
BAXMANYOR haqida malumot bilib oling.
BAXMANYOR Abul Hasan Marzubon oʻgʻli (? — 1067) — ozarbayjon faylasufi. Ibn Sinoning shogʻirdi. Forobiy va Ibn Sino taʼlimotlarini himoya qilgan va rivojlantirgan. Islom aqidalarini asoslashda aristotelizm va neoshgatonizmdan foydalangan. Baxmanyor mavjudot haqida panteistlarcha fikr yurittan (k-Panteizm). U olamni «boshlangʻich ruhiy sabab» — Allohdan keltirib chiqaradi va emanatsiya asosida tushuntiradi; barcha mavjud narsalarni oʻrta asr falsa-fasida keng tarqalgan tushunchalar — vujudi mumkin, vujudi vojib asosida talqin etishga harakat qiladi. Baxmanyor bilish nazariyasida aqliy bilishni himoya qilib, ratsionalizmnn rivojlantirdi. Baxmanyorning M«abod attabiat («Metafizika») va «Marotib al-mavjudot» («Mavjudotning martabalari») (Qohira, 1911, arab tilida; Leypsig, 1851, nemis tilida) asarlarida mavjudot va bilish masalalari qarab chiqilgan. «Kitob attahsil» («Tahsil kitobi») va «az-Ziynat» («Ziynatlash») asarlari mantiq ilmiga, «al-Baxjad va as-saodat» («Goʻzallik va baxt») kitobi axloq masalalariga bagʻishlangan. Baxmanyor b-n Ibn Sino oʻrtasidagi falsafiy yozishmalarning keyinchalik koʻchirilgan ayrim nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.
Ensiklopediya.uz
BAXMANYOR