetkazib berishga harakat qiladi. Uning muvaffaqiyat siri ham shunda.
Hozirda aktyor bir necha yangi filmlar va yangi serialda suratga tushmoqda.
Baxshullo Fatullayev haqida malumot