BAXILLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAXILLIK haqida malumot bilib oling.

BAXILLIKaxloq tushunchasi. Biron shaxsning oʻsishini, darajasi, obroʻ-eʼtibori oshishini, yutugʻi, isteʼdodi va b. ni ich-ichidan koʻra olmaslik. Baxillik shaxsiyatparast, xudbin va koʻngli qora kishilarga xos xususiyat boʻlib, odamlar oʻrtasidagi ijtimoiyaxloqiy munosabatlarga salbiy taʼsir qiladi, ularni buzadi, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatga putur yetqazadi, jaholatni kuchaytiradi. Baxil kishilar boshqalarni koʻrolmaganligidan tashkari, ularning baxtsizligi, notinchligini istaydilar. oʻzgalarning muvaffaqiyatsizligidan, notinchligidan mamnun boʻladilar. Baxillikka azaldan yomon nazar bilan karalgan, xalq ogʻzaki ijodi namunalarida, hikoya, ertak va dostonlarda u eng yaramas odat sifatida tasvirlangan. Qurʼoni karim va hadislarda ham Baxillik hamma harom ishlarning va yaramas xulklarning boshi sifatida qoralangan, saxiy, himmatli, muruvvatli, feʼli keng inson boʻlishga daʼvat etilgan.

Ensiklopediya.uz
BAXILLIK