BAXMOZORSOY haqida malumot bilib oling.
BAXMOZORSOY — Jizzax viloyati Baxmap tumanitsat soy. Sangzor daryosining chap irmogʻi. Qoratepa togʻi (Turkiston tizmasi)ning shim. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 21 km, suv toʻplash mayd. 44,6 km3, oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,52 m3/sek. Baxmozorsoy asosan buloqsuvlaridan, bahorda qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri martning oʻrtalaridan iyulning urtalarigacha davom etadi. Baxmozorsoyda apr., may oylarida oʻrtacha oylik suv sarfi 2,5 mʻ/sek, baʼzan 3,0 m3/sek ga yetadi. Baxmozorsoy koʻpincha kuz va qishda qurib qoladi. Bahorda soy oʻzanidan baʼzan sel keladi. Baxmozorsoy havzasining togʻli qismida oʻtloq va archazorlar bor.
Ensiklopediya.uz
BAXMOZORSOY