BAXMAL DARAXT haqida malumot bilib oling.
BAXMAL DARAXT, poʻkak daraxt (Phellodendron amurense) — toshbaqatoldoshlar (rutadoshlar) oilasiga mansub daraxt. Boʻyi 25 — 30 m, tanasining diametri 70 — 80 sm ga yaqin; asosan Uzoq Sharq, Jan. Saxalin, Yaponiya va Xitoyda usadi. 300-yilgacha yashaydi, poʻstlogʻi kulrang, baxmalsimon bujmaygan, ichida och sariq poʻkak qatlami bor. Shuning uchun poʻkak daraxt ham deyiladi. Barglari patsimon murakkab, karamaqarshi joylashgan, hidi qoʻlan-sa. Mevasi qora, mayda, hidli. Yogʻochidan faner i. ch. da, pukagidan sanoatda foydalaniladi. Lub qavatidan och sariq boʻyoq va tanidlar olinadi. Koʻpincha xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi. Oʻzbekistonda ham oʻstirilmoqda.
Ensiklopediya.uz
BAXMAL DARAXT