BAXOR SENI SOGʻINDIM. to’liq malumot oling
BAXOR SENI SOGʻINDIM.
Tong saxarda sayragan qushlaringni sog‘indim,
Gullaringni xushbo‘yi iforini sog‘indim,
Ko‘m ko‘kkina maysazor o‘tlog‘ingni sog‘indim,
Kuklam seni sog‘indim baxor seni sog‘indim.
Ariq bo‘yida chiqqan yalpizingda ishqim bor,
Doshqozonda qaynagan sumalaging betakror,
Ko‘z tegmasin bo‘yningga taqib qo‘yayin tumor,
Ko‘klam seni sog‘indim baxor seni sog‘indim.
Tolpopuklar taqadi to‘lin yuzli oy qizlar,
Senla xusun talashgan go‘zallikka boy qizlar.
Yigitlar ot choptirib baxtu iqbolin izlar,
Ko‘klam seni sog‘indim baxor seni sog‘indim.
Majnuntollar shamolda sochlarini silkitar,
Tog‘u toshlar qizg‘onib boychechaging berkitar.
Seni intizor bo‘lib mendan o‘zga kim kutar,
Ko‘klam seni sog‘indim baxor seni sog‘indim.
Yangi kelinchakdayin seplaringni ochasan,
Boychechagu binafsha lolalaring sochasan.
Sog‘intirmay kelaqol ko‘rinmaysan qaydasan,
Ko‘klam seni sog‘indim baxor seni sog‘indim.
Qir adiring alvon rang lolalarga burkandi,
Yomg‘iringdan vujudim yoqimlicha seskandi.
Senga bo‘lgan muxabbat yana bir bor uyg‘ondi ,
Ko‘klam seni sog‘indim baxor seni sog‘indim.
✍️ Zaylobiddin Jo‘rayev Uchko‘prik tumani 50 umumiy o‘rta ta’lim maktabi targ‘ibotchisi
Sherlar
BAXOR SENI SOGʻINDIM.